Muallif Mavzu: Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn  ( 422611 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #735 : 01 Oktyabr 2006, 11:41:29 »
728. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Kim  molining zakotini ado qilsa, mehmon kutsa va musibat vaqtida qavmiga saxovat qilsa, nafsini baxillikdan saqlabdi”.

_______________
Taom berish va husni xulq fazilati bobi hadislari

717-hadis. Sanadida zaiflik, uzilish bor.
718-hadis. Muttafiqun alayh.
719-hadis. Hasan. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojjalar rivoyat qilgan.
720-hadis. Hasan. Ibn Mojja, Abu Na’im, Hokim rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang.
721-hadis. Juda zaif. Abu Ya’lo, Bazzor, Abu Na’im, Hokim, Asbahoniy rivoyat qilgan.
722-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan.
723-hadis. Zaif. Ahmad, Ibn Hibbon, Hokim, Bayhaqiy, Qazoiy rivoyat qilgan.
724-hadis. Sahih. Ahmad, Bayhaqiy rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang.
725-hadis. Sahih. Molik, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
726-hadis. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
727-hadis. Zaif. Tabaroniy rivoyat qligna.
728-hadis. Abu Ya’lo, Tabaroniy rivoyat qilgan.
« So'nggi tahrir: 27 Oktyabr 2007, 07:14:57 muallifi Laylo »
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #736 : 01 Oktyabr 2006, 11:41:59 »
OLTMISH TO‘RTINCHI BOB
ALLOHGA TAVAKKUL


Faqih Abu Lays Samarqandiy: “Solim ibn Jo’ddan rivoyat qiladilar. Iso ibn Maryam aytdilar: “Ertangi kunni o‘ylab, taomni yashirmanglar. Chunki ertangi kun rizqi bilan keladi. Chumoliga kim rizq  berayotganini qaranglar, agar chumolining qorni kichkina desanglar, qushlarga qaranglar, qushlarning qorinlariga e’tiroz bildirsanglar, hayvonlarning kattaligi va semizligiga qaranglar”.

Abu Majlaz rivoyat qiladilar. Umar (r.a.) aytdilar: “Qaysi holatda – yaxshi ko‘rgan narsamdami, yomon ko‘rgan narsamdami tong ottirganimga parvo qilmayman. Chunki yaxshilik yomon ko‘rgan narsamdami yoki yaxshi ko‘rgan narsamdami, qaysisida ekanini bilmayman”.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #737 : 01 Oktyabr 2006, 11:42:29 »
729. Matlab ibn Xontabdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo buyurgan narsalarning hammasini sizlarga buyurdim, birontasini tark qilmadim, Alloh qaytargan narsalarni ham qoldirmay aytdim. Ogoh bo‘linglar, Jabroil har bir jon o‘ziga yozilgan narsalarni olmasdan turib o‘lmasligini qalbimga soldi. Kimda mana shu (yozilgan)lardan biron narsa kechiksa, uni chiroyli talab qilsin. Chunki sizlar Alloh huzuridagi narsaga uning mislicha bo‘lgan toat bilan erisholmaysizlar”.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #738 : 01 Oktyabr 2006, 11:43:15 »
730. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kimni odamlarning kuchlisi bo‘lish xursand qilsa, Allohga tavakkal qilsin. Kimni odamlar ichida taqvodor bo‘lish xursand qilsa, Allohdan taqvo qilsin. Kimni odamlarning boyrog‘i bo‘lish xursand qilsa, Allohning huzuridagi narsaga bo‘lgan ishonchi qo‘lidagi narsaga bo‘lgan ishonchidan kuchliroq bo‘lsin”.

Dovuddan (alayhissalom) zikr qilinadi. U kishi o‘g‘illari Sulaymonga (alayhissalom) aytdilar: “Ey o‘g‘lim, kishining taqvodorligiga uch narsa dalolat qiladi: yetishmagan narsasida Allohga chiroyli tavakkal qilish, yetishgan narsasiga chiroyli rozi bo‘lish va ketgan narsasiga chiroyli sabr qilish”.

