Muallif Mavzu: Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn  ( 420607 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Laylo

  • Mehmon
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #705 : 01 Oktyabr 2006, 09:22:52 »
699. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot: «Zakariyo (alayhissolatu vassalom) duradgor edi», deb xabar berganlar.

Oisha onamizning bunday deganlari rivoyat qilinadi: “Sulaymon (alayhissalom) odamlarga minbarda xutba qilayotganlarida, qo‘llarida palma daraxtining novdalari bo‘lar edi, undan savat yoki shunga o‘xshagan biron narsa yasab turardilar. Agar  to‘qib bo‘lsalar, bir kishiga berib: “Bozorga olib borib sot”, derdilar.

Shaqiq ibn Ibrohim aytdilar: Alloh taoloning:                 
“Agar Alloh (barcha) bandalarining rizqlarini mo‘l-ko‘l qilsa, albatta, ular yer yuzida  zulm-tajovuzkorlik qilgan bo‘lur edilar” (Sho‘ro surasi, 27), degan oyati haqida aytadilar: “Alloh taolo agar bandalariga kasb-hunarsiz rizq-ro‘z berganida, ular ishsiz qolib, oqibatda buzilib ketardilar. Lekin  buzg‘unchilikka bo‘sh vaqt topmasinlar, deya  ularni kasblar bilan shug‘ullantirib qo‘ydi”.

Sa’d ibn Musayyab aytdilar: “Molini haloldan topmagan, undan haqlarni chiqarib turmagan, u bilan obro‘-sharafini saqlamagan kishida yaxshilik yo‘qdir”.
Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi dedilar: “Ey kambag‘allar jamoasi, boshlaringni ko‘taringlar, savdogarlik qilinglar, albatta, yo‘lingiz ravshan bo‘ladi. Boshqalarning qo‘liga qarab qolmanglar”.

Umarning (r.a.) ozod qilgan quli Abu Solih (r.a.) rivoyat qiladilar: “Umar bizga uch kishining sherikchilik qilishini buyurdilar: bittasi yig‘adi, boshqasi sotadi va uchinchisi Alloh yo‘liga chiqadi”.

Avvom aytadilar: “Abu Solih sohilda qo‘riqchilik qilayotganida menga: “Biz uch kishimiz. Bu kun g‘azotda mening navbatim”, deb aytgan edi”.

Faqih Abu Ja’far (r.a.) deydilar: “Abu Muborakning: “Kim bozorni tashlasa, muruvvati ketib, xulqi yomon bo‘ladi”, deganini eshitdim”.

 Ibrohim ibn Yusuf (Alloh rahmat qilsin) Muhammad ibn Salamaga: “Bozorni mahkam tut, chunki u egasiga kuch-quvvat beradi”, deb nasihat qilganlar.

Laylo

  • Mehmon
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #706 : 01 Oktyabr 2006, 09:24:03 »
700. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim bir daraxt yoki ekin eksa, shu ekkanidan inson, hayvon yoki qush yo yirtqich yesa, mana shu (eganlari) uning uchun sadaqadir”.

Laylo

  • Mehmon
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #707 : 01 Oktyabr 2006, 09:24:15 »
701. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Birortangiz qo‘lida ko‘chatni tutib turgan holida qiyomat qoyim bo‘lib qolsa, uni ekishga imkoni bo‘lsa, eksin”.

Laylo

  • Mehmon
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #708 : 01 Oktyabr 2006, 09:24:27 »
702. Makhul (r.a.) Payg‘ambarimizning (s.a.v.): “G‘iybatchi, maddoh, ta’na qiluvchi yoki o‘likka o‘xshab yuruvchi kishilar bo‘lishdan saqlaninglar”, degan hadislaridagi “o‘likka o‘xshab yuruvchilar”ni kasb bilan shug‘ullanmaydigan kishilar, deb izohlaganlar”.

