Hasan Basriydan rivoyat qilinishicha, u zot bir kishining qabristonda ovqatlanayotganini ko‘rdilar. So‘ngra: "œBu odam munofiq ekan, o‘lim ikki ko‘zi orasida bo‘laturib, taomni ishtahasi tortyapti".
Yana Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: "œAjabo, bir qavm oxiratga tayyorgarlik ko‘rishga buyurildi, ammo avvalgilari keyingilariga qarab o‘ynab o‘tirishdi".
Rivoyat qilinishicha, Hasan Basriy qachon tobutni ko‘rsalar, onalarining dafnlaridan qaytgandek bo‘lar edilar.
Ibrohim Taymiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: "œKim xotirjam bo‘lsa, jannati bo‘lolmay qolishdan xavf qiladi. Chunki, ahli jannatlar:
"œHaqiqatan bizlar ilgari (hayotiy dunyoda) ahli oilamiz orasida (bo‘lgan chog‘imizda, oxiratda Allohning azobiga duchor bo‘lishdan) qo‘rqar edik" (At-tur, 26-oyat), deb aytadi».
Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot aytdilar: "œQur’onni ko‘targan kishi kechqurun odamlar uxlaganida bedorligi bilan, kunduzini odamlar og‘zi ochiq bo‘lganida ro‘zasi bilan, odamlar xursand bo‘lganlarida g‘amgin bo‘lish bilan, odamlar kulganlarida yig‘lash bilan, odamlar gapirganida jim turish bilan, odamlar gerdayganlarida xushu’ bilan ajralib turishi kerak. Qur’onni ko‘targan kishi g‘amgin, halim, sokin, yumshoq bo‘lishi lozim. Dag‘al, g‘ofil, baqiroq va serjahl bo‘lmasligi kerak.
Shaqiq ibn Ibrohim (r.a.) aytadilar: "œBanda uchun g‘am va xavfdan yaxshiroq do‘st yo‘qdir. G‘am o‘tgan gunohlar, xavf qachon tushishi noma’lum bo‘lgan gunohlar uchundir".
Hakim aytadilar: "œKim uch o‘rindan boshqa payt g‘amgin va xafa bo‘lsa, u xafachilikni ham, xursandchilikni ham bilmabdi: iymon g‘ami, chunki umri iymon bilan tugaydimi yoki yo‘qmi, bilmaydi; Alloh amri uchun bo‘lgan g‘am, ularni mukammal qildimi yoki yo‘q, buni ham bilmaydi; xusumatchilar g‘ami, ulardan qutuladimi yoki yo‘q, noma’lum".