Abu Munti’ Balxiydan zikr qilinadi. U kishi Hotamul Asamga (Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin) aytdilar: “Menga sizning sahrodan hech bir zahirasiz, Allohga tavakkal qilib o‘tishingiz ma’lum bo‘ldi”. “Yo‘q, zaxira bilan o‘taman, – deb javob qildilar Hotam, – mening to‘rtta zaxiram bor”. “Ular qanaqa narsalar?” deb so‘radilar. Aytdilarki: “Dunyoning hamma joyini Allohning mamlakati bilaman, maxluqotlarning barchasini Allohning boqimondasi bilaman,  barcha sabab va rizqlarni Allohning qudratidan bilaman, Allohning qazosini hamma yerda amalga oshuvchi bilaman”. Abu Muti’ aytdilar: “Ey Hotam, sizning zaxirangiz qanday yaxshi ekan. Siz bular bilan, dunyo sahrosi nima bo‘libdi, oxirat sahrosidan ham o‘tib ketasiz”.

Zikr qilishlaricha, bir kishi Shaqiqning oldlariga kelib: “Menga nasihat qiling”, dedi. Shaqiq aytdilar: “Uch narsani saqla: Allohga ibodat qil, U seni sobitqadam qiladi. Allohning dushmani bilan urush, Alloh senga yordam beradi. Allohning va’dasini tasdiq qil, U va’dani senda ro‘yobga chiqaradi”.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #739 : 01 Oktyabr 2006, 11:43:58 »
731. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Agar ilm ahllari ilmlarni saqlab, uni ahliga sarflaganlarida, zamondoshlarining hammasi baxtli bo‘lardi. Lekin ular ilmni dunyo ahllariga ularning dunyosiga ega bo‘lish uchun sarfladilar va uning (ilmning) ahliga beparvo bo‘ldilar. Payg‘ambarimizning (s.a.v.): “Kimning g‘ami bitta (ya’ni, oxirat g‘ami) bo‘lsa, Alloh taolo uning dunyoviy ishlariga kifoya bo‘ladi. Kim dunyo ishlarini muhim bilib, shug‘ullanib  qolsa, jahannamni qaysi vodiysida halok bo‘lishiga, qaysi vodiysida azoblanishiga Alloh taolo parvo qilmaydi”, deganlarini eshitganman”.

 Aytishlaricha, Tavrotda bir narsa yozilgan: “Qo‘lingni harakatlantir, rizqing keng bo‘ladi, senga buyurgan narsalarimga itoat qil va seni isloh qiluvchi narsa haqida menga o‘rgatma”.

Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Islom to‘rtta narsaning ustida qoim turadi: ishonch, adolat, sabr va jihod”.

Ulamolar bu  to‘rtta narsani tafsir qilib  aytishadiki: “Ishonch ikki xil: biri, amalini xolis qilish, uni dunyo boyligi talabida va odamlarning roziligini olish uchun bajarmaslik. Ikkinchisi, Allohning rizq haqidagi va’dasiga amin bo‘lish. Adolatning  ikki xili quyidagilar: agar zimmasida birovning haqqi bo‘lsa, o‘zinikini talab qilishdan oldin uni ado etish va va boshqa kishidan haqqini yumshoqlik bilan so‘rash. Sabrning ikki xili: Allohning farzlarini ado qilishda sabrli bo‘lish va  Alloh man’ qilgan narsalarga sabr qilish. Jihod ham ikki xildir: birinchisi, dushmandan g‘aflatda qolmaslik. U dushman shaytondir. Banda undan g‘aflatda qolsa ham, u bandadan g‘ofilda qolmaydi. U bo‘riga o‘xshaydi. Bo‘ri ham podaga tushganida, g‘aflatda qolgan qo‘yni ovlaydi. Ikkinchisi, mol-dunyodir. Chunki odam farzandining aksar fitnasi mol-dunyo uchundir. Bas, g‘ururlantirib qo‘ymasligi uchun molning kamiga rozi bo‘l”.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #740 : 01 Oktyabr 2006, 11:44:33 »
Shaqiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi Hotamul Asamdan (r.a.): “Siz mening oldimga qachondan beri kelasiz?” deb so‘radilar. Hotam: “O‘ttiz yildan beri”, dedilar. “Shu o‘ttiz yil ichida nima o‘rgandingiz?” deya savol berdilar keyin Shaqiq. “Olti kalima o‘rgandim. Agar bularga amal qilsam, dunyo fitnasidan najot topaman, deb umid qilaman”, dedilar Hotam. Shaqiq: “U kalimalarni menga ham ayting, shoyad, men ham amal qilib, najot topsam”, dedilar. Hotam aytdilar: “Birinchisi, Allohning:
“Qimirlagan jonzot borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir” (Hud, 6), degan oyatiga qaradim va men ham o‘zimni Alloh taolo rizq berayotgan shu jonzotlardan biri deb bildim, menga ajratilgan narsalar, albatta yetishiga ishondim. Shunday katta filni rizqlantirgan Alloh taolo kichkinagina pashshani ham unutmagan, shuning uchun ishlarimni Allohga tashlab, ibodat bilan mashg‘ul bo‘ldim. Boshqa ishlarni muhim bilmadim”.

