51. Ibn Abbos roziyalohu anhu Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytganlar: "œHar bir payg‘ambarga qabul bo‘ladigan bir duo berilgan, hamma payg‘ambarlar uni bu dunyoda qilib bo‘lishgan, men esa uni qiyomat kuni ummatimni shafoat qilish uchun olib qo‘yganman. Bilinglarki, men odam farzandlarining eng ulug‘iman, bunga faxrlanmayman. Qiyomat kuni yer birinchi bo‘lib mening ustimdan ochiladi. Bunga faxrlanmayman. Qiyomat kuni hamdu sano bayrog‘i mening qo‘limda bo‘ladi. Odamdan tortib hamma insonlar uning ostida turadilar. Bularga faxrlanmayman". Keyin aytdilarki: "œQiyomat kuni insonlarning g‘am-alami juda qattiqlashib ketadi. Ular Odam alayhissalomga kelib: "œEy insonlar otasi, Rabbing oldida bizni shafoat qil, tezroq hukmimizni chiqarsin", deydilar. Shunda Odam: "œMen unday qilolmayman, chunki xato qilib jannatdan chiqarilganman. Bugun meni o‘zimdan boshqa narsa qiziqtirmaydi, sizlar Nuhga borib ko‘ringlar, u rasullarning birinchisidir", deydi. Insonlar Nuh alayhissalomga kelib yuqoridagi so‘zlarni aytganlarida u kishi: "œMen Rabbimning oldiga bora olmayman, chunki duo qilib yer yuzidagi odamlarni cho‘ktirib yuborganman, bugun meni o‘zimdan boshqa narsa qiziqtir-maydi. Ibrohimga borib ko‘ringlar, Alloh uni o‘ziga do‘st tutgan edi", deydilar. Odamlar Ibrohim alayhissalomga borib, shu so‘zlarni aytishadi. "œMen bunga qodir emasman, chunki Islomda uch marta yolg‘on gapirganman" deydilar.
Rasululloh (s.a.v.) aytadilarki: "œIbrohim uch narsa bilan Islomda tortishgan, birinchisi, ushbu oyatda kelgandek:
"œYulduzlarga qarab turib, men kasalga yo‘liquvchidirman" dedi (Soffat, 88-89). Vaholanki, u paytda sog‘ edi. Ikkinchisi, (Ibrohim):
"œAytdi: "œYo‘q, bu ishni ularning kattasi mana bu (haykal) qildi" (Anbiyo, 63).
Uchinchisi, ayollarini singlim deb aytgan edilar..."
Ibrohim alayhissalom davom etdilarki: "œBugun o‘zim bilan o‘zim ovoraman, sizlar Musoga boringlar, Alloh u bilan farishtasiz bevosita so‘zlashgan edi", deydilar. Odamlar Muso alayhissalomga kelib, yuqoridagi iltimosni qilganlarida, u kishi: "œMen bunga qodir emasman, chunki men bir odamni nohaq o‘ldirib qo‘yganman, bugun o‘zim bilan o‘zim ovoraman. Sizlar Isoga boringlar, chunki u Allohning ruhi va so‘zi bo‘lgan", deydilar. Odamlar Iso alayhissalomga kelganlarida, u kishi: "œMen ham qodir emasman, insonlar Allohni qo‘yib meni va onamni iloh qilib olishgan. Bugun meni o‘zimdan boshqa narsa qiziqtirmaydi", deydilar. Keyin yana aytadilarki: "œAgar birortalaringizda biror narsa bo‘lsa-yu, uni xaltaga solib, ustini o‘rab qo‘ysa, o‘ralgan narsani ochmasdan turib, idishdagi narsani olib bo‘ladimi?" Shunda odamlar: "œYo‘q", deyishadi". Unday bo‘lsa, Muhammad (s.a.v.) bilan payg‘ambarlar yakunlangan. U bugun sizlarga vafo qiladi. Alloh uning avvalgi va keyingi gunohlarini kechirgan", deydilar".
Rasululloh (s.a.v.) aytdilarki, "œO‘sha kuni insonlar me-ning oldimga kelishadi va men aytamanki: "œHa, men shafoat qilgayman. Alloh kimniki xohlasa va kimgaki rozi bo‘lsa". Keyin Alloh taolo o‘zi xohlagancha turib qoladi va hukm chiqarmoqchi bo‘lganida bir nido qiluvchi: "œMuhammad va uning ummati qani?" deb nido qiladi. Bizlar (men va ummatim) birinchi va oxirgilarmiz, (ya’ni, dunyoda oxirgilar va qiyomatda hisob qilinishda birinchimiz), keyin men va ummatim turgaymiz. Boshqa ummatlar bizga yo‘l ochib berishadi va insonlar orasida tahorat izlari badanimizda ot oyog‘idagi halqadek ko‘rinib turgan holatda o‘tamiz, insonlar bizga qarab: "œBu ummat hammasi payg‘ambar bo‘lishiga yaqin qolgan ekan", deydilar. So‘ngra jannat eshigiga borib, ochishlarini so‘raymiz. "œKimsiz?" deb aytiladi, men: "œAllohning payg‘ambari Muhammadman", deganimdan keyin eshik ochiladi, kirib Rabbimga sajda qilaman va shunday hamdu sanolarni aytamanki, ularni hech kim mendan oldin aytmagan, mendan keyin ham hech kim aytmaydi. Keyin menga aytiladiki: "œBoshingni ko‘tar, so‘zla, so‘zingga quloq solingaydir, so‘ra so‘raganing berilgaydir, shafoat qil, qabul qilingaydir!" Boshimni ko‘tarib, har bir qalbida bug‘doy yoki zarra misqolicha iymoni bo‘lgan, ya’ni "œLa ilaha illalloh Muhammadur-rasululloh" kalimasiga ishonchi bo‘lgan kishilarni shafoat qilaman".
