139. Abu Zarr, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Yo Rasululloh, Musoning sahifasidagi narsalardan xabar bering”, deb so‘radim. Musoning sahifasidagi narsalardan xabar bering”, deb so‘radim. Aytdilar: “Unda misollar va ibratlar bor: do‘zaxning borligini ishonch bilan bilib, kulib yurgan kishiga ajablandim! O‘limning haqligini ishonch bilan bilib, xursandchilik bilan yurgan kishiga ajablandim! Hisob-kitobni ishonch bilan bilib, gunohlar qilib yurgan kishiga ajablandim! Qadarni ishonch bilan bilib, xafa bo‘lgan kishiga ajablandim! Dunyoni bilib, dunyo ahliga aylanib, xotirjam yurgan kishiga ajablandim! Jannatni ishonch bilan bilib, yaxshi amallar qilmagan kishiga ajablandim. Allohdan boshqa iloh yo‘qdir, Muhammad (s.a.v.) Uning payg‘ambaridir!”
Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, bir kuni Kufa nohiyalarining bir mahallasidan o‘tdi. U yerda bir to‘da fosiqlar to‘planishib, aroq ichishardi. Ular orasida Zazon degan qo‘shiqchi ham bor edi. U yog‘och urib qo‘shiq aytardi. Uning ajoyib ovozi bor edi. Abdulloh ibn Mas’ud bu ovozni eshitib, aytdiki: “Bu ovoz bilan Qur’on o‘qilsa, naqadar yoqimli bo‘lar edi!” deb, ridolarini boshlariga qo‘yib, o‘tib ketdi. Zazon u kishining ovoziin eshitib: “Bu kishi kim?” deb so‘radi. Aytdilarki: “Rasulullohning do‘sti Abdulloh ibn Mas’uddir”. “Nima dedi?” deb so‘radi. Aytishdiki: “Agar bu ovoz Qur’on o‘qishlik uchun bo‘lganda, naqadar chiroyli ovoz bo‘lar edi, dedi”. Uning qalbiga qo‘rqinch tushdi va turib asbobini yerga urib sindirdi. Keyin shoshilib borib u kishini topdi. Ro‘molchasini bo‘yniga qo‘yib, Abdullohning oldida yig‘lay boshladi. Abdulloh uni quchog‘iga olib, ikkoviyam yig‘lashdi, keyin Abdulloh: “Alloh yaxshi ko‘rgan odamlarni qanday yaxshi ko‘rmayin!” So‘ngra Zazon gunohlariga tavba qilib, Abdullohning yonida qoldi. Qur’onni o‘rgandi. Ilm va Qur’ondan nasibasini oldi, hattoki ilmda katta imomlardan biriga aylandi. Ko‘p xabarlarda Abdulloh va Zazon to‘g‘risida naql kelgan. Alloh ikkovidan ham rozi bo‘lsin.
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Otamning hikoya aytayotganini eshitdim: “Bani Isroilda bir fohisha xotin bor edi. Uning jamoli odamlarni fitnaga solguvchi edi. Uning eshigi hamisha ochiq bo‘lardi. Har kishi uning eshigi oldidan o‘tsa, hovli va eshik oldidagi so‘rida o‘tirganini ko‘rardi. Kimiki unga qarasa, fitnalanib qolardi. Agar uning oldiga kirishni xohlasa, o‘n dinor yo ko‘proq yo ozroq hozirlab kirishi kerak edi, keyin uning oldiga kirishga ruxsat berilardi. Bir kuni uning eshigi oldidan bir obid kishi o‘tib qoldi va nigohi hovliga tushdi. Xotin so‘rida o‘tirgan edi, uni ko‘rib, unga mahliyo bo‘lib qoldi, so‘ngra o‘z nafsi bilan kurash boshladi. Alloh taologa bu narsani qalbidan ketkazishni duo qilib so‘radi. Undan bu narsa ketmadi. U o‘z nafsiga qattiq toqat bilan bardosh berardi, hattoki o‘zining bor narsalarini sotib, unga yetarli bo‘lgan dinorlarni to‘plab, o‘sha xotinning eshigi oldiga keldi. Xotin pulni o‘zining vakiliga topshirishni buyurdi va qaysi vaqtda kelishni va’dalashishdi. Belgilangan vaqtda u xotinning oldiga keldi. Xotin ziynatlanib, uyida – so‘risida o‘tirar edi. Obid kirib keldi. U bilan so‘ri ustida o‘tirdi.