Shaqiq: “Siz tushingan narsa qanday yaxshi ekan. Ikkinchi kalima nima?” dedilar. Hotam aytdilar: “Allohning:
“Mo‘minlar shak-shubhasiz og‘a-inilardir” (Hujurot, 10¬oyat), degan so‘ziga ko‘ra, mo‘minlarning hammasini birodar deb bildim.  Birodar birodariga shafqatli bo‘lmog‘i lozim. Va odamlar orasidagi dushmanchilikning aslini hasaddan deb bildim. Shuning uchun harakat qilib, hasadni qalbimdan chiqarib tashladim. Hattoki mashriqda bir mo‘minga g‘am yetsa, o‘sha g‘am menga yetgandek g‘amgin bo‘ldim, mag‘ribdagi bir musulmonga yaxshilik yetsa, go‘yoki menga yetgandek xursand bo‘ldim”.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #741 : 01 Oktyabr 2006, 11:45:08 »
Shaqiq: “Siz tushungan narsa qanday yaxshi ekan. Uchinchi kalima nima?” deb so‘radilar. Hotam aytdilar: “Har bir insonning do‘sti¬habibi borligini ko‘rdim. Do‘st do‘stiga muhabbatini zohir qilmog‘i lozim. Men Allohning toatini do‘st tutdim. Chunki undan boshqa hamma do‘stlar mendan uziladi. Faqat Allohning toati qoladi. U men bilan qabrda, mahshargohda, sirot ustida birgadir. Barcha do‘stlarimdan uzildim va Allohning toatini do‘st qilib oldim”.

Shaqiq yana dedilar: “Siz o‘ylagan narsa qanday yaxshi! Endi to‘rtinchi kalimani ayting”. Hotam aytdilar: “Har bir insonning dushmani borligini ko‘rdim, dushmanga dushmanlik qilish, undan saqlanish lozim. Bas, men kofir va shaytonni o‘zimga dushman deb topdim. Kofirning dushmanligini shaytonning dushmanligidan yengil ko‘rdim. Chunki u men bilan urishib, meni o‘ldirsa, shahid bo‘laman, agar uni o‘ldirsam, savobga yetgan bo‘laman. Shayton esa, meni men uni ko‘rmagan joyda ko‘radi. So‘ngra o‘zi bilan birga do‘zaxda bo‘lishimni xohlaydi. Uning dushmanligi bilan bo‘lib, boshqaning dushmanligini unutdim”.

Shaqiq aytdilar: “Siz o‘ylagan narsa qanday yaxshi! Beshinchi kalima nima?” Hotam dedilar: “Har bir insonda uy borligini ko‘rdim. Albatta, uy uchun ta’mir lozim. Men esa, qabrni manzil bildim va uning ta’miri bilan mashg‘ul bo‘ldim”.

Shaqiq dedilar: “Siz o‘ylagan narsa qanday yaxshi. Endi oltinchi kalimani ayting”. Hotam aytdilar: “Har bir narsaning xaridori borligini ko‘rib, xaridorimni o‘lim farishtasi deb bildim. Ammo uning qachon kelishini bilmayman. Unga to‘y kechasi kuyov uyiga olib ketadigan kelinchakdek tayyorlandim. Qachon kelsa, undan kechiktirishni talab qilmayman”. Shunda

Shaqiq aytdilar:“Siz o‘ylagan narsa qanday yaxshi! Agar amal qilsak, siz ham, men ham, albatta, najot topamiz”.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #742 : 01 Oktyabr 2006, 11:45:45 »
732. Abdurahmon ibn Abu Laylo aytadilar: “Bir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga kelib: “Ey Allohning elchisi, tuyamni qo‘yib yuborib tavakkul qilayinmi yoki bog‘lab qo‘yibmi?” deb so‘radi. Nabiy (s.a.v.): “Uni bog‘lab, keyin Allohga tavakkul qil”, dedilar”.

