175. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: "œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œJabroil menga hamisha qo‘shni haqida vasiyat qilar ediki, men qo‘shniga yaqinda meros beriladi", deb o‘ylardim".
Abu Hurayra Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qildi: "œPayg‘ambardan (s.a.v.) aytdilarki: "œYo Abu Hurayra, taqvodor bo‘lgin, odamlarning obidrog‘i bo‘lasan; qanoatli bo‘lgin, odamlarning shukr qiluvchirog‘i bo‘lasan! Odamlar uchun yaxshi ko‘rgan narsangni ularga ham ravo ko‘r, mo‘min bo‘lasan. Senga qo‘shni bo‘lganga yaxshi qo‘shnichilik qilgin, musulmon bo‘lasan. Kulishni kamaytirgin, chunki ko‘p kulishlik qalbni o‘ldiradi".
Alloh taolo:
"œAllohga bandalik qilinglar, Unga hech narsani sherik qilmanglar va ota-onaga yaxshilik qilinglar", ya’ni Allohni denglar. Unga ibodat qilinglar, Unga sherik qilib olmanglar, ota-onangizga yaxshilik qilinglar, ya’ni ota-onaga chiroyli holatda muomalada bo‘lib, yaxshilik qilinglar, hamda "œqarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga" qarindosh qo‘shniga va begona qo‘shniga, ya’ni yaqinlarin-gizga silai rahm va hadya qilishlik bilan yaxshilik qiling-lar. Yetim va miskinlarga sadaqa berishlik va chiroyli so‘z bilan yaxshilik qilinglar; "œyo‘lovchi musofirga", ya’ni yo‘ldan o‘tib turib qo‘noq bo‘lgan mehmonga va "œqarindosh qo‘shniga", ya’ni siz va uning orasida qarindoshchilik bor qo‘shniga "œyaxshilik qilinglar" (Niso, 36). Ya’ni siz bilan uning orasida qarindoshchiligi yo‘q qo‘shniga ham.