37. Hazrati Usmon ibn Affondan rivoyat qilinadi (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin): "œU kishi qabr oldida to‘xtab yig‘labdi. So‘rabdilar: "œJannat va do‘zax eslatilsa, yig‘lamaysiz, lekin bu yerda yig‘laysiz", deb. Usmon roziyallohu anhu aytadi: "œPayg‘ambarimiz (s.a.v.) aytganlarki: "œQabr oxirat manzillarining birinchisidir. Agar qabrdan najot topsa, keyingisi yengildir, agar undan najot topolmasa, keyingisi yanada qiyinroqdir".
Abdulhamid ibn Mahmud Mug‘iliy aytadi: "œHazrati ibn Abbosning oldida o‘tirgan edim. Bir qavm keldi. Aytishdi: "œBiz hajga chiqqan edik. Zoti Safox mahallasida to‘xtadik. Bir do‘stimiz o‘sha joyda vafot qildi. Biz uni dafn qilish uchun zarur narsalarni tayyorladik, keyin unga qabr kavladik. Lahadda bir qop-qora narsa bor edi, ya’ni ilon yotardi. Keyin u yerni qo‘yib, boshqa joyni kavladik, u yerda ham o‘shanday ilon yotar edi, u yerni ham tashlab, uchinchi joyni kavladik, u yerda lahadni to‘ldirib ilonlar yotar edi, keyin oldingizga keldik". Ibn Abbos (Alloh ikkallalaridan rozi bo‘lsin) aytdi: "œBu hol uning qilgan yomon ishidandir. Boringlar, uni qabrning bir tomoniga ko‘maveringlar. Allohga qasamki, agar yerning hamma joyini kavlasalaringiz ham, o‘sha ilon chiqib kelaveradi. Bu gapni uning qavmiga xabar qilinglar". So‘ngra u kishining oldidan jo‘nadik, uni o‘sha qabrning bir tomoniga dafn qildik. Uyga qaytgandan keyin uning bizlarda qolgan ba’zi matolari bor edi, o‘shalarni oilasiga keltirdik va xotinnidan so‘radik: "œU nima ish qilardi?" Xotini aytdi: "œU bug‘doy sotardi, u har kuni o‘ziga yetarli miqdordagi ovqatlikni olardi-da, keyin qora bug‘doy poxolini uning o‘rniga tashlab, aralashtirib sotardi".
Faqih rahimallohu aytadi: Bu xabar xiyonatlik ish qabr azobiga sabab bo‘lishiga dalildir. Bu yerda tiriklar uchun ibrat shuki, xiyonatdan tiyilmoqlari kerakdir. Aytiladiki, albatta, yer har kuni besh marta nido qiladi. Birinchi nidosi: "œEy odam farzandi! Ustimda yurasan va ichimga qaytasan!" Ikkinchi nidosi: "œEy odam farzandi! Ustimda xilma-xil narsalarni yeysan va ichimda seni qurtlar yeydi". Uchinchi nidosi: "œEy odam farzandi! Ustimda kulib yurasan, ichimda hademay yig‘laysan". To‘rtinchi nidosi: "œEy odam farzandi! Ustimda shodu xursand yurasan, yaqinda ichimda xafa bo‘lasan". Beshinchi nidosi: "œEy odam farzandi! Ustimda gunoh qilasan, yaqinda ichimda azoblanasan".
Amr ibn Dinordan rivoyat qilindi: "œMadinalik bir kishining singlisi Madinaning bir chetida yashar edi. O‘sha singlisi kasal bo‘lib qoldi va uni ko‘rib, qaytib keldi. Keyin singlisi o‘ldi. Uni ko‘mish uchun kerakli narsalarni tayyorlaganlaridan so‘ng, qabrga olib borishdi. Ko‘mib bo‘lib, uyiga qatgandan so‘ng, o‘zining hamyonini o‘sha qabrda qoldirgani esiga tushdi. O‘rtoqlarining biridan yordam so‘radi, so‘ngra ikkalasi qabrga kelib, qabrni kavlashib, hamyonni topishdi. O‘rtog‘iga aytdi: "œSen nariroqqa ketgin, men singlimning holatini ko‘rayin". So‘ng qabrni ustini o‘rab turgan narsalarni oldi va singlisining qabrida o‘t shu’lalanib yonib turganligini ko‘rdi, so‘ng qabrni yopib uyiga qaytdi. Uyga kelib onasidan: "œSinglim nima ishlar qilishini ayting!" deb so‘radi. Onasi: "œNima uchun singlingnni so‘rading, u axir o‘lgan-ku?", dedi. U yana so‘radi: "œAyting". Onasi aytdiki: "œSingling namozlarni kechiktirardi, namozlarni to‘liq, tahorat bilan o‘qimasdi, qo‘shnilarning eshigiga kelib quloq tutib, ularning gaplarini eshitardi, gaplarini eshitib, birovlarga yetkazardi..."
O‘sha chaqimchiligi uning qabr azobida qolishiga sabab bo‘lgan. Qabr azobidan kim najot topmoqlikni xohlasa, u chaqimchilikdan o‘zini ozod qilishi kerakdir va boshqa gunohlardan ham saqlanib, qabr azobidan qutulishi lozimdir. Unga Alloh Munkar-Nakir savollarini oson qiladi. Alloh taolo aytadi:
"œAlloh taolo mo‘minlarni, imon keltirgan kishilarni hayoti dunyoda ham, oxiratda ham ustivor So‘z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur" (Ibrohim, 27).
