YETMISH IKKINCHI BOB
MUHAMMAD (ALAYHISSALOM) UMMATLARINING FAZLI
805. Faqih Abu Lays Samarqandiy roviylar silsilasi ila Muqotil ibn Sulaymondan (r.a.) rivoyat qiladilar: "œMuso (alayhissalom) aytdilar: "œEy Rabbim, men sahifalarda shafoat qiluvchi va shafoat qilinuvchi bir ummat yozilganini ko‘rdim. Ularni mening ummatim qil". Alloh: "œUlar Muhammad (s.a.v.) ummati", dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: "œEy Alloh, sahifalarda bir ummatning gunohlariga besh vaqt namoz kafforat ekanini ko‘rdim. Shu kishilarni mening ummatim qil". Alloh: "œUlar Muhammad (s.a.v.) ummatidir", dedi. Muso aytdilar: "œEy Alloh, sahifalarda bir ummat haqida xabar topdim. Ular adashganlarni, hattoki, bir ko‘zli Dajjolni o‘ldiradi. Ularni mening ummatim qil". Alloh: "œUlar Muhammad (s.a.v.) ummatidir", dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: "œEy Alloh, sahifalarda bir ummatni topdim. Ular suv va tuproq bilan poklanyapti. Ularni mening ummatim qil". Alloh: "œUlar Muhammad (s.a.v.) ummatidir", dedi. Muso aytdilar: "œEy Alloh, sahifalarda bir ummatni topdim. Ular sadaqalarni olishmoqda, vaholanki, avvalgilar u sadaqani yondirishar edi. Ularni mening ummatim qil". Alloh: "œUlar Muhammadning ummatidir", dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: "œEy Alloh, sahifalarda bir ummat haqida o‘qidim, agar ular bir yaxshilikni niyat qilishsa, garchi uni bajarmasalar ham, ularga bitta yaxshilik yoziladi. Agar bajarsalar, o‘ntadan yetti yuztagacha yoki undan-da ko‘paytirib yoziladi. Agar ulardan birontasi bir yomon ishni xohlasa, lekin qilmasa, unga hech narsa yozilmaydi. Agar uni amalga oshirsa, bitta yomonlik yoziladi. Ularni mening ummatim qil". Alloh: "œUlar Muhammadning (s.a.v.) ummatidir", dedi.*
Mu’ammar ham Qatodadan shunga o‘xshash rivoyatni keltirgan. Faqat quyidagicha ziyodasi bor: "œMuso (alayhissalom) aytdilar: "œEy Alloh, sahifalarda bir ummat haqida xabar topdim. Ular ummatlarning yaxshisi ekan. Yaxshi amallarga buyurib, yomonlaridan qaytaradilar. Ularni mening ummatim qil". Alloh: "œUlar Muhammad (s.a.v.) ummatidir". Muso aytdilar: "œEy Alloh, sahifalarda bir ummat haqida o‘qidim. Ular dunyoda oxirgilar, qiyomatda oldingilar ekan. Ularni mening ummatim qil". Alloh: "œUlar Muhammadning (s.a.v.) ummati", dedi. Musa (alayhissalom) aytdilar: "œEy Alloh, sahifalarda bir ummat haqida o‘qidim. Ularning kitoblari qalblarida, qarab turib o‘qiyveradilar. Ularni mening ummatim qil". Alloh taolo: "œUlar Muhammadning (s.a.v.) ummati", dedi. Hatto keyin Muso (alayhissalom) ham Muhammadning (s.a.v.) ummatidan bo‘lishni orzu qilib qoldilar. Shunda Alloh u kishiga vahiy yubordi:
____________
* Bu rivoyat mavzu’-to‘qilgandir. Chunki Muqotil ibn ibn Sulaymonni muhaddislar yolg‘onchi deyishgan.
"œEy Muso, haqiqatdan Men seni odamlar ustida payg‘ambarim bo‘lishga va (bevosita) kalomimni eshitishga tanlab oldim. Bas, senga ato etgan narsamni (ya’ni payg‘ambarlikni) olgin va shukr qilguvchilardan bo‘lgin" (A’rof, 144Âoyat);
"œMuso qavmidan shunday jamoat ham borki", haq (so‘z) bilan (odamlarni) to‘g‘ri yo‘lga boshlarlar va haq (hukmlar) bilan adolat qilurlar" (A’rof, 159-oyat). Shundan keyin Muso (alayhissalom) rozi bo‘ldilar.