899. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "œUshbu:
"œQachon Allohning yordami va g‘alabasi kelsa" oyati tushganida, Payg‘ambar (s.a.v.) kasal edilar. Payshanba kuni odamlar oldiga chiqmoqchi bo‘ldilar. Boshlarini bog‘ich bilan bog‘lab olgan edilar. So‘ngra minbarga ko‘tarildilar. Ranglari sarg‘aygan, ko‘zlarida yosh bor edi. Keyin Bilolni chaqirib, Madina ahlini vasiyatlarini eshittirishlari uchun jam qilishga buyurdilar. Zero, u Rasulullohning (s.a.v.) oxirgi vasiyatlari edi. Bilol Madina ahlini chaqirganida, ularning katta-yu kichik hammasi yig‘ildi. Uydagilar uylarini, bozordagilar bozorlarini tashlab kelishdi. Hatto unashtirilgan qizlar Payg‘ambarning (s.a.v.) vasiyatlarini eshitish uchun chiqishdi. Masjid yig‘ilganlarga torlik qildi.. Payg‘ambar (s.a.v): "œOrqadagilarni ham sig‘diringlar", dedilar. U zot (s.a.v.) yig‘lab turardilar. So‘ng: "œInna lillahi va inna ilayhi roji’un", dedilar va Allohga hamdu sano o‘qidilar, payg‘ambarlarga va jumladan o‘zlariga ham salovat yo‘lladilar. Keyin aytdilar: "œMen Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulmuttalib ibn Hoshim al-arabiy al-xaramiy al-makkiyman. Mendan keyin payg‘ambar yo‘qdir.
Ey odamlar, bilinglar, mening jonim uzilish arafasida, dunyodan ayrilish vaqtim keldi. Rabbim bilan ko‘rishishga mushtoqman. E voh, ummatimga firoq. Mendan keyin nimalar deydilar, Allohim, salomat qil, salomat qil. Ey odamlar, Alloh taolo sizlarga tushirgan hukmlarida nima halol va nima harom, nimalar qilishlaringiz, nimalardan saqlanishingizni bayon qilib berdi. Uning halol narsalarini halol denglar, xarom qilganini harom denglar. Mutashobih oyatlariga iymon keltiringlar, muhkam, ya’ni, ochiq-ravshan oyatlarini qattiq ushlanglar. Misollardan ibratlaninglar".
Keyin boshlarini osmonga ko‘tarib: "œEy Parvardigor, yetkazdimmi? Guvoh bo‘lgin", dedilar. So‘ng yana so‘zlarini davom etdilar: "œEy odamlar, Alloh taolodan uzoq, xorlangan, adashgan, jannatdan uzoq, do‘zaxga yaqin bo‘lgan nafsi havodan saqlaninglar. Jamoat va istiqomat qilishni(to‘g‘ri yo‘lda yurishni) mahkam tutinglar. Chunki u Allohga, jannatga yaqin va do‘zaxdan uzoqdir... Ey Parvardigor, yetkazdimmi? Ey odamlar, dinlaringda va omonatlaringda Allohni unutmanglar, qo‘llaring ostidagilaring borasida ham Allohni yoddan chiqarmanglar. Yegan narsalaringdan ularga ham yediringlar va kiygan narsalaringdan kiydiringlar. Ularni toqati yetmaydigan ishlarga buyurmanglar. Chunki ular ham go‘sht, qon va xulqda sizga o‘xshaydi. Ogoh bo‘linglar, kim ularga zulm qilsa, qiyomat kuni men unga xusumat qilaman. Alloh ularning hokimidir. Xotinlaringiz xususida ham ehtiyotkor bo‘linglar. Mahrlariga vafo qilinglar. Ularga zulm qilmanglar. (Zulm qilsanglar) qiyomat kuni yaxshiliklaringdan mahrum etadi.... Yetkazdimmi?