Laylo

  • Mehmon
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #709 : 01 Oktyabr 2006, 09:24:45 »
703. A’mash (rahmatullohi alayh) Abu Maxoriqdan rivoyat qiladilar. U kishi xabar beradilarki, Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalari bilan o‘tirganlarida, yosh a’robiy yigit o‘tib qoldi.  Abu Bakr va Umar (roziyallohu anhumo) deyishdi: “Agar u yigitligiyu kuch-quvvatini Alloh yo‘lida sarflaganida, katta ajr olgan bo‘lardi”. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar qarib qolgan ota-onasiga yordam berishga harakat qilsa, u Alloh yo‘lidadir. Kichkina bolalari uchun harakat qilsa, u Alloh yo‘lidadir. Agar u o‘z nafsi uchun, odamlardan behojat bo‘laman, deb harakat qilsa, u Alloh yo‘lidadir. Agar odamlar ko‘rsin va eshitsin, deb harakat qilsa, u shayton yo‘lidadir”.

Laylo

  • Mehmon
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #710 : 01 Oktyabr 2006, 09:25:20 »
704. Ibn Umar (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot (s.a.v.) aytdilarki: “Alloh taolo har bir kasbi bo‘lgan kishini yaxshi ko‘radi, o‘zi sog‘-salomat bo‘lib, yo oxiratning ishi bilan, yo dunyo ishi bilan shug‘ullanmaydigan kishini yomon ko‘radi”.

Laylo

  • Mehmon
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #711 : 01 Oktyabr 2006, 09:25:27 »
705. Ja’far ibn Muhammad otalaridan rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) bozorga chiqib, oila ahllari uchun kerakli narsalarni sotib oldilar. Bu qilgan ishlarining sababini so‘rashganida: “Menga Jabroil (alayhissalom), odamlarning qo‘liga qarab qolmasligi uchun ahli oilasi yo‘lida harakat qilgan kishining Alloh yo‘lida ekani xabarini berdi”, deb javob qildilar”.

Laylo

  • Mehmon
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #712 : 01 Oktyabr 2006, 09:25:39 »
706. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Bir kishi Rasulullohning (s.a.v.) oldilariga kelib, o‘ziga kerakli narsani so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) undan: “Uyingda biror bir narsang bormi?” deb so‘radilar. “Ha, bor, ey Allohning elchisi, bir namatimiz bor. Ammo uning ba’zi joylari kuygan. Bizlar uning ustida o‘tiramiz, yotamiz, bir chetini ustimizga yopamiz, bir chetini tagimizga to‘shaymiz. Yog‘och tovog‘imiz ham bor, unda ovqat yeymiz, suv ichamiz va boshlarimizni yuvamiz”, dedi haligi kishi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ikkovini ham menga olib kel”, dedilar. U kishi namat bilan tovog‘ini olib kelganidan so‘ng, Payg‘ambar (s.a.v.) u narsalarni qo‘llariga olib: “Bu ikkalasini kim sotib oladi?” dedilar. Bir kishi: “Men bir dirhamga sotib olaman”,  dedi. Nabiy (s.a.v.): “Bunga yana bir dirham qo‘shib sotib oladigan kishi yo‘qmi?” dedilar. Boshqa kishi: “Men ikkovini ikki dirhamga sotib olaman”, dedi. Rasuli Akram (s.a.v.) u odamga namat va tovoqni berib, ikki dirhamni oldilar va molning egasiga topshiraturib: “Bir dirhamiga ovqat sotib olib, uyingga olib bor. Bir dirhamiga esa, bolta xarid qil va mening oldimga kel”, dedilar. Haligi kishi keyin bolta sotib olib qaytib keldi, Payg‘ambar (s.a.v.)  unga: “Borib, o‘tin terib, bozorda sot. So‘ng o‘n besh kundan keyin mening oldimga kel”, dedilar. Keyin u kishi ketdi, o‘tin sotib, o‘n dirham ishladi. Pulining bir qismiga taom, ozrog‘iga kiyim sotib oldi. Payg‘ambar (s.a.v.) unga aytdilar: “Bu ishing senga qiyomat kuni yuzingda qora dog‘ bo‘ladigan, uni faqat olov o‘chiradigan tilanchilikdan yaxshi emasmi?”

