Muallif Mavzu: Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn  ( 420717 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Laylo

  • Mehmon
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #150 : 30 Iyun 2006, 07:57:18 »
148. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Rasulluloh (s.a.v.) davrlarida Alqama ismli yigit bor edi. U o‘ta tirishqoq, ko‘p sadaqa qilguvchi edi. Bir kuni kasal bo‘lib, kasali kuchaydi. Xotini Payg‘ambarga (s.a.v.) erining jon chiqar holatida ekanligini xabar qilmoqchi bo‘lib elchi yubordi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) Hazrati Bilol va Alini, Salmon va Ammorni “Uning holini ko‘ringlar”, deb yubordilar. Ular uning uyiga kelib kirdilar. Unga: “La ilaha illalloh, degin”, dedilar. Bu gap uning tiliga kelmadi. Ular ishondilarki, imonsiz ketguvchidir, deb. Keyin Bilolni Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga bu holdan xabar berishga yubordilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Uning ota-onasi bormi?” deb so‘radilar. Aytishdi: “Otasi o‘lgan, lekin bir qari onasi bor”, deb. Payg‘ambar (s.a.v) Bilolga: “Yo Bilol! Onasining oldiga borgin, mendan salom ayt, aytginki, agar qodir bo‘lsangiz, Rasulullohning oldilariga boring. Agar qodir bo‘lmasangiz o‘tirib turing, oldingizga Rasulullohning o‘zlari kelgaylar, deb ayt”, deb tayinladilar. Bilol borib, bu xabarni yetkazdi. Onasi: “Jonim Rasulullohga fido, men borishga haqliroqman”, dedi va qo‘liga hassasini olib, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) huzurlariga jo‘nadi. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) oldilariga kirdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki: “Menga to‘g‘risini ayting, yolg‘on gapirsangiz, menga Alloh taolodan vahiy keladi. Alqamaning holi qanday edi?” Onasi: “Yo Rasululloh, namoz o‘qirdi, ro‘za tutardi, ko‘p sadaqa berardi, uning bergan sadaqasining o‘lchovini bilmayman, sanog‘ini ham”. Rasululloh aytdilar: “Sizning u bilan munosabatingiz qanday edi?” Onasi aytdi: “Yo Rasululloh, men xafaman”. Aytdilar: “Nima sababdan?” Onasi aytdi: “U xotinini mendan ustun qo‘yardi, unga quloq solib, menga quloq solmas edi”. Shunda Rasululloh: “Onasining g‘azabi o‘g‘lini Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik berishdan to‘sibdi”, dedilar. So‘ngra Bilolga: “Ko‘p o‘tin yig‘gin, uni yondiramiz”, dedilar. Onasi: “Yo Rasululloh, o‘g‘limni, qalbimning mevasini ko‘z oldimda yondirasizmi? Qanday qilib qalbim bardosh beradi?” dedi. Rasululloh: “Ey Alqamaning onasi! Allohning azobi qattiq va doimiydir. Agar Alloh uni kechirishini istasangiz, undan rozi bo‘ling. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, modomiki siz undan g‘azabda bo‘lar ekansiz, namozu sadaqasi foyda bermaydi!” Shunda Alqamaning onasi qo‘lini ko‘tarib: “Yo Rasululloh! Yagona Allohning elchisi bo‘lgan sizni va atrofimdagilarni Alqamadan haqiqatda rozi ekanligimga guvoh qilaman!” dedi. Rasululloh Bilolga: “Ey Bilol! Alqamaning oldiga borib qara-chi, “La ilaha illalloh”, deb ayta olayotganmikan? Alqamaning onasi Payg‘ambardan uyalib, dilida bo‘lmagan narsani gapirgandir”, dedilar. Bilol borib, eshikka yetgach: “La ilaha illalloh”, deganini eshitdi. Bilol uning uyiga borib: “Ey odamlar! Alqamaning onasining g‘azabi shahodat kalimasini aytishidan uning tilini to‘sgan ekan, endi rozi bo‘lganligi uchun tilini bo‘shatib yubordi”, dedi va u o‘sha kunda vafot etdi. So‘ngra Rasululloh unikiga kelib, yuvishga va kafanlashga buyurdilar, janoza o‘qidilar. Keyin qabrning chetida turib: “Ey muhojir va ansorlar jamoasi! Kimiki xotinini onasidan ustun qo‘ysa, Allohning la’nati bo‘ladi va farz-nafl ibodatlari qabul bo‘lmaydi?” dedilar.