Barro ibn Ozib roziyallohu anhu Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œMusulmon kishi qabrda so‘ralgan paytda: "œAlloh taolodan boshqa ma’bud yo‘qdir. Muhammad (s.a.v.) Alloh taoloning elchisidir", deb guvohlik beradi. Bu xususda Alloh taolo "œAlloh taolo mo‘minlarni, imon keltirgan kishilarni hayoti dunyoda ham, oxiratda ham ustivor so‘z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur", deydi".
Quvvatlantirish — sobitqadam qilish Alloh taologa ishongan, ixlos qilgan, itoat qilgan mo‘minlar uchun uch holatda bo‘ladi. Birinchisi, ajal farishtasini ko‘rgan paytda: ikkinchisi, Munkar-Nakir savol qilgan paytda; uchinchisi, qiyomat kunidagi hisoblashish paytida bo‘ladi.
Ajal farishtasini ko‘rgan vaqtdagi quvvatlantirish uch turli bo‘ladi.
1. Kufrdan saqlaydi va tavhid uzra to‘xtashga muvaffaq qiladi hamda uning ruhi islomiy holatda chiqadi.
2. Maloikalar uni rahmat bilan hursand qiladi.
3. Jannatdagi o‘rnini ko‘radi.
Qabrda quvvatlantirish uch turlidir:
1. Alloh taolo yaxshi to‘g‘ri so‘zlarni unga bildirib (o‘rgatib) qo‘yadi. Shu bilan ikki farishtaga Parvardigori rozi bo‘ladigandek javob beradi.
2. Undan ayanchli, dahshatli qo‘rquvni ketkazadi.
3. Jannatdagi o‘rnini ko‘radi, so‘ngra qabr jannat bog‘laridan bir boqqa aylanadi.
Hisob paytida quvvatlantirish uch turlidir:
1. Undan so‘raladigan hujjatni Alloh taolo unga o‘rgatib qo‘yadi.
2. Uning ustida bo‘ladigan hisobni yengil qilib qo‘yadi.
3. Adashishlik va xatolarni o‘tkazib, kechirib yuboradi.
Va aytiladiki, quvvatlantirish to‘rt holatdadir:
1. O‘lim vaqtida.
2. Qabrda javob berishlikda.
3. Hisob paytida.
4. Sirot ko‘prigi oldida, ya’ni undan ko‘rinmay ovoz chiqaradigan chaqmoq kabi o‘tib ketadi.
Agar: "œQabrdagi savol qanday bo‘ladi?" deb so‘ralsa, aytiladiki: "œBu savolga ulamolar ko‘p so‘z aytadilar. Unda turli rivoyatlar, qarama-qarshiliklar bor. Ba’zilari aytdilar: "œSavol Ruhga bo‘ladi, jasadga emas. U vaqtda ruh jasadning ichiga kiradi", deyiladi. Yana aytiladi: "œRuh jasad va kafan orasida bo‘ladi", deb. Bu so‘zlarning hammasi oyat va hadislardan, haqiqiy rivoyatlardan kelib chiqqan. Ahli ilmlar nazdidagi to‘g‘ri ish insonning qabr savollariga iqror bo‘lishligidir. Savol-javobning kayfiyati bilan mashg‘ul bo‘lib qolmasligi kerak. Va: "œAlloh biluvchiroqdir, uning qanday ekanligini albatta, o‘lganimizda ko‘rgaymiz", deb aytmoq to‘g‘riroqdir.
Qabrda bo‘ladigan Munkar-Nakir savol-javoblariga ishonmaslik ikki turli bo‘lishi mumkin.
1. Bu holat g‘ayritabiiy bo‘lganligi uchun, bu aqlga sig‘maydi, deyish bilan.
2. Bo‘lishi mumkin, deydiyu, lekin bu haqdagi dalillarni asossiz deb biladi, ya’ni dalillarga qanoatlanmaydi.
Agar kimki, bu holat g‘ayritabiiy, bo‘lishi mumkin emas, desa, bunday so‘z payg‘ambarlikni inkor qilish va mo‘jizani yo‘qqa chiqarishdir, chunki payg‘ambarlar odamlardandir. Ularning tabiati odamlarning tabiati kabidir. Albatta, payg‘ambarlar farishtani ko‘rdilar, u ularga vahiy tushirdi. Muso alayhissalom uchun dengiz yorildi, u zotning hassasi ajdahoga aylandi. Buning hammasi tabiatga xilofdir. Ammo bu narsalarni dalillar kuchli emas deb inkor qilishlik Islomdan chiqishlikdir. Bizdan uni quvvatlaydigan javoblar yetardi. Alloh o‘z kitobida dalil qilib aytdi:
"œKim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta, uning uchun tang-tor — baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kunida ko‘r holatda tiriltirurmiz" (Toho, 124).
Bir guruh tafsir olimlari tang-tor hayot qabr azobi deb tafsir qilishgan. Alloh taolo aytadi:
"œAlloh taolo mo‘minlarni hayoti dunyoda ham, oxiratda ham utsivor so‘z (imon kalimasi) bilan solbitqadam qilur" (Ibrohim, 27).