Hakimlarning ba’zilari shunday deydilar: “Oqil kishi  besh narsasi bo‘lmagan shaharga tushmaydi: qat’iyatli sulton, odil qozi, muqim bozor, oqar daryo, mohir tabib”.
Hakimlarning biridan: “Kasblarning yaxshisi nima?” deb so‘rashdi. U kishi shunday deb javob qildi: “Dunyo kasblarining yaxshisi ehtiyojni qondirish uchun haloldan talab qilingani, uning bilan ibodat hozirligi ko‘rilgani va ortiqchasi qiyomat kuniga zaxira qilib qo‘yilgani. Oxirat kasblarining yaxshisi esa, amal qilinadigan ilmni tarqatish, solih amallar qilish va yaxshi odatni joriy etish”. Keyin: “Kasblarning yomoni nima?” deb so‘rashdi. “Dunyo kasblarining yomoni haromdan mol to‘plash va uni gunoh ishlarga sarflash hamda Parvardigoriga itoat qilmaydigan kishiga ergashish. Oxirat kasblarining yomoni esa, hasad qilib, haqni inkor etish, qasddan ma’siyat qilish va adovatli yoki zulmkor yomon odatni joriy etish”, deb javob qildi.

_____________________
Kasb qilish fazilati bobi hadislari

696-hadis. Zaif. Abu Na’im, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
697-hadis. Hasan. Ahmad, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
698-hadis. Isnodi noma’lum.
699-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
700-hadis. Sahih. Muslim va Ahmad rivoyat qilgan.
701-hadis. Bazzor rivoyat qilgan va roviylarini ishonchli, degan.
702-hadis. Mursal.
703-hadis. Tabaroniy rivoyat qilgan. Xaysamiy roviylarini sahih, degan.
704-hadis. Zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan.
705-hadis. Isnodi zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan.
706-hadis. Zaif. Abu Dovud, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
« So'nggi tahrir: 27 Oktyabr 2007, 07:12:27 muallifi Laylo »

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #713 : 01 Oktyabr 2006, 11:24:07 »
OLTMISH IKKINCHI BOB
KASB OFATI VA HAROMDAN HAZAR QILISH

707. Faqih Abu Lays Samarqandiy Qatodaning (r.a.) bunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Bizlarga Payg‘ambar  (s.a.v.): “Agar  xohlasanglar, qasam ichamanki, savdogar fojirdir”, deb aytdilar».
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #714 : 01 Oktyabr 2006, 11:28:26 »
708. Yana Qatodadan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kunduzni qasam ichib o‘tkazib, kechasi uni hisob-kitob qiladigan savdogardan ajablanaman”.
Ahli ilmlarning aytishlaricha, din va dunyo to‘rt narsa bilan qoyim bo‘ladi: olimlar, amirlar, askarlar va kasb egalari.
Faqih aytadilar: “Bu gapni bir zohid tafsir qilgan. Amirlar xalqning tartibini saqlashadi. Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlari. Ular xalqqa oxiratni anglatib turishadi va odamlar ularga ergashadi. Qurolli askarlar – Allohning askarlari. Ular musulmonlarning tinchligini saqlash uchun kerak. Ammo cho‘pon bo‘riga aylansa, podani kim boqadi, kim saqlaydi?! Olimlar ilmni tashlab, dunyo bilan shug‘ullanib ketishsa, xalq kimga ergashadi?! Askarlar yuqori mansabga intilsa va tama’ uchun chiqsa, xalqni dushmandan qanday himoya qiladi?! Kasb egalari xiyonat qilsalar, odamlar ulardan qanday omonlik topishadi?!”
Hakimlardan biri dedi: “Agar savdogarda uch xislat bo‘lmasa, ikki dunyoda kambag‘al bo‘lib qoladi: tili uch narsadan – yolg‘ondan, ortiqcha so‘zdan va qasam ichishdan saqlanmasa, qalbi uch narsadan – ko‘z bo‘yamachilikdan, xiyonat qilishdan va hasaddan pok bo‘lmasa, o‘zida uch narsani – juma va jamoat namozlarini, ilm uchun vaqt ajratishni va Alloh taolo roziligini har narsadan ustun qo‘ymasa”.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #715 : 01 Oktyabr 2006, 11:30:32 »
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: “Savdogar din ilmida faqih  bo‘lmasa, riboga botibdi, riboga botibdi, riboga botibdi”.
Umar ibn Xattob (r.a.) dedilar: “Kim dinda faqih bo‘lmasa, bozorlarimizda savdo qilmasin”.
Sufyoni Savriy (r.a.) aytadilar: “Bozor ahlining kiyimlariga aldanmanglar. U kiyimlarning ichida bo‘rilari bordir”.
Yana Sufyoni Savriy aytadilar: “Boylarning qo‘shnisi, bozorlarning qorisi va amirlarning olimi bo‘lishdan saqlaninglar”.

