59. Yazid Raqqoshiy Anas ibn Molikdan rivoyat qiladi: "œJabroil alayhissalom Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga kutilmagan vaqtda, ranglari o‘zgarib keldi. Payg‘ambarimiz: "œSenga nima bo‘ldi, ranging o‘zgargan?" deb so‘radilar. Jabroil aytdi: "œEy Muhammad, hozir men Alloh taolo do‘zax o‘t yoquvchisiga o‘t yoqishni buyurgan vaqtda sizning oldingizga keldim. Jahannam haqdir. Olov haqdir. Qabrdagi azob haqdir. Allohning azobi qattiqroqdir, deb bilgan odam ulardan omonda bo‘lmagunicha ko‘zi quvonmasligi kerak". Payg‘ambarimiz: "œYo Jabroil, jahannamni sifatlab ber?" deb aytdilar.
"œHa, albatta, Alloh taolo jahannamni yaratgan vaqtda ming yil qizdirdi, qip-qizil bo‘ldi. So‘ng ming yil qizdirdi, oq bo‘ldi, so‘ng yana ming yil qizdirdi, qop-qora bo‘ldi. Bu qoralik qorong‘ulikdir, uning issig‘i o‘chmaydi. Cho‘g‘lari so‘nmaydi. Sizni yuborgan Zotga qasamki, agar undan ignaning teshigidek teshik ochilsa, dunyo ahlining hammasi uning haroratidan yonib ketar edi. Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, agar do‘zax ahlining ko‘ylaklaridan biri osmon va yer orasiga osib qo‘yilsa, uning sassiqligidan, issiqligidan butun yer aholisi o‘lib ketardi, sizni haq bilan jo‘natgan Zotga qasamki, agar Alloh taolo o‘zining Kitobida zikr qilgan bir quloch do‘zax zanjiri tog‘ning ustiga qo‘yilsa, u erib ketadi va yer yetti bo‘lakka aylanadi. Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, agar kishini mag‘ribda jazolasa, mashriqda turgan kishi unga berilgan qattiq azobdan yonadi. Uning issig‘i qattiqdir. Qa’ri juda chuqur, bezagi — temir, ichkiligi — yiring, kiyimlari — olovning bo‘laklari-dandir, uning yetti eshigi bo‘lib, har bir eshigi ayollar va erkaklar uchun bo‘lingan".
Payg‘ambar (s.a.v.): "œUning eshiklari bizning eshiklarimizga o‘xshaydimi?" deb so‘radilar. Aytdi: "œYo‘q, lekin u ochilgan, ular past-balanddir, bir eshik bilan ikkinchi eshik orasi yetmish yillik yo‘ldir. Har bir eshikning issiqligi keyingisidan yetmish barobardir. Allohning dushmanlarini unga haydab kelishadi. Eshik oldiga yetganlarida ularni do‘zax xodimlari zanjir va temir arqonlar bilan kutib olishadi. Zanjirni og‘zilaridan kirgizib, orqalaridan chiqaradi. Chap qo‘lini bo‘yniga, o‘ng qo‘lini yuragiga bog‘laydi va ikki yelkasidan chiqarib qo‘yadi. Zanjirlar bilan bog‘lab tashlaydilar. Odamni shayton bilan birga zanjirda yaqinlashtiradi, yuzidan tortiladi, maloikalar temirdan bo‘lgan tayyoqlar bilan urishadi.
"œHammalari bu g‘amdan chiqishni xohlaganlarida u yerga qay-tarilaveradilar" (Haj, 22). Payg‘ambar(s.a.v.) so‘radilar: "œBu eshiklarda turuvchilar kimlar?" Jabroil aytdi: "œBirinchi past eshikda munofiqlar, dasturxon ashoblaridan kufr keltirganlar hamda Fir’avn ahli turadi. U (eshik)ning nomi Hoviyadir. Ikkinchisida mushriklar tura-di, uning oti Jahim. Uchinchi eshikda quyoshga sig‘inuvchilar turadi, uning ismi Sahar. To‘rtinchisida iblis, unga ergash-ganlar hamda majusiylar turadi, uning oti Lazodir. Be-shinchisida yahudlar turadi, uning ismi Hutamadir. Oltin-chisida nasorolar turadi, uning ismi Sa’ir". Keyin Jab-roil Payg‘ambar alayhissalomdan uyalib to‘xtadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œYettinchisining xabarini bermaysan-mi?" Jabroil alayhissalom aytdi: "œUnda sizning umma-tingizdan katta gunohlar qilib, keyin tavba qilmaganlar turadi". Payg‘ambar (s.a.v.) hushlaridan ketdilar. Jabroil u kishining boshlarini o‘zlariga kelgunlaricha ko‘kragiga qo‘yib turdi. O‘zlariga kelib: "œYo Jabroil, musibatim ulug‘ bo‘ldi, xafaligim qattiqlashdi, mening ummatimdan birontasi do‘zaxga kiradimi?" "œHa, sizning um-matin-gizdan katta gunohi kabira qilganlari do‘zaxga kiradi".
