Muallif Mavzu: Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn  ( 422031 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 4 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #810 : 22 Noyabr 2006, 07:49:03 »
790. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: ”Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga bir kishi kelib: “Ey Allohning elchisi, men qanday qilsam, molimdan infoq berib, Alloh yo‘lida jihod qilgan kishining darajasiga yetaman?” dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Nimang bor?” “Olti ming dirhamim bor”, dedi u. “Agar o‘shani infoq qilsang, g‘oziyning bitta uyqusiga teng keladi”, dedilar Nabiy (s.a.v.)”.

Muhammad ibn Muqotil otasidan rivoyat qiladilar: “Kimki sochini qo‘riqchilik qilib turganida oldirsa va so‘ng u sochni ko‘msa, modomiki, soch ko‘milgan turarkan, unga qo‘riqchilik ajri to‘xtamay borib turadi. Soch esa, hech qachon chirimaydi”.

 Usmon ibn Ato otasidan rivoyat qiladilar: “Bir kishi Abdurahmon ibn Avf bilan u zotning bog‘iga kirdi. Shunda u zot (r.a.) o‘ttizta qulni ozod qildilar, o‘sha kishi esa, bu ishdan ajablandi. Abdurahmon: “Senga bu ishdan ham afzalrog‘ini aytaymi?” dedilar. “Ha”, dedi u. “Bir kishi Alloh yo‘lida qamchisini qo‘liga olib, ulovda ketib borayotib, mudroq sababli qamchisi tushib ketsa, shu qamchisini tushirib qoldirgani sababli unda paydo bo‘lgan qo‘rquv sen ko‘rgan va men qilgan ishdan afzaldir”, dedilar”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #811 : 22 Noyabr 2006, 07:49:14 »
791. Abdulloh ibn Muborak Payg‘ambardan (s.a.v.) zikr qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo qiyomat kuni sirot ustidan shamol kabi o‘tadigan, hisob-kitob qilinmaydigan va azoblanmaydigan qavmlarni tiriltiradi”. “Ey Rasululloh, ular kimlar?” deb so‘rashdi. Nabiy (s.a.v.): “Ular o‘limni qo‘riqchilikda topganlar”, dedilar.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #812 : 22 Noyabr 2006, 07:49:27 »
792. Abu Umoma Boxiliy (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “To‘rt kishiga o‘lganlaridan keyin ham ajr oqib kelaveradi: Alloh yo‘lida chegarada posbonlik qilgan holda o‘lgan kishining ajri; bir ilmni o‘rgatgan va u ilmga amal qilganlarning o‘rgatuvchiga boradigan ajri; molidan sadaqai joriya qilgan kishining ajri; ortidan duo qiluvchi solih farzand qoldirgan kishining ajri”.
Sufyon ibn Uyaynadan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Agar dushman bir joyga hujum qilsa, o‘sha joy qirq yil qo‘riqlanadi. Uch marta bostirib kelsa, qiyomat kunigacha qo‘riqlanadi”.

__________________
Posbonlik fazilati bobi hadislari

787-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
788-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
789-hadis. Mavzu’. Abu Xotim uning asli yo‘qligini aytgan. “Al-mavzu’ot”ga qarang.
790-hadis. Isnodi noma’lum.
791-hadis. Ibn Muborak rivoyat qilgan.
792-hadis. Shohidlarga ko‘ra, hasan. Ahmad rivoyat qilgan. “Sahihul-jome’”ga qarang.
« So'nggi tahrir: 27 Oktyabr 2007, 07:26:10 muallifi Laylo »
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #813 : 22 Noyabr 2006, 07:53:35 »
YETMISH BIRINCHI BOB
CHAVANDOZLIK VA O‘Q OTISH FAZILATI


793. Faqih Abu Lays Samarqandiy roviylar silsilasi orqali Jobir ibn Zayddan rivoyat qiladilar. U kishi aytadilar: “Men Payg‘ambar (s.a.v.) ashobidan bir kishi bilan kamonda otishib turardim. Bir kun bormadim. Keyingi safar u kelmaganim sababini so‘radi, men uzrimni aytdim. U: “Seni kamon otishga undaydigan hadisni aytaymi?” dedi. Men: “Ha” dedim. U aytdi: “Payg‘ambarning (s.a.v.): “Alloh taolo bir o‘q bilan uch nafar kishini jannatga kirgizadi: otuvchini, otganini tekshirib turuvchini va uni kuchaytiruvchini”, deb aytganlarini eshitganman. Nabiy (s.a.v.) yana: “Otinglar va mininglar. Kamondan otganlaringiz chavandozliklaringizdan sizlar uchun yaxshi va menga sevikliroqdir. Mo‘min o‘ynaydigan har bir (bekorchi) o‘yin botildir. Faqat uchtasi: kamoningdan otishing, otingni tarbiyalashing va ahling bilan xursandchilik qilishing (botil emas), balki haqdandir”, deb aytganlar”.

Makhul aytadilar: “Umar (r.a.) Shom ahliga xat yuborganlarida: “Farzandlaringizga suzishni, otishni va chavandozlikni o‘rgatinglar. Nishonlar orasida yashirinishga ham buyuringlar”, deb yozganlar”.

Mujohid aytadilar: “Ibn Umarni (r.a.) ko‘ylakda ikki nishon o‘rtasini mustahkamlayotganlarini ko‘rdim”.

