809. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) bilan muhojiru ansorlar birga o‘tirgan edik. Shu vaqt yahudiylardan bir jamoa keldi. "œEy Muhammad, — deyishdi ular, — bizlar sendan Alloh taolo Muso ibn Imronga bergan, payg‘ambar va muqarrab farishtalaridan boshqa hech kimga berilmagan kalimalar haqida so‘raymiz". Payg‘ambar (s.a.v.): "œSo‘ranglar-chi", dedilar. "œBizga ummatinga Alloh farz qilgan besh vaqt namozning xabarini ber", deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œQuyosh zavolga ketib, peshin namozi vaqti kirsa, hamma narsa Parvardigoriga tasbeh aytadi. Asr namozi vaqtidagi bir soatda Odam (alayhissalom) daraxtdan yedi. Shom namozidagi bir soatda Alloh taolo Odamning (alayhissalom) tavbasini qabul qildi. Qaysi mo‘min bu namozni chin ko‘ngildan o‘qisa, keyin Allohdan bir narsani so‘rasa, Alloh u narsani unga beradi. Xufton namozini mendan oldingi payg‘ambarlar ham o‘qigan. Bomdod namozi, esa quyosh u vaqtda shaytonning ikki shoxi orasidan chiqadi va hamma kofirlar Allohni qo‘yib, unga sig‘inadi".
Yahudiylar: "œTo‘g‘ri aytding, ey Muhammad, endi namoz o‘qiganga qanday savob borligining xabarini ber", deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œPeshin namozi vaqtida jahannam qizdiriladi. Qaysi mo‘min bu namozni o‘qisa, Alloh taolo qiyomat kuni jahannamning shiddatli, issiq shamollarini unga harom qiladi. Asr namozini o‘qisa, Alloh taolo uni onasidan tug‘ilgandek gunohlaridan poklab qo‘yadi". So‘ng bu oyatni o‘qidilar:
"œBarcha namozlarni, xususan, o‘rta namozni saqlangizlar" (Baqara, 238-oyat). Keyin yana davom etdilar: "œShom namozi Alloh Odam alayhissalomning tavbasini qabul qilgan soat. Qaysi mo‘min bu namozni chin ko‘ngildan o‘qisa, keyin Alloh taolodan biror narsani so‘rasa, Alloh taolo unga so‘raganini beradi. Albatta, qabr qorong‘udir, qiyomat kuni ham qorong‘ulik. Qaysi mo‘min kechaning qorong‘usida xufton namozi uchun yurib borsa, Alloh taolo unga ikkita ozodlikni beradi. Birinchisi, do‘zaxdan ozodlik, ikkinchisi munofiqlikdan ozodlik".