Keyin Payg‘ambar (s.a.v.) yig‘ladilar. Jabroil ham yig‘ladi. Payg‘ambar (s.a.v.) uylariga kirib, odamlardan berkinib oldilar, faqat namozga chiqardilar, hech kimga gapirmasdan kirib ketardilar. Namozlarda Alloh taologa tazarru’lar qilib yig‘lardilar. Uchinchi kuni bo‘lganda Abu Bakr keldi. Eshiklari oldiga kelib: "œAssalomu alaykum ey rahmat uyining egalari, Rasululloh huzurlariga kirsam bo‘ladimi?" deb javob olmadi, yig‘lab burchakda turdi. So‘ngra, Umar, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin: "œRasululloh huzurlariga kirsam maylimi?" deb javob ololmadi, yig‘lab chetga chiqdi. Keyin Salmon roziyallohu anhu eshik oldiga kelib to‘xtadi: "œAssalomu alaykum, ey rahmat uyining egalari. Rasululloh huzurlariga kirsam maylimi?" dedi. Hech kim javob bermadi, yana bir marta yig‘lab keldi, yana javob bo‘lmagandan keyin, Fotima onamizning eshiklari oldiga keldi, so‘ng aytdi: "œAssalomu alaykum ey Rasulullohning qizlari!" Hazrat Ali, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin, o‘sha kuni uylarida yo‘q edi. Salmon aytdi: "œEy Payg‘ambarning qizlari Fotima! Rasululloh odamlarga ko‘rinmayaptilar. Namozdan boshqa hech joyga bormayaptilar, hech kimga gapirmayaptilar, kirishga hech kimga ruxsat bermayaptilar". Fotima onamiz boshlariga paxtalik yopinchig‘ini yopib, Payg‘ambarning (s.a.v.) eshiklariga keldi. Keyin salom berdi va aytdi: "œYo Allohning elchisi, men qizingiz Fotima, kirishdan to‘silib turibman". Rasululoh sajda qilgan hollarida yig‘lab turgan edilar, boshlarini ko‘tarib: "œNima uchun ko‘zimning nuri bo‘lgan qizim Fotima mendan to‘siladi? Eshikni unga ochinglar!" eshikni ochganlaridan keyin kirdi, shu vaqtda Rasulullohga qarab, u kishining yuzlari sarg‘aygan, holatlari o‘zgargan, yig‘i va xafalikdan yuzdagi etlari so‘lganini ko‘rib, u ham yig‘lab yubordi: "œEy Allohning elchisi! Sizga nima bo‘ldi".
"œEy qizim Fotima, Jabroil kelib, jahannamning eshiklarini sifatladi, mening ummatimning gunohkorlari jahannamning eng tepa eshigida turar ekan, o‘sha narsa meni yig‘latib, xafa qildi", dedilar.
"œEy Allohning elchisi, unga qanday kirishar ekan?"
Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "œHa, ularni maloikalar do‘zaxga haydab kelishar ekan. Ularning yuzlari qoraymas ekan, ko‘zlari ko‘karmas ekan, og‘zilari muhrlanmas ekan, shayton bilan birga olib kelinmas ekan. Ularga temir arqon va zanjirlar solinmas ekan".
Fotima roziyallohu anho aytdi: "œYo Allohning elchisi! Maloikalar qanday olib keladilar?"
