892. Abbon Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladilar. “Hajjoj ibn Yusuf u zotga g‘azab qilib: “Agar Abdulmalik ibn Marvonning yozgani bo‘lmaganda seni shunday-shunday qilardim”, dedi. Anas aytdilar: “Bunday qilishga qodir bo‘lmaysan”. Hajjoj: “Menga kim mone’ bo‘ladi”, deb so‘radi. Anas: “Payg‘ambar (s.a.v.) menga o‘rgatgan duo, uni har kuni ertalab va kechqurun o‘qiyman”, dedilar. Hajjoj aytdi: “Uni menga o‘rgat”. Anas ibn Molik (r.a.) bosh tortdilar. U majburlamoqchi bo‘ldi. U zot baribir aytmadi”. Abbon aytadi: “Bu duoni Anas kasal bo‘lganlarida so‘radim”. U zot aytdilarki: “Uch marta bismillahi ‘ala nafsiy va diniy, bismillahi ‘ala ahliy va maliy va valadiy. Bismillahi ‘ala kulli ma a’toniy robbiy, Alloh, Alloh, Allohu robbiy la-a ushriku bihi shay`an, Alloh, Alloh, Allohu robbiy la ushriku bihi shay`an. Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar va a’azzu ajallu mimma axofu va uhaziru. Allohumma inniy a’uzi bika min sharri nafsiy va min sharri kulli shaytonir rojiym va min sharri kulli jabbarin ‘aniyd, ‘azza jaruka va jalla sanauka va la-a ilaha g‘ayruka”. Keyin ushbu oyatni o‘qidilar:
“Ana endi ham yuz o‘girsalar, u holda ayting: Menga Allohning o‘zi yetarlidir! Hech qanday iloh yo‘q, faqat uning o‘zi bordir! (Men uning) o‘ziga suyandim. U zot ulug‘ arsh sohibidir” (Tavba, 129-oyat).
_________________
Duo va tasbehlar bobi hadislari
875-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud, Nasaiy rivoyat qilgan.
876-hadis. Sahih. Molik, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
877 (a)-hadis. Sanadida noaniqlik bor.
877 (b)-hadis. Zaif. Ibn Sano rivoyat qilgan.
878-hadis. Sahih. Muslim, Molik, Ahmad rivoyat qilgan.
879-hadis. Zaif. Haysamiy rivoyat qilgan.
880-hadis. Zaif. Haysamiy, Tabaroniy rivoyat qilgan.
881-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
882-hadis. Mavzu’. “Tanzihush-shari’a”ga qarang.
883-hadis. Muttafaqun alaqh.
884-hadis. Sahih. Molik, Nasaiy rivoyat qilgan.
885-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
886-hadis. Sahih. Buxoriy, Abu Dovud rivoyat qilgan.
887-hadis. Muttafaqun alayh.
888-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
889-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
890-hadis. Sahih. Ibn Abu Shiyba, Tabaroniy rivoyat qilgan.
891-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy rivoyat qilgan.
892-hadis. Zaif.