906. Faqih rivoyat qiladilar. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytdilar: "œBizlarga Payg‘ambar (s.a.v.) xutba qilib dedilar: "œEy odamlar, sahobalarimni hurmat etinglar, ularga yaxshilik qilinglar, ularni yaxshi ko‘ringlar. Chunki odamlarning yaxshisi sahobalarimdir. Men ularga (payg‘ambar qilib) yuborilganimda, ular Allohga iymon keltirib, meni tasdiqlashdi, Allohdan nima hukm keltirgan bo‘lsam, hammasiga iymon keltirishdi va ularga amal qilishdi.
So‘ngra ulardan keyingi odamlarning yaxshisi ulardan keyingi asrdagilar. Ular meni ko‘rishmasa ham, iymon keltirib, Alloh amriga ergashishadi. So‘ngra (odamlarning yaxshisi) ulardan keyingi asrdagilar. Ular ham menga iymon keltirishadi.
So‘ng ulardan keyin shunday kishilar kelishadiki, ular namozlarini zoe’ qiladilar, shahvatlarga ergashadilar, buyurgan narsalarimni tashlab, undan qaytarganlarimni qiladilar, dinning nafslariga yoqqan tomoninigina oladilar, odamlar orasida amallari bilan riyo qiladilar, so‘ralmasa-da, qasam ichadilar, guvohlik so‘ralmasdan guvohlik beradilar, omonat berilsa, xiyonat qiladilar, omonatni ado etmaydilar, gapirganlarida yolg‘on gapiradilar, qilmaydigan narsalarini aytadilar, ulardan ilm va hilm ko‘tariladi, ularda johillik va buzuq ishlar zohir bo‘ladi, ulardan hayo va omonatdorlik ko‘tariladi, ularda hiyonat va yolg‘onchilik, ota-onaga oq bo‘lish, qarindoshchilikni uzish, uzun-uzun orzular, baxillik, dunyoga hirs, ochko‘zlik, hasad, zulm, yomon xulq, yomon qo‘shnichilik ko‘payib yoyiladi. Ular dindan kamondan o‘q chiqqanidek chiqib ketadilar, qiyomat faqat odamlarning yomonlari qolganda qoim bo‘ladi. Agar sizlarni jannat kengligida va ne’matlarida turish xursand qilsa, sunnat va jamoatni mahkam tutinglar. Ishlarning yangilaridan saqlaninglar. Chunki har bir yangi narsa bid’atdir va har bir bid’at zalolatdir. Albatta, Alloh taolo hech qachon Muhammadning ummatini zalolat ustiga birlashtirmaydi. Bas, kim toat ipini yechsa, jamoatdan ajralsa, Alloh amrlarini zoe’ qilsa va Alloh hukmlariga xilof bo‘lsa, g‘azab qilingan holda Allohga yo‘liqadi va Alloh uni do‘zaxga kirgizadi".