Qo‘lini unga cho‘zib,uzangan vaqtida, Alloh taolo uni o‘z rahmati bilan to‘g‘irladi. O‘tgan ibodatlarining barakotidan qalbida: “Shubhasiz, mening bu holatimni Alloh taolo ko‘rib turibdi”, degan haybat namoyon bo‘ldi. “Men harom ish ustidaman, endi hamma amallarimni bekor qiladi”, deb qalbiga qattiq qo‘rquv tushdi, tizzalari qaltirab, ranglari o‘zgarib ketdi. Xotin unga qarab, rangi o‘zgar-ganini ko‘rib: “Senga nima bo‘ldi?” deb so‘radi. Obid “Men Allohimdan qo‘rqaman, mening ketishimga ruxsat bergin” dedi. Xotin aytdi: “Sho‘ring qursin, menga yetishni odamlar orzu qiladilar, senga nima bo‘ldiki, bunday qilasan?” Obid: “Men Allohimdan qo‘rqaman, to‘lagan pulim senga, u senga halol, mening ketishimga ruxsat bergin”, dedi. Xotin: “Sen avval bu ishni qilmaganga o‘xshaysan?” dedi. “Yo‘q, qilmaganman”. Xotin: “Sen qaerdan bo‘lasan, isming nima?” deb so‘radi. U falon qishloqda turishini va ismini aytdi. So‘ngra xotin: “Mayli, keta qolgin”, dedi. Obid uning oldidan chiqdi. U o‘ziga vayl (azob) va o‘limni chaqirar, boshiga tuproq sochar edi. Qo‘rqinch xotinning ham qalbiga kirdi. O‘ziga-o‘zi aytdiki: “Bu odam birinchi gunoh qilishi ekan, shu ishi uchun unga shunchalik qo‘rquv tushdi. Men esa necha yillardan beri gunoh qilib kelaman, u qo‘rqadigan Rabbi mening ham Rabbim! Mening qo‘rqinchim unikidan qattiq bo‘lishi kerak”, deb, so‘ngra Allohga tavba qildi. Eshigini berkitib, bevalik kiyimini kiydi. Keyin ibodatga kirishdi. Alloh xohlaganicha ibodatda bo‘lganidan keyin, o‘ziga-o‘zi aytdi: “Agar men haligi kishiga borsam, shoyad meni xotinlikka olsa, undan din ishlaridan ta’lim olardim. Menga Allohning ibodatiga yordam bo‘lardi”, deb tayyorlanib, molidan va xodimlaridan olib, o‘sha obid aytgan qishloqqa yetib borib, obidni so‘radi. Obidga bir xotin so‘rayotganligini xabar qilishdi. Uning oldiga chiqdi. Xotin uni ko‘rib, yuzini ochib o‘zini tanitdi. Obid uni ko‘rib tanidi va u bilan oralarida bo‘lgan ishni eslab, qattiq qichqirib, shu joyda jon berdi. Xotin xafa bo‘lib: “Men uning uchun chiqqandim, u o‘ldi. Uning qarindoshlaridan xotinga muhtoji bormi? Meni xotinlikka olsa”, dedi. Aytdilarki: “Uning bir ukasi bor, lekin moli yo‘q”. Xotin aytdiki: “Buning og‘irligi yo‘q, menda ko‘p mol bor”. Ukasi keldi va unga uylandi. Undan yetti o‘g‘il tug‘ildi. Hammalari Bani Isroilda payg‘ambarlardan bo‘ldilar”.
Alloh taolo bilguvchiroqdir.
_____________
IX va X BOB. TAVBA BOBI HADISLARI
1. Abdulloh ibn Ubayd.
“Odam alayhissalom aytdi: “Ey Parvardigor...” Isnodi sahih*. Ibn Kasir tafsirida (61/4) keltirilgan.
2. Ibn Abbos.
“Payg‘ambarning (s.a.v.) amakilarini o‘ldirgan Vahshiy...” Zaif*. “Asbobul-nuzul”da (281) keltirilgan, Tabaroniy, “Al-kabir” (11480).
3. Abdurahmon Sulamiy.
“Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalaridan bir nechtalarimiz Madinada o‘tirgandik...” “Kanzul-ummol” (10265-10261).
4. Muhammad ibn Mutarrif.
“Alloh aytdi: “Ey odam farzandi, senga voy bo‘lsin!..” Zaif*.
5. A’mash.
“Sizlardan oldin o‘tgan qavmlarning ichida...” Zaif*.
6. Abu Bakr Siddiq.
“Kishi kunda yetmish marta mag‘firat so‘rasa...” Zaif*. Abu Dovud (15/4) va Termiziy (3559).
7. Hadis.
“Allohga qasamki, men har kuni Allohga yuz marta tavba qilaman”. Sahih*. Muslim (2702/4) va Abu Dovud (15/5).
8. Ali ibn Abu Tolib.
“Bir banda bir gunoh qilsa, so‘ngra chiroyli tahorat qilsa...” Hasan*. Abu Dovud (1521), Termiziy (3006) va Ibn Moja (1395).
9. Hasan Basriy.
“Alloh taolo iblis la’inni tushirgan vaqtda...” Sahih*. Ahmad (41-23/3).
10. Abu Amoma Boxiliy.
“O‘ng tomon egasi Amin...” Juda zaif*. Bahaqiyning “Ash-shu’ab”ida keltirilgan (7050-7049/5).
