Muallif Mavzu: Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn  ( 430561 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #870 : 22 Noyabr 2006, 08:06:42 »
842. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) aytadilar. Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kirdim, men bilan yana ikki kishi kirib: “Ey Rasululloh, bizlarga bir vazifa  bering, ishlaymiz”, deyishdi.  Payg‘ambar (s.a.v.) shunda aytdilar: “Biz vazifa talab qilib kelgan kishiga vazifa bermaymiz”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #871 : 22 Noyabr 2006, 08:06:51 »
843. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinishicha,  u zot Ka’b ibn Ujraga: “Ey Ka’b, Alloh senga ahmoqlarning amirligidan panoh bersin”, deb uch marta aytdilar. Keyin davom etdilar: “U amirlar mendan keyin keladi. Kim ularning yolg‘on so‘zlarini to‘g‘ri desa va  qilayotgan zulmlariga yordam bersa, ular mendan uzoqdirlar, men ulardan bezorman. Ey Ka’b, har bir go‘shtki, harom yo‘l orqali topilgan narsa bilan o‘sgan bo‘lsa, undan o‘t yaxshidir. Ey Ka’b, ro‘za to‘siqdir, sadaqa xatolarni o‘chiradi. Namoz yaqinlikdir. Ey Ka’b, odamlar ikki sinf bo‘ladi: nafsini sotib olib, so‘ngra ozod qilganlar va  nafsini sotib, halokatga tushuvchilardir”
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #872 : 22 Noyabr 2006, 08:07:01 »
844. Muso ibn Abdusamad Zazzondan rivoyat qiladilar: “Biz Abdulloh ibn Abbos (r.a.) bilan birga u kishiga qarashli  tepalikda edik. U kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) sahobalaridan. O‘shanda odamlar  narsalarini ko‘tarib, ko‘chib ketayotganini ko‘rdilar va “Ularga nima bo‘ldi?” deb so‘radilar. “Ular vabodan qochib ketyapti”, deyishdi. Ibn  Abbos (r.a.) aytdilar: “Ey vabo, meni ol, meni ol”. “Nima uchun o‘limni so‘rab duo qilyapsiz? Siz Rasulullohning sohibisiz, o‘ziga o‘lim tilashdan qaytarganlarini eshitgansiz-ku?” deyishdi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) ummatlariga kelishidan qo‘rqqan olti narsa uchun Allohdan o‘lim so‘rayman”. Biz: “U nima edi?” deb so‘radik. “Bolalarning  boshliq bo‘lishi, shartlarning ko‘payishi, hukmga poraning aralashishi, qarindoshlarchilikning uzilishi, qon to‘kishning yengil bo‘lishi va bu Qur’onni mazomir (surnay kuyi) kabi qilib olishlari. Bunda afzal yoki faqih kishini emas, balki faqatgina Qur’onni kuy qilib o‘qib beradigan kishini oldinga qo‘yadilar”, dedi Ibn Abbos.

Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: “U kishi ibn Hubayraning eshigi oldidan o‘tayotganlarida  (u kishi boy bo‘lgan), qori kishilardan bir nechalarini ko‘rib, aytibdilar: “Ey qorilar! Nima deb o‘ylaysizlar? Bu taqvodorlarning majlisidan emas”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #873 : 22 Noyabr 2006, 08:07:12 »
845. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Boylarning qo‘shnisi, amirlarning olimi  va bozorlarning  qorisi bo‘lishdan saqlaninglar”.

Zihhok ibn Muzohimdan aytadilar: “Men har kecha  to‘shagimda to‘lg‘onib, sultonimni rozi qiladigan hamda Rabbimni g‘azabini keltirmaydigan kalimani izlayman, lekin topolmayman”.

Zikr qilinishicha, Iso ibn Muso Amir ibn Shubrimaga uchrab qoldi. Unga Amir: “Nimaga biznikiga kelmaysan?” dedi. Iso aytdi: “Siznikiga borib nima qilaman? Agar yaqinlashsangiz, meni fitnaga solasiz, agar uzoqlashtirsangiz, aziyat berasiz. Sizda men qo‘rqadigan va menda siz umid qiladigan narsa yo‘q”.

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Podshohlarning eshigiga borishdan saqlaninglar. Ularning dunyosidan sizlarga biron  narsa yetmaydi, lekin undan afzal bo‘lgan oxiratlaringizni ular barbod etadilar”.

Oldingi olimlarning biri aytadi: “Podshohning oldiga kirishingiz sizni uch narsaga chaqiradi: ularni rizoligini ustun qo‘yishga, ularning dunyosini ulug‘lashga,  yomon amallarini poklashga. Agar o‘shalarni qilsangiz, aniq halok bo‘lasiz. La-a havla va la-a quvvata illa billahil ‘aliyyil ‘azim”.