Hakimlardan biri aytadi: “Alloh do‘stlarining xislati uchtadir: Allohga ishonch, har narsada Allohga muhtojlik qilish va har narsada Allohga murojaat etish”.

Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: “Odamlarga odamlarning yoqimli odamlardan behojat bo‘lgani va ulardan hech narsa so‘ramaydiganidir. Odamlarga odamlarning yoqmaydigani ularga muhtoj bo‘lganidir. Alloh uchun odamlarning suyumlirog‘i Allohga muhtoj bo‘lgani va undan so‘ragani, Allohga odamlarning yomonrog‘i Undan behojat bo‘lgani va hech narsa so‘ramaganidir”.

Zikr qilinishicha, Luqmoni Hakim o‘lim mahalida o‘g‘illariga aytganlar: “Shu paytgacha senga ko‘p nasihat qildim. Endi men senga oldingilaru oxirgilar ilmini jamlagan oltita narsani vasiyat qilaman:
1) dunyoning keragidan ortig‘i bilan shug‘ullanib qolma;
2) Alloh taologa hojating boricha ibodat qil;
3) oxirat uchun, unda qanday maqomni ko‘zlayotgan bo‘lsang, shu miqdorda amal qil;
4) shug‘ullanishing do‘zaxning har bir jonga tegishi aniq bo‘lgan oloviga chidaming miqdorida bo‘lsin;
5) Allohga gunoh qilishing Uning azoblariga sabr qilishing miqdoricha bo‘lsin;
6) agar Allohga gunoh qilsang, Alloh va farishtalar ko‘rmaydigan joyda qil”. (Unday joyning esa, o‘zi yo‘q. – Muharrir.)
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #743 : 01 Oktyabr 2006, 11:46:11 »
Bir hakimdan: “Yaqiyn (aniq ishonch) bilan tavakkulning orasida qanday farq bor?” deb so‘rashdi. “Yaqiyn oxirat ishlarida, tavakkul dunyo ishlarida Allohni tasdiq etmog‘ingdir”, deb javob qildi u.

Aytishlaricha, tavakkul ikki xildir: rizqdagi tavakkul, ya’ni rizqning kelishidan xotirjam bo‘lish; amalning savobidan tavakkul, ya’ni, Allohning savob berish to‘g‘risidagi va’dasiga iymon keltirish va amalning qabul bo‘lish-bo‘lmasligidan qo‘rqish.

Ato ibn Soib Ya’lo Ibn Murraning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Alining (r.a.) sohiblaridan bir nechtasi yig‘ilib, “Amirul mo‘mininni qo‘riqlasak, chunki u kishi jang qilyaptilar, jonlariga suiqasd etilishi mumkin”, dedik. O‘shanda biz u kishining hujralari oldida turgan edik, u kishi namozga chiqayotgan ekanlar, “Bu nima qilganlaringiz?” deb so‘radilar. Sizni qo‘riqlab turibmiz. Chunki siz jang qilyapsiz. Sizga suiqasd qilinishidan qo‘rqamiz”, deyishdi yonimdagilar. Ali: “Meni osmon ahlidan qo‘riqlaysizlarmi yoki yer ahlidan?” dedilar. “Yer ahlidan qo‘riqlaymiz, ey Amirul mo‘minin. Osmon ahlidan sizni qo‘riqlashga qodir emasmiz”. Shunda Ali (roziyallohu anhu) aytdilar: “Yerda hech narsa bo‘lmaydi, toki, Alloh osmonda taqdir qilmagunicha. Har bir kishiga ikki farishta vakil qilingan, uni qadari kelgunicha qo‘riqlashadi. Qachon taqdiriga yozilgani kelsa, uni va qadarining orasini xoli qo‘yishadi”.