Muhammad ibn Abu Shamol bozorga kirib aytar edilar: “Ey bozor ahllari, bozorlaringiz kasod, sotishlaringiz fasod, qo‘shnilaringiz hasad qiluvchi va joylaringiz do‘zax (bo‘lib qolmasin)”.
Ibn Abbos (r.a.) aytdilarki: “Halol kasb qilish tog‘ni toqqa ko‘chirishdan og‘irdir”.
Yunus ibn Ubayd (r.a.) dedilar: “Bugungi kunda infoq qilinayotgan dirhamlarning pokizasi juda kam, bajarilayotgan amallarning islomiyi tansiq, sunnatga amal qiluvchi olimlar juda oz. Dunyo kamchilliklari ichida bulardan-da ozini bilmayman. Ular ko‘paymaydilar, ko‘paysa ham, ozgina ko‘payadi. Agar halol dirham topganimizda, dardlarimizni davolagan bo‘lardik”.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #716 : 01 Oktyabr 2006, 11:31:15 »
709. Maoz ibn Jabal (r.a.) aytadilar: “Har bir banda qiyomat kuni Alloh taologa ro‘baro‘ qilinadi va qadami uzilmasdan to‘rt narsa – jasadini nimaga urintirgani, umrini nima bilan o‘tkazgani, ilmiga qanday amal qilgani va mol-dunyosini qaerdan topib, qaerga sarflagani haqida so‘raladi”.

Hakimlardan biri aytadi: “Munofiq kishi dunyoni hirs bilan oladi, shubha qilib, (zakotni) man’ etadi, riyo bilan sadaqa beradi. Uzoqni ko‘zlovchi mo‘min dunyoni qo‘rqinch bilan oladi, shukr qilib saqlaydi, Alloh taolo uchun  xolis sarflaydi».

Yahyo ibn Maoz (r.a.) aytadilar: “Toat Allohning xazinasida saqlab qo‘yilgandir. Uning kaliti duo. Kalitning tishlari halol luqma.

Ibn Shabrama deydilar: “Ajabo, shunday kishilar borki, kasallikdan qo‘rqib, haloldan tiyiladi. Nima uchun do‘zaxdan qo‘rqib, haromdan saqlanmaydi”?!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #717 : 01 Oktyabr 2006, 11:32:12 »
710. Jobir (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Ey odamlar, hech biringiz rizqingizni mukammal olmaguningizcha o‘lmaysiz. Rizqda shoshilmanglar, Allohdan qo‘rqinglar, chiroyli talab etinglar. Sizlarga nima halol qilingan bo‘lsa, uni olinglar va Alloh harom etgan narsani tashlanglar”.

Hakim  aytadilar: “Odamlar kasb-korlariga qarab, besh toifadir. Birinchi toifa rizqni kasbdan deb biladi. Ular kofirlardir. Ikkinchisi Allohdan va kasbdan deb biladi. Ular mushrikdir. Uchinchi toifa unga rizq beriladimi yoki yo‘qmi, bilmaydi. Ular munofiqlardir. To‘rtinchi toifa rizqni Allohdan biladi. Ammo kasbi tufayli gunoh qiladi va uning haqqini ado etmaydi. Ular fosiqlardir. Beshinchi toifa rizqni Allohdan deb bilib, kasbni sabab ko‘radi, haqqini ado etadi va Allohga osiylik qilmaydi. Ular ixlosli mo‘minlardir”.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #718 : 01 Oktyabr 2006, 11:32:46 »
711. Zayd ibn Arqamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Abu  Bakr Siddiqning (r.a.) bir xizmatkorlari bo‘lib, u topgan pulidan har kuni taom keltirardi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) uni qaerdan topganini so‘rab bilmagunlaricha yemas edilar. Bir kuni xizmatkor bir joydan ovqat olib keldi. U zot odatlariga qarshi taomni surishtirmasdan turib, bir luqma oldilar. G‘ulom: “Har kuni mendan so‘rar edingiz, bu safar so‘ramadingiz”, dedi. Abu Bakr (r.a.) shunda aytdilar: “Sening holingga voy. Meni ochlik chalg‘itdi.  Endi xabar ber-chi, bu taomni qaerdan keltirding?”Xizmatkor: “Men johiliyat davrida bir necha  kishilarni dam solib davolagan edim. Ular menga ish haqimni berishni va’da qilgan edilar. Bugun ularning uylariga borib, o‘sha va’dalarini eslatdim. Ular mana shu taomni berishdi”, dedi. Abu Bakr (r.a.) shu zahoti qo‘llaridagi taomni tashladilar va qayt qila boshladilar. Qiynalib bo‘lsa-da, o‘sha yutganlari birgina luqmani chiqarib tashlashga harakat qildilar. Ammo unga erisha olmadilar. Hatto ko‘karib, qorayib ketdilar. So‘ngra harakat qilib, yana qodir bo‘lmadilar.  Shu yerda ahvolni ko‘rib turgan kishilar: “Ustidan bir kosa suv iching”, deyishdi. So‘ng u kishiga bir idishda suv olib kelishdi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) suvni ichib, keyin qayt qildilar. Yeganlarining barchasini chiqarib tashlamagunlaricha to‘xtamadilar. Odamlar: “Bir luqma uchun shuncha azobmi?” deyishdi. Shunda u zot (r.a.) aytdilar: “Payg‘ambarning (s.a.v.): “Alloh taolo harom narsalar bilan ozuqlangan har bir jasadni jannatdan mahrum qiladi”, deb aytganlarini eshitganman”, dedilar”.

Faqih aytadilar: “Kim kasbini yaxshi qilishni istasa, beshta narsani o‘zida saqlasin: kasbi tufayli Allohning farzini orqaga surmaslik va kamaytirmaslik, kasbi tufayli Allohning bironta maxluqiga ozor bermaslik, kasbi bilan oilasining iffatini saqlashni niyat qilish va uni mol-dunyo jam qilishga, ko‘paytirishga vosita etmaslik, nafsini kasbi sababidan juda qiynab yubormaslik, rizqini kasbidan emas, balki Allohdan bilib, kasbini sabab ko‘rish”.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #719 : 01 Oktyabr 2006, 11:33:37 »
712. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shunday deganlari rivoyat qilingan: “Kim mol-dunyoni gunoh yo‘llar bilan topsa, so‘ngra undan sadaqa qilsa yo u bilan qarindoshchilikni bog‘lasa yoki Alloh yo‘lida ishlatsa, qilganlarining hammasi jamlanib, do‘zaxga tashlanadi”.

Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Alloh taolo ribo, poraxo‘rlik, xiyonat, g‘ulul yoki o‘g‘irlik orqasidan haj qilgan kishining haj va umrasini, jihodini, sadaqasini, qul ozod qilishini va nafaqasini qabul qilmaydi”. Keyin: “Besh narsa besh narsa bilandir”, deb qo‘ydilar.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

 

Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 378
Ko'rilgan: 166949
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 10:01:08
muallifi AbdulAziz
Muslim as-Samarqandiy. Ustoz va shogird

Muallif mutaallimahBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 47
Ko'rilgan: 21222
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:38:32
muallifi AbdulAziz
Dukchi Eshon. Ibratul g'ofiliyn

Muallif AbdulAzizBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 17691
So'nggi javob 20 Avgust 2010, 14:37:23
muallifi Ansora
Vasliy Samarqandiy. Imomi A'zam tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2859
So'nggi javob 29 Avgust 2012, 12:18:48
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi a'zam hayoti haqida qimmatli so'zlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2811
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:25:08
muallifi AbdulAziz