Muallif Mavzu: Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn  ( 421178 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 4 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #990 : 25 Noyabr 2006, 19:04:35 »
941. Abu Zarr rivoyat qiladilar: “Masjidga kirsam, Payg‘ambarning (s.a.v.) o‘zlari o‘tirgan ekanlar. U kishi yolg‘iz paytlarida foydalanib qolay dedim. Ammo band qilib qo‘ymay, deb ham o‘yladim. Oxiri oldlariga kelishga qaror qildim. Kelib salom berdim. U zotning huzurlarida o‘tirdim. Menga gapirmadilar, o‘tirishim og‘ir botgan bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. So‘ng: “Ey Abu Zarr, ikki rak’at namoz o‘qidingmi? dedilar. “Yo‘q, o‘qimadim”, dedim. Aytdilar: “Turib rak’at namoz o‘qi. Har narsaning salomi bo‘ladi. Masjidning salomi ikki rak’at namoz o‘qishdir”. Turib ikki rak’at namoz o‘qidim. So‘ng kelib, u kishining oldlarida uzoq o‘tirdim. So‘ng u zot: “Ey Abu Zarr, toshbo‘ron qilingan shaytondan Alloh taolodan panoh so‘ra, inson va jin shaytonlaridan ham (panoh so‘ra)”, dedilar. “Ey Rasululloh, insonlarning ham shaytonlari bo‘ladimi?” deb so‘radim. “Alloh taoloning:

“Ins va jinlardan bo‘lgan shaytonlar” (An’om, 112-oyat), degan oyatini eshitmaganmisan?” dedilar. So‘ng jim qoldilar. U kishi gapirmagani uchun kalomni ko‘p qilib yubordim”, deb o‘yladim.

So‘ng yana so‘rashga jur’at qildim: “Ey Allohning payg‘ambari, menga namozni buyurdingiz, namoz nima o‘zi?” (Keyin yuqorida zikr qilingan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi). Abu Zarr aytadilar: “So‘ng odamlar yig‘ildi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sizlarga baxil kishi kim ekanini aytib berayinmi?” “Ha”, deyishdi. “Men zikr qilinsam, menga salovot aytmagan kishi”, dedilar Nabiy (s.a.v.)
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #991 : 25 Noyabr 2006, 19:04:51 »
942. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) Tabuk g‘azotiga chiqqanlarida, munofiqlardan ba’zilari u zotga ergashdilar, ammo bir-ikki kishi qolib ketgan edi. Odamlar: “Ey Rasululloh, falonchi qolib ketdi”, deyishdi. Nabiy: “Uni qo‘yaveringlar, agar unda yaxshilik bo‘lsa, Alloh taolo yaqinda sizlarga uni ro‘para qiladi. Agar boshqa bo‘lsa, Alloh taolo sizlarni undan ozod qilibdi”, dedilar. So‘ng: “Ey Rasululloh, Abu Zarr ham qolib ketdi”, deyishdi. “Uni qo‘yinglar, agar unda yaxshilik bo‘lsa, Alloh sizlarni yaqinda u bilan uchrashtiradi”, dedilar Nabiy.
Abu Zarr (r.a.) orqada qolib ketgan edi. Chunki uning tuyasi sekin yurardi. Juda sekinlashib qolganida, nar salarini yelkasiga tashlab, Payg‘ambar (s.a.v.) izlaridan ergashdilar. Piyoda, orqasida yuki bilan kunning qattiq issig‘ida bir o‘zi kelardi. Odamlar: “Ey Rasulluoh, bir piyoda kishi kelyapti”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Abu Zarr bo‘lsin-da”, deb qo‘ydilar. Odamlar unga qarab turishardi. Yaqin kelganida: “Ey Rasululloh, Allohga qasamki, bu Abu Zarr (r.a.) ekan”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) ko‘zlari yoshga to‘ldi va: “Abu Zarrni Alloh rahmat qilsin. Bir o‘zi yuradi, bir o‘zi o‘ladi, yakka holatda tiriladi”, dedilar”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #992 : 25 Noyabr 2006, 19:05:36 »
943. Muhammad ibn Ka’b (r.a.) aytadilar: “Abu Zarr (r.a.) Usmon (r.a.) zamonlarida Rabzaga bordilar va shu yerda vafot etdilar. U kishining yonida xotini va xizmatkoridan boshqa hech kim yo‘q edi. U ikkisiga jasadlarini yuvib kafanlashni, so‘ng yo‘l chetiga qo‘yishni va kim birinchi o‘tsa, dafn etishga yordam beringlar, deb aytishni vasiyat qildilar. U yerdan Ibn Mas’ud o‘tdilar. Va yig‘lab yubordilar. So‘ng: “Payg‘ambar (s.a.v.): “ Yakka yurasan, yakka o‘lasan va yakka tirilasan”, deb to‘g‘ri aytganlar”, dedilar. Keyin Abu Zarrni dafn qildilar va yo‘llariga ketdilar. Yonidagilarga Tabuk yurishidagi Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan hadisni gapirib berdilar”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #993 : 25 Noyabr 2006, 19:06:37 »
944. Iyos ibn Salama otasidan, u kishi Abu Zarr G‘iforiydan (r.a.) rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.): “Mendan keyin senga balo keladi”, dedilar. “Alloh yo‘lidami?” deb so‘radim. “Alloh yo‘lida”, dedilar. “Marhabo, Allohning amri”, dedim. “Abu Zarr, garchi qora odamning orqasida namoz o‘qisang ham, eshit va itoat qil”, dedilar Nabiy (s.a.v.).

