Muallif Mavzu: Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn  ( 421170 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #750 : 01 Oktyabr 2006, 11:49:27 »
737. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Agar sizlar egilib qolguningizgacha namoz o‘qib, torga o‘xshab qolguningizgacha ro‘za tutsalaringiz ham, faqat taqvo bilangina ular sizga foyda beradi”.

Faqih aytadilar: “Taqvoning alomati o‘nta narsada bilinadi:
1. Tilni g‘iybatdan saqlash. Alloh taolo aytadi:
“Ba’zilaringiz ba’zilaringizni g‘iybat qilmasin” (Hujurot, 12-oyat).

2. Yomon gumondan saqlanish. Alloh taolo aytadi:
“Ko‘p gumonlardan chetlaninglar, chunki ayrim gumon(lar) gunohdir!” (Hujurot, 12-oyat).
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #751 : 01 Oktyabr 2006, 11:49:58 »
738. Payg‘ambarning (s.a.v.) ham bu xususda so‘zlari bor: “Gumondan saqlaninglar. Chunki u so‘zlarning eng yolg‘onidir”.
3. Masxara qilishdan saqlaninglar. Alloh taolo deydi:
“Ey mo‘minlar, (sizlardan bo‘lgan) bir qavm (boshqa) bir (mo‘min) qavmni masxara qilib kulmasin, ehtimol, (masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar” (Hujurot, 11-oyat).

4. Harom narsalardan ko‘zni tiyish. Alloh taolo aytadi:
“(Ey Muhammad) mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan) to‘ssinlar” (Nur, 30-oyat).

5. Rost gapirish.

6. Allohning bergan ne’matlarini tanimoq va nafsiga ajablanib qolmaslik. Alloh taolo aytadi:
“Balki agar (iymonlaringizda) sodiq bo‘lsangizlar, Alloh sizlarni iymonga hidoyat etganini minnat qilur” (Hujurot, 17-oyat).

7. Molini haq narsalarga ishlatish, botildan saqlash. Alloh taolo aytadi:
“Ular infoq-ehson qilgan vaqtlarida isrof ham, xasislik, baxillik ham qilmasalar, (balki ehsonlari) ana o‘sha (xasislik va isrofning) o‘rtasida mo‘’tadil bo‘lur” (Furqon, 67-oyat), ya’ni gunoh ishga sarflashdan ayamaydilar.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #752 : 01 Oktyabr 2006, 11:50:26 »
8. Nafsi uchun ulug‘lik va kibrni talab qilmaslik. Alloh taolo bu haqda aytadi:
“Biz o‘sha oxirat diyorini yer yuzida buzg‘unchilik, mutakabbirlik qilishni istamaydigan kishilar uchun qilurmiz” (Qasos, 83-oyat).

9. Besh vaqt namozni vaqtida, ruku’lari, sajdalarini mukammal qilib o‘qish. Alloh taolo aytadi: “Barcha namozlarni va xususan, o‘rta namozni (asr namozini) saqlanglar – o‘z vaqtida ado etinglar! Va Alloh uchun bo‘ysungan hollaringda turinglar!” (Baqara, 238-oyat).

10. Jamoat bilan bo‘lish va sunnatda istiqomat qilish. Alloh taolo aytadi:
“Albatta, mana shu Mening to‘g‘ri yo‘limdir. Bas, shu yo‘lga ergashinglar! Allohga bergan ahdingizga vafo qilinglar! Shoyadki, eslatma (nasihat) olursizlar deb sizlarni mana shu narsaga buyurdi” (An’om surasi, 153-oyat).
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #753 : 01 Oktyabr 2006, 11:51:21 »
Muhammad ibn Ka’b Quraziy aytadilar: “Agar uchta narsani qoldirmasdan qilishga qodir bo‘lsang, hech qoldirma: biror kimsaga zo‘ravonlik qilma. Chunki Alloh taolo aytadi:
“Ey odamlar, bu zo‘ravonligingiz faqat o‘zingizning ziyoningizdir” (Yunus, 23-oyat). Hech kimga makr qilma, chunki Alloh taolo:

“Yomon makr-hiyla esa, faqat o‘z egalarini o‘rab halok qilur” (Fotir, 43-oyat). Ahdingni hech qachon buzma, chunki Alloh taolo bu haqda:

“Endi kim (qasamyodini) buzsa, bas, u faqat o‘z ziyoniga bo‘lur”, deb aytgan (Fath, 10-oyat).

Ibrohim ibn Adham aytadilar: “Zuhd uch xil bo‘ladi: zuhdi farz, zuhdi fazl va zuhdi salomat. Zuhdi farz haromda zuhd qilish. Zuhdi fazl halolda zuhd qilish. Zuhdi salomat shubhalarda zuhd qilishdir”.

So‘ng yana aytdilar: “Taqvo ikki xildir: farz taqvosi, saqlanish taqvosi. Farz taqvosi – Alloh taologa ma’siyat-gunoh qilishdan taqvo qilish, saqlanish taqvosi – shubhalardan taqvo qilish. G‘am ham ikki xildir: biri foyda beradi, boshqasi zarar. Foydali bo‘lgan g‘am oxirat g‘amidir. Zararli bo‘lgan g‘am dunyo va uning ziynatlari uchun uyg‘ongan g‘am”.
Faqih aytadilar: “Xolis taqvo ko‘zni xaromdan, tilni g‘iybat va yolg‘ondan tiyish, barcha a’zolarni haromdan saqlashdir”.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #754 : 01 Oktyabr 2006, 11:51:57 »
Umar ibn Xattobga (r.a.) Shom shahridan zaytun yog‘i keltirishdi. Yog‘ bir necha idishga solingan edi. Umar (r.a.) uni odamlarga qadah bilan taqsim qila boshladilar. U yerda sochi o‘sib ketgan bir yigit ham bor edi. Bo‘shagan idishning yog‘ini boshiga surtardi. Shunda Umar (r.a.) u yigitga: “Soching musulmonlarning yog‘iga rag‘batli ekanini ko‘ryapman”, dedilar va qo‘lidan tutib, sartaroshga sochini oldirishga jo‘natdilar. Yigit sochini oldirdi. Umar (r.a.) unga: “Mana shu ish senga yengilroqdir”, dedilar.

Ibrohim ibn Adhamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi Ummonga borayotganlarida bir hayvonni ijaraga oldilar. Ketayotib, qamchilari tushib qoldi. Shunda u zot ulovdan tushdilar, uni bog‘ladilar, keyin ortga piyoda qaytib, qamchini olib keldilar. U kishiga: “Ulovingizning boshini burib, qamchini olsangiz bo‘lmasmidi?” deyishdi. Shunda Ibrohim ibn Adham aytdilar: “Men uni faqat borish uchun ijaraga olganman, qaytish uchun olganim yo‘q”.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #755 : 01 Oktyabr 2006, 11:52:31 »
739. Maoz ibn Jabal (r.a.) hikoya qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) bilan birga edim. U kishi egarlangan eshakning ustida o‘tirgan edilar. Menga: “Ey Maoz, bandalarning ustidagi  Allohning haqqi nima?” dedilar. “Alloh va Uning rasuli biluvchiroq”, deb javob berdim. “Allohga hech narsani shirk keltirmasdan, Ungagina ibodat qilmoq”, dedilar. So‘ng aytdilar: “Bularni qilgandan keyin Allohning zimmasidagi bandalarning haqqi nima?” Yana: “Alloh va rasuli biluvchiroq”, dedim. “Ularni jannatga kirgizish”, dedilar Nabiy (s.a.v.).

_____________
Xudojo‘ylik bobi hadislari

733-hadis. Isnodi mavzu’. Roviylardan bo‘lgan Abulaziz ibn Abonni ibn Muayyin va boshqalar yolg‘onchi, degan.
734-hadis. Sahih. “As-sahiha”ga qarang.
735-hadis. Boshqasiga ko‘ra, hasan. Bayhaqiy rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang.
736-hadis. Muttafaqun alayh.
737-hadis. Botil. Daylamiy “Al-firdavs”dan keltirgan.
738-hadis. Muttafaqun alayh.
739-hadis. Muttafaqun alayh.
« So'nggi tahrir: 27 Oktyabr 2007, 07:16:44 muallifi Laylo »
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #756 : 01 Oktyabr 2006, 11:52:53 »
OLTMISH OLTINCHI BOB
HAYO


740. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: “Abu Ayyub Ansoriy (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “To‘rtta narsa payg‘ambarlarning sunnatlaridan: atr surtish, nikoh, misvok va hayo”.

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #757 : 01 Oktyabr 2006, 11:53:15 »
741. Uqba ibn Amr (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Avvalgi payg‘ambarlarning so‘zlaridan odamlarga yetib kelgani shuki, uyalmasang, xohlaganingni qilaver”, dedilar.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #758 : 01 Oktyabr 2006, 11:53:34 »
742. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.): “Alloh taolodan haqiqiy hayo bilan hayo qilinglar”, dedilar. “Bizlar Alloh taolodan uyalamiz, alhamdulillah”, deyishdi. “Bu hayodan emas, – dedilar Nabiy (s.a.v.), – lekin kim Alloh taolodan chindan ham hayo qilsa, boshni va uni o‘rab olgan narsalarni saqlasin, qorinni va uni o‘rab olgan narsalarni saqlasin, o‘limni va fano bo‘lishni zikr qilsin. Kim oxiratni xohlasa, dunyo ziynatini tashlaydi. Kim bularni bajarsa, Allohdan haqiqiy hayo qilgan bo‘ladi”.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #759 : 01 Oktyabr 2006, 11:53:57 »
743. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Hayo qilish iymondandir. Iymon jannatdadir. Behayolik jafodandir. Jafo do‘zaxdadir”.

Salmon Forsiy (r.a.) aytadilar: “O‘lmog‘im, keyin tirilmog‘im, so‘ng o‘lib, yana tirilmog‘im birovning avratiga qarashimdan va birovning mening avratimga qarashidan uch karra sevimliroqdir”.

Ali (karramallohu vajhah) aytadilar: “(Avratga) qaragan kishiga ham, (avratini) ko‘rsatgan kishiga ham Allohning la’nati bo‘lsin”.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #760 : 01 Oktyabr 2006, 11:54:20 »
744. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Hech kimning hammomga ishtonsiz kirmog‘i halol emas”.

Hasan Basriydan (Alloh rahmat qilsin) rivoyat qilinadi: “Hammomga ikki izor bilan kiriladi. Birinchi izor avrat uchun, ikkinchisi ko‘z uchun, ya’ni, ko‘zini odamlarning avratidan to‘sish uchun”.

Iso ibn Maryam (alayhis salom) aytgan ekanlar: “Qarashdan saqlaninglar. Chunki u qalbda shahvatd urug‘ini ekadi va u qalb egasini fitnaga solish uchun yetib ortadi”.
Hakim bir zotdan fosiq  kishi haqida so‘rashdi. “Ko‘zini odamlarning eshiklaridan va avratlaridan yummaydigan odam”, deb javob qildilar.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #761 : 01 Oktyabr 2006, 11:54:39 »
745. Ato (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) cho‘milayotgan kishining oldidan o‘tdilar. Shunda: “Ey odamlar, Alloh taolo hayo qiluvchi, halim, pardali zotdir. U hayo va pardani yaxshi ko‘radi. Agar birontalaringiz yuvinishni xohlasangizlar, odamlarning ko‘zidan panada bo‘lsin”, dedilar”.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #762 : 01 Oktyabr 2006, 11:55:20 »
746. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) qazoi hojatda ko‘ylaklarini ko‘tarmas edilar, hatto yerga tegay deb turardi”.

Faqih aytadilar: “Hayo ikki xil bo‘ladi: siz bilan odamlar orasidagi hayo, Alloh bilan sizning orangizdagi hayo. Odamlar bilan sizning orangizdagi hayo qarash halol bo‘lmagan narsalardan ko‘zingizni to‘sishingizdir. Siz bilan Alloh o‘rtasidagi hayo Allohning ne’matlarini bilmog‘ingiz, so‘ngra Unga gunoh qilishdan uyalmog‘ingizdir”.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #763 : 01 Oktyabr 2006, 11:55:41 »
747. Umar (r.a.) Payg‘ambarning (s.a.v.) oldlariga kirganlarida, u kishini yig‘lab turgan holatda ko‘rdilar. Shunda: “Ey Rasululloh, nima uchun yig‘layapsiz?” deb so‘radilar. Nabiy (s.a.v.): “Jabroil (alayhissalom) menga Alloh taolo Islomda sochi oqargan kishini azoblashdan uyalishi xabarini berdi. Endi Islomdan sochi oqargan kishi gunoh ishlarni qilishga Allohdan uyalmaydimi?!” deb javob berdilar.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #764 : 01 Oktyabr 2006, 11:56:17 »
748. Bahz ibn Hakim bobosidan rivoyat qiladi. “Ey Allohning elchisi, avratlarimizni kimlarga ko‘rsatib, kimlardan bekitaylik?” deb so‘radim. “Avratingni xotining va cho‘ringdan boshqa hammadan saqla”, dedilar. Keyin: “Ey Rasululloh, agar yakka holatda bo‘lsak-chi?” degan edim, “Alloh hayo qilinishga haqliroq zotdir”, deb aytdilar”.

Salaflardan biri o‘g‘liga shunday nasihat qilgan ekan: “Agar nafsing katta gunohga chaqirsa, ko‘zingni osmonga qarat va seni ko‘rib turgan Zotdan uyal. Agar buni qilolmasang, yerga qarat va uning ustida yurgan kimsalardan uyal. Oliy Zotdan qo‘rqmasang, yerdagi odamlardan uyalmasang, o‘zingni hayvonlar qatorida hisoblayver”.

Fuzayl ibn Iyoz aytadilar: “Eshigingni yopasan, pardalaringni tushirasan, odamlardan uyalasan, ammo qalbingdagi Qur’ondan, har bir maxfiy narsani biluvchi ulug‘ Zotdan hayo qilmaysan”.

Mansur ibn Ammor aytadilar: “Kim o‘zining aybini bilsa, boshqa kishining aybi bilan ishi bo‘lmay qoladi. Kim taqvo libosidan yalang‘och  bo‘lsa, unga hech kim parda tutolmaydi. Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo‘lsa, boshqalarning qo‘lidagi  narsaga xafa bo‘lmaydi.  Kim zulm qilichini sug‘ursa, shu qilichi bilan qo‘li kesiladi. Kim birodariga choh qazisa, unga o‘zi tushadi. Kim  birovning parda¬xijobini oyoqosti qilsa, o‘zining avrati ochiladi. Kim o‘z xatosini unutsa, boshqaning xatosini katta biladi. Kim katta ishlarga kirishsa va o‘ziga xatarli yo‘l topsa, halok bo‘ladi. Kim aqli bilan cheklansa, adashadi. Kim odamlarga kibr qilsa, xor bo‘ladi. Kim amalga berilsa, qiyinchilikka duchor bo‘ladi. Kim odamlar ustidan faxrlansa, sinadi. Kim ahmoqlik qilsa, haqoratlanadi. Kim razillar bilan suhbatdosh bo‘lsa, tubanlashadi. Kim ulamolar bilan o‘tirsa, viqorli bo‘ladi. Kim yomonlik ko‘chasiga kirsa, tuhmatga yo‘liqadi. Kim dinda dangasalik qilsa, o‘tirib qoladi. Kim odamlarning mollarini o‘lja olsa, faqirga aylanadi. Kim ofiyatga intizor bo‘lsa, sabr qiladi. Kim qadamini to‘g‘ri bosishdan adashsa, pushaymon bo‘ladi. Kim Allohdan qo‘rqsa, muvaffaqiyatga erishadi. Kimningki, ishlarida tajribasi bo‘lmasa, aldanadi. Kim jannatni bilsa, orzu-istaklari kamayadi. Kim ilmsizlik yo‘liga ko‘niksa, adolat yo‘lini tark qiladi”.

________________
Hayo bobi hadislari

740-hadis. Muttafaqun alayh.
741-hadis. Ziaf. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
742-hadis. Sahih. Buxoriy, Abu Dovud, Ibn Mojja, Ahmad rivoyat qilgan.
743-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy, Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
744-hadis. Sahih. Termiziy rivoyat qildilar. “Sahihul-jome’”ga qarang.
745-hadis. Hasan. Termiziy rivoyat qilgan.
746-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Nasaiy rivoyat qilgan.
747-hadis. Botil, asli yo‘q. “Al-mavzu’ot”ga qarang.
748-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
« So'nggi tahrir: 27 Oktyabr 2007, 07:18:23 muallifi Laylo »
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

 

Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 378
Ko'rilgan: 167079
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 10:01:08
muallifi AbdulAziz
Muslim as-Samarqandiy. Ustoz va shogird

Muallif mutaallimahBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 47
Ko'rilgan: 21241
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:38:32
muallifi AbdulAziz
Dukchi Eshon. Ibratul g'ofiliyn

Muallif AbdulAzizBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 17699
So'nggi javob 20 Avgust 2010, 14:37:23
muallifi Ansora
Vasliy Samarqandiy. Imomi A'zam tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2863
So'nggi javob 29 Avgust 2012, 12:18:48
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi a'zam hayoti haqida qimmatli so'zlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2819
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:25:08
muallifi AbdulAziz