Muallif Mavzu: Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn  ( 421656 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #930 : 24 Noyabr 2006, 02:18:15 »
898.Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: “Men bir katta  tuyaning ustida edim. Tezroq yursin deb uni ura boshladim”. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda: “Ey Oyisha,  yumshoq  bo‘l, chunki qaysi narsada yumshoqlik bo‘lsa, uni  ziynatlaydi va qaysi narsada bo‘lmasa, u badnom bo‘ladi”, dedilar.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #931 : 24 Noyabr 2006, 02:18:40 »
899. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: “Ushbu:
“Qachon Allohning yordami va g‘alabasi kelsa” oyati  tushganida, Payg‘ambar (s.a.v.) kasal edilar. Payshanba kuni odamlar oldiga chiqmoqchi bo‘ldilar. Boshlarini bog‘ich bilan bog‘lab olgan edilar. So‘ngra minbarga ko‘tarildilar. Ranglari sarg‘aygan, ko‘zlarida yosh bor edi. Keyin Bilolni chaqirib, Madina ahlini vasiyatlarini eshittirishlari uchun jam qilishga  buyurdilar. Zero, u Rasulullohning (s.a.v.) oxirgi vasiyatlari edi. Bilol  Madina ahlini chaqirganida, ularning katta-yu kichik hammasi yig‘ildi. Uydagilar uylarini, bozordagilar bozorlarini tashlab kelishdi. Hatto unashtirilgan qizlar Payg‘ambarning (s.a.v.) vasiyatlarini eshitish uchun chiqishdi. Masjid yig‘ilganlarga torlik qildi.. Payg‘ambar (s.a.v): “Orqadagilarni ham sig‘diringlar”, dedilar. U zot (s.a.v.) yig‘lab turardilar. So‘ng: “Inna lillahi va inna ilayhi roji’un”, dedilar va Allohga hamdu   sano o‘qidilar, payg‘ambarlarga va jumladan  o‘zlariga ham salovat yo‘lladilar. Keyin aytdilar: “Men Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulmuttalib ibn Hoshim al-arabiy al-xaramiy al-makkiyman. Mendan keyin payg‘ambar yo‘qdir.

 Ey odamlar, bilinglar, mening jonim uzilish arafasida, dunyodan ayrilish vaqtim keldi. Rabbim bilan ko‘rishishga mushtoqman. E voh, ummatimga firoq. Mendan keyin nimalar deydilar, Allohim, salomat qil, salomat qil. Ey odamlar, Alloh taolo sizlarga tushirgan hukmlarida nima halol  va nima harom, nimalar qilishlaringiz, nimalardan saqlanishingizni bayon qilib berdi. Uning halol narsalarini halol denglar, xarom qilganini harom denglar. Mutashobih oyatlariga iymon keltiringlar, muhkam, ya’ni, ochiq-ravshan oyatlarini qattiq ushlanglar. Misollardan ibratlaninglar”.

Keyin boshlarini osmonga ko‘tarib: “Ey Parvardigor, yetkazdimmi? Guvoh bo‘lgin”, dedilar. So‘ng yana so‘zlarini davom etdilar: “Ey odamlar, Alloh taolodan uzoq, xorlangan, adashgan, jannatdan uzoq, do‘zaxga yaqin bo‘lgan nafsi havodan saqlaninglar. Jamoat va istiqomat qilishni(to‘g‘ri yo‘lda yurishni) mahkam tutinglar. Chunki u Allohga, jannatga yaqin va do‘zaxdan uzoqdir... Ey Parvardigor, yetkazdimmi? Ey odamlar, dinlaringda va omonatlaringda Allohni unutmanglar, qo‘llaring ostidagilaring borasida ham Allohni yoddan chiqarmanglar. Yegan narsalaringdan ularga ham yediringlar va  kiygan narsalaringdan kiydiringlar. Ularni toqati yetmaydigan ishlarga buyurmanglar. Chunki ular ham go‘sht,  qon va xulqda sizga o‘xshaydi. Ogoh bo‘linglar, kim ularga zulm qilsa, qiyomat kuni men unga xusumat qilaman. Alloh ularning hokimidir.  Xotinlaringiz xususida  ham ehtiyotkor bo‘linglar. Mahrlariga vafo qilinglar. Ularga zulm qilmanglar. (Zulm qilsanglar) qiyomat kuni yaxshiliklaringdan mahrum etadi.... Yetkazdimmi?
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #932 : 24 Noyabr 2006, 02:19:06 »
Ey odamlar, o‘zlaringni va ahllaringni do‘zaxdan saqlanglar. Ularga ilm va odob beringlar. Chunki ular sizlarga yordam beruvchi va omonatdirlar... Yetkazdimmi?