Rasululloh aytdilar: "œErkaklarni soqollari bilan, ayollarni kokillari bilan olib kelishadi. Ummatimning soch-soqoli oqarganlarining ko‘pchiligi soqollaridan ushlanadi, keyin do‘zaxga yuboriladi. U baqiradi: "œEy qariligim, ey zaifligim", deb. Qancha yigitlar soqollaridan ushlanib, do‘zaxga tashlanadi. Ular yig‘lab baqiradiki: "œEy yoshligim, ey chiroyli ko‘rkamligim!" deb. Ummatimdan qancha xotinlar peshonalaridan ushlanib, do‘zaxga haydaladi va baqiradiki: "œEy sharmandaligim!" deb, hattoki ular do‘zaxning boshlig‘i Molikning oldiga keltirilganlarida, Molik aytar ekan: "œBular kimlar, bularga o‘xshagan qavm hali mening oldimga kelmagan edi. Bularning yuzlari qora bo‘lmaganida, ko‘zlari ko‘karmaganidan, og‘zilari berki-tilmagandan, shaytonga yaqinlashtirilmaganligidan, bo‘yinlarida temir arqon va zanjirlar solinmaganidan ajablanyapman". Maloikalar aytishar ekan: "œBiz mana bu holatda bularni senga olib kelishga buyurildik". Molik aytar ekan: "œEy baxtsizlar jamoasi, kim bo‘lasizlar?" "œXabarda kelishicha, maloikalar haydab kelishayotganda: "œVoh! Muhammado!" deb baqirib turishar ekan. Molikni ko‘rgandan keyin uning kattaligidan Muhammadning (s.a.v.) ismlarini unutishar ekan. Molik so‘rar ekan: "œKimsizlar?" Ular: "œBizlar Qur’on tushirilgan va ramazonlar (ro‘zasi)ni tutganlardanmiz", deb javob berar ekanlar. Molik aytar ekan: "œQur’on faqat Muhammadning (s.a.v.) ummatiga tushgan". Ular Muhammadning (s.a.v.) ismlarini eshitib, qichqirar ekanlar: "œBizlar Muhammadning (s.a.v.) ummatidanmiz". Molik "œQur’onda Alloh taologa gunoh qilishdan qaytarguvchi oyatlar yo‘q edimi?" deydi. Ularni do‘zaxning chetida to‘xtatishadi. Do‘zaxga va uning xodimlariga qaraydilar va aytadilar: "œEy Molik, bizga o‘zimizning holimizga yig‘lashga izn bergin!" Ularga ruxsat beriladi. Ko‘z yoshlarini to‘kishadi. Undan hech narsa qolmagandan keyin qon yig‘lar ekanlar. Molik aytadi: "œBu qanday ham yaxshi yig‘i bo‘lar edi, agar dunyoda bo‘lganida. Bas, agar sizlar bu yig‘ini Allohdan qo‘rqib qilganlaringizda edi, bu kunda bu yerda turmas edingizlar". Keyin Molik zaboniyalarga: "œUlarni do‘zaxga tashlanglar!" deb buyruq beradi. Shu paytda hammalari: «La ilaha illalloh!» deb baqirishadi. Ulardan do‘zax qaytadi, so‘ngra Molik aytadi: "œEy do‘zax, ularni olgin". Do‘zax "œUlarni qanday o‘zimga olayin? Ular: "œLa ilaha illalloh" deb turibdilar-ku" deydi. Molik aytadiki: "œHa arshning Egasi buyurdi, olasan ularni". Ularni o‘ziga olar ekan. Bir xillarini oyoqlaridan, bir xillarini tizzalaridan, bir xillarini bellaridan, bir xillarini kindigidan olarkan. Do‘zaxning olovi ularning yuziga yopishsa, Molik: "œUlarning yuzlarini yondirmagin, ular bu yuz bilan Allohga sajda qilganlar, qalblarini yondirmagin, ular ko‘pincha Ramazon oyida chanqoq bo‘lganlar". So‘ngra Alloh xohlagancha turishar ekan, aytar ekanlar: "œYo Alloh, yo Mannon! Rahm qilguvchilarning rahmlirog‘i!" Keyin Alloh taolo hukmini bajargandan keyin aytadi: "œEy Jabroil! Muhammadning (s.a.v.) gunohkor ummatlari nima qilindi?" Jabroil: "œAlloh o‘zing bilguvchiroqsan ularning ishini", der. Alloh aytadi: "œBorgil, ularning holiga qaragil!" Jabroil alayhissalom do‘zaxning o‘rtasida o‘tdan qilingan minbarda o‘tirgan Molikning oldiga jo‘naydi. Molik Jabroilni ko‘rib, o‘rnidan turadi va: "œEy Jabroil! Nimaga kirdingiz?" deb so‘raydi.
