830. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.): "œNamoz, ro‘za va sadaqaning darajasidan-da ulug‘roq narsaning xabarini beraymi?" dedilar. "œHa", deyishdi. "œOrasi uzilganlarni isloh qilish", dedilar Nabiy (s.a.v.).
Sahobalardan biri (r.a.) aytgan ekan: "œKim sakkiz narsadan ojiz bo‘lsa, o‘rnini to‘ldirish uchun unga sakkizta narsa vojib bo‘ladi:
— kim kechasi namoz o‘qishni niyat qilsa-yu, uxlab qolsa, kunduzi gunoh qilmasin;
— kim nafl ro‘zani tutishni xohlasa-yu, tutolmasa, tilini saqlasin;
— kim ulamolar fazliga yetishishni xohlasa, tafakkur qilsin;
— kim dushman bilan urushish savobini umid qilsayu, uyida o‘tirib qolsa, shaytonga qarshi jihod qilsin;
— kim sadaqa berib fazilatga erishishni xohlasayu, ojiz bo‘lsa, odamlarga eshitgan narsasidan ta’lim bersin;
— kim haj yaxshiligini xohlasayu, qodir bo‘lmasa, juma namozidan qolmasin;
— kim obidlarning fazliga yetishishni xohlasa, odamlar orasini isloh qilsin, ularning orasiga dushmanlik va adovat urug‘ini tashlamasin;
— kim abdollarning fazilatini hohlasa, qo‘li ko‘kragida bo‘lsin va nafsiga rozi bo‘lgan narsasini birodariga ham ravo ko‘rsin".