_________________
Sultonlarga aralashish bobi hadislari

836-hadis. Juda zaif. “Al-mavzu’ot”ga qarang.
837-hadis. Zaif. “Za’iful-jome’”ga qarang.
838-hadis. Zaif.
839-hadis. Juda zaif. Haysamiy, Tabaroniy rivoyat qilgan.
840-hadis. Zaif. Ibn Hibbon, Uqayliy rivoyat qilgan.
841-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
842-hadis. Muttafaqun alayh.
843-hadis. Sahih. Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan.
844-hadis. Sahih. Ahmad rivoyat qilgan.
845-hadis. Isnodi noma’lum.
« So'nggi tahrir: 27 Oktyabr 2007, 07:31:56 muallifi Laylo »
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #874 : 23 Noyabr 2006, 07:55:58 »
YETMISH YETTINCHI BOB
KASALLIK VA KASALNI KO‘RISHLIK FAZILATI


846. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Ato ibn Yasor Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shunday deganlarini naql qilganlar: “Agar banda kasal bo‘lsa, Alloh: “Bandam kelib ketguvchilarga nima deyapti ekan?” deb unga ikki farishatni yuboradi. Agar u ziyoratchilar kelganida Allohga hamd aytsa, hamdini farishtalar Allohga yetkazishadi, holbuki, Alloh o‘zi bilib turibdi”. So‘ng: “Bandamga aytinglar, agar Men uni vafot ettirsam, jannatga kirgizaman, agar shifo bersam, uning  go‘shtidan yaxshiroq go‘shtni beraman (ya’ni kasal bo‘lmaydigan) va qonini yaxshiroq qonga almashtiraman hamda gunohlarini kechiraman”.

Said ibn Vahb aytadilar: ”Salmon Forsiy bilan birga u kishining do‘stinikiga  kirdik. Salmon aytdilar: “Albatta,  Alloh taolo mo‘min bandaga bir kasallik bersa, so‘ng unga salomatlik beradi. U kasallik o‘tgan ayblariga kafforat, keyingilariga rozilik bo‘ladi. Alloh fojir bandani bir kasallikka duchor qilib, so‘ng salomatlik beradi. U kasallik bog‘lab qo‘yilgan tuyaga o‘xshaydi. So‘ng uni qo‘yib yuborishadi. Ular nimaga bog‘lashdi, nimaga qo‘yib yuborishdi, bilmaydi”, dedilar.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #875 : 23 Noyabr 2006, 07:56:05 »
847. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: ”Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kirdim. U kishi darmonsizlikdan xasta edilar. Shunda qo‘llaridan tutib: “Sizga darmonsizlik va lohaslik qattiq tegibdi”, dedim. “Ha, – dedilar, – sizlardan ikki kishining kasali bilan kasallandim”. “Sizga ikki baravar ajr bor”, dedim. U zot: “Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, yer yuzida qaysi muslimga kasallik yetsa, Alloh taolo uning xatolarini daraxt barglari to‘kilganidek to‘kadi”, dedilar.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #876 : 23 Noyabr 2006, 07:56:15 »
848. Payg‘ambar (s.a.v) aytadilar: “Agar mo‘min nafsga isitma qelsa, nafsning ichidan ruh nido qiladi: “Ey isitma, bo‘ mo‘min nafsdan nima xohlaysan?” Isitma: “Ey yaxshi ruh, bu nafsing pok edi. Uni gunohlar va xatolar iflos qildi. Men uni o‘shalardan poklayman”, deb javob beradi. Shunda ruh aytadi: “Unday bo‘lsa, yaqin kel, yaqin kel, yaqin kel va uni pokla”.

Ibn Ashja’ aytadilar: “Muhojirlardan bittasi kasal bo‘ldi. Shunda: “Menga yetdiki, kasalning kasalligida to‘rtta xislat bordir: undan qalam ko‘tariladi, ajr sog‘ paytida amal qilganidek oqib kelaveradi va hamma xatolari bo‘g‘imlaridan ketadi, agar vafot etsa, kechirilgan holda vafot etadi, agar yashab ketsa, kechirilgan holda yashaydi”.

Maoz ibn Jabal (r.a.) aytadilar: ”Agar Alloh taolo mo‘min  bandani kasallikka duchor qilsa, chap tomon farishtasiga: “Undan qalamni  ko‘tar”, deb,  o‘ng tomon farishtasiga: “Bandamga  sog‘liq vaqtidagi amalidan ham yaxshirog‘ini yoz”, deb buyuriladi.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #877 : 23 Noyabr 2006, 07:56:27 »
849. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: “Isitma Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga qora ayolga o‘xshab keldi. Undan: “Sen kimsan?” deb so‘radilar. “Maldamning onasiman”, dedi. “Nima ish bilan shug‘ullanasan, ey Maldamni onasi?” deb so‘radilar so‘ng. “Go‘sht yeyman, qon hidlayman, issiqligim jahannam issig‘idandir”, deb javob qildi. Payg‘ambar (s.a.v) uning isitma ekanini bildilar.