Ey odamlar, ishlaringizdagi boshliqlarga itoat qilinglar, ularga osiy bo‘lmanglar. Agar-chi u biror a’zosi kesilgan habash qul bo‘lsa ham. Chunki kim ularga itoat qilsa, menga itoat qilibdi. Kim menga itoat qilsa, Allohga itoat qilibdi. Kim ularga isyon qilsa, menga isyon qilibdi. Kim menga isyon qilsa, Allohga osiy bo‘libdi. Ogoh bo‘linglar, ularga qarshi chiqmanglar. Ularning ahdlarini buzmanglar.... Yetkazdimmi?

Ey odamlar, mening ahlimni yaxshi ko‘ringlar, Qur’onni ko‘targanlarni yaxshi ko‘ringlar, olimlaringizni yaxshi ko‘ringlar. Ularga hasad etmanglar, g‘azab qilmanglar, ta’na toshi otmanglar. Ogoh bo‘linglar, kim ularni yaxshi ko‘rsa, meni yaxshi ko‘ribdi. Kim meni yaxshi ko‘rsa, Allohni yaxshi ko‘ribdi. Kim ularga g‘azab  qilsa, menga g‘azab qilibdi. Kim menga g‘azab qilsa, Allohga g‘azab qilibdi... Yetkazdimmi?

Ey odamlar, besh vaqt namozni tahoratini chiroyli olib, ruku’ va sajdalarini maromiga yetkazib o‘qinglar. Ey odamlar, mollaringizning zakotlarini ado qilinglar. Ogoh bo‘linglar! Kim zakotni ado etmasa, uning uchun  namoz yo‘qdir. Ogoh bo‘linglar! Kimda namoz bo‘lmasa, unda din, ro‘za, haj va jihod ham yo‘q. Ey Parvardigor, yetkazdimmi?

Ey odamlar! Kim  yo‘lga  qodir bo‘lsa, o‘sha kishiga Alloh taolo hajni farz qildi. Kim haj qilmasa, xohlagan holatida, yahudiy bo‘libmi, nasroniy yo majusiy  bo‘libmi, o‘lsin. Faqat bir  kasallik bilan og‘rigan yoki zolim podshoh uni man’ qilgani tufayli (haj qilolmasa) u uzrlidir. Ogoh bo‘linglar, qodir bo‘la turib, haj qilmaganlar uchun  shafoatim yo‘q va havzimga yetolmaydi. Yetkazdimmi?

Ey odamlar! Alloh taolo sizlarni qiyomat kuni bitta katta tepalikda jam qiladi. U kun og‘ir kundir.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #933 : 24 Noyabr 2006, 02:19:55 »
“U kunda molu davlat va bola-chaqa foyda bermas” (Shuaro, 88-oyat) Yetkazdimmi?

Ey odamlar! Tillaringizni saqlanglar, ko‘zlaringizni namlanglar, qalblaringizni bo‘ysundiringlar, bandalaringizni charchatinglar, dushmanlaringizga qarshi kurashinglar, masjidlaringizni ta’mirlanglar, iymonlaringizda ixlosli bo‘linglar. Birodaringizga nasihat qilinglar, o‘zingiz uchun yaxshi amal qilib qolinglar, farjlaringizni saqlangizlar,  mollaringizdan sadaqa beringlar, hasad qilmanglar. Chunki hasad yaxshiliklaringizni ketkazadi. Bir-biringizni g‘iybat qilmanglar, halok bo‘lasizlar....Yetkazdimmi?

