45. Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambardan rivoyat qilib aytadilarki: "œAlloh taolo yeru osmonni yaratib bo‘lganidan keyin surni yaratdi va uni Isrofil alayhissalomga berdi va Isrofil alayhissalom o‘shandan beri surni og‘ziga qo‘yib, qachon buyruq bo‘larkan deb, Arshga tikilib turibdi. Dedimki: "œEy Rasulalloh! Sur nima?" Aytdilarki: "œNurdan qilingan karnay". Dedimki: "œU qanday narsadir?" Aytdilarki: "œDoirasi keng, meni payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasam ichib aytamanki, uning doirasining ulkanligi yeru osmonning kengligiga tengdir va unga uch marta nafxa uriladi (chalinadi)".
Ba’zi rivoyatlarda ikki marta chalinadi, deyilgan. Birinchi marta insonlarning hammasini halok qilish uchun, ikkinchi marta qayta tiriltirish uchun. Ka’bning rivoyatida ikkita, Abu Hurayraning rivoyatida uchta deb kelgan: birinchisi qo‘rqitish uchun, ikkinchisi chaqmoq momaqaldiroq uchun, uchinchisi tiriltirish uchun, Alloh taolo Isrofil alayhissalomga birinchi bor chalishni buyuradi va u chalinganda yeru osmondagi hamma qo‘rqib ketadi. Dalil ushbu oyatki:
"œSur chalinib, Alloh o‘zi xohlagan zotlardan boshqa, osmonlardagi va yerdagi (barcha) kimsalar dahshatga tushib (qo‘rqib) qolgan va barcha U zot (huzuriga) bo‘yin eggan holda kelgan kunni (eslang)!" (Naml, 87). Yerda zilzila bo‘ladi. Emizguvchilar o‘zi emizgan narsasini esdan chiqarib qo‘yadilar, homiladorlar tug‘ib (bola tashlab) qo‘yadilar va insonlar dovdirashidan mastga o‘xshab ko‘rinadi, lekin ular mast bo‘lmaydi, balki Allohning qattiq azobi ularni shu ahvolga solib qo‘yadi. Yosh bolalarning sochi oqarib ketadi. Shaytonlar qochib ketishadi. Alloh taoloning so‘zi:
"œEy insonlar! Parvardigoringizdan qo‘rqing! Zero, (qiyomat) soati (oldidagi) zilzila ulug‘-dahshatli narsadir. Uni ko‘rar kuningiz emizayotgan (onalar) emizib turgan (bola-sini) unutar va barcha homilador (ayollar) o‘z homilasini tashlab yuborar: odamlarni mast-alast holda ko‘rursiz. Holbuki ular o‘zlari mast emaslar, lekin Allohning azobi qattiqdir" (Haj, 1-2).
Birinchi surdan keyin Alloh xohlagancha vaqt o‘tadi. Keyin ikkinchi marta chalishga buyuradi, ikkinchi marta chalinganda yeru osmon ahli o‘ladi, faqat Alloh xohlaganlargina qoladi. Dalili Allohning ushbu so‘zidir: "œSur chalindiyu va osmonlardagi va yerdagi barcha jonzot o‘ldi, magar Alloh xohlagan zotlargina (tirik) qoldi" ("œZumar", 68).
Bu oyatdagi Alloh xohlagan zotlar, ya’ni o‘lmaganlar shahidlarning ruhidir. Ba’zilar aytganlarki, ular Jabroil, Mikoil, Isroflil va ajal farishtalaridir, keyin Alloh taolo ajal farishtasiga (o‘zi bilgan holda) savol berarkanki: "œMaxluqlarimdan kim qoldi?" deb. Aytadiki: "œEy Parvardigor! Sen hech qachon o‘lmaydigan tirik zotsan, Jabroil, Mikoil, Isrofil, yana Arshingni ko‘tarib turuvchi farishtalar va men qoldim", deb javob berganida, Alloh taolo ularning ham jonini olishga buyurar ekan. Kalbiy va Muqotil rivoyatida shunday zikr qilingan.
Muhammad ibn Ka’b bir kishidan va u kishi Abu Hurayradan qilgan rivoyatda bunday deyiladi. Rasululloh (s.a.v.) aytishlaricha: "œAlloh subhonahu va taolo aytadiki: "œJabroil, Mikoil, Isrofil o‘lsin. Arshni ko‘tarib turguvchi farishtalar o‘lsin!" So‘ngra Alloh azza va jalla aytadiki: "œEy ajal farishtasi, mahluqlarimdan kim qoldi?" deb. Shunda farishta: "œSen o‘lmaguvchisan, doimo tiriksan, ajal farishtasi bo‘lmish zaif quling qoldi", deganida, Alloh aytadiki: "œEy ajal farishtasi, Mening:
"œHar bir jon o‘limni totguvchidir" degan so‘zimni eshitmaganmiding?" (Oli Imron, 185). Sen mening maxluqlarimdan biridirsan, seni ko‘rgan narsalaring uchun yaratdim endi o‘l!" deydi, so‘ng u o‘ladi".
Boshqa bir xabarda rivoyat qilinadiki: "œAlloh taolo unga o‘z jonini sug‘urishni buyuradi, farishta jannat va do‘zax oralig‘idagi joyga kelib, o‘z jonini o‘zi sug‘uradi va shunday qichqiradiki, agar maxluqot tirik bo‘lganda, uning ovozidan o‘lib qolar edilar. Shu vaqtda farishta aytadiki: "œAgar jonni olish shunchalik qattiq va achchiqligini bilganimda, mo‘minlarning jonini olishda shafqat qilar edim", deydi va o‘ladi. Shu bilan maxluqotdan hech kim qolmaydi. Shundan so‘ng Alloh taolo zaif-noqis dunyoga aytadiki: "œQani podshohlar? Qani shahzodalar? Qani zolimlar? Qani zolimlarning o‘g‘illari? Mening ne’matlarimni yeb, Mendan boshqaga ibodat qilganlar qani?" Keyin aytadiki: "œBugun mulk kimniki endi?" Hech kim javob bermaydi, shunda Alloh taolo o‘zi javob berib aytadiki: "œYolg‘iz Qahhor bo‘lmish (qahr qiluvchi) Allohnikidir!" So‘ng Alloh taolo osmonga yomg‘ir yog‘dirishni buyuradi va osmon qirq kun erkaklarning maniysiga o‘xshash yomg‘ir yog‘diradi, suv hamma narsadan o‘n ikki barobar baland bo‘lgandan so‘ng Alloh taolo o‘sha suv bilan maxluqlarni o‘tni undirib chiqargandek undiradi, ular to‘lishib, o‘zlarining avvalgi holatlariga qaytadilar. So‘ngra Alloh taolo: "œIsrofil va Arshni ko‘targuvchilar tirilsin!" deydi va Allohning amri bilan tiriladilar. Alloh taolo Isrofilga buyuradi va u surni og‘ziga qo‘yadi, keyin Alloh taolo: "œJabroil va Mikoil tirilsin!" deydi va ular ham Allohning amri bilan tiriladilar, so‘ngra Alloh taolo ruhlarni chaqiradi va ular keltiriladilar va ularni surnayning ichiga qo‘yadi, keyin Alloh taolo Isrofilga buyuradi va u tiriltirish surini chaladi va ruhllar xuddi arilarga o‘xshab osmonning orasini to‘ldirib chiqadilar, yerdagi jasadlarning dimog‘iga kiradilar va yer ularning ustidan ochiladi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) "œYer birinchi bo‘lib mening ustimdan ochiladi", deb aytganlar.