16. Faqih aytadi: Jabla Yahsibiyning bunday deganini eshitdim: "œBiz Abdulmalik ibn Marvon bilan g‘azotda edik. Kechasi uxlamaydigan, uxlasa ham, kam uxlaydigan kishi bilan suhblatda bo‘ldik. Uni taniyolmay, bir necha kun birga yurdik. Keyin bilsak, u Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalaridan biri ekan. Bizlarga bir voqeani aytib berdi: "œMo‘minlardan biri Payg‘ambardan (s.a.v.) so‘radiki: "œYo Rasululloh, ertangi kundan najot nimada?" Aytdilar: "œAllohni aldamasligingda". Aytishdi: "œYo Rasululloh, Allohni qanday aldaymiz?" Aytdilar: "œAlloh taolo buyurgan narsaga amal qilgaysan-u, Alloh taolo uchun xos etmasligingdir. Riyodan saqlaninglar, chunki riyo Allohga shirk keltirishdir. Riyokor ulki, qiyomat kunida butun maxluqotlarining oldida unga to‘rtta ism bilan nido qilingaydir: "œEy kofir", "œEy fojir", "œEy ahdini buzguvchi", "œEy zarar qilguvchi", deyilgaydir. "œAmalingda alashding, ajring botil bo‘ldi, qiyomat kunida sen uchun nasiba yo‘q. Kim uchun amal qilgan bo‘lsang, ajringni o‘shandan so‘ra. Ey yolg‘onchi!" deyilgaydir". "œSen buni Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdingmi?" deb so‘radim. Aytdi: "œHech zot yo‘q, magar o‘zi bo‘lgan Zotga qasamki, men buni Rasulullohdan eshitdim. Agar bir narsada xato qilsam, unga suyanib qolmasdim". Keyin bu oyatni o‘qidi:
"œAlbatta, munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘ladilar. Holbuki, Alloh ularni aldab qo‘yguvchidir" (Niso, 142).
Faqih, Alloh rahm qilsin, aytadi: Kim amallari savobini oxiratda topaman desa, u Alloh taologa xolis amal qilmog‘i, riyosiz qilmog‘i, keyin ajablanish (odamlarning hayrati) bu amallarni botil qilmasligi uchun qilgan yaxshi amallarini unutmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki aytiladi: "œToatni saqlashlik uni qilmoqdan ko‘ra qiyinroqdir".
Abu Bakr Vositiy aytadi: "œToatni saqlash uni qilishdan ko‘ra qiyinroqdir, chunki uning misoli tez sinadigan shishaga o‘xshaydir. U yamoqni qabul qilmaydi. Shuningdek, amal ham, agar riyo aralashsa, uni sindiradi, agar manmanlik aralashsa ham, uni sindiradi. Kishi bir amalni qilganda riyo aralashib qolishidan qo‘rqsa, qo‘lidan kelsa, riyoni ko‘nglidan chiqarsin, so‘ngra shuning uchun o‘sha narsaga harakat qilsin, agar imkoni bo‘lmasa, amalni qilaversin va amalni riyo tufayli tark qilib qo‘ymasin. Keyin Allohdan istig‘for so‘rasin, bu ishda riyosi o‘rniga shoyadki, Alloh boshqa amalida ixlosmand qilib qo‘ysa".
Bu to‘g‘rida aytiladiki, albatta, riyo qilguvchilar o‘lganlaridan beri dunyo xarobdir. Chunki ular yaxshi amallarni qilardilar, qalandarxonalar, ko‘priklar, masjidlar kabi narsalarnnni qurardilar. Bu narsalarda odamlar uchun foyda bor edi, garchi riyo uchun bo‘lgan bo‘lsa ham. Ko‘pincha musulmonlarndan birontasinning duosi foyda berib qoladi... Ba’zi o‘tgan kishilardan rivoyat qilinadi: Bir yo‘lovchi kambag‘allar uchun musofirxona qo‘rgan ekan. U o‘ziga-o‘zi aytar ekanki: "œBilmadim, bu amalim Alloh taolo uchunmi yoki yo‘qmi", deb. Bas, bir kuni tushida bir kishi kelib: "œAgar amaling Alloh uchun bo‘lmasa ham, musulmonlardan bittasi duo qildi. Amaling Alloh uchun bo‘ldi", deydi. Shunda ko‘p xursand bo‘lgan ekan.
Huzayfa ibn Yamon oldida bir kishi: "œYo Parvardigor, munofiqlarni halok qilgin", debdi. Xuzayfa shunda: "œAgar ular halok bo‘lib ketsalar, dushmanlaringdan haqlaringni ola bilmas edinglar", ya’ni ular g‘azotga chiqib, dushman bilan urushardilar, degan ekan.
