SAKSON BESHINCHI BOB
TAFAKKUR QILISH
919. Faqih Abu Lays Samarqandiy Ato ibn Abu Rabohdan rivoyat qiladilar: "œIbn Umar va Ubayd ibn Umayr bilan birga Oyishaning (r.a.) oldiga kirdik. Hammamiz salom berdik. Oyisha: "œUlar kim?" deb so‘radilar. "œAbdulloh ibn Umar, Ubayd ibn Umayr", dedik. Onamiz aytdilar: "œXush kelibsiz, ey Ubayd ibn Umayr, nima uchun bizni ziyorat qilmay qo‘ydingiz?" Ubayd aytdilar: "œKam ziyorat qil, sevgi ziyoda bo‘ladi, deyishadi". Ibn Umar so‘ngra: "œBu gaplarni qo‘yib turaylik, bizga Payg‘ambardan (s.a.v.) ko‘rgan ajoyib narsalaringizni gapirib bering", dedilar. Oyisha onamiz aytdilar: "œU kishining hamma ishlari ajoyib edi. Bir kechasi mening oldimga keldilar va to‘shagimga kirdilar, hatto badanlari badanimga tegdi. So‘ngra aytdilar: "œEy Oyisha, Rabbimga ibodat qilishimga ruxsat berasanmi?" "œAllohga qasamki, sizga yaqin bo‘lishni hamda siz hohlagan narsani yaxshi ko‘raman", dedim. So‘ng o‘rinlaridan turib, tahorat qildilar. Keyin qiyomda turib yig‘ladilar. Ko‘z yoshlari ko‘kraklariga tushdi. So‘ng o‘ng taraflariga suyanib, o‘ng qo‘llarini o‘ng yuziga qo‘ydilar. Yana yig‘ladilar. Yig‘laganlaridan ko‘z yoshlari yerga tushganini ko‘rdim. Bir ozdan keyin bomdodga azon chaqirgani Bilol keldi. Bilolni ko‘rib ham yig‘layverdilar. Bilol: "œEy Rasululloh, nimaga yig‘layapsiz? Alloh sizning oldingi va keyingi gunohlaringizni kechirgan-ku?!" dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œEy Bilol! Shukr qiluvchi banda bo‘lmayinmi? Nima uchun yig‘lamay, bu kecha ushbu oyat tushdi", dedilar va:
"œOsmonlar va yerning yaralishida..." jumlasidan
"œO‘zing bizni jahannam azobidan asragil", jumlasigacha (Oli Imron, 190 — 191-oyatlar) o‘qidilar. Keyin aytdilar: "œKim bu oyatni o‘qib, tafakkur qilmasa, vayl azobi bo‘lsin".
Ba’zi xabarlarda rivoyat qilinadi: "œKim yulduzlarga qarab, uning ajoyibligini va Allohning qudratini fikr qilib:
"œParvardigoro, bu (borliqni) behuda yaratganing yo‘q! Sen (behuda biron ish qilish aybidan) poksan. O‘zing bizni jahannam azobidan asragil", degan oyatni o‘qisa, unga osmondagi yulduzlar sanog‘icha yaxshilik yoziladi".
Omir ibn Qaysning bunday deganlari rivoyat qilinadi: "œOxiratda odamlarning ko‘proq xursand bo‘lishlari, ularning dunyoda xafachilikni uzun qilganlari sabablidir. Oxiratda ko‘p kuluvchilar odamlar dunyoda ko‘p yig‘laganlardir. Odamlarning qiyomat kunida iymon jihatidan ixlosmandlari dunyoda ko‘proq tafakkur qilganlaridir".