833. Sahl ibn Abu Solih Ato ibn Yaziddan, u Tamim Doriydan (r.a.), u Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy: "œOgoh bo‘linglarki, din nasihatdir", deb uch marta aytdilar. "œKim uchun, ey Rasululloh?" deyishdi. "œAlloh uchun, payg‘ambari uchun, kitobi uchun, mo‘minlarning imomlari uchun va ularning hammalari uchun", deb javob qildilar.
Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a) aytadilar: "œAlloh taolo uchun nasihat", degani Allohga iymon keltirish, Unga sherik qilmaslik, U buyurgan narsani bajarish, qaytarganidan qaytish va odamlarni ham shu narsaga chaqirish va ularga uni dalolat qilishdir. "œPayg‘ambar uchun nasihat" — u zotning sunnatlariga amal qilish va odamlarni unga chaqirish. "œUning kitobi uchun nasihat" esa, Qur’onga iymon keltirish, uni tilovat qilish, undagi bor narsaga amal qilib, odamlarni ham unga amal qilishga chaqirishdir. "œImomlar uchun nasihat" degani ularga qilich bilan qarshi chiqmaslik, ularni insof va adolatga chaqirish, odamlarni ham shunga da’vat qilish degani. "œHamma uchun nasihat" degani esa, o‘zi yaxshi ko‘rgan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rish, oralarni isloh qilish, odamlar bilan arazlashmaslik va ularni Islomga chaqirish, deganidir».
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "œMag‘firatni vojib qiluvchi narsalardan biri musulmon birodaringiz ko‘ngliga xursandchilik kirg‘izmog‘ingizdir".