Payg‘ambar (s.a.v.) vafot etganlaridan keyin Abu Bakr (r.a.) Abu Zarrni chaqirdilar. U kishi salom berdmlvr, so‘ng yig‘ladilar. Abu Bakr (r.a.): “Men Payg‘ambarning (s.a.v.) sen haqingda so‘zlaganlarini eshitganman. Senga yetadigan balo mening sababimdan yoki mening zamonimda bo‘lishidan Allohdan panoh tilayman”, dedilar. Abu Bakr (r.a.) vafot etganlaridan so‘ng Umar (r.a.) xalifa bo‘ldilar. U kishi ham Abu Zarrni chaqirib, unga yaxshi gaplar aytdilar. So‘ng: “Men Payg‘ambarning (s.a.v) senga aytgan gaplarini eshitganman. Senga men sababli yoki mening zamonimda balo yetishidan Allohdan panoh so‘rayman”, dedilar. Umar (r.a.) vafot etganlardan so‘ng Usmon (r.a.) xalifa bo‘ldilar. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Men Usmonning (r.a.) oldlarida o‘tirgan edim. Abu Zarr kirishga ruxsat so‘radi. Men: “Ey Mo‘minlarning amiri, Abu Zarr ruxsat so‘rayapti”, dedim. “Agar xohlasang ruxsat ber”, dedilar. Men u kishiga izn berdim, kirib o‘tirdilar. Usmon (r.a.) shunda unga: “Sen Abu Bakr va Umardan (r.a.) o‘zingni yaxshiman, deb, o‘ylarkansan”, dedilar. Abu Zarr: “Bu gapni aytmaganman”, deb javob berdilar. Usmon (r.a.) aytdilar: “Men senga hujjat keltiraman”. Abu Zarr: “Alloh yuzingizni nurlantirsin. Men sizdagi hujjatni bilmayman ammo nima deb aytganimni esladim”, dedilar. “Xo‘sh, nima degan eding?” “Payg‘ambarning (s.a.v.): “Menga sevimliroqlaringiz va yaqinroqlaringiz menga uchraguncha menga qoldirgan ahdni olganlaringizdir. Darhaqiqat, sizlar dunyoda mendan boshqa hamma narsani topasizlar”, degan hadislarini aytgan edim”, dedilar Abu Zarr. Usmon (r.a.): “Muoviyaning oldiga bor”, deb u kishini Shomga jo‘natdilar. Shomga kelganlaridan keyin Abu Zarr odamlarga din ishlarini o‘rgata boshladilar. O‘quvchilarning ko‘zlaridan yoshlar chiqar, qalblarini mahzunlik olar edi. U kishi aytardilarki: “Sizlardan birontalaringiz uyida dinor yoki dirham bo‘laturib uxlamasin, agar bo‘lsa, Alloh yo‘lida nafaqa qilsin va qarzdorlarga bersin”. Muoviya ham, odamlar ham yig‘lar edi. Keyin Muoviya (r.a.) u kishining o‘zlari so‘zlariga amal qilish-qilmasliklarini bilish uchun ming dinor jo‘natdilar. Abu Zarr pulning hammasini odamlarga taqsimlab berib, o‘zlariga hech narsa qoldirmadilar.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #994 : 25 Noyabr 2006, 19:08:08 »
Ikkinchi kuni Muoviya (r.a.) elchisini chaqirib: “Abu Zarrga bor-da, kechagi ming dinor boshqaga berilishi kerak ekan. Men adashib sizga beribman, deb ayt”, dedilar. Elchi kelib: “Muoviyaning jazosidan meni qutqaring. Men sizga bergan ming dinor boshqaniki ekan, xato qilib sizga berib qo‘yibman”, dedi. Abu Zarr aytdilar: “Muoviyaga mendan salom ayt va unga yuborgan dinoridan hech narsa qolmaganini bildir. Agar xohlasa, uch kun kutsin, to‘plab beramiz”. Muoviya u kishining so‘zi bilan ishi bir ekanini bildilar va Usmonga (r.a.) xat yozib: “Hojatingiz bo‘lsa, Abu Zarrni chaqirib oling”, dedilar. Usmon (r.a.) javob xatida: “Abu Zarrni mening oldimga yubor”, deb yozdilar. Abu Zarr (r.a.) qaytib kelganlarida Usmon (r.a.) masjidda edilar. Oldlariga borib, salom berdilar. U zot alik oldilar va: “Ahvoling qalay, ey Abu Zarr?” deb so‘radilar. “Yaxshi. O‘zingiz qalaysiz?” dedilar Abu Zarr. So‘ng Usmon (r.a.) chiqib ketdilar. Abu Zarr qiroat qiladigan joyga chiqib, ikki rak’at nkamoz o‘qidilar. Keyin o‘tirdilar. Odamlar ham u kishining oldiga o‘tirishdi. Ular: “Ey