Ikkinchi kuni Muoviya (r.a.) elchisini chaqirib: "œAbu Zarrga bor-da, kechagi ming dinor boshqaga berilishi kerak ekan. Men adashib sizga beribman, deb ayt", dedilar. Elchi kelib: "œMuoviyaning jazosidan meni qutqaring. Men sizga bergan ming dinor boshqaniki ekan, xato qilib sizga berib qo‘yibman", dedi. Abu Zarr aytdilar: "œMuoviyaga mendan salom ayt va unga yuborgan dinoridan hech narsa qolmaganini bildir. Agar xohlasa, uch kun kutsin, to‘plab beramiz". Muoviya u kishining so‘zi bilan ishi bir ekanini bildilar va Usmonga (r.a.) xat yozib: "œHojatingiz bo‘lsa, Abu Zarrni chaqirib oling", dedilar. Usmon (r.a.) javob xatida: "œAbu Zarrni mening oldimga yubor", deb yozdilar. Abu Zarr (r.a.) qaytib kelganlarida Usmon (r.a.) masjidda edilar. Oldlariga borib, salom berdilar. U zot alik oldilar va: "œAhvoling qalay, ey Abu Zarr?" deb so‘radilar. "œYaxshi. O‘zingiz qalaysiz?" dedilar Abu Zarr. So‘ng Usmon (r.a.) chiqib ketdilar. Abu Zarr qiroat qiladigan joyga chiqib, ikki rak’at nkamoz o‘qidilar. Keyin o‘tirdilar. Odamlar ham u kishining oldiga o‘tirishdi. Ular: "œEy Abu Zarr, Payg‘ambardan (s.a.v.) hadis aytib bering", deyishdi. "œMenga habibim aytdilar: "œTuyada sadaqa bor, ekinda sadaqa bor, dirhamda sadaqa bor, qo‘yda sadaqa bor. Kim uyida dirham va dinorlari bo‘lib, qarzdorlarga bermasdan yoki Alloh yo‘lida infoq qilmasdan uxlasa, u xazina bilan qiyomat kunida yondiriladi". Odamlar: "œEy Abu Zarr, Allohdan qo‘rqing, nima deb aytayotganingizga qarang, bu mollar odamlarda yoyilib ketgan-ku", deyishdi. Abu Zarr aytdilar: "œQur’onning "œOltin-kumushni bosib, uni Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaydigan kimsalarga alamli azob "œxushxabar"ini yetkazing!" (Tavba, 34) degan oyatini o‘qimaganmisizlar?!" So‘ng ikki-uch kun turdilar. Usmon (r.a.) chaqirib, Rabzaga bor, dedilar. Rabza xaroba qishloq edi. So‘ng chiqib ketdilar. U yerda bir qora kishi imomlikka o‘tar edi. Abu Zarrga, o‘ting, deyishdi. U kishi bosh tortdilar. Dedilarki: "œAllohning rasuli rostgo‘ydir, menga: "œGarchi qora odamning orqasida namoz o‘qisang ham, eshit va itoat qil", deb aytganlar". U yerda ajallari yetgunicha turdilar. Alloh u kishidan rozi bo‘lsin".