Ey odamlar! Qullaringizni ozod etishga harakat qilinglar Kambag‘al va yo‘qsil bo‘ladigan  kuningiz (ya’ni, qiyomat kuni) uchun yaxshilik qilinglar.

Ey odamlar!  Zulm qilmanglar. Chunki Alloh taolo u zulm qiluvchini ushlovchi zotdir. Sizlarning hisob-kitobingiz Uning qo‘lida. Uning huzuriga  qaytajaksiz. Albatta, U zot sizlarning gunoh qilishingizga  rozi bo‘lmaydi.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #934 : 24 Noyabr 2006, 02:20:04 »
Ey odamlar! Albatta,

“Kim biron yaxshi amal qilsa, o‘zi uchundir. Kim yomonlik qilsa, o‘z ziyoniga qilur. Parvardigoringiz bandalariga zulm qiluvchi emasdir” (Fussilat, 46-oyat);

“Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqingiz, so‘ngra har bir jonga qilgan amali uchun to‘la jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi” (Baqara, 281-oyat).

Ey odamlar! Men Rabbimga qaytuvchiman. Umrim poyoniga yetdi. Dinlaringiz va omonatlaringizni Alloh taologa topshiraman. Ey ashoblarim, ey ummatim, sizga salom bo‘lsin. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh”. Keyin minbardan tushib  uylariga kirdilar. Shundan keyin Payg‘ambar (s.a.v.)  boshqa chiqmadilar”.

__________________
Muloyimlik bobi hadislari

893-hadis. Muttafaqun alayh.
894-hadis. Sahih. Qazoiy, Bag‘aviy rivoyat qilgan.
895-hadis. Zaif. Ibn Abud Dunyo rivoyat qilgan.
896-hadis. Sahih. Ibn Mojja, Ibn Hibbon rivoyat qilgan.
897-hadis. Avvalini Ahmad, qolganini Hokim rivoyat qilgan.
898-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
899-hadis. Juda zaif.
« So'nggi tahrir: 27 Oktyabr 2007, 07:41:03 muallifi Laylo »
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #935 : 24 Noyabr 2006, 02:20:25 »
SAKSON IKKINCHI BOB
SUNNATGA AMAL QILISH


900. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Molik aytdilar: Menga Payg‘ambarning (s.a.v.): “Sizlarga ikki narsani qoldirdim. U ikkovini ushlasanglar, hech qachon  adashmaysizlar. Ular Allohning kitobi va mening sunnatimdir”, deganlarini aytib berishdi.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #936 : 24 Noyabr 2006, 02:20:32 »
901. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Sunnatda ozgina amal qilish, bid’atda ko‘p amal qilishdan yaxshi. Har bir bid’at adashish va har bir adashish do‘zaxdir”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #937 : 24 Noyabr 2006, 02:20:43 »
902. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Sunnatda iqtisod qilish, bid’atda ijtihod qilishdan yaxshidir”.

Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: “So‘z amal bilan durust bo‘ladi. Amal va so‘z niyat bilan durust bo‘ladi. So‘z, amal va niyat sunnat bilan durust bo‘ladi.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #938 : 24 Noyabr 2006, 02:20:52 »
903. Ma’aqqal ibn Yasor (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Ikki kishiga mening shafoatim yetmaydi. (Boshqa rivoyatda: “Ummatimdan  ikki toifaga”, deyilgan). Zolim boshliqqa va din ishida chuqur ketuvchiga, (ya’ni dinda chuqur ketib, sunnat va jamoat yo‘lidan chiqqan kishiga).