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Odamlar farzlar to‘g‘risida so‘zlashibdilar. Ba’zilari debdi: "œUnda riyo yo‘q. Chunki u butun xalqqa farzdir. Agar kishi ustidagi farzni ado qilsa, bu riyoga kirmaydi". Ba’zilar esa: "œRiyo farzlarga ham, boshqalariga ham kiradi", deb aytdi.
Bu ish mening nazdimda ikki xildir. Birinchi: agar bir inson farz amallarini riyo uchun — insonlarga ko‘rinish uchun ado qilsa, u ishni ado qilmabdi. Bu esa butunlay munofiqlikdir. Alloh taolo o‘z so‘zida munofiqlar haqida aytgan: "œAlbatta, munofiqlar do‘zaxning eng tuban joyida bo‘lurlar" (Niso, 145). Ya’ni, jahannamda Fir’avn (ahli) bilan birgadirlar. Chunki agar ularning Allohni yagona deb bilishlari rost bo‘lsa, farzlarini ado qilishda hech narsa ularni man’ qilmasdi. Ikkinchi: agar bir inson farzlarni odamlar orasida chiroyli va to‘la-to‘kis ado qilsa-yu, hech kim ko‘rmagan paytda farz amallarini noqis ado qilsa, u kimsaga noqis savob bordir va insonlar nazdida qilgan ziyoda amali uchun savob yo‘qdir. Bu kimsa o‘sha amali borasida so‘raladi va Alloh huzurida hisob beradi.
___________
I BOB. IXLOS BOBI HADISLARI
1. Muhammad ibn Labid.
"œSizlarning oralaringizga kirib qolishidan... " Sahih*. Ahmad (428/5) va Bayhaqiy ("œAsh-shu’ab" 6831) va Bag‘aviy ("œSharhul-sunna" 4030/7). "œAs-sahihat" (951)ga qarang.
2. Abu Hurayra.
Alloh taolo aytadi: "œMen sheriklardan behojatman..." Sahih*. Muslim, "œZuhd" kitobi (36/2985) va Ibn Moja, "œZuhd" kitobining riyo bobi (4202).
3. Abu Hurayra.
"œRo‘zador borki..." Sahih*. Ahmad (373/2) va Bayhaqiy (270/4) va "œSahihul jome’" (3490).
4. Mujohid.
"œBir kishi Rasululloh oldilariga kelib..." Zaif*. Ibn Jarir o‘z kitobida (32/16) mu’zal hadis degan.
5. Abu Hurayra.
"œOxir zamonda sut soqqandek dunyoni sog‘ish uchun qavmlar chiqadi..." Zaif*. Termiziy, "œZuhd" kitobida.
6. Abu Hurayra.
"œBir kishi Rasulullohga (s.a.v.) kelib: "œEy Rasululloh, men bir..." Zaif*. "Tayolisiy (2430), Termiziy (2384), Ibn Moja (4226).
7. Hadis.
"œKimki sunnatda yaxshi ishni joriy qilsa..." Sahih*. Muslim, "œZakot" kitobi (1027/2).
8. Abu Habib.
"œAlbatta farishtalar Allohning bandalaridan..." Zaif*. Abdulloh ibn Muborak, "œZuhd" (452).
9. Abu Hurayra.
"œShufayl Asbahiy Madinaga kirdi..." Sahih*. Termiziy (2382) va Ibn Hibbon (2502) va Hakim (419/1) va Muslim (1905/3).
10. Adiy ibn Hotim.
"œQiyomat kuni bir toifa odamlarga jannatga borishlik buyuriladi..." Zaif*. Abu Naim, "œAl-xulya" (125/4) va Bayhaqiy, "œAsh-shu’ab"ga (6809/5) va "œMajma’a"ga (220/10) qarang.
11. Ibn Abbos.
"œAlloh taolo Adn jannatini yaratgan vaqtda..." Zaif* Abu Na’im, "œJannat sifatlari" kitobi (16) va Tabaroniyning "œAl-kabir" (11439/11) va Ibn kasir tafsiri (231/3) ga "œAt-targ‘ib va tarhib" (558/4)ga qarang.
12. Hadis.
"œAlbatta, amallar niyatlari bilan e’tiborlidir..." Muttafaqun alayhi*. Buxoriy va Muslim (1907/3).
13. Abu Hurayra.
"œAlbatta, Alloh taolo bir bandani yaxshi ko‘rsa..." Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3209/6) va Muslim (2637/4).
14. Anas ibn Molik.
"œMo‘minni bilasizlarmi..." "œKanzul-ummoli" (1799).
15. Jablatul Yaxsibiy.
"œBizlar Abdumalik ibn Marvon bilan g‘azotda edik..." Zaif*. Suyutiy, "œAd-Durul-Mansur" (74/1).