848. Payg‘ambar (s.a.v) aytadilar: "œAgar mo‘min nafsga isitma qelsa, nafsning ichidan ruh nido qiladi: "œEy isitma, bo‘ mo‘min nafsdan nima xohlaysan?" Isitma: "œEy yaxshi ruh, bu nafsing pok edi. Uni gunohlar va xatolar iflos qildi. Men uni o‘shalardan poklayman", deb javob beradi. Shunda ruh aytadi: "œUnday bo‘lsa, yaqin kel, yaqin kel, yaqin kel va uni pokla".
Ibn Ashja’ aytadilar: "œMuhojirlardan bittasi kasal bo‘ldi. Shunda: "œMenga yetdiki, kasalning kasalligida to‘rtta xislat bordir: undan qalam ko‘tariladi, ajr sog‘ paytida amal qilganidek oqib kelaveradi va hamma xatolari bo‘g‘imlaridan ketadi, agar vafot etsa, kechirilgan holda vafot etadi, agar yashab ketsa, kechirilgan holda yashaydi".
Maoz ibn Jabal (r.a.) aytadilar: "Agar Alloh taolo mo‘min bandani kasallikka duchor qilsa, chap tomon farishtasiga: "œUndan qalamni ko‘tar", deb, o‘ng tomon farishtasiga: "œBandamga sog‘liq vaqtidagi amalidan ham yaxshirog‘ini yoz", deb buyuriladi.