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bir kuni masjidga kirsalar, Ka’b-ul Ahbor insonlarga gapirib o‘tirgan ekan, shunda Umar unga: "œEy Ka’b, bizni qo‘rqitgin" debdi. Ka’b: "œAllohga qasamki, Alloh taoloning shunday farishtalari borki, yaratilgandan beri tik turadilar. Va boshqalari sajda qilgan hollarida boshlarini sur chalinguncha ko‘tarmaydilar, hammalari aytishadiki: "œYo Alloh! Sen poksan va maqtovga loyiqsan. Senga haqiqiy ibodat qila olmadik. Senga loyiq bo‘ladigan darajada ibodat qila olmadik!" Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasam ichamanki, qiyomat kuni jahannam yaqinlashtiriladi, undan baqiriq va o‘kiriklar eshitiladi, yaqinlashtirilganda shunday bir ovoz chiqaradiki, uni eshitgan har bir payg‘ambar ham, shahid ham tiz cho‘kib qoladi, har bir shahid: "œEy Parvardigoro, Sendan faqat o‘zimni so‘rayman", deydi. Ibrohim alayhissalom Ismoil va Ishoqni unutib: "œEy Rabbim, men do‘sting Ibrohimman!" deydilar... Ey Umar, agar o‘sha kuni senda yetmishta payg‘ambarning savobi bo‘lsa ham, najot topmayman, deb o‘ylaysan". O‘tirganlar hammalari dod deb yig‘laydilar.
Umar roziyallohu anhu buni ko‘rib: "œEy Ka’b, endi bizni suyuntirgin!" dedilar. Aytdiki: "œXursand bo‘linglar, Alloh taoloning uch yuz o‘n uchta shariati bor, qiyomat kuni qaysi banda shulardan birontasini qilib, ixlos kalimasi bilan kelsa, Alloh o‘sha bandani jannatga kirgizadi. Allohga qasamki, agar Allohning rahmatini qay darajada ekanini bilganlaringizda edi, amal qilishni kamaytirib qo‘yar edingiz!"
Ey birodar! Mana shunday kunga yaxshi amallarni qilishlik va yomon amallardan tiyilishlik bilan tayyorlan, qiyomatga yaqin vaqtda turibsan, u kunda umringga pushaymon qilasan, bilib qo‘yginki, agar o‘lsang, qiyomat boshlanadi. Mug‘iyra ibn Sho‘’ba aytganidek: "œSizlar, qiyomat, qiyomat deysizlar, sizlar o‘lishlaringiz bilan qiyomat boshlanadi".
Alqama ibn Qays bir odamning janozasida qatnashadilar va qabrga qo‘yib, dafn qilingach: "œBu bandaga qiyomat boshlandi", dedi. Bu gapni aytishining sababi shuki, inson o‘lsa, qiyomatda bo‘ladigan ishi aniq bo‘ladi, chunki u jannatni, do‘zaxni va farishtalarni ko‘radi, hech qanday amal qilishga qodir bo‘lmaydi, go‘yoki qiyomatga kelib qolgandek bo‘ladi, chunki o‘limi bilan uning amallariga xotima yasalgan bo‘ladi, qiyomat kuni qanday o‘lgan bo‘lsa, o‘shanday tiriladi. Kimniki amali yaxshilik bilan tugagan bo‘lsa, qanday yaxshi!
Abu Bakir al-Vositiy aytadiki: "œDavlat uchta bo‘ladi: hayotdagi davlat, o‘lim paytidagi davlat va qiyomatdagi davlat. Hayotdagi davlat — Allohning toatu ibodatini qilib yashashdir, o‘lim paytidagisi esa "œLa ilaha illalloh" kalimasi bilan joni chiqishidir, haqiqiy davlat esa qiyomat kuni jannat xushxabari berilishidir".
