790. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga bir kishi kelib: "œEy Allohning elchisi, men qanday qilsam, molimdan infoq berib, Alloh yo‘lida jihod qilgan kishining darajasiga yetaman?" dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œNimang bor?" "œOlti ming dirhamim bor", dedi u. "œAgar o‘shani infoq qilsang, g‘oziyning bitta uyqusiga teng keladi", dedilar Nabiy (s.a.v.)".
Muhammad ibn Muqotil otasidan rivoyat qiladilar: "œKimki sochini qo‘riqchilik qilib turganida oldirsa va so‘ng u sochni ko‘msa, modomiki, soch ko‘milgan turarkan, unga qo‘riqchilik ajri to‘xtamay borib turadi. Soch esa, hech qachon chirimaydi".
Usmon ibn Ato otasidan rivoyat qiladilar: "œBir kishi Abdurahmon ibn Avf bilan u zotning bog‘iga kirdi. Shunda u zot (r.a.) o‘ttizta qulni ozod qildilar, o‘sha kishi esa, bu ishdan ajablandi. Abdurahmon: "œSenga bu ishdan ham afzalrog‘ini aytaymi?" dedilar. "œHa", dedi u. "œBir kishi Alloh yo‘lida qamchisini qo‘liga olib, ulovda ketib borayotib, mudroq sababli qamchisi tushib ketsa, shu qamchisini tushirib qoldirgani sababli unda paydo bo‘lgan qo‘rquv sen ko‘rgan va men qilgan ishdan afzaldir", dedilar".