718. Faqih (rahmatullohi alayh) G‘ayron ibn Harisning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: "œBir kishi Ibn Abbosning (r.a.) oldilariga kelib: "œAnavi muhojirlar va ansorlar bizlarda hech bir amal yo‘q, deb aytishyapti, dedi. Ibn Abbos (r.a.): "œYo‘q, agar namoz o‘qisang, zakot bersang, ro‘za tutsang, Allohning uyini xaj qilsang, mehmon kutsang, jannatga kirasan", dedilar.
Abu Shurayh Xuzo’iy aytadilar: "œPayg‘ambarning (s.a.v.): "œKim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, mehmonini ikrom qilsin, uning joiz bo‘lgani bir kun, ziyofati uch kundir. Undan keyingilari sadaqadir", deb aytganlarini eshitganman".
Ato (rahmatullohi alayh) rivoyat qiladilar: "œIbrohim (alayhissalom) ovqatlanishni xohlasalar va ovqatlanishga sherik topmasalar, bir-ikki mil yurib, birga ovqatlanish uchun sherik izlab kelardilar".
Ikrima ( r.a.) aytadilar: "œIbrohimni (alayhissalom) mehmonlarning otasi, deb atashardi. U kishining uylarida to‘rt eshik bor edi, qaysi eshikdan biror kishi kelarkan, deb qarab o‘tirardilar".
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) deydilar: "œBir-ikki so’ bug‘doydan taom tayyorlab, birodarimni chaqirishim men uchun bozorlaringizga chiqib, qul ozod qilishimdan mahbubroqdir".
Abdulloh ibn Umar (ikkovlaridan ham Alloh rozi bo‘lsin) biron ovqat tayyorlatsalar, ko‘chadan hay’atli kishi o‘tsa, chaqirmasdilar, miskin o‘tsa, chaqirar edilar va: "œOvqatga ishtahasi yo‘q kishini chaqirib, ovqatga muhtoj bandani tark qilasizlarmi?" derdilar.