Abu Zarr, Payg‘ambardan (s.a.v.) hadis aytib bering”, deyishdi. “Menga habibim aytdilar: “Tuyada sadaqa bor, ekinda sadaqa bor, dirhamda sadaqa bor, qo‘yda sadaqa bor. Kim uyida dirham va dinorlari bo‘lib, qarzdorlarga bermasdan yoki Alloh yo‘lida infoq qilmasdan uxlasa, u xazina bilan qiyomat kunida yondiriladi”. Odamlar: “Ey Abu Zarr, Allohdan qo‘rqing, nima deb aytayotganingizga qarang, bu mollar odamlarda yoyilib ketgan-ku”, deyishdi. Abu Zarr aytdilar: “Qur’onning “Oltin-kumushni bosib, uni Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaydigan kimsalarga alamli azob “xushxabar”ini yetkazing!” (Tavba, 34) degan oyatini o‘qimaganmisizlar?!” So‘ng ikki-uch kun turdilar. Usmon (r.a.) chaqirib, Rabzaga bor, dedilar. Rabza xaroba qishloq edi. So‘ng chiqib ketdilar. U yerda bir qora kishi imomlikka o‘tar edi. Abu Zarrga, o‘ting, deyishdi. U kishi bosh tortdilar. Dedilarki: “Allohning rasuli rostgo‘ydir, menga: “Garchi qora odamning orqasida namoz o‘qisang ham, eshit va itoat qil”, deb aytganlar”. U yerda ajallari yetgunicha turdilar. Alloh u kishidan rozi bo‘lsin”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #995 : 25 Noyabr 2006, 19:10:03 »
945. Abu Zarrning (r.a.) ayollari aytadi: “Abu Zarrga o‘lim kelganida yig‘ladim”. “Nima uchun yig‘laysan?” deb so‘radilar. “Sahroda o‘lyapsiz. Menda sizni kafanlaydigan kiyim yo‘q”, dedim. “Yig‘lama, – dedilar u kishi, – aksincha, xursand bo‘l. Nabiyning menga bilan yana bir necha kishi haqidaы aytilgan hadislari bor. U zot: “Sizlardan qaysi biringiz sahroda o‘lsa, unga mo‘minlardan bir to‘dasi shohid bo‘ladi”, deganlar. Sheriklarimdan hech biri sahroda vafot etgani yo‘q, balki qishloq va jamoat orasida o‘ldi. Faqat men qoldim. Allohga qasamki, yolg‘on gapirmayapman. Menga ham yolg‘on gapirishmagan. Men o‘sha kishiman. Yo‘lga qara”. Hojilar ketishgan, yo‘l kesilgan edi. Men tepalikka o‘tirib, yo‘lga qarayman. So‘ng qaytib u kishini davolayman. Shunday qilib turganimda, bir necha kishi o‘tib qoldi. Men kiyimimni silkitdim, ular mening oldimga kelishdi. “Ey Allohning cho‘risi, senga nima bo‘ldi?” deb so‘rashdi ular mendan. Musulmonlardan bittasi o‘lyapti, uni kafanlanglar”, dedim. “Kim u?” “Abu Zarr”. “Payg‘ambarning (s.a.v.) sahobalarimi?” “Ha”. Ular: “Unga ota-onalarimiz fido bo‘lsin”, deyishdi, darhol u kishining oldiga kirib, salom berishdi. U kishi aytdilar: “Xursand bo‘linglar, Payg‘ambarning (s.a.v.) menga va yana bir necha kishiga aytgan so‘zlarini eshitganman. “Sizlardan qaysi bir kishi sahroda o‘lsa, unga mo‘minlarning bir to‘dasi shohid bo‘ladi”, deganlar u zot. Sheriklarimning hammasi qishloq yoki jamoat orasida vafot etishdi. Faqat men qoldim. Men o‘sha kishiman. Sizlar ana shu jamoatsizlar. Agar menda yoki xotinimda kafanlikka yaraydigan kiyim bo‘lganida, faqat ana shu bilan kafanlangan bo‘lardim. Sizlardan o‘tinaman, meni amir yoki xabarchi yo boshliq yoxud yo‘lboshchi kafanlamasin”. Qavm orasida bunday odam topilmadi. Ansoriylardan bir kishi chiqib: “Ey amaki, men sizni kafanlayman, chunki men siz aytgan ishlarni qilmaganman. Sizni bu ridoimda yoki ikki kiyimda yo onam to‘qigan ikki abo (jundan to‘qilgan to‘n kabi kiyim) bilan kafanlayman”, dedi u. Abu Zarr aytdilar: “Siz meni kafanlang”. So‘ngra jon berdilar. U kishini o‘sha ansoriy kafanladi. U yerdagilarni hammalari din ahli edilar. U kishidan eshitgan narsalariga xursand bo‘lib qaytdilar”.

