854. Rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Solmon Forsiyning oldlariga kirdilar. U kishi kasal edilar. Shunda Nabiy: "œSening bu yotishingda uchta xislat bordir: Robbingdan eslatma, poklik va oldingi gunohlaringga kafforat, kasal kishining duosi mustajobdir, qodir bo‘lganingcha, Allohga duo qil", dedilar.
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "œKasallikka ajr yozilmaydi. Ajr amaldadir. U xatolarga kafforat qilinadi".
Faqih aytadilar: "œAjr kasallik uchun yozilmaydi. Lekin sog‘lom bo‘lganida qiladigan amali mislicha ajr yoziladi, chunki hozir bundan ojiz, agar salomat bo‘lganida, oldin amal qilganidek amal qilishini Alloh taolo biladi va unga o‘sha amallarning savobi yozadi. Kasalligi uning gunohlari uchun kafforatdir. Ya’ni, qilgan gunohlariga tavba qilsa, kafforat, agar tavba qilmay sog‘aysa, oldingi yomon amallariga qaytishni niyat qilsa, unga kafforat bo‘lmaydi".