So‘ng isitma aytdi: “Ey Rasululloh, meni o‘zingiz yaxshi ko‘rgan ahlingizga  yuboring”. Nabiy (s.a.v.) uni  ansorlarga yubordilar. Ularni yetti kun isitma  oldi. Oh-vohlari  Payg‘ambarga (s.a.v.) yetdi. Keyin duo qildilar, Alloh ulardan isitmani ko‘tardi. Shundan so‘ng Payg‘ambar (s.a.v.) ularni ko‘rgan vaqtlarida:  “Xush kelibsizlar, ey  Alloh taolo pok qilib qo‘ygan qavm” der edilar.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #878 : 23 Noyabr 2006, 07:56:35 »
850. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Kasallaringizni taom va suvga majburlamang. Chunki Alloh taolo ularni ovqatlantirib  sug‘oradi”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #879 : 23 Noyabr 2006, 07:56:43 »
851. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Kasalning ingrashi – tasbeh, ohi – tahlil, nafasi – sadaqa, uyqusi – ibodatdir, bir tomondan ikkinchi tomonga ag‘darilishi – Alloh yo‘lida jihoddir. Unga sog‘liq vaqtidagi amalidan yaxshiroq amal yoziladi” (Bu hadisni Vahabiy  botil degan).
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #880 : 23 Noyabr 2006, 07:56:51 »
852. Payg‘ambar (s.a.v.)  aytadilar: “To‘rt kishi hayotni qayta boshlaydi: kasaldan turgan kishi, Islomga kirgan mushrik, mo‘min holatida savob umidida juma o‘qib qaytgan kishi va halol kasbdan haj qiluvchi”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #881 : 23 Noyabr 2006, 07:57:05 »
853. Payg‘ambar (s.a.v.) yana aytadilar: “Uchta narsa yaxshilik xazinasidandir: kasallikni yashirish, sadaqani maxfiy qilish va  musibatini berkitish”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #882 : 23 Noyabr 2006, 07:57:16 »
854. Rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)  Solmon Forsiyning  oldlariga kirdilar. U kishi kasal edilar. Shunda Nabiy: “Sening bu yotishingda uchta xislat bordir: Robbingdan eslatma, poklik va oldingi gunohlaringga kafforat, kasal kishining duosi mustajobdir, qodir bo‘lganingcha, Allohga duo qil”, dedilar.

Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Kasallikka ajr yozilmaydi. Ajr amaldadir. U xatolarga kafforat qilinadi”.

Faqih aytadilar: “Ajr kasallik uchun yozilmaydi. Lekin sog‘lom bo‘lganida qiladigan amali mislicha ajr yoziladi, chunki hozir bundan ojiz, agar salomat bo‘lganida, oldin amal qilganidek amal qilishini Alloh taolo biladi va unga o‘sha amallarning savobi yozadi. Kasalligi uning gunohlari uchun kafforatdir. Ya’ni, qilgan gunohlariga tavba qilsa, kafforat, agar tavba qilmay sog‘aysa, oldingi yomon amallariga qaytishni niyat qilsa, unga kafforat bo‘lmaydi”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #883 : 23 Noyabr 2006, 07:57:25 »
855. Hasan Basriydan rivoyat qilinadi.  Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Isitma har bir mo‘minning   do‘zaxdan (bo‘lgan) nasibasidir”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #884 : 23 Noyabr 2006, 07:57:34 »
856. Abu Said Xudriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar:  “Rabbiingiz: “ Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, rahm qilishni hohlagan bandamni hamma xato amallari uchun jasadiga yoki yashashiga bir tanglik berish bilan uni poklamagunimcha  dunyodan chiqarmayman. O‘shalardan ham qolsa, unga o‘limini qattiq qilaman, toki Mening oldimga onadan yangi tug‘ilgandek keladi. Agar azob berishni xohlasam, hamma yaxshiliklarning ajrini  jasadini sog‘lom qilish yoki rizqini keng qilish bilan bermagunimcha dunyodan chiqarmayman. Shunda ham qolsa, unga o‘limni yengil qilaman, hattoki mening oldimga yaxshiligi yo‘q holda keladi”, dedi”.

Osim ibn Ahval Abul Oliyaning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Bizlar ellik yildan beri, bir kishi kasal bo‘lsa, onadan yangi tug‘ilgandek, gunohlardan pok bo‘ladi, der edik. Alloh taolo ham aytadi: “Bandamga uning jonini olgunimcha yoki shifo bergunimcha sog‘ligida qilgan amallari kabi(ajr) yozinglar”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

 

Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 378
Ko'rilgan: 169401
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 10:01:08
muallifi AbdulAziz
Muslim as-Samarqandiy. Ustoz va shogird

Muallif mutaallimahBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 47
Ko'rilgan: 21612
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:38:32
muallifi AbdulAziz
Dukchi Eshon. Ibratul g'ofiliyn

Muallif AbdulAzizBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 17844
So'nggi javob 20 Avgust 2010, 14:37:23
muallifi Ansora
Vasliy Samarqandiy. Imomi A'zam tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2941
So'nggi javob 29 Avgust 2012, 12:18:48
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi a'zam hayoti haqida qimmatli so'zlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2915
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:25:08
muallifi AbdulAziz