_______________
Abu Zarr G‘ifforiy (r.a.) hadislari

940-hadis. Zaif. Ibn Hibbon, Abu Na’im rivoyat qilgan.
941-hadis. Isnodi noma’lum.
942-hadis. Isnodi zaif.
943-hadis. Zaif.
944-hadis. Abu Na’im rivoyat qilgan.
945-hadis. Ahmad, Ibn Hibbon rivoyat qilgan.
« So'nggi tahrir: 27 Oktyabr 2007, 07:54:19 muallifi Laylo »
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #996 : 25 Noyabr 2006, 19:10:21 »
SAKSON SAKKIZINCHI BOB
TOATDA JIDDU JAHD QILISH


946. Faqih aytadilar. Maoz ibn Jabal (r.a.) Payg‘ambarimizning (s.a.v.) bunday deganlarini rivoyat qilganlar: “Sizlarga yaxshilik eshiklarini ko‘rsatib qo‘yaymi?” “Ha”, dedim. Aytdilar: “Ro‘za qalqondir, sadaqa xujjatdir, bandaning yarim kechada qoim bo‘lishi hamma xatolarini o‘chiradi”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #997 : 25 Noyabr 2006, 19:10:33 »
947. Faqih (r.a.) Abu Ubaydadan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ro‘za, agar uni buzmasalar, qalqondir”, dedilar. Uni buzish g‘iybat bilan bo‘ladi”.

Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: “To‘rt narsa oxirat zahiralaridan: nafsning sihhati bo‘lgan ro‘za, egasi va do‘zax orasini to‘suvchi sadaqa, bandani Rabbiga yaqinlashtiruvchi namoz, xatolarni o‘chiruvchi ko‘z yoshi”.