________________
Allohga tavakkul bobi hadislari

729-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. Shofe’iy, Bayhaqiy rivoyat qilgan. “Ad-dau vad-dava”ga qarang.
730-hadis. Juda zaif. Abu Na’im, Hokim rivoyat qilgan.
731-hadis. Zaif. Ibn Mojja, Abu Na’im rivoyat qilgan.
732-hadis. Hasan. Termiziy, Ibn Abu Dunyo, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
« So'nggi tahrir: 27 Oktyabr 2007, 07:15:49 muallifi Laylo »
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #744 : 01 Oktyabr 2006, 11:46:41 »
OLTMISH BESHINCHI BOB
XUDOJO‘YLIK


Faqih Abu Lays Samarqandiy Muhammad ibn Fazldan, u Muhammad ibn Ja’fardan, u kishi Ibrohim ibn Yusufdan, Abu Ja’fardan, Saiddan Qatodaning (r.a.) bunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Abdulloh ibn Mutraf: “Ikki kishiga uchradingiz, birining namozi, ro‘zasi, sadaqasi ko‘p, ammo ikkinchisining savobi unikidan ortiq”, derdi. “Bu qanday bo‘ladi?” deyishsa, “Ikkinchisining taqvosi kuchliroqdir”, deb javob qilar edi”.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #745 : 01 Oktyabr 2006, 11:47:03 »
733. Abdulloh ibn Ravoha Mu’ta jangiga ketayotib: “Ey Rasululloh, menga vasiyat qiling”, dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sen sajda kam bo‘lgan joyga boryapsan. U yerda sajdani ko‘paytir”. Ibn Ravoha: “Yana qo‘shing” dedilar. Nabiy (s.a.v.): “Allohni zikr qil. Chunki U sen istayotgan narsaga yordam beradi”, deb aytdilar. Ibn Ravoha ketdilar, ammo qaytib kelib, tag‘in: “Ey Rasululloh, menga yana nasihat qiling”, dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taoloni zikr qil. Alloh taolo toq, toq narsalarni yaxshi ko‘radi”. Ibn Ravoha: “Yana ziyoda qiling”, dedilar. Nabiy (s.a.v.): “O‘nta yomonlik qilsang, bitta yaxshilik qilishga ojiz bo‘lma”, dedilar.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #746 : 01 Oktyabr 2006, 11:47:25 »
734. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mendan olti narsani olinglar, sizlarga jannat bo‘ladi. Gapirsanglar, to‘g‘ri gapiringlar, va’da bersanglar, xilof qilmanglar, omonat olsanglar, xiyonat etmanglar, ko‘zlaringni (haromdan) tiyinglar, farjlaringni saqlanglar, qo‘l va oyoqlaringni haromdan to‘singlar va Parvardigorlaringning jannatiga kiringlar”, dedilar”.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #747 : 01 Oktyabr 2006, 11:47:54 »
735. Amron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Alloh taolo: “Ey bandam, senga farz qilgan narsamni ado et, insonlarning obidrog‘i bo‘lasan, qaytargan narsalarimdan qayt, insonlarning taqvodorrog‘i bo‘lasan, rizq qilib bergan narsamga qanoat et, insonlarning boyrog‘i bo‘lasan”, dedi”.

Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: “Beshta narsa baxtning alomatidan: qalbdagi qat’iy ishonch, dindagi taqvo, dunyoning ichida turib, undan yuz o‘girish –zuhd, ikki ko‘zdagi hayo va badandagi qo‘rqinch. Beshta narsa badbaxtlik alomatidan: qalbning qattiqligi, ikki ko‘zning quruqligi (ya’ni, Allohdan qo‘rqib yig‘lamaslik. – Muharrir), hayoning ozligi, dunyoga rag‘bat etish, uzun orzu qilish”.