Ubay ibn Ka’b (r.a.) aytadilar: “Alloh kitobi va sunnatni mahkam tutinglar. Qaysi banda Qur’on va hadis yo‘lida Allohni zikr qilib, Allohdan qo‘rqqanidan ko‘zi yoshlansa, unga hech qachon do‘zax o‘ti tegmaydi. Qaysi banda Alloh va sunnat yo‘lida bo‘lsa, Rahmonni eslab, ko‘ziga yosh kelsa va  terilari qaltirasa, bu hol daraxtning yaproqlari qurib, shamol uning yaproqlarini to‘kishiga o‘xshaydi. Albatta, Kitob va sunnat  yo‘lida iqtisod Qur’on va sunnat xilofida ijtihod qilishdan yaxshidir. Amallaringiz hoh iqtisod, hoh ijtihod bo‘lsin, payg‘ambarlar sunnatlari va yo‘llariga muvofiq bo‘lishiga e’tibor beringlar.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #939 : 24 Noyabr 2006, 02:20:59 »
904. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Bani Isroil yetmish bitta firqaga ajralib ketdi va mana bu ummat yaqinda yetmish ikki firqaga ajraladi. Yetmish bittasi do‘zaxda va bittasi jannatdadir”. “Ey Rasululloh, bu bittasi kimlar?” deb so‘radilar.  Aytdilar: “ Ahli sunna va jamoa”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #940 : 24 Noyabr 2006, 02:21:10 »
905. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yana aytadilar: “Fasod paytida sunnatimni mahkam ushlaydigan ummatlarimning ajri yuzta shahidning ajri kabidir”.

Aytishlaricha, Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) bunday deganlar: “Sizlarni kattalarni qaritadigan, kichiklarni katta qiladilan fitna qamrab olsa, odamlar ularga aldansalar, uni sunnat qilib olsalar, keyin o‘zgartirsalar va boshqasiga amal qilinsa, bu munkar ish, deb aytilsa,  nima qilasizlar?” Bir kishi so‘radi: “Ey Abu Abdurahmon, bu qachon bo‘ladi?” “Agar ishonchlaringiz kamaysa, boshliqlaringiz ko‘paysa, faqihlaringiz kamaysa, qorilaringiz ko‘paysa,  oxirat amali bilan dunyo qo‘lga kiritilsa, dindan boshqa narsani yaxshi tushunsalar, ana shu vaqtda ustlaringizda bir boshliqlar bo‘ladiki, agar ularga itoat qilsanglar  adashasizlar, agar  osiylik qilsanglar, sizlarni o‘ldiradilar”, dedilar Ibn Ma’sud. “Bizlarga nima buyurasiz, ey Abu Abdurahmon?” deb so‘rashdi. “Uyingda o‘tirib amal qil, unday qilmasang, olov yaxshidir”, dedilar.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #941 : 24 Noyabr 2006, 02:21:21 »
906. Faqih rivoyat qiladilar. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytdilar: “Bizlarga Payg‘ambar (s.a.v.) xutba qilib dedilar: “Ey odamlar, sahobalarimni hurmat etinglar, ularga yaxshilik qilinglar, ularni yaxshi ko‘ringlar. Chunki odamlarning yaxshisi sahobalarimdir. Men  ularga  (payg‘ambar qilib) yuborilganimda, ular Allohga iymon keltirib, meni tasdiqlashdi, Allohdan nima hukm keltirgan bo‘lsam, hammasiga iymon keltirishdi va ularga amal qilishdi.

So‘ngra ulardan keyingi odamlarning yaxshisi ulardan keyingi  asrdagilar. Ular meni ko‘rishmasa ham, iymon keltirib, Alloh amriga ergashishadi. So‘ngra (odamlarning yaxshisi) ulardan keyingi asrdagilar. Ular ham menga iymon keltirishadi.