Faqih (r.a.) aytadilar, “Toatning asli uch narsa- dir: qo‘rqinch, umid va yaxshi ko‘rish. Qo‘rqinchning alomati harom qilingan narsalarni tark qilish. Umidning alomati taotga rag‘bat qilish, yaxshi ko‘rishning alomati shavq va tazarru’dir. Gunohning asli uchta narsadir: kibr, hirs va hasad. Kibr shayton sajda qilishga buyurilganida, bosh tortganida ko‘rindi. Keyin u mal’unga aylandi. Hirs Odamning (alayhissalom) ishlarida namoyon bo‘ldi. Ya’ni, u kishi jannatda abadiy qolish uchun mevani tanavvul qildilar va jannatdan chiqarildilar. Hasad esa, Odamning (alayhissalom) o‘g‘li Qobilning ishida zohir bo‘ldi. Ya’ni, u o‘z inisini o‘ldirdi va do‘zaxga kiritildi. Har bir kishi mana shu gunohlardan tiyilmog‘i, toatga ko‘p harakat qilmog‘i va toatni Alloh taoloning roziligi uchun xolis bajarmog‘i vojibdir”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #998 : 25 Noyabr 2006, 19:10:47 »
948.  Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilinadi: “Kim Alloh uchun ibodatni xolis qilsa, qalbidan tiliga hikmatlar oqadi”.

Aytishlaricha, uch nafar kishi o‘zlariga nisbatan odamlarda nafrat uyg‘otadi, g‘azabni vojib qiladi va qurgan narsalarini buzadi. Ular: odamlarning ayblari bilan shug‘ullanuvchi; o‘z nafsiga mag‘rurlanuvchi; amali bilan riyo qiluvchi. Uch nafar kishi qalblarda muhabbat ekib, salomatlik va osmon ahlidan darajalarni meros qilib oladilar. Ular: yaxshi xulq egasi; amalida ixlos qiluvchi; mutavoze’.

Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Hisob-kitob qilinmasingizdan oldin o‘zlaringizni sarhisob qilinglar. Zero, shu ish (qiyomatda) hisob berishingizni oson va yengil qiladi. Amallaringizni o‘lchab ko‘ringlar. Katta namoyish uchun tayyorlaninglar.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #999 : 25 Noyabr 2006, 19:11:08 »
“O‘sha kunda sizlar (hisob-kitob uchun Allohga) ro‘para qilinursizlar. Sizlarning biron siringiz maxfiy qolmas” (Al-haqqa, 18-oyat)”.

Yahyo ibn Maozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Odamlar uch sinfdir. Bir kishini oxirati dunyosidan mashg‘ul qilib qo‘yadi. Bir kishini dunyosi oxiratidan mashg‘ul qilib qo‘yadi. Va bir kishi ikkalasi bilan ham shug‘ullanadi. Birinchisi ajr-mukofot oluvchilar darajasi. Ikkinchisi halok bo‘luvchilar darajasi. Uchinchisi xatardagilar darajasi”.

Hotam Zohid aytadilar: “To‘rt narsaning qadrini to‘rt kishi biladi. Yigitlikning qadrini qarilar biladi, ofiyatning qadrini balolanganlar biladi, salomatlik qadrini kasallar biladi, hayotning qadrini o‘liklar biladi”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #1000 : 25 Noyabr 2006, 19:11:36 »
949. Faqih aytadilar: “Hotamning gapi Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan hadisdan olingan. U zot: “Besh narsani beshta narsadan oldin g‘animat bil”, deb aytganlar.

Inson hayotning qadriga yetishi, uning har soatini g‘animat bilishi lozim. “Bir soatdan so‘ng holim qanday bo‘ladi?” deb o‘ylashi, o‘tganlarning nadomatlari haqida tafakkur qilishi kerak. Axir, ular emasmi ikki rak’at namoz o‘qish yoki “la-a ilaha illalloh” so‘zini aytish miqdoricha hayot berilishini orzu qiladiganlar?! Senda shu fursat bor, hasrat va nadomat vaqti kelmasidan oldin Allohning ibodatida jiddu jahd qil.

Hotamdan: “Qaysi narsa ustiga amalingizni bino qildingiz?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “To‘rt narsa ustiga:
- boshqalarning rizqi menga o‘tmaganidek, mening rizqim ham mendan boshqaga o‘tib ketmaydi, deb bildim va shunga ishondim;
- bo‘ynimda farzlar bor va bu farzlarni o‘zimdan boshqa hech kim ado qilmaydi, deb bildim va ularning adosi bilan mashg‘ul bo‘ldim;
- bildimki, Rabbim meni har vaqt ko‘rib turadi, men Undan uyalaman;
- ajalim menga shoshib kelayotganini bildim va men ham unga shoshildim”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #1001 : 25 Noyabr 2006, 19:12:10 »
Faqih aytadilar: “Ajalga shoshilish – unga solih amallar bilan tayyorlanish, Alloh qaytargan ishlardan qaytish, Alloh taolodan shu holatda sobitqadam etishini va uning oqibatini yaxshi qilishini so‘rab tazarru’ etishdir”.

