Muallif Mavzu: Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn  ( 436456 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #180 : 02 Iyul 2006, 07:36:11 »
179. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: Bir kishi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga kelib, qo‘shnisidan shikoyat qildi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Unga o‘zing ozor berishdan tiyilgin va uning ozoriga sabr qilgin va ajralishmoq uchun o‘lim kifoyadir”, dedilar.

Hasan Basriy aytdi: “Qo‘shnidan aziyatni tiyish yaxshi qo‘shnichilik emas, yaxshi qo‘shnichilik, qo‘shnidan bo‘lgan aziyatga sabr qilishlikdir”.

Amr ibn Os aytdi: “Qarindoshchilikni bog‘lovchi kishiga bog‘lanib, uzilgan kishidan uzilganni bog‘lovchi deb bo‘lmaydi, balki u insofli kishidir. Albatta, haqiqiy bog‘lovchi esa kim uzgan bo‘lsa, bog‘laydi: kim xafa qilgan bo‘lsa, yumshoqlik, latiflik qiladi. Halim inson ham qavmi unga halimlik qilganda halimlikni qilib, unga qo‘pollik qilganda qo‘pollik qiladigan kishi emasdir. Balki u insofli kishidir, haqiqiy halim esa unga halimlik qilganda ham, qo‘pollik qilganda ham, go‘zal muomalada bo‘lguvchi kishidir”.

Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Musulmon kishi qo‘shnining aziyatiga sabr qilishi lozim bo‘ladi. Qo‘shnisiga biror aziyat bermaydi. Qo‘shni undan omonda bo‘ladi. Qo‘shnisi uchun uning tinchligi, omonligi uch narsa bilandir: qo‘li bilan: tili bilan; avrati bilan. Tili bilan omon bo‘lishi, qo‘shnisi eshitib qolishidan qo‘rqadigan va qo‘shnisining oldida gapirishdan uyaladigan gap-so‘zlarni gapirmasligidir. Qo‘ldan omon bo‘lishligi, agar qo‘shnisi bozorda bo‘lsa-yu, qopi qo‘shnisining uyida qolganini eslab qolsa, shunda qo‘shnining uyi ham o‘zimning uyimdek-ku, xaltamga hech kim tegmaydi, deb xotirjam bo‘lishidir (ya’ni shu darajada ishonishidir). Avratidan omonda bo‘lishi, agar u safarda bo‘lsa va uyiga qo‘shnisi kirganini eshitib qolsa, qalbi xotirjam bo‘lib, xursand bo‘lishidir (ya’ni shunday xotirjamlik darajasida ishonch, mehr-sadoqat o‘rtada bo‘lishidir).

Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Uchta axloq johiliyat davrida yaxshi sanalgan edi, lekin musulmonlar nazdida yanada yaxshiroqdir:
1) agar unikiga mehmon tushsa, unga yaxshilik qilishga harakat etadilar;
2) agar xotini qarisa, uni taloq qilmaydi. Uning zoe’ bo‘lishidan qo‘rqib, o‘z uyida ushlab turadi;
3) agar qo‘shnilari qarzdor bo‘lsa yoki musibat yoki qiyinchilik yetsa, harakat qilib, qarzini to‘laydilar va o‘sha musibatlardan uni chiqaradilar”.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #181 : 02 Iyul 2006, 07:37:00 »
180. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomatda qo‘shni qo‘shnisiga yopishar ekanll va aytar ekan: “Ey Parvardigor, sen bu og‘aynimga rizqni keng qilding, menga kamaytirib berding, men kechani och o‘tkazdim, u to‘q o‘tkazdi. Undan so‘ragin, nima uchun menga eshigini yopdi va Sen unga keng qilgan narsadan meni mahrum etdi?”

Sufyon Savriy aytdi: “O‘nta narsa jafodandir:
1) kishi yoki xotin, o‘ziga duo qilsa-yu, ota-onasiga va mo‘minlarga duo qilmasa;
2) kishi Qur’on o‘qishni bilsa-yu, undan har kuni yuz oyat o‘qimasa;
3) kishi qabristonlardan o‘tib, u  yerdagilarga salom bermasa va ularga duo qilmasa;
4) bir kishi masjidga kirib, unda ikki rak’at namoz o‘qimasdan chiqib ketsa.
5) Kishi juma kuni shaharga kelib, juma namozini o‘qimasa;
6) Kishi  yoki xotin tushgan mahallaga olim tushsa-yu, u olimning ilmidan biron narsa o‘rganish uchun bormasa;
7) Ikki kishi yo‘lda birga bo‘lishsa-yu, bir-biridan ismini so‘ramasa;
8) Yigit bo‘sh bo‘lib, yoshligini bekor o‘tkazsa, ilm va odobni talab qilmasa;
9) Bir kishini ziyofatga chaqirsa, u odam ziyofatga bormasa;
10) Kishi o‘zi to‘q bo‘lib, qo‘shnisi och bo‘lsa, o‘zi yeydigan taomdan hech narsa bermasa...”.

Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: Qo‘shnichilikning chiroyi va komilligi to‘rt narsadadir:
1) qo‘shniga hamdard bo‘lish;
2) qo‘shnisida bor bo‘lgan narsaga tama’ qilmasligi;
3) undan (o‘z) aziyatini to‘smog‘i;
4) qo‘shni tomonidan bo‘lgan aziyatga sabr qilmog‘i.

_____________
XIV BOB. QO‘SHNICHILIK HAQLARI BOBI HADISLARI

1. Abdulloh ibn Amr ibn Os.
“Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo qiyomat kunida quyidagi yetti kimsaga...” Zaif*. Ajriy, “Zammul luvot” (53) va “Al-kaboir” (149) ga qarang.
2. Abdulloh ibn Mas’ud.
“Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Nafsim o‘z qudratida bo‘lgan zotga qasamki...” Zaif*. Ahmad (387/1), Hokim (165/4) va Bayhaqiy (3524).
3. Said ibn Musayyab.
“Payg‘ambar aytdilar: “Qo‘shnining qo‘shniga hurmati...” Mursal*. Ibn Abu Dunyo, “Al-makorim” (323).
4. Muhojid.
“Abdulloh ibn Amr ibn Os g‘ulomiga aytdi: ...” Sahih*. Ahmad (160/2), Abu Dovud (5 152) va Termiziy (1943).
5. Abu Shurayix Ka’biy.
“Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6019) va Muslim (48).
6. Hasan Basriy.
«Yo Rasululloh! Qo‘shnining qo‘shnida nima haqqi bor?..» Zaif*. Bayhaqiy, «Ash-shu’ab» (9560) va Xaroitiy, «Makorimul axloq» (40-bet).
7. Abu Hurayra.
«Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Jabroil menga hamisha qo‘shni haqida vasiyat qilar ediki...» Sahih*. Ahmad (445, 305/2), Ibn Moja (3674).
8. Abu Hurayra.
«Rasululloh aytdilarki: «Yo Abu Hurayra, taqvodor bo‘lgin...» Hasan*. Termiziy (2305) va «As-sahihat» (402/3) ga qarang.
9. Hadis.
«Qo‘shnilar uch xil bo‘ladi...» Zaif*. «Zaiful jome’» (2674).
10. Abu Zarr G‘iforiy.
«Menga do‘stim Muhammad (s.a.v.) uch narsani vasiyat qildilar...» Sahih*. Muslim (648, 837, 2625), Ahmad (171, 161/5) va Bayhaqiy, «Ash-shu’ab» (7347-5919).
11. Hadis.
«Bir kishi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga kelib...» Zaif*. «Zaiful jome’» (4191).
12. Anas ibn Molik.
«Payg‘ambardan (s.a.v.) aytildi: «Qiyomatda qo‘shni qo‘shnisiga yopishar ekan...» Zaif*. Buxoriy «Al-adabul mufrad» (1111) va Asbahoniy «At-tartib» (875), «Zaiful jome’» (4268).
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #182 : 02 Iyul 2006, 07:37:17 »
XV BOB. AROQ ICHISHDAN QAYTARISH

Faqih Abu Lays Samarqandiy, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Abdulloh ibn Umar aytdi, Alloh ikkovidan ham rozi bo‘lsin: “Aroq ichuvchi kishini qiyomat kunida betlari qora holatda keltiriladi. Ko‘zlari ko‘kargan, tupuklari oqqan, tili ko‘kragiga tushgan holda turadi. Undagi hidning sassiqligidan, kim oldidan o‘tsa, jirkanadi. Aroq ichganga salom bermanglar, kasal bo‘lsa, borib ko‘rmanglar. O‘lib qolsa, janoza o‘qimanglar”.

Masruq aytadi: “Aroq ichuvchi kimsa butga ibodat qiluvchi kabidir. Aroq ichuvchi kimsa Lot va Uzzo (kabi butlar)ga ibodat qiluvchi kabidir”.

Ka’bul Ahbor aytadi: “Bir qadah olovni ichmoqligim bir qadah aroqni ichishimdan yaxshiroqdir”.

181. Payg‘ambardan (s.a.v.) aytdilar: “Mast qiluvchi hamma narsa xamrdir. Mast qiluvchi narsaning hammasi haromdir. Kim dunyoda aroq ichib, tavba qilmasdan, aroqni ichishda davomiylik bilan o‘lsa, oxiratda u (sharob) ichmaydi”.

Faqih aytdi: “Har bir mast qiluvchi narsa haromdir”, degan hadisning ma’nosi pishirilgan bo‘lsa ham, pishirilmagan bo‘lsa ham, deganidir.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #183 : 02 Iyul 2006, 07:37:29 »
182. Bu gap Jobir ibn Abdullohdan qilingan rivoyat kabidir. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ko‘pi mast qilguvchi narsaning ozi ham haromdir”.

Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: “Pishirilgan aroqni ichuvchi oddiy aroq ichuvchidan ko‘ra qattiqroq gunohkordir. Chunki aroq ichuvchi fosiqdir. Kim pishirilgan aroq ichsa, uning kofir bo‘lib qolishidan qo‘rqiladi, chunki aroqni ichuvchi kimsa aroq harom deb iqror bo‘lib ichadi, pishirilgan hamrni ichuvchi mast qiluvchi narsani ichadi, u esa buni halol sanaydi. Musulmonlar ijmosida mast qiluvchi narsaning ozi ham, ko‘pi ham haromdir. U agar uni halol desa, ijmoi ulamoga ko‘ra kofir bo‘ladi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #184 : 02 Iyul 2006, 07:37:49 »
184. Usmon ibn Affon, Alloh undan rozi bo‘lsin, xutba qilib aytdi: “Ey odamlar, aroqdan saqlaninglar. Chunki u yomonliklarning onasidir. Sizlardan oldin bir zohid kishi bor edi. To‘xtovsiz masjidga qatnardi. Unga bir yomon xotin uchradi. Bu xotin cho‘risiga uni uyiga kirgizishni buyurdi. Uni uyiga kirgizib, eshikni mahkamladi. Xotinning oldida bir ko‘za aroq, bir bola bor edi. Xotin unga: “Mendan qochib qutula olmaysan, bu aroqni ichmasang, yoki menga yaqinlik qilmasang, yoki bu bolani o‘ldirmasang, mening uyimga kirib oldi, deb baqiraman. Senga u paytda kim ishonadi?” dedi. Bu payt yigit og‘ir holatda qoldi va o‘ziga aytdiki, fahsh ishga hech ham bormayman. Bu bolani o‘ldirmayman! Kel, aroqni ichganim yaxshiroqdir, deb aroqni ichibdi. Bir piyolasidan so‘ng, yana quyishni so‘radi. Allohga qasamki, ko‘p o‘tmay xotin bilan yaqinlik ham qildi, bolani ham o‘ldirdi”.

Usmon, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdilar: “Undan qochinglar, chunki u iflosliklarning onasidir. Allohga qasamki, imon va aroq kishining qalbida jam bo‘lmaydi. Agar jam bo‘lsa ham, bittasi ikkinchisini ketkizadi”.

Ya’ni, agar aroq ichuvchi aroq ichsa, mast bo‘lib, uning tiliga kufr kalimasi keladi va uning tili bu narsaga o‘rganib qoladi, o‘layotgan vaqtida tiliga kufr kalimasi kelib qolishidan qo‘rqiladi. So‘ngra u bu dunyodan kufr holatda ketadi va abadiy do‘zax azobida qoladi. Chunki bandalardan imonning uzilishi o‘lim paytida – jon ketish vaqtida bo‘ladi. Buning sababi hayotlik vaqtida gunohlar qilganligidir. So‘ngra esa pushaymon va hasratda qoladi.

Zahhok aytdi: “Kimki aroqni doimiy ichuvchi holatida vafot etsa, qiyomat kunida mast holatda tiriladi”.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #185 : 02 Iyul 2006, 07:37:59 »
185. Said Qatodan rivoyat qiladi. Payg‘ambar (s.a.v.) bizlarga aytdilar: “To‘rt nafar kishi jannat hidini topmaydi. Uning hidi besh yuz yillik yo‘ldan ham kelib turadi, bular baxil, minnat qiluvchi, aroq ichuvchi, ota-onaga oq bo‘luvchi kishilardir”.

Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Aroqda o‘n kishi la’natlanadi: uni siqib oluvchi va siqdiruvchi, uni ichuvchi, uni quyuvchi, ko‘taruvchi, uning uchun ko‘tariluvchi, savdogar, savdolashgan, uni sotuvchi, oluvchi va uni ekkan kishi”.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #186 : 02 Iyul 2006, 07:38:09 »
186. Ba’zi xabarlarda Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilindi, aytdilar: “Qiyomat kunida aroq ichuvchi qabridan o‘laksadan ham sassiqroq bo‘lib chiqadi. Ko‘za uning bo‘yniga osilgan, qo‘liga piyolasi bog‘langan, uning butun eti va terisining orasini ilon va chayonlar to‘ldirib olgan. Olovdan etik kiygan. Uning bosh miyasi qaynaydi. U qabrini do‘zax chuqurligidan chuqur bir qabrda topadi. Do‘zaxda Fir’avn va Homonlar bilan yaqin bo‘ladi”.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #187 : 02 Iyul 2006, 07:39:41 »
187. Oyisha onamiz, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qildi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim aroq ichuvchini bir luqma bilan taomlantirgan bo‘lsa, Alloh taolo uning jasadiga chayon va ilonni ega qilib qo‘yadi. Kim uning hojatini chiqargan bo‘lsa, Islomni buzishiga yordam bergan bo‘ladi. Kim unga qarz bergan bo‘lsa, mo‘minni o‘ldirishiga yordam bergan bo‘ladi, kim u bilan o‘tirishgan bo‘lsa, Alloh taolo qiyomat kunida uni ko‘r qilib, hushi yo‘q holatda tiriltiradi, kimiki aroq ichsa, uni uylantirmanglar. Agar kasal bo‘lsa, borib ko‘rmanglar, agar shohidlik bersa,  shohidligini qabul qilmanglar. Meni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, aroq ichgan kishi Tavrotda, Injilda, Zaburda, Furqonda (Qur’onda) la’natlangandir. Kim aroq ichsa, Allohning payg‘ambarlariga tushirgan kitoblarini inkor qilibdi. Kim halol sanasa, kofir bo‘libdi, kim xamrni halol sanasa, dunyo va oxiratda men undan bezorman”.