Ibn Abbos (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Alloh aytadi: “Parvardigoringiz yolg‘iz o‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishingizni amr etdi”. Ya’ni, Alloh o‘zidan boshqani yakka demaslikka buyurdi. Shuningdek, ma’siyatda hech kimga bo‘ysunmanglar, sizlar buyurgan narsada Alloh taologa itoat qilinglar, deyildi. “Ota-onaga yaxshilikni”, ya’ni ikkovlari yumshoqlikni va shafqatli bo‘lishlikni, “Agar ularning biri yo ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab uf tortma”, yomon so‘zlarni aytma. “Ota-ona keksalik yoshiga yetsalar”ning ma’nosi: siydik va axlatlarini ko‘tarishga muhtoj bo‘lib qolgan vaqtda, burningga qo‘lingni tiqib, aftingni bujmaytirmagin. Ikkovlari seni yoshligingda sendan o‘shalarni ko‘targan edi va bu narsalarni sendan ko‘p ko‘rgan edilar. “Va ularning so‘zlarini qaytarma”, gapda ikkovlariga qo‘pollik qilma! “Ularga doimo yaxshi so‘z ayt”. “Ular uchun mehribonlik bilan xorlik qanotini past tut, hokisor bo‘l!” ya’ni ikkovlariga rahmli, tavozu’ holatda bo‘l. “Va ayt: “Parvardigorim, ularga rahm-shafqat qilgin” deb, vaqtiki o‘lsalar ularga mag‘firat so‘rab duo qil, ya’ni farzandga ota-onaning haqqini dunyoda bilganidek, oxiratdagi haqqini bilishlik vojib bo‘ladi. Va har namozdan so‘ng ularga mag‘firat tilab duo qiladi. “Meni go‘daklik chog‘imda tarbiyalab o‘stirganlaridek” (Al-Isro, 23-24), meni kichkina holatimdan katta bo‘lgunimcha ikkovlari harakat qilganlari uchun, ikkovlarini mag‘firat bilan mukofotlagin”.

Ba’zi tobe’inlar, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, aytadilar: “Kim har kuni ota-onasi haqqiga besh marta duo qilsa, ikkovlarining haqqini ado qilibdi, chunki Alloh taolo:
“Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Yolg‘iz o‘zimga qaytajaksan”, dedi. (Luqmon, 14). Allohga shukr qilishlik bir kunda besh vaqt namoz o‘qish bilan bo‘ladi, shuningdek ota-onaga shukr qilishlik har kuni besh marta duo qilish bilan bo‘ladi. Keyin Alloh aytdi: “Parvardigoringiz dillaringizdagi sirlaringizni juda yaxshi bilguvchidir”, ya’ni qalblaringizdagi ota-onangiz uchun bo‘lgan yumshoqlik-yaxshiliklarni bilguvchi zotdir, keyin aytdi: “Agar sizlar yaxshi bo‘lsangizlar...” ya’ni, ota-onalaringizga yaxshilik qilguvchi bo‘lsalaringiz. Alloh taolodan mag‘firat-mukofotini talab qilgan bo‘lasizlar. “Zero, u tavba qilguvchilarni mag‘firat etuvchi zotdir” (Al-Isro, 25). Ya’ni, agar ota-onangiz haqqini tark qilsangiz, Alloh taologa tavba qilinglar, albatta U zot gunohlardan qaytguvchilarni kechirguvchidir”.