Huzayfa (r.a.) bir ko‘ylakda ikki nishon o‘rtasini mahkamlardilar.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #814 : 22 Noyabr 2006, 07:53:43 »
794. Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’dga Uhud jangida: “Ot, ey Sa’d, ota-onam senga fido bo‘lsin”, degan edilar.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #815 : 22 Noyabr 2006, 07:53:49 »
795. Faqih (r.a.) aytadilar. Bu xabarda kamondan otishning fazli bayon qilinyapti. Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’ddan boshqa hech kimga, ota-onam senga fido bo‘lsin, demaganlar. U kishi kamonchi, bo‘lgani uchun aytgan edilar. Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’dni: “Ey Parvardigor, uning otganini nishonga tekkiz va duosini ijobat qil”, deb duo ham qilgan edilar.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #816 : 22 Noyabr 2006, 07:53:56 »
796. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Tuya ahliga izzat, qo‘y barakadir, otning yollariga qiyomat kunigacha yaxshilik bog‘langan”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #817 : 22 Noyabr 2006, 07:54:02 »
797. Boshqa xabarda kelishicha, “Izzat otning yollaridadir”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #818 : 22 Noyabr 2006, 07:54:09 »
798. Amr ibn Abasa Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim Alloh yo‘lida o‘q otsa, u qulni ozod etgan kabidir”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #819 : 22 Noyabr 2006, 07:54:19 »
799. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Yaqinda sizlar uchun yer yuzi fath etiladi va oziq-ovqat ko‘payadi. Shunda sizlardan hech kim kamondan o‘q otish bilan shug‘ullanishdan ojiz qolmasin”.

Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: “Nishon jannat bog‘laridan bir bog‘, mo‘ljalga otuvchi dushmanga qarab otuvchi va unga o‘qni qaytarib olib keluvchining har bir qadami bir qul ozod qilish kabidir”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #820 : 22 Noyabr 2006, 07:54:33 »
800. Uqba ibn Omir (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) minbarda turib:

“(Ey mo‘minlar) ular uchun imkoningiz boricha kuch tayyorlab qo‘yinglar” (Anfol, 60), degan oyatni o‘qidilar, keyin aytdilar: “Ogoh bo‘linglar, kuch nayza otishdir”. Bu gapni uch marta takrorladilar.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #821 : 22 Noyabr 2006, 07:54:42 »
801. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: “Kim otishni o‘rgangandan keyin uni tashlasa, sunnatni tashlabdi”. Boshqa bir xabarda “ne’matni tark etibdi”, deyiladi.

Aytadilarki, ulug‘ obro‘li kishi, agar amir bo‘lsa ham, to‘rt ishdan chekinmasligi lozim: ota-ona uchun o‘rnidan turish, mehmonga xizmat qilish, otiga qarash va odobu ilm o‘rgatgan muallimiga xizmat qilish.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #822 : 22 Noyabr 2006, 07:54:54 »
802. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambardan (s.a.v.) bu hadisni eshitdim: “Ilm talab qilgandan keyin otishni o‘rganish kishining shon-sharafidir”. O‘shanda: “Ey Allohning rasuli, otishni o‘rganishni nima savobi bor?” deb so‘ragan edim, u zot: “Ey Anas, kim Allohning roziligini va Islomning izzatini xohlab o‘q otsa, har bir otganiga Hurul ‘iynlardan uning uchun bir joriya bordir va unga jannatda oq durli chodir tikiladi. Uning kengligi yerning kengligichadir. Kim Alloh yo‘lida bir o‘q otsa, unga u o‘q qiyomatgacha kattalashib boraveradi, hatto, Uhud tog‘idan og‘irroq bo‘ladi”, dedilar.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #823 : 22 Noyabr 2006, 07:55:01 »
803. Va yana aytadilar: “Kim otishni o‘rgansa, unga Alloh uch narsani beradi: mujohidlar bilan birga bo‘ladi, haybatli bo‘ladi, rizqi keng bo‘ladi. Oxiratda ham uchta narsa bilan siylaydi: mujohidlar bilan mahshargohda ham birga bo‘ladi, sirotdan chaqmoqdek o‘tadi va jannatga hisobsiz kiradi”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #824 : 22 Noyabr 2006, 07:55:08 »
804. Abdulloh ibn Amr (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Dushmanga duch kelishni orzu qilmanglar. Allohdan salomatlikni, tinchlikni so‘ranglar. Agar ularga duch kelsanglar, mahkam turinglar va Allohni zikr qilishni ko‘paytiringlar”.

____________________
Chavandozlik va o‘q otish fazilati bobi hadislari

793-hadis. Zaif. Ahmad, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
794-hadis. Muttafaqun alayh.
795-hadis. Ibn Asokir, Ibn Najjor rivoyat qilgan.
796-hadis. Sahih. Ibn Mojja rivoyat qilgan.
797-hadis. Isnodi noma’lum.
798-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Nasoiy rivoyat qilgan.
799-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
800-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan.
801-hadis. Sahih. “Sahihul-jome’»ga qarang.
802-hadis. Isnodi noma’lum.
803-hadis. Isnodi noma’lum.
804-hadis. Sahih. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
« So'nggi tahrir: 27 Oktyabr 2007, 07:27:08 muallifi Laylo »
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

 

Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 378
Ko'rilgan: 167459
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 10:01:08
muallifi AbdulAziz
Muslim as-Samarqandiy. Ustoz va shogird

Muallif mutaallimahBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 47
Ko'rilgan: 21320
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:38:32
muallifi AbdulAziz
Dukchi Eshon. Ibratul g'ofiliyn

Muallif AbdulAzizBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 17710
So'nggi javob 20 Avgust 2010, 14:37:23
muallifi Ansora
Vasliy Samarqandiy. Imomi A'zam tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2870
So'nggi javob 29 Avgust 2012, 12:18:48
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi a'zam hayoti haqida qimmatli so'zlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2833
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:25:08
muallifi AbdulAziz