Ato ibn Yosir aytadi: Bir kishi Ka’b-ul Ahbordan so‘radi: “Aroq Tavrotda harom qilinganmi?” “Ha”, dedi, keyin bu oyatni o‘qidi: “Ey mo‘minlar, aroq, qimor, butlar va  cho‘plar (ya’ni cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir” (Moida, 90). Tavrotda yozilgan: “Biz botilni yo‘q qilish uchun haqni nozil qildik va  u bilan bekorchi o‘yinni, nog‘orani, surnayni botil qildik va aroqni ham; aroq ichuvchiga vayl azobi bo‘lsin. Alloh ulug‘ligiga va izzatiga qasam ichdiki, bu dunyoda undan to‘xtamasa, u qiyomat kunida chanqoq bo‘ladi. Men uni harom qilganimdan keyin tark qilsa, Men uni Hozirat ul-qudusda sug‘oraman”. So‘raldi: “Hozirat ul-qudus nima?” Aytdi: “Qudus – Alloh, hozira esa jannatdir”.

Faqih aytdi: Aroq ichishdan saqlangin. Chunki undan o‘nta yomonlangan xislat bor:
1. Agar uni ichsa, majnunga aylanadi. Bolalarga kulgi bo‘lib, ermakka aylanadi. Aqllilar oldida yomon ot-liqdir.
Abu Dunyo aytganidek: Bog‘dod ko‘chalaridan birida bir mastning bavl qilayotganini ko‘rdim. U siydigini yuziga artib: “Ey Parvardigor, meni tavba qilguvchilardan, pokdomonlardan qilgin”, deb aytardi.
Bir ko‘chada mast kishi yotgan edi, it kelib uning og‘zini va soqolini yaladi. U itga: “Ey do‘stim, ey do‘stim, Alloh senga barakot bersin”, dedi. Keyin haligi it oyog‘ini ko‘tarib, uning yuziga bavl qildi. Haligi mast issiq suv uchun Alloh senga barakot bersin, deb aytar edi...
2. U molni yo‘q qilguvchi, aqlni ketkazuvchi. Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytganidek: “Ey Allohning elchisi, aroq borasida bizga fikringizni bering”. Aytdilar: “Albatta, u molni yo‘qotuvchi, aqlni ketkazuvchidir”.
3. Uni ichishlik odamlar, do‘stlar, og‘aynilar orasida adovatga sabab bo‘ladi. Alloh taolo aytganidek:
“Ichkilik, qimor sababli shayton o‘rtalaringizga bug‘zu adovat solishni xohlaydi” (Moida, 91).
4. Albatta, uni ichishlik Allohning zikridan va namozdan man’ qiladi. Alloh aytganidek:
“Shayton sizlarni Allohning zikridan va namoz o‘qishdan to‘sishni istaydi, xolos. Endi to‘xtarsizlar?” (Moida, 91). Ya’ni, undan to‘xtanglar. Bu oyat tushgan vaqtlar Umar ibn Xattob: “Albatta, to‘xtaymiz, ey Rabbim”, degan edi.
5. Uni ichmoqlik, zinoga olib boradi. Chunki ichgan vaqtida xotinini taloq qiladi, o‘zi sezmay qoladi.
6. Aroq hamma yomonlik kalitidir. Agar uni ichsa, unga hamma gunohlar yengil bo‘lib qoladi.
7. U fosiqlik majlisiga kirish bilan o‘zida sassiq hid borligi uchun maloikalarga aziyat berib qo‘yadigi, ozor bermaganga ozor berishlik joiz emas.
8. Uni ichgan kishini sakson darra urishlik vojib bo‘ladi. Agar dunyoda urilmasa, qiyomat kunida o‘tdan bo‘lgan qamchi bilan boshiga uriladi. Urayotgan vaqtda otasi va do‘stlari qarab turadi.
9. Aroq ichishlik bilan o‘zi uchun osmon eshigini yopib qo‘yadi, chunki qirq kungacha yaxshi amallari va qilgan duolari qabul bo‘lmaydi.
10. Aroq ichuvchi xavotirga tushuvchidir, chunki u o‘layotgan vaqtida imonsiz holda chiqishidan qo‘rqiladi. Bu azoblar dunyodadir, oxirat azoblariga yetmasdan oldindir.

Ammo oxirat azoblarini sanab bo‘lmaydi, undagi yiring, zaqqum, savoblarini yo‘q bo‘lishi va boshqalar. Oqil kishiga ozgina lazzatni tark etib, katta lazzatni ixtiyor qilishil lozim bo‘ladi.

Muqotil ibn Sulaymondan Allohning:
“Biz taqvodor zotlarni otliq hollarda Rahmon dargohiga to‘playdilar va jinoyatchi kofirlarni jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni (eslang)!” (Maryam, 85-86) oyati xususida rivoyat qilindi. Alloh taolo rozi bo‘lgan “Jannat ahli tiriladi va jannat eshigi oldida to‘xtaydi. Bir vaqt tagidan ikki buloq oqadigan daraxtning tagida bo‘ladilar. So‘ngra buloqning birida suv ichadilar, ularning ichida biron axlat qolmasdan, ichidan chiqarilib yuboriladi. Keyin ikkinchi buloqning oldiga keladilar, unda cho‘miladilar. Badanlarida, terida bo‘ladigan biron bir ifloslik qolmaydi, hammasi ketadi. Alloh taolo kalomida (jannat qo‘riqchilari) aytadi: “Sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lsin. Xush keldingiz!” (Zumar, 73) Keyin zotdor tuyalarda keltiriladilarki, qizil yoqutdandir, uning oyoqlari tillodan, yoqut va dur bilan o‘ralgan, yoqasi marvariddan. Ulardan har bir kishi ikkita kiyim kiyadi. Agar o‘sha kiyimidan bittasi dunyo ahli uchun chiqarilsa, dunyo nurlanib ketadi. Har birlari maloikalar bilan birga bo‘ladilar va ular jannatdagi o‘rnini unga dalolat qiladilar. Vaqtiki, jannatga kirsalar, kumushdan bo‘lgan qasrga ko‘tariladilar. Uning oynalari tillodandir. Ular qasriga yetganlarida, yosh qizlar istiqbollariga chiqadilar. Ular go‘yoki sochilgan marvarid kabidirlar. Ularda kiyimlar va taqinchoqlar, kumush idishlar, tillo qadahlar bordir. Maloikalar salom beradilar, ular ham alik oladi, keyin u yerga kiradilar.

Bir vaqt u o‘zi uchun Alloh taolo nima tayyorlaganini ko‘radi va uni bu joyga tushganligi bilan tabriklaydi. Unga farishta aytadi: “Nima xohlaysan?” Aytadi: “Alloh-ning karomatiga tushmoqni xohlayman”. Ular: “Senga bundan ham yaxshisi bor”, deydilar. U yuradi, keyin uni tilla qasrga ko‘tarishadi, uning oynalari marva-ridlardandir. Unga yaqinlashsa, yosh qizlar istiqboliga chiqishadi. Ular go‘yoki sochilgan  marvariddekdir. Ularda kumush idishlar, tillo qadahlar bordir, unga salom beradilar. U ham salomlariga alik oladi.  Unga tushishni xohlaydi, shunda maloikalar: “Yurgin, bu qasrdan ham afzalrog‘i bor sen uchun”, deydi. Bas, yurgandan keyin, qizil yoqutdan bo‘lgan qasrga ko‘tariladi.  Uning pokligidan uning ichkarisi tashqarisidan unga ko‘rinadi. Unga salom beradilar. U ham qaytaradi. Unga kirgandan keyin, uni Xurul’iyn kutib oladi. Unda yetmishta kiyimi bo‘ladi, biri ikkinchisiga o‘xshamaydi. Undagi hid yuz yillik yo‘ldan ham kelib turadi. Ahli jannat u Hurning yuziga qarasa, uning tozaligidan o‘z yuzini ko‘radi, agar uning ko‘kragiga qarasa, kiyimining yupqaligidan jigarlari ko‘rinadi. Suyaklarining yupqaligidan sonining iligini ko‘radi. Bu qasr bir farsah keladi, uning balandligi ham shunchadir. Uni to‘rt ming ikki tabaqali eshigi bor, tillodandir. Uning gilamllari tillodan, toji marvariddan. Vaqtiki u yopiladi, unda dunyo uylaridagi yetmish uy to‘shagi to‘shalgan katta so‘ri bordir. Unga o‘tirib meva xohlasa, meva kirib keladi. Yeydi yoki xohlasa, so‘risi bilan borib yeydi. Buning hammasi taqvodorlarning savobidir. Ular aroq ichishdan va fohishaliklardan saqlangandir.

Ahli do‘zax do‘zaxga haydab keltiriladi, unga yaqinlashishsa, uning eshiklari ochiladi. Ularni temir tayoqlari bo‘lgan farishtalar kutib olishadi. Do‘zaxga kirsalar, ularning a’zolaridan birontasi azobsiz qolmaydi. Ilon chaqadi yoki olov yondirib yuboradi yoki (azob) farishtasi uradi,  urgan vaqtida do‘zaxning qirq yillik qa’riga tushadi. Uning tubi yo‘q, keyin uni o‘t ko‘tarib tashlaydi, so‘ngra farishta yana uradi, do‘zaxga yana tushadi, qachon boshi ko‘rinsa, uraveradi. Alloh taolo aytganidek:
“Qachonki terilari kuyib bitishi bilan haqiqiy azobni totib ko‘rishlari uchun o‘rniga boshqa terilarini almashtiramiz. Albatta, Alloh taolo qudrat va hikmat egasi bo‘lgan  zotdir” (Niso, 56).

