731. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "œAgar ilm ahllari ilmlarni saqlab, uni ahliga sarflaganlarida, zamondoshlarining hammasi baxtli bo‘lardi. Lekin ular ilmni dunyo ahllariga ularning dunyosiga ega bo‘lish uchun sarfladilar va uning (ilmning) ahliga beparvo bo‘ldilar. Payg‘ambarimizning (s.a.v.): "œKimning g‘ami bitta (ya’ni, oxirat g‘ami) bo‘lsa, Alloh taolo uning dunyoviy ishlariga kifoya bo‘ladi. Kim dunyo ishlarini muhim bilib, shug‘ullanib qolsa, jahannamni qaysi vodiysida halok bo‘lishiga, qaysi vodiysida azoblanishiga Alloh taolo parvo qilmaydi", deganlarini eshitganman".
Aytishlaricha, Tavrotda bir narsa yozilgan: "œQo‘lingni harakatlantir, rizqing keng bo‘ladi, senga buyurgan narsalarimga itoat qil va seni isloh qiluvchi narsa haqida menga o‘rgatma".
Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: "œIslom to‘rtta narsaning ustida qoim turadi: ishonch, adolat, sabr va jihod".
Ulamolar bu to‘rtta narsani tafsir qilib aytishadiki: "œIshonch ikki xil: biri, amalini xolis qilish, uni dunyo boyligi talabida va odamlarning roziligini olish uchun bajarmaslik. Ikkinchisi, Allohning rizq haqidagi va’dasiga amin bo‘lish. Adolatning ikki xili quyidagilar: agar zimmasida birovning haqqi bo‘lsa, o‘zinikini talab qilishdan oldin uni ado etish va va boshqa kishidan haqqini yumshoqlik bilan so‘rash. Sabrning ikki xili: Allohning farzlarini ado qilishda sabrli bo‘lish va Alloh man’ qilgan narsalarga sabr qilish. Jihod ham ikki xildir: birinchisi, dushmandan g‘aflatda qolmaslik. U dushman shaytondir. Banda undan g‘aflatda qolsa ham, u bandadan g‘ofilda qolmaydi. U bo‘riga o‘xshaydi. Bo‘ri ham podaga tushganida, g‘aflatda qolgan qo‘yni ovlaydi. Ikkinchisi, mol-dunyodir. Chunki odam farzandining aksar fitnasi mol-dunyo uchundir. Bas, g‘ururlantirib qo‘ymasligi uchun molning kamiga rozi bo‘l".