Aytildi: “Ota-onaning farzand ustida o‘nta haqqi bor:
1) agar ulardan biri taomga muhtoj bo‘lsa, taomlantirmog‘i;
2) agar kiyim-kechakka muhtoj bo‘lishsa, kiydirmoqligi. Payg‘ambardan (s.a.v.): “Ularga dunyoda yaxshi muomalada bo‘lgin” (Luqmon, 15), oyatining tafsirida rivoyat qilinadi: “Yaxshi muomala, agar och qolsalar, ovqatlantirmog‘ing va agar yalang‘och bo‘lsalar, kiydirmog‘ingdir”;
3) agar ikkovidan biri farzandning xizmatiga muhtoj bo‘lsa, xizmat qilish;
4) agar farzandni chaqirsa, javob bermoqligi va hozir bo‘lishligi;
5) agar bir ishga buyursalar, itoat qilishi, modomiki gunoh bo‘lsa, bo‘ysunilmaydi;
6) yumshoqlik bilan gipirmoqligi, qo‘pol gaplar bilan gaplashmasligi;
7) otini aytib chaqirmasligi;
8) orqasidan yurishligi;
9) o‘ziga nimani ravo ko‘rsa, ularga ham o‘shani ravo ko‘rishi ham rozi qilmog‘i;
10) mag‘firat so‘rab, duo qilmog‘i, xuddi o‘ziga qilganidek.

Alloh taolo Nuh alayhissalomdan hikoyat qilib aytdi: “Parvardigoro, o‘zing meni, ota-onamni, mening uyimga mo‘min holda kirgan kishilarni va barcha mo‘minu mo‘minalarni mag‘firat qilgin!” (Nuh, 28). Shuningdek, Ibrohim alayhissalomdan: “Parvardigoro, duoyimni qabul ayla! Parvardigoro, hisob-kitob qilinadigan kuni meni, ota-onamni va barcha mo‘minlarni mag‘firat qilgin” (Ibrohim, 41).

Ba’zi sahobalardan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdilarki: “Ota-ona uchun duoni tark qilishlik farzandga tang hayotni olib keladi”.

Faqih aytadi: So‘rovchi so‘rasa: “Agar ota-onasi o‘g‘liga g‘azab qilib o‘tib ketgan bo‘lsa, ikkovini o‘limlaridan keyin rozi qilishligi mumkin bo‘ladimi?” deb. Aytiladi: “Ha! Ikkalasini uch narsa bilan rozi qilishi mumkin:
1. Farzand solih bo‘lishligi. Chunki ota-onaga farzandi solih bo‘lishidan yaxshiroq narsa yo‘q.
2. Ota-onaning yaqinlari va do‘stlari bilan bog‘lanib turishi.
3. Ikkalalari uchun istig‘for so‘rashi, duo qilishi va sadaqa qilishligi”.

Laylo

  • Mehmon
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #151 : 30 Iyun 2006, 07:57:29 »
149. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar odam farzandi vafot qilsa, undan amallari uziladi. Magar uchtasi uzilmaydi: Sadaqai joriya yoki ilm o‘qitib, undan foydalanib turilgan bo‘lsa yoki solih farzand uni mag‘firat so‘rab duo qilsa”.

Laylo

  • Mehmon
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #152 : 30 Iyun 2006, 07:57:36 »
150. “Otangiz kim bilan bog‘langan bo‘lsa, u bilan aloqani uzmanglar” Bu bilan o‘zingizning nuringizni o‘chirasiz, sizning hurmatingiz otangizning hurmatidir!”

Laylo

  • Mehmon
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #153 : 30 Iyun 2006, 07:58:01 »
151. Zikr qilindi: «Bani Salama qabilasidan bir kishi Payg‘ambarimizning (s.a.v.) huzurlariga kelib, aytdi: «Ota-onam vafot etishdi, menga ikkalalariga yaxshilik qilishga bir narsa (chora) qoldimi?» Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Ha, ikkalarining gunohlarini so‘rashlik, vasiyatlarini bajarish, do‘stlarini hurmatlash, ular silai rahmda bo‘lganlar bilan silai rahm qilishlik», dedilar”.