Bizga yetdiki, ularning terilari bir kunda yetti marta almashtiriladi. Agar chanqasalar, suv deb qichqiradilar. Ularga issiq suv keltiriladi, o‘sha issiq suvni u yuziga yaqinlashtirsa, yuzining go‘shtlari issiqdan tushib ketadi. Keyin og‘ziga kiradi. Uning tishlari, milklari tushib ketadi, keyin qorniga kiradi. So‘ngra ichaklarini kesadi, terisini pishiradi. Alloh aytadi:
“U (suv) bilan ularning ichlaridagi narsalar ham, terilari ham eritib yuborilur. Ular uchun temir gurzilar bordir” (Haj, 20-21).

So‘ngra Alloh o‘zi xohlagancha ularga azob bergandan keyin, jannatning qo‘riqchilarini chaqiradi.
“(Shunda) do‘zaxdagi kimsalar jahannam qo‘riqchilariga: “Parvardigorlaringga duo qilinglar, bizlardan biron kunlik azobni yengillatsin”, deydilar. (G‘ofir, 49). Bas, ularga javob berilmaydi. Keyin Molik (jahannam boshlig‘i)ni chaqiradilar, u qirq yilgacha javob bermaydi. Aytadilar: “Qo‘riqchilarni chaqirdik,  Molikni chaqirdik, javob  bermadi. Kelinglar, afsus-nadomat qilib,  qayg‘uraylik”. Ularga bu ham foyda bermaydi. Keyin, “Kelinglar, sabr qilamiz”, deydilar, bu ham hojatsiz bo‘ladi. Aytadilar: “Dod-voy qilamizmi, sabr-qanoat qilamizmi, biz uchun barobardir, hech qanday najot yo‘qdir” (Ibrohim, 21).
Kofirlar uchun azob ana shudir.

Vaqtiki, musulmon aroq ichsa, kufr so‘z tiliga keladi. Qo‘rqiladi, o‘layotgan vaqtida imon undan ketib qoladi, deb Musulmon kishi uchun aroq ichishdan qaytmog‘i va aroq ichuvchilardan uzilmog‘i lozim bo‘ladi. Agar u bilan qo‘shilib yursa, qo‘rqiladiki, unga ham bu aroq ichishlik o‘tib qoladimi, deb va qiyomat kun qo‘rqinchini fikr qilmog‘i kerak bo‘ladi. Chunki kimiki qiyomat kun qo‘rquvini fikr qilsa, uning qalbi aroq ichishlikka hech ham moyil bo‘lmaydi. Aroq ichuvchi bilan suhbatda bo‘lish qam mumkin bo‘lmaydi.

Hasan Basriydan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Bizlarga yetdiki, agar banda aroqdan bir marta ichsa, uning qalbi qorayadi. Ikkinchisini ichsa, maloikalar bezor bo‘lishadi. Uchinchisini ichsa, malakul-mavt (o‘lim farishtasi) bezor bo‘ladi. To‘rtinchisini ichsa, Payg‘ambar (s.a.v.) bezor bo‘ladilar. Beshinchisini ichsa, Payg‘ambar (s.a.v.)ning sahobalari bezor bo‘ladi. Oltinchisini ichsa, Jabroil alayhissalom bezor bo‘ladi. Yettinchisini ichsa, Isrofil alayhissalom bezor bo‘ladi. Sakkizinchisini ichsa Mikoil alayhissalom bezor bo‘ladi. To‘qqizinchisini ichsa, osmonlar bezor bo‘ladi. O‘ninchisini ichsa, yer bezor bo‘ladi. O‘n birinchisini ichsa, dengiz baliqlari bezor bo‘ladi. O‘n ikkinchisini ichsa, osmon va quyosh bezor bo‘ladi. O‘n uchinchisini ichsa, yulduzlar bezor bo‘ladi. O‘n to‘rtinchisini ichsa, maxluqotlar bezor bo‘ladi. O‘n beshinchisini ichsa, unga jannat eshiklari yopiladi. O‘n oltinchisini ichsa, do‘zax eshiklari ochiladi. O‘n yettinchisini ichsa, arshni ko‘tarib turuvchilar bezor bo‘ladilar. O‘n sakkizinchisini ichsa, kursiy bezor bo‘ladi. O‘n to‘qqizinchisini ichsa, undan arsh bezor bo‘ladi. Vaqtiki yigirmanchisini ichsa, undan Alloh taolo bezor bo‘ladi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #188 : 02 Iyul 2006, 07:39:53 »
188. Asmo Yazid qizi, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Men Rasululloh (s.a.v.) ushbu so‘zlarni aytganlarini eshitdim: “Kim aroq ichsa, qorniga joylasa (ya’ni, mast qilmasa ham), yettita namozi qabul bo‘lmaydi. Bas, agar aqlini ketkazgan bo‘lsa, qirq kunlik namozi qabul qilinmaydi va o‘lsa, kofir bo‘lib o‘ladi. Agar tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qiladi. Yana ichishga qaytsa, Alloh uni do‘zax ahlining yiringlari bilan sug‘ormoqqa haqlidir”.

Boshqa xabarda keladi: “Vaqtiki, bir marta aroq ichsa, uning namozi qabul bo‘lmaydi, ro‘zasi ham, boshqa amallari ham qirq kungacha qabul bo‘lmaydi. Agar ikkinchisini ichsa, uning namozi, ro‘zasi va boshqa amallari sakson kungacha qabul qilinmaydi. Uchinchisini ichsa, bir yuz yigirma kungacha qabul qilinmaydi. Agar to‘rtinchisini ichsa, o‘ldiringlar, u kofirdir. Uni do‘zax ahlining yiringlari bilan sug‘orishga Alloh taolo haqli bo‘ladi”.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #189 : 02 Iyul 2006, 07:40:16 »
190. Boshqa xabarda rivoyat qilindi: “Gunohlar, xatolar hammasi bir uyda qilinadi. Bu uyning kaliti aroq ichishlikdir”. Ya’ni, aroq ichsa, o‘ziga yomonlik – gunoh eshiklarini ochib oladi.

Ba’zi sahobalardan rivoyat qilindi: “Kimiki qizini aroq ichuvchiga bersa, go‘yoki qizini zinoga haydabdi”. Buning ma’nosi shuki, albatta, aroq ichuvchi mast bo‘lsa, uning tiliga taloq kalimasi ko‘p keladi, unga xotini harom bo‘ladi, o‘zi sezmaydi.

Aytildi: Albatta, aroq ichuvchi sanamlarga ibodat qiluvchiga o‘xshaydi. Chunki Alloh taolo xamrni ifloslik deb nomladi. “(Aroq) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning har biridan uzoq bo‘lingiz” (Moida, 90).

Va yana aytdi:
“Bas, butlardan iborat najosatdan yiroq bo‘lingiz!” (Haj, 30).

Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Albatta, kimiki, kunduzi aroq ichsa, Allohga kech bo‘lguncha shirk keltiradi. Kim kechasi aroq ichsa, tong otguncha Allohga shirk keltiradi”.

U kishidan rivoyat qilindi: “Aroq ichuvchi o‘lsa, uni ko‘mib kelinglar va meni ushlab qamanglar, keyin uning qabrini kavlanglar, agar qibladan boshqa tomonga burilmagan bo‘lsa, meni o‘ldiringlar”.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #190 : 02 Iyul 2006, 07:40:30 »
191. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qildi: “Alloh taolo meni butun olam uchun rahmat va hidoyat qilib yubordi va ma’o-zofni (chertib chalinadigan katta musiqa asbobi) va mezomirni va johiliyat ishlarini, butlarni o‘chirmog‘ligim uchun yubordi va Rabbim o‘z ulug‘ligi bilan qasam ichdiki: “Bandalarimdan hech bir banda dunyoda sharob ichmagay. Agar ichsa, uni qiyomat kunida undan mahrum etgayman. Bandalarim-dan qaysi biri aroq ichishni tark qilsa, uni jannatimdagi ichimliklardan sug‘orgayman”.

Avs ibn Sam’on aytdi: “Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, men aroqning Tavrotda yigirma besh marta harom qilinganini topdim. Aroq ichuvchiga vayl-azob bo‘lsin, Alloh taolo bu fosiq, fujur bandani qiyomat kunida do‘zax ahlining yiringi bilan sug‘oradi”.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #191 : 02 Iyul 2006, 07:41:10 »
192. Molik Muhammad ibn Munkadirdan rivoyat qildi: Alloh taolo qiyomat kunida aytar ekan: “Qani dunyoda quloqlarini lahvdan, shaytonning musiqa asboblaridan pok qilganlar! Ularni mushkning bog‘idan bahramand qilinglar!” Keyin maloikalarga aytar ekan: “Meni sanoimni va maqtovimni eshittiringlar” va xabar beringlar, ularga xavf yo‘q va ular xafa ham bo‘lmaydilar”.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #192 : 02 Iyul 2006, 07:41:21 »
193. Abu Voildan rivoyat qilindi: Shaqiq ibn Salamani to‘yga chaqirishgan ekan, u yerda ikki o‘yinchi va qo‘shiqchini ko‘ribdi, keyin qaytib kelib aytdi: Ibn Mas’uddan eshitdim, aytdi: “Albatta, qo‘shiq qalbda nifoqni o‘stiradi, suv ko‘katlarni o‘stirgandek”.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #193 : 02 Iyul 2006, 07:41:55 »
194. Ato ibn Soib: Abdurahmon Salbiynning otasidan rivoyat qildi: “Ahli Shomdan bir nechalari kechasi aroq ichishdi. Bu vaqtda Shomda Muoviya ibn Sufyon hokim edi. Shom ahli, aroq bizga halol, chunki Alloh taolo:
“Imon keltirsalar, so‘ngra Allohdan qo‘rqib chiroyli amallar qilsalar, (ilgari) yeb-ichgan narsalarida gunoh yo‘qdir” (Moida, 93), deb dalil keltirishdi. Hazrati Muoviya ular to‘g‘risida Umar roziyallohu anhuga xat yozdi. So‘ng Umar javob xatini yozdi: “Ularni menga yuboring, siz bi-lan birga bo‘lgan kishilarni buzmasdan burun”, deb. Keyin ularni Umarga keltiradilar. Hazrati Umar Payg‘ambarning (s.a.v.) sahobalarini yig‘ib, bu to‘g‘rida ular bilan maslahatlashdi. Aytdilarki: “Ey musulmonlarning amiri! Ular Alloh taolodan bosh tortdilar. Va Alloh ruxsat bermagan bir ishni shar’iy deb qildilar. Ularning boshlarini tanasidan judo qiling!” Hazrati Ali qavmning orasida jim o‘tirgan edi. Hazrati Umar: “Sizning fikringiz-chi?” deb so‘radi. Aytdi: “Ulardan tavba so‘rash kerak, deb fikr bildiraman. Agar tavba qilmasalar, keyin boshlarini olish kerak. Tavba qilsalar ham, sakson darra urish kerak”. Ulardan tavba qilishlarini so‘radilar, tavba qildilar. Keyin sakson darradan urdilar.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #194 : 02 Iyul 2006, 07:42:33 »
195. Ikrima ibn Abbosdan rivoyat qildi: “Aroqning harom qilingani to‘g‘risida oyat tushgandan keyin, “Oldin aroq ichib o‘tgan birodarlarimizga nima bo‘ladi?” deb so‘radilar. Keyin oyat tushdi:
“Imon keltirsalar, so‘ngra Allohdan qo‘rqib, chiroyli amallar qilsalar, (ilgari) yeb-ichgan narsalarida gunoh yo‘qdir” (Moida, 93).

