77. Faqih, Alloh rahmat qilsin, Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAlbatta, Alloh taolo bandaning gunohini kechirish uchun uning gunohini katta sanamaydi. Sizlardan oldin o‘tgan bir kishi 98 kishini o‘ldirgan edi. Rohibning oldiga kelib: "œMen 98 kishini o‘ldirdim, tavba qilsam bo‘ladimi?" dedi. Rohib: "œSen haddan oshirib yuboribsan!" dedi. U kishi turib uni o‘ldirdi. Keyin boshqa bir rohibnning oldiga kelib: "œMen 99 kishini o‘ldirdim, men tavba qilsam bo‘ladimi?" dedi. Rohib: "œHaddidan oshirib yuboribsan", dedi. Uni ham o‘ldirdi. So‘ng boshqa bir rohibning oldiga kelib: "œMen 100 kishini o‘ldirdim, endi tavba qilsam bo‘ladimi?" dedi. Rohib aytdi: "œHaddidan oshiribsan, bilmadim, lekin ana u yerda ikki qishloq bor, bittasining oti "œBasra" deydi, ikkinchisini "œKufra" deydi. Ammo ahli Basra jannat ahllarining amallarini qiladigan qavm, u yerda ulardan boshqa qavm turmaydi. Ammo Kufra ahli do‘zax ahli qiladigan amallarni qiladilar va u yerda ulardan boshqa qavm turmaydi. Agar sen Basraga borsang va ularning amallarini qilsang, sening tavbangda shubha bo‘lmaydi. Haligi kishi o‘zi xohlagan tomonga jo‘nadi. U ikki qishloqning o‘rtasida ekanligida o‘lib qoldi. Uning ustida azob farishtasi bilan rahmat farishtasi munozara qilib qolishdi. Maloikalar Allohdan bu ishni so‘radilar, aytildiki: "œIkki qishloq orasini o‘lchanglar, qaysisiga yaqinroq bo‘lsa, u o‘sha qavm ahlidan bo‘lgaydir!" Ikki qishloqning orasini o‘lchadilar, u Basra qishlog‘iga bir qarich yaqin ekanligi bilinadi va u o‘sha qishloq ahlidan deb yozildi".
Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: "œUchta narsaga qasam ichdim. Agar to‘rtinchisiga qasam ichsam, u ham to‘g‘ri bo‘ladi.
Birinchisi: Dunyoda Alloh taolo biron kishini do‘st tutsa, qiyomat kuni uning ustiga o‘zidan boshqani hokim qilib qo‘ymaydi.
Ikkinchisi: Alloh Islomdan nasibador bo‘lgan kishini Islomdan benasib kishi kabi qilib qo‘ymaydi.
Uchinchisi: Kishi qaysi bir qavmni yaxshi ko‘rsa, qiyomat kunida ular bilan birga bo‘ladi.
To‘rtinchisi: Alloh taolo dunyoda bir bandaning (gunohlarini) berkitsa, oxiratda ham berkitadi".
Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Niso surasidagi to‘rt oyat jam’i dunyodan yaxshidir. Birinchisi:
"œAlbatta, Alloh taolo o‘ziga sherik qilinishini kechirmaydi. Shundan boshqa gunohlarni o‘zi xohlagan bandalari uchun kechiradi. Kimki Allohga shirk keltirsa, demak, juda qattiq aqldan ozibdi" (Niso, 116).
Ikkinchisi:
"œAgar ular jonlariga zulm qilgan paytlarida darhol sizning oldingizga kelib, Allohdan mag‘firat so‘raganlarida va Payg‘ambar ham ular uchun mag‘firat so‘raganida edi, Allohning tavbalarini qabul qilguvchi, mehribon ekanligini topgan bo‘lur edilar" (Niso, 64).
Uchinchisi:
"œAgar sizlar man, etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansangizlar, qilgan kichik gunohlaringizni o‘chirurmiz va sizlarni ulug‘ manzil — jannatga kiriturmiz" (Niso, 31).
To‘rtinchisi:
"œKim bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohning mag‘firat qiluvchi va mehribon ekanini topap-ko‘rar" (Niso, 110).