Rivoyat qilinadiki: Yahyo ibn Maoz Ar-Roziyning majlisida qiyomat kuni haqidagi
"œBiz muttaqiyn-taqvoli zotlarni otliq hollarda Rahmon dargohiga to‘playdigan va mujrim — jinoyatchi-kofirlarni jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni (eslang)!" (Maryam, 85, 86) degan oyat o‘qilganda, u kishi aytdi: "œEy insonlar, xotirjam yuraveringlar, ertaga mahshargohga yig‘ilasizlar, har tomondan to‘da-to‘da bo‘lib kelasizlar. Allohning oldida bitta-bitta turasizlar, amallaringiz haqida harfma-harf so‘roq qilinasizlar. Allohning do‘stlari Rahmonning oldiga ulovga mindirilgan holda olib boriladilar, gunohkor osiy bandalar jahannamga yuboriladilar, jahannamga to‘da-to‘da bo‘lib kiradilar. Bularning biri qachonki yer titrab, vayron bo‘lsa, Parvardigoringiz(ning hukmi) va farishtalar saf-saf bo‘lib kelsa, jahannam dard-hasratlar bilan keltirilsa, o‘shanda sodir bo‘ladi. Birodarlarim miqdori ellik ming yilga teng bo‘lgan kunda sizga voy bo‘lsin, titrab-qaltirash kuni, shoshilish-dovdirash kuni, qiyomat kuni, hasrat-nadomat kuni, u ulug‘ Kundir, insonlar olamlarning Rabbi huzurida turg‘iziladigan kun, zilzila bo‘ladigan kun, qichqiriq keladigan kun, haqiqat kuni, qalbni zirillatadigan kun! Allohga qaytiladigan kun, kishi qilgan amallariga qaraydigan kun, almashish kuni, insonlar amallarini ko‘rish uchun firqa-firqa bo‘lib boradigan kun, birov birovga yordam berolmaydigan kun, yuzlar oqaradigan va ba’zi yuzlar qorayadigan kun, hiyla-nayrang ish bermaydigan kun. Ota farzandini himoya qilolmaydigan, farzand otasiga yordam berolmaydigan kun, yomonliklari hamma yoqqa tarqab ketadigan kun, u kunda zolimlarning qilgan uzrlari foyda bermaydi, ularga yomon joy bordir, har kim o‘zigagina qayg‘uradigan kun, u kunda har bir emizguvchi emizadigan bolasini esdan chiqarib qo‘yadi, har bir homilador homilasini tashlab yuboradi, insonlarni mast bo‘libdi, deb o‘ylaysan, lekin ular mast emas, balki Allohning azobi qattiqdir".
Muqotil ibn Sulaymon aytadiki: "œMaxluqotlar qiyomat kuni yuz yil o‘z terlariga yuganlangan holatda turadilar, keyin yuz yil zulmatga hayron bo‘lib turadilar, keyin yuz yil Rabbilarning huzurida bir-birlari bilan tortishib-talashib turadilar. Aytiladiki, qiyomat kunining miqdori ellik ming yildir. Allohga ixlos qilgan mo‘min uchun bu muddat xuddi bir soat o‘tgandek o‘tib ketadi".
Ey oqil inson, senga Alloh taolo qiyomat qiyinchiliklarini yengillatishi uchun sen o‘zing bu dunyodagi qiyinchiliklarga sabr qilib, Allohga toat-itoat qilmog‘ing lozim. Alloh o‘zi to‘g‘ri yo‘lga boshlaguvchidir.
___________
IV BOB. QIYOMATNING QO‘RQINCH VA DAHSHATLARI BOBI HADISLARI
1. Oyisha.
«Yo Rasululloh! Qiyomat kuni kishi yaxshi ko‘rgan odamini eslaydimi?...» Zaif*. Ahmad (110/6) va «Zaiful jome’» (1245) ga qarang.
2. Abu Hurayra.
Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: «Ikki nafha (sur)...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (4935) va Muslim (2955).
3. Abu Hurayra.
«Alloh taolo yeru osmonni yaratib bo‘lganidan keyin...» Zaif*. Ibn Jarir (31/30, 30/24, 110/17) va Bayhaqiy, «Al-ba’s van nushur» (236).
4. Abu Hurayra.
«Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Ey insonlar va jinlar jamoasi...»* Oldingi 3-hadisdan bir juz’.
5. Nofe’ ibn Umar.
«Qiyomat kuni insonlar onalaridan tug‘ilgandek yalang‘och va yalangoyoq tiriladilar...» Ibn Kasir «Al-bidoya van-nihoya»da (267/1).
6. Maoz ibn Jabal.
«Qiyomat kunida banda narsa haqida so‘ralmaguncha...» Sahih*. Bazzor (157/4), Xatib (441/11) va «As-sahihatu» (946) ga qarang.
7. Ibn Mas’ud.
«Kofir kishi u kunning uzunligidan...» Zaif*. Abu Ya’lo va Hibbon (2582) «Al-matolibi-oliya» (270/4) va «Val-majma’a» (336/10) ga qarang.
8. Ibn Abbos.
«Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Har bir payg‘ambarga qabul bo‘ladigan bir duo berilgan...» Hasan* Ahmad. (176/4) «As-Sunna» (797/818).