___________
XV BOB. AROQ ICHISHDAN QAYTARISH BOBI HADISLARI

1. Abdulloh ibn Mas’ud.
“Aroq ichuvchi kishini qiyomat kunida betlari qora holatda keltiriladi...” Zaif*. “Tanzihush shariy’ati” (230/2) ga qarang.
2. Ibn Umar.
“Mast qiluvchi hamma narsa xamrdir...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5575/10) va Muslim (2003/2).
3. Jobir ibn Abdulloh.
“Ko‘pi mast qilguvchi narsaning...” Sahih*. Ahmad (343/3), Abu Dovud (3681) va Termiziy (1875).
4. Usmon ibn Affon.
“Ey odamlar, aroqdan saqlaninglar...” Sahih*. Nasoiy (315/8). 
5. Qatoda.
“To‘rt nafar kishi jannat hidini topmaydi...” Zaif*. Abu Na’im, “Al-xulya” (407/3) va “Sifatul janna” (194) va Tabaroniy, “As-sag‘ir” (408).
6. Hadis.
“Qiyomat kunida aroq ichuvchi qabridan...” Bu hadisni musannif “Qurratul ‘uyun” kitobida zikr qilgan.
7. Oyisha.
“Kim aroq ichuvchini bir luqma bilan taomlantirgan bo‘lsa...” Bu hadisni musannif “Qurratul ‘uyun” va ibn Iroq “Tanzihush-shariati” (232/2)da zikr qilgan.
8. Asmo Yazid qizi.
“Kim aroq ichsa, qorniga joylashtirsa...” Hasan*. Ahmad (460/6).
9. Hasan.
“Vaqtiki, bir marta aroq ichsa...” Sahih*. Ahmad (35/2), Termiziy (1762) va Tayolisiy (1901). Sahihul jome’ (6312).
10. Hadis.
“Gunohlar, xatolar hammasi bir uyda qilindi...” Sahih*. Ibn Moja (4034) va “Sahihul jome’” (7339).
11. Anas ibn Molik.
“Alloh taolo meni butun olam uchun rahmat qilib yubordi...” Zaif*. Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (6529), Ahmad (268, 257/5) va Tayolisiy (1134).
12. Molik Muhammad ibn Munkadir.
“Alloh taolo qiyomat kunida aytar ekan:...” Ibn Muborak, “Zavoid” (43), Abu Na’im, “Al-xulya (151/3), Ibn Abu Dunyo, “Sifatul janna” (263), Asbahoniy, “At-targ‘ib”, (319).
13. Shaqiq ibn Salama.
“U kishini to‘yga chaqirishgan ekan...” Sahih mavquf*. ” Ibn Abu Dunyo, “Zammul malohiy” (12) va Bayhaqiy, “As-sunnan” (223/10) va “Ash-shu’ab” va “Talbiysu iblis” (249-bet).
14. Abu Abdurrahmon Sulamiy.
“Ahli Shomdan bir nechalari aroq ichishdi...” Zaif*. Ibn Shayba va Ibn Munzir “Ad-durul mansur” (174/3).
15. Ibn Abbos.
“Aroqning harom qilingani to‘g‘risidagi oyat tushgandan keyin...” Zaif*. Hokim (143/4) va Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (5617).
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

 

Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 378
Ko'rilgan: 171129
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 10:01:08
muallifi AbdulAziz
Muslim as-Samarqandiy. Ustoz va shogird

Muallif mutaallimahBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 47
Ko'rilgan: 21855
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:38:32
muallifi AbdulAziz
Dukchi Eshon. Ibratul g'ofiliyn

Muallif AbdulAzizBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 17918
So'nggi javob 20 Avgust 2010, 14:37:23
muallifi Ansora
Vasliy Samarqandiy. Imomi A'zam tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2999
So'nggi javob 29 Avgust 2012, 12:18:48
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi a'zam hayoti haqida qimmatli so'zlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2959
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:25:08
muallifi AbdulAziz