"œMuhammadning (s.a.v.) ummatlaridan gunohkorlarini nima qilding?"
Molik: "œUlarning ahvollari naqadar yomon, ularning turgan joylari naqadar tor. Ularning badanlari yondirilyapti, go‘shtlari yeyilyapti, yuzlari, qalblari esa imon bo‘lgani uchun qoldi". Jabroil: "œTabaqni olgin, ularga qarayman" deydi. Molik buyurib, ulardan yopqich  qapqoqni olishadi. Ular Jabroilning yuzi ko‘rkamligidan, azob farishtasi emasligini biladilar. "œKim bu banda, oldin bunday kishini ko‘rmagan edik?" Molik: "œBu Jabroildir. U Muhammadga (s.a.v.) vahiy keltirgan", deydi. Ular Muhammad (s.a.v.) ismlarini eshitib, baqiradilar: "œEy Jabroil, Muhammadga (s.a.v.) bizdan salom yetkazgin. Bizning va sizning oralarimizda bo‘lib o‘tgan gunohkorligimizdan xabar qilgin. Bizning yomon holimizdan xabar bergin". Jabroil Allohning huzuriga borib turadi. Alloh taolo aytadi: "œMuhammadning (s.a.v.) ummatini qanday holda ko‘rding?" "œEy Rabbim, ularning hollari yomon, joylari tor". Alloh so‘raydi: "œSendan biron narsa so‘rashdimi?" "œEy Rabbim, ular mendan Payg‘ambarlariga salom aytmog‘imni va o‘zlarining ahvoli yomonligini yetkazishimni so‘rashdi". Alloh aytadi: "œBorgil, u kishiga xabar bergil". Jabroil Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga jo‘naydi. Muhammad (s.a.v.) eshiklari to‘rt ming bo‘lgan, har bir eshik ikki tabaqali, oltindan qilingan, oq dur qasrda turadilar. Jabroil alayhissalom aytadi: "œEy Muhammad (s.a.v.) sizning do‘zaxda azoblanayotgan gunohkor ummatlaringiz oldidan keldim. Ular sizga salom aytdilar. Ahvollari yomonligini, joylari torligini aytdilar". Payg‘ambar (s.a.v.) Arshning tagiga kelib o‘zlarini sajdaga tashlaydilar. Allohga hamdu sano aytadilar, bundan oldin u kishi kabi sano o‘qigan odam yo‘q edi. Alloh aytadi: "œBoshingni ko‘targil, so‘ragan narsang berilgaydir, Shafoat qil, shafoatlangaysen". Aytdilar: "œEy ummatim baxtsizlarining Rabbisi! Sen ularga hukmingni o‘tkazding, ulardan o‘ch olding, endi meni ularga shafoatchi qilgin!" Alloh aytadi: "œSeni ularga shafoatchi qildim, do‘zaxga borgin, hammasini chiqargin". Payg‘ambar (s.a.v.) borganlarida Molik u kishini ko‘rib, ehtirom bilan o‘rnilaridan turadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œEy Molik! Baxtsiz ummatimning holi qanday?" Molik: "œUlarning hollari yomon, joylari tor", deydi. "œEshikni och, yopilgan narsani ol!" Shu payt do‘zax ahli Muhammad (s.a.v.) ko‘rib, hammalari qichqirib yuboradilar: "œEy Muhammad sallallohu alayhi vasallam! Do‘zax terilarimizni yondirdi, jigarlarimizni kuydirdi!"
Hammalari do‘zaxdan chiqariladilar. Ular ko‘mirdek bo‘lib qolgan edilar, olovni yeganlaridan. Ular jannat darvozasidagi Hayot daryosiga borishadi, u yerda cho‘milishib, yosh, balog‘atga yetgan yigitlardek bo‘lib chiqishadi. Go‘yoki ularning yuzlari oydekdir. Peshonalariga "œdo‘zaxilar" deb yozilgan edi. Alloh ularni do‘zaxdan ozod qiladi. So‘ngra jannatga kiradilar. Musulmonlarning jannatga kirganlarini ko‘rgan kofirlar aytadi: "œKoshki biz ham musulmon bo‘lsak, biz ham do‘zaxdan qutulsak". Alloh taolo aytadi:
"œHali (qiyomat kuni) kofir bo‘lgan kimsalar musulmon bo‘lishni istab qolurlar". (Hijr, 2).