____________
XI BOB. OTA-ONANING HAQQI BOBI HADISLARI

1. Ibn Abbos.
“Qaysi bir mo‘minning ota-onasi bo‘lsa-yu...” Zaif*. Buxoriyning “Al-adabul mufrad” (4) va Bayhaqiyning “Ash-shu’ab” (7916-7915) va “Zaiful-jome’” (5427) ga qarang.
2. Abdulloh ibn Amr.
“Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga bir kishi keldi...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3004/6) va Muslim (2549/4).
3. Buhz ibn Hakim.
“Aytdiki: “Yo Rasululloh! Kimga yaxshilik qilay...” Hasan*. Ahmad (315) va Abu Dovud (5139), Termiziy (1897) va Hakim (150/4).
4. Zayd ibn Ali otasidan-bobosidan.
“Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar Allohning ilmida ota-onaga uf deyishdan...” Mavzu’*. Daylamiy, “Al-firdavs” (5101) va “Tanzihush-shariy’a” (233/2).
5. Hadis.
“Albatta, ota-onaning la’nati...” Sahih*. “As-sahihat” (516-515).
6. Hadis.
“Qaysi amallar yaxshiroqdir...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5970/10) va Muslim (85) Ibn Mas’uddan.
7. Hadis.
«Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kelib...» Sahih*. Buxoriy «Al-adabul mufrad» (11).
8. Hishom ibn Urva.
«Kim ota-onasini la’natlasa...» Sahih*. «Sahihul-jome’» (5112).
9. Hadis.
«Albatta kishi ota-onasini so‘kishi katta gunohlardandir...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5972/10) va Muslim (90).
10. Anas ibn Molik.
«Rasululloh (s.a.v.) davrlarida Alqama ismli yigit bor edi...» Zaif*. Munziriyning «At-targ‘ib» (222/3) va «Al kaboir» (116) kitobida keltirilgan.
11. Abu Hurayra.
 â€œAgar odam farzandi vafot etsa...” Sahih*. Muslim (1631) va boshqalar.
12. Hadis.
“Otangiz kim bilan bog‘langan bo‘lsa...” Hasan*. Buxoriy, “Al-adabul-mufrad” (9-bet) va Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (7898).
13. Hadis.
“Salama qabilasidan bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kelib...” Zaif*. Ahmad (498/3), Abu Dovud (5142) va Ibn Moja (4664), “Al-mishkot” (4936)ga qarang.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #154 : 02 Iyul 2006, 07:27:31 »
XII BOB. FARZANDNING OTA USTIDAGI HAQLARI

152. Abu Lays Samarqandiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qildi: “Otaning o‘g‘liga qiladigan haqqi uchtadir. Tug‘ilsa, yaxshi ism qo‘yish; aqli kirsa Qur’oni Karimni o‘rgatish; balog‘atga yetsa, uylantirish”.

Bir kishi Umarning huzurlariga kelib: “Bu o‘g‘lim menga oq bo‘ldi”, dedi. Hazrati Umar o‘g‘liga: “Otangga oq bo‘lishlikdan Allohdan qo‘rqmaysanmi?” Bu-bu ishlar ota haqqi-ku” deb gapirdi. O‘g‘li aytdiki: “Ey mo‘minlarning amiri! O‘g‘ilning otada haqqi yo‘qmi?” Aytdi-ki: “Ha bor! O‘g‘ilning otadagi haqqi – ota yomon xotinga uylanmasligi, shu bilan farzand ayblanmasligi uchun, ismini yaxshi qo‘ymoqligi va Qur’onni o‘rgatmoqligidir”. O‘g‘il: “Allohga qasamki, otam onamni tanlab olmagan, u majusiy edi, uni to‘rt yuz dirhamga sotib olgan. Ismimni chiroyli qo‘ymadi. Meni Jual deb nomladi (ko‘rshapalak erkagining ismi). Allohning oyatlaridan birontasini ham o‘rgatmadi”.

Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, uning otasiga qarab: “O‘g‘limni oq qildim, deysan, u seni oq qilibdi, yo‘qolgin mening oldimdan!” dedi.

Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Otamning Hifs Iskandaroniydan hikoya qilganlarini eshitdim. U kishi, Alloh rahmat qilsin, Samarqand ulamolaridan edi. U kishining oldiga bir kishi kelib: «O‘g‘lim meni urib qiynaydi”, dedi. “Subhonalloh, o‘g‘il ham otani uradimi?” “Ha, meni urib og‘ritdi”. “Sen unga ta’lim-tarbiya, odob-axloq berdingmi?” “Yo‘q”. “Sen unga Qur’onni o‘rgatdingmi?” “Yo‘q”. “O‘g‘ling nima ish qiladi?” “Dehqonchilik”. “Seni urishiga sabab bo‘ladigan biron narsa o‘rgatganmiding?” “Yo‘q”. Olim aytdiki: “Balki o‘g‘ling tongda eshakka minib, ho‘kizlari oldida, itini ergashtirib dalasiga ketayotib, Qur’on o‘qishni bilