883. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) uxlamoqchi bo‘lsalar, ikki kaftlarini bir qilib, so‘ng ikkalasiga "œQul huvallohu ahad" va ikki "œQul a’uzu"ni o‘qib, puflab, so‘ng ikki qo‘llarini yuzlariga, boshlariga va boshqa joylariga surtar edilar".
Ikrimadan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilarki: "œBir kishi o‘tib ketayotib, uxlab yotgan kishining oldida ikkita shaytonni ko‘rdi. Ularning biri sherigiga: "œBorib bu odamning qalbini buz", dedi. Unisi haligi kishining yaqiniga kelib, darhol orqasiga qaytdi va shunday dedi: "œU bir oyatni o‘qib yotibdi. Biz uning oldiga kirolmaymiz". So‘ng ikkinchisi uxlab yotgan kishining oldiga bordi. U ham qaytib ketdi va: "œTo‘g‘ri aytding", dedi. So‘ngra ular ketishdi. Keyin musofir uyqudagi kishini uyg‘otib, shaytonlar bilan bo‘lgan ishni aytdi va "œUxlayotganingda qaysi oyatni o‘qib yotgan eding?" deb so‘radi. U:
"œAlbatta, Parvardigoringiz Alloh shunday zotdirki, osmonlar va yerni olti kunda yaratib, so‘ngra arshiga o‘rnashdi", jumlasidan
"œZero, Allohning rahmati chiroyli amal qiluvchilarga yaqindir"gacha (A’rof, 54 — 56) o‘qiganini aytdi.
Abu Majlaz aytadilar: "œKim zolim amirdan qo‘rqsa, "œroziytu billahi robban va bil islami diynan va bi Muhammadin (s.a.v.) nabiyyan va bil Qur`ani imaman va hukman", desa, unga Alloh najot beradi.