So‘ng ulardan keyin shunday kishilar kelishadiki, ular namozlarini zoe’  qiladilar, shahvatlarga ergashadilar, buyurgan narsalarimni tashlab, undan qaytarganlarimni qiladilar, dinning nafslariga yoqqan tomoninigina oladilar, odamlar orasida amallari bilan riyo qiladilar,  so‘ralmasa-da, qasam ichadilar, guvohlik so‘ralmasdan guvohlik beradilar, omonat berilsa, xiyonat qiladilar, omonatni ado etmaydilar, gapirganlarida yolg‘on gapiradilar, qilmaydigan narsalarini aytadilar, ulardan ilm va hilm ko‘tariladi, ularda johillik va buzuq ishlar zohir bo‘ladi, ulardan hayo va omonatdorlik  ko‘tariladi, ularda hiyonat va yolg‘onchilik, ota-onaga oq bo‘lish, qarindoshchilikni uzish, uzun-uzun orzular, baxillik, dunyoga hirs, ochko‘zlik,  hasad, zulm, yomon xulq, yomon qo‘shnichilik  ko‘payib yoyiladi. Ular dindan  kamondan o‘q chiqqanidek chiqib ketadilar, qiyomat faqat odamlarning yomonlari qolganda  qoim bo‘ladi. Agar sizlarni jannat kengligida va ne’matlarida turish xursand qilsa, sunnat va jamoatni mahkam tutinglar. Ishlarning yangilaridan saqlaninglar. Chunki har bir  yangi narsa bid’atdir va har bir bid’at zalolatdir. Albatta, Alloh taolo hech qachon Muhammadning ummatini zalolat ustiga birlashtirmaydi. Bas, kim toat ipini yechsa, jamoatdan ajralsa, Alloh amrlarini zoe’ qilsa va Alloh hukmlariga xilof bo‘lsa, g‘azab qilingan holda Allohga yo‘liqadi va Alloh uni do‘zaxga kirgizadi”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #942 : 24 Noyabr 2006, 02:21:28 »
907. Arboz ibn Soriya Salamiy (r.a.) aytadilar: “Bizlarga Rasululloh (s.a.v.) ta’sirchan bir xutba  qildilar. Uning sababidan ko‘zlar yoshga to‘ldi, qalblar eridi. Sahobalardan bir kishi: “Ey Allohning elchisi, bu vidolashuv mav’izasi bo‘ldi. Bizlarni nimaga buyurasiz?” deb aytdi.  Nabiy: “Allohga taqvo qilishga,  eshitish va toatga buyuraman. Chunki mendan keyin  ko‘p ixtiloflarni ko‘rasizlar. Ishlarning yangilaridan saqlaninglar. Chunki u adashishdir. Kim o‘sha vaqtga yetsa, mening sunnatimni va to‘g‘ri yo‘ldagi xalifalarimning yo‘lini mahkam tutsin. Ularni oziq  tishlaringiz bilan tishlanglar”, dedilar.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #943 : 24 Noyabr 2006, 02:21:35 »
908. Abu Said Xudriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim halol yesa, sunnatga amal qilsa, odamlar uni yomonligidan omon bo‘lsalar, jannatga kiradi”. “Ey Alohning elchisi, bunday  kishilar odamlar orasida ko‘p-ku?” deyishdi. Aytdilar: “Mendan keyingi asrlarda ular kamayadi”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #944 : 24 Noyabr 2006, 02:21:52 »
909. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) menga bir chiziq chizdilar va bu Allohning yo‘lidir”, dedilar. So‘ng uning o‘ng va chapiga qaratib, bir necha chiziq chizdilar.  Aytdilarki:  “Bu yo‘llarning ustida shayton bor va o‘zining yo‘liga chaqiradi”. So‘ng ushbu oyatni o‘qidilar:

“Albatta, mana shu mening to‘g‘ri yo‘limdir. Bas, bu yo‘lga ergashinglar. Boshqa yo‘llarga  ergashmangizlar-ki, ular sizlarni Uning yo‘lidan uzib qo‘yar, shoyad, taqvo qilsangiz, deb sizlarni mana shu narsalarga buyuradi” (An’om, 153-oyat)
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

 

Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 378
Ko'rilgan: 167176
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 10:01:08
muallifi AbdulAziz
Muslim as-Samarqandiy. Ustoz va shogird

Muallif mutaallimahBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 47
Ko'rilgan: 21263
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:38:32
muallifi AbdulAziz
Dukchi Eshon. Ibratul g'ofiliyn

Muallif AbdulAzizBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 17708
So'nggi javob 20 Avgust 2010, 14:37:23
muallifi Ansora
Vasliy Samarqandiy. Imomi A'zam tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2867
So'nggi javob 29 Avgust 2012, 12:18:48
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi a'zam hayoti haqida qimmatli so'zlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2830
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:25:08
muallifi AbdulAziz