407. Xabarda rivoyat qilinishicha, muazzin "Allohu akbar" desa, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham takrorlardilar. Shuningdek, ikki shahodat kalimasini ham. "Hayya alas-solah" va "Hayya alal-falah", desa, "la-a havla va la-a quvvata illa billahil aliyyil-azim", derdilar.
Faqih aytadilarki: "Banda azonni eshitsa, uni tinglamog‘i, hurmat qilmog‘i va muazzin aytganlarini takrorlamog‘i lozim. Agar "Hayya alas-solah", desa, "la-a havla va la-a quvvata illa billahil-aliyyil-azim", deydi. "Hayya alal-falah", desa, "ma-a sha Allohu kana", deydi. Shuningdek, azonning ma’nosini va tafsirini bilmog‘i lozim. Chunki har bir kalimaning zohiriy va botiniy ma’nosi bordir. "Allohu akbar, Allohu akbar" deganining zohiriy tafsiri Alloh buyukdir, ulug‘dir. "Ashhadu alla-a ilaha illalloh"ning tafsiri — Allohdan o‘zga iloh yo‘q deb guvohlik beraman. Uning ma’nosi esa, Alloh sizlarga buyurgan ishga ergashinglar, degani. Chunki sizlarga Allohdan boshqa hech kim foyda bermaydi va hech kim Uning azobidan najot bera olmaydi. "Ashhadu anna Muhammadar rosululloh"ning tafsiri, guvohlik beramanki, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning elchisi, deganidir. Ya’ni, u kishini Alloh sizlarga yubordi, unga imon keltirmoqlaringiz va tasdiqlamoqlaringiz uchun. Jamoat bilan qoim qilmoqqa buyurdi, buyurganiga ergashinglar.
"Hayya alas solah"ning tafsiri — namozni ado qilishga shoshilinglar. Ma’nosi — namoz vaqti keldi, uni kechiktirmanglar, vaqtida jamoat bilan o‘qinglar.
"Hayya alal-falah"ning tafsiri — najotga va saodatga shoshilinglar. Ma’nosi — albatta, Alloh taolo namozni najot va saodat topishlaringizga sabab qildi, uni ado etinglar va Allohning azobidan najot topinglar. "Allohu akbar"ning tafsiri — Alloh ulug‘dir, ma’nosi — u buyurgan amallar vojibdir. U amallarni kechiktirmanglar. "La-a ilaha illalloh"ning tafsiri — bilinglar, U birdir, Uning sherigi yo‘qdir, ma’nosi — namozlaringizda Alloh roziligi uchun ixlos qilingizlar.
________________
Azon va iqomat fazilati bobi hadislari
388-hadis. Zaif. Buxoriy "œTarixul kabir"da keltirgan.
389-hadis. Isnodi zaif. Tabaroniy uni zaif sanagan.
390-hadis. Isnodi noma’lum.
391-hadis. Juda zaif. Termiziy rivoyat qilgan.
392-hadis. Sahih. Abu Dovud, Ibn Mojja, Ahmad rivoyat qilgan.
393-hadis. Sahih. Buxoriy, Ahmad, Nasoiy rivoyat qilgan.
394-hadis. Mavzu’. "œMavzu’ot"ga qarang.
395-hadis. "œMuazzinlar qiyomat kunida bo‘yinlari eng uzunlardir" jumlasi sahih. Muslim, Ahmad, Ibn Hibbon rivoyat qilgan. Hadisning qolgani munkardir.
396-hadis. Mavzu’. Ibn Adiy, Uqayliy, Ibn Javziy "œMavzu’ot"da rivoyat qilgan.
397-hadis. Sahih. Muslim va Ahmad rivoyat qilgan.
398-hadis. Isnodi noma’lum.
399-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
400-hadis. Zaif. "œZaifut-Termiziy"ga qarang.
401-hadis. Duo haqidagi jumladan boshqasi sahih. Abu Dovud, Asbahoniy rivoyat qilgan.
402-hadis. Muttafaqun alayh.
403-hadis. Juda zaif. Ikkita illati bor: Roviylaridan birining (Juvaybir) hadisi matruk (tark qilinadi); munqote’.
404-hadis. Shunga o‘xshashishi Daylamiy "œFirdavs"da rivoyat qilgan.
405-hadis. Mavzu’. Ibn Javziy "œMavzu’ot"da rivoyat qilgan.
406-hadis. Zaif. Tabaroniy "œAl-kabir"da rivoyat qilgan va illatli sanagan.
407-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Ibn Huzayma rivoyat qilgan.