Umar ibn Xattob (r.a.): “Bizlar o‘nta halolning to‘qqiztasini shubha yoki haromga tushib qolamiz, degan qo‘rqinchda tark qildik”, deydilar.
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) ham shunga o‘xshash gapni aytganlar.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #748 : 01 Oktyabr 2006, 11:48:26 »
Yana  hakimlardan biri deydilar: “Dunyoning ishlari ajib, lekin men g‘ururlangan odam bolasining beshta narsasiga ajablanaman:
1) dunyosi ko‘p bo‘lgan kishining ortiqcha molini muhtoj bo‘ladigan kuni (ya’ni, oxirati) uchun ishlatmaganiga hayronman;
2) gapiruvchi tilning Alloh zikridan, Qur’on tilovat qilishdan qolganiga ajablanaman;
3) salomat bo‘lgan, lekin ro‘za tutmasdan yurgan odamga hayronman. Qanday qilib oyda uch kun ro‘za tutmaydi va ro‘za tutsa, ro‘zasining mukofoti qanday bo‘lishi haqida fikr yuritmaydi;
4) tonggacha uxlaydigan kishiga ajablanaman. Nega kechasidagi ikki rak’at namozning fazli haqida fikrlamaydi, fikr yuritib, bir soatgina qoim bo‘lmaydi;
5) Allohga isyon qilishga jur’at etgan kishiga hayron bo‘laman. Alloh qaytargan, gunoh ishlarni qiyomat kuni Unga ro‘baro‘ bo‘lishini bilaturib qiladi. Qilgan ishi xususida fikr yuritmaydi, yomonlikdan qochmaydi”.

Ibn Muborak (r.a.) aytadilar: “Haromdan topilgan bir so‘mni tark etish yuz ming so‘mni sadaqa qilishdan afzaldir”.

Abdulloh ibn Muborak haqida bunday rivoyat ham bor. U kishi Shom shahrida hadis yozayotgan edilar, yozayotgan qalamlari sinib qolib, bir kishidan qaytarib berish sharti bilan qalamini oldilar. Yozib bo‘lgach, qaytarish yodlaridan ko‘tarilib, qalamdonga solib qo‘ydilar. So‘ng Marv shahriga kelganlarida, qalamni ko‘rib qoldilar va uni qaytarishni unutgani yodlariga tushdi, so‘ng qalamni egasiga yetkazish uchun yana Shom safariga hozirlandilar. 
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #749 : 01 Oktyabr 2006, 11:48:54 »
736. Sha’biy (r.a.) No‘’mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qiladilar. U kishi aytadilar: Payg‘ambarning (s.a.v.) bunday deganlarini eshitdim: “Harom va halol narsalar bayon etildi. Ikkovining o‘rtasida ko‘p shubhali narsalar bor. Ularni ko‘pchilik insonlar bilishmaydi. Kim harom narsalardan saqlansa, dini va nomusini pok saqlabdi. Kim shubhali narsalarga tushib qolsa, harom narsalarga yo‘liqadi. Bu hol cho‘pon qo‘ylarni ta’qiqlangan joy yaqinida boqqanida, unga o‘tib ketishi mumkinligiga o‘xshaydi. Ogoh bo‘linglarki, har bir podshohning ta’qiqlari bordir. Allohning ta’qiqlari harom qilgan narsalaridir. Ogoh bo‘linglarki, jasadda bir parcha go‘sht bor. Agar u to‘g‘ri bo‘lsa , butun jasad to‘g‘ri bo‘ladi, agar buzilsa, butun jasad buziladi. Ogoh bo‘linglar, u qalbdir”.

Abu Muso Ash’ariy (r.a.) aytadilar: “Har bir narsaning chegarasi bo‘ladi. Islom chegaralari quyidagilar: taqvo, kamtarlik, shukr, sabr. Taqvo ishlarning asosidir, kamtarlik kibrdan uzoq bo‘lish, sabr do‘zaxdan najot topish, shukr jannat bilan mukofotlanishdir”.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

 

Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 378
Ko'rilgan: 167564
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 10:01:08
muallifi AbdulAziz
Muslim as-Samarqandiy. Ustoz va shogird

Muallif mutaallimahBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 47
Ko'rilgan: 21344
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:38:32
muallifi AbdulAziz
Dukchi Eshon. Ibratul g'ofiliyn

Muallif AbdulAzizBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 17717
So'nggi javob 20 Avgust 2010, 14:37:23
muallifi Ansora
Vasliy Samarqandiy. Imomi A'zam tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2876
So'nggi javob 29 Avgust 2012, 12:18:48
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi a'zam hayoti haqida qimmatli so'zlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2837
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:25:08
muallifi AbdulAziz