Zikr qiladilarki, bir kishi Umar ibn Xattob oldlariga xotinidan shikoyat qilish uchun keldi. Eshikning oldiga yetganida xotini Ummu Gulsumning u kishiga qattiq gapirgani eshitildi. Haligi kishi: "œMen xotinimdan shikoyat qilish uchun kelgan edim. Bu kishida ham menga o‘xshash g‘am bor ekan", deb o‘ylab, ortiga qaytdi. Umar (r.a.) uni ko‘rib qoldilar-da, chaqirdilar va nima uchun kelganini so‘radilar. Haligi kishi: "œXotinimdan shikoyat qilish uchun keluvdim, ammo xotiningizning so‘zlarini eshitib, ortga qaytdim", dedi. Shunda Umar (r.a.) aytdilar: "œMenda uning haqqi bo‘lgani uchun qilmishlarini kechib yuboraman. Avvalo, u men bilan do‘zax orasini to‘sadi, u tufayli qalbim haromni xohlamaydi. Ikkinchidan, u mening xazinabonim, agar uydan chiqsam, qo‘riqchimdir. Uchinchidan, u mening kiyimlarimni yuvib, tozalaydi. To‘rtinchidan, u farzandlarimni tarbiya qiladi. Beshinchidan, u men uchun non pishiradi, ovqat tayyorlaydi". Keyin haligi kishi: "œMeniki ham sizniki kabi, siz kechibsiz, men ham kechiraman", dedi.