Hakimlar aytishadi: “Kishi amalga niyat va shukr bilan kirishmagunicha, qo‘rqinch bilan amal qilib, ixlos bilan topshirmagunicha ibodat mazasini topmaydi. Chunki niyat bilan kirsa, albatta, Alloh taolo uni ushbu amalga muvaffaq qiladi. Allohga shukr bilan amalga kirishsa, Alloh unga yanada ziyoda etadi. Chunki Alloh taolo:

“Qasamki, agar bergan ne’matlarimga shukr qilsangizlar, albatta, ularni yanada ziyoda qilurman. Endi agar kufroni (ne’mat) qilsangizlar, albatta, azobim juda qattiqdir” (Ibrohim, 7-oyat), deb aytgan. Agar qo‘rqinch bilan amal qilsa, uning savobi Alloh taoloning zimmasida bo‘ladi. Alloh taolo:

“Zotan, Alloh yaxshilik qiluvchilarning amallarini zoe’ qilmaydi” (Tavba, 120-oyat), deydi. Dunyoda savob ish qilish toatda halovat paydo qiladi, oxiratda esa, jannatga olib boradi. Agar uni ixlos bilan qilsa, Alloh qabul etadi. Amalning qabul qilinganlik alomati yanada balandroq toatga muvaffaq bo‘lishdir”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #1002 : 25 Noyabr 2006, 19:12:31 »
Aytishlaricha, johillik alomati uchta:
1)   foyda bermaydigan narsalarni yig‘ish;
2)   halok qilinadigan gunohlarni qilish;
3)   qutqaradigan amalni tark etish.

Alloh taologa yuzlanuvchining alomati ham uchta:
1)   qalbini tafakkur uchun;
2)   tilini zikr uchun;
3)   badanini xizmat uchun fido qilmog‘i.

O‘zini aldaydiganlarning alomati uchta:
1)   xatolardan cho‘chimay, shahvatlarga shoshilish;
2)   uzoq orzu bilan tavbani kechiktirish;
3)   oxiratni amalsiz umid qilish”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #1003 : 25 Noyabr 2006, 19:12:48 »
Hakimlardan ba’zi biri aytadilar: “Kim uch narsasiz uch narsani da’vo qilsa, bilki shayton uni masxara etadi:
- kim dunyoni yaxshi ko‘rib turib, Alloh zikrining halovatiga yetishishni da’vo qilsa;
- kim Allohning rizoligini nafsini rozi qilish orqasida da’vo qilsa;
- kim odamlarning maqtovini yaxshi ko‘rish bilan ixlosni da’vo qilsa”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #1004 : 25 Noyabr 2006, 19:13:16 »
Abu Nazra aytadilar: “Kimda to‘rt narsa bo‘lsayu, ular bilan yaxshilikni ziyoda qilmasa, Alloh taolo uning amalini qabul etmaydi:
- kim urushdan omon qaytib, keyin yaxshilikni ziyoda qilmasa, bu hol Alloh taolo undan amalini qabul qilmaganining belgisidir;
- kim ramazon oyida bir oy ro‘za tutsayu, yaxshiliklarini ziyoda qilmasa, bu hol Alloh taolo uning amalini qabul qilmaganining belgisidir;
- kim haj qilsayu, yaxshiliklarini ziyoda etmasa, bu hol ham Alloh taolo undan qabul qilmagani belgisi;
- kim kasal bo‘lsa, so‘ng tuzalib yaxshiliklarini ziyoda qilmasa, bu holat kasallik uning gunohlariga kafforat bo‘lmaganining belgisidir”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

 

Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 378
Ko'rilgan: 167079
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 10:01:08
muallifi AbdulAziz
Muslim as-Samarqandiy. Ustoz va shogird

Muallif mutaallimahBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 47
Ko'rilgan: 21241
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:38:32
muallifi AbdulAziz
Dukchi Eshon. Ibratul g'ofiliyn

Muallif AbdulAzizBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 17699
So'nggi javob 20 Avgust 2010, 14:37:23
muallifi Ansora
Vasliy Samarqandiy. Imomi A'zam tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2863
So'nggi javob 29 Avgust 2012, 12:18:48
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi a'zam hayoti haqida qimmatli so'zlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2819
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:25:08
muallifi AbdulAziz