11. Hadis.
“Gunohlaridan tavba qiluvchi kishi xuddi gunohi yo‘q kishidekdir...” Hasan*. “Sahihul jome’ (3008,, “Vaddoivad- davo” (211-bet) ga qarang.
12. Safvon ibn Assol Murodiy.
“Albatta, Mag‘rib tomonda...” Hasan*. Termiziy (3535) va Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (7076/5).
13. Zuhriy.
“Umar ibn Xattob Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga yig‘lagan holda kirdi...” Zaif*.
14. Hadis.
“Tili bilan kechirim so‘rovchi...” Zaif*. Bayhaqiy, “Ash-shu’ab”, (7178/5) “Az-zaifatu” (616).
15. Hasan.
“Payg‘ambar (s.a.v.) bir xotinni zino qilganligi uchun toshbo‘ron ettiribdilar...” Sahih*. Muslim (1696/3).
16. Hadis.
“Kimiki mo‘minni fohisha ish bilan ayblasa...” Mavzu’*. Termiziy (2505), Ibn Ali “Al-Komil”da (173/6), Bayhaqiy “Ash-shu’ab”da (6697) va “Az-zaifatu” (178) da keltirgan.
17. Ibn Abbos.
“Agar banda tavba qilsa...” Zaif*. Asbaxoniy “At-targ‘ib va at-tarhib” (751).
18. Ali ibn Abu Tolib.
“Arshning tagida...” Mavzu’*. Daylamiy, “Al-Firdavs” (6708) uning isnodi Ismoil ibn Yahyo ibn Ubaydulloh at-Taymiyga boradi va u yo‘q hadislarni gapirganlikda ayblanadi. “Al-lison” (493/1)ga qarang.
19. Ibn Abbos.
“Payg‘ambar (s.a.v.) tavba eshigini zikr qildilar...” Juda zaif*. Uning isnodi Nuh ibn Abu Maryamga borgan. Uni hadisda yolg‘onchi deganlar, “At-tahzib” (433/10) ga qarang.
20. Abu Hurayra.
“Tavba havoda muallaq osilib turuvchidir...” Zaif*.
21. “Albatta, men Allohdan gunohimni kechirishini so‘rayman” Sahih* (104-raqamda o‘tgan hadis).
22. Hadis.
“Ey odamlar! Allohga tavba qilinglar...” Sahih*. Muslim (422702/40).
23. Ibn Abbos.
“Yaqinda tavba qilaman...” Zaif*. “Va yana aytildi”. Bu hadis sahobalardan eshitilmagan.
24. Abdulloh ibn Mas’ud.
“Kimki faqat yakkayu yagona, tirik, ulug‘ Alloh taolodan kechirim so‘rayman deb...” Hasan*. Hokim (5/1/1).
25. Abu Qaloba.
“Albatta Alloh taolo iblisni la’natlagan paytida, iblis muhlat berishni so‘radi...” Sahih*. Bu hadis (111) raqam bilan Abu Saiddan rivoyat qilindi.
26. Hadis.
“Gunohiga tavba qilgan kishi go‘yoki...” Hasan*. (113) raqam bilan chiqqan.
27. Abu Hurayra.
“Agar banda bir gunoh qilsa...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (7507/13) va Muslim (2758/4).
28. Ibn Mas’ud.
«Bir kishi Payg‘ambarga (s.a.v.) kelib: «Ey Rasululloh...» Sahih*. Muslim (233) «Kitobut-tavba».
29. Hadis.
«Payg‘ambar (s.a.v.) bu oyatni o‘qidilar...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (4687/8) va Muslim (2763/4).
30. Hasan.
«Har bir kishi uchun ikki farishta qo‘yiladi...» Mursal (zaiflardan).
31. Abu Hurayra.
«Bir kecha xufton namozini o‘qiganimdan keyin...» Zaif*. Ibn Jarir tafsirida (27/19).
32. «Inson qiyomat kunida kitobiga qaraydi...» Sahih*. Muslim (190).
33. Hasan .
“Agar sizlardan birortangiz osmon va yer orasining to‘laligicha...” Hasan*. Ibn Moja (4238).
34. Abu Hurayra.
“Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim. Aytdilarki: “Odam Alloh uchun basharning eng hurmatlisidir...” Zaif*. “At-taqrib”.
35. Oyisha.
“Devonlar uchtadir...” Zaif*. Hokim (575/4).
36. Abu Hurayra.
“Har bir inson qiyomat kunida...” Sahih*. Muslim (2572/4) va Termiziy (2420) va Ahmad (235-301-372/2).
37. Abu Hurayra.
“Sizlar ummatimdan bo‘lgan muflislarni bilasizlarmi?..” Sahih*. Muslim (1258/4), Termiziy (2318).
38. Abu Zarr G‘iforiy.
“Ey Rasululloh! Musoning sahifasida bo‘lgan narsalardan xabar bering...” Zaif*. Ibn Hibbon (94) Abu Na’im (166/1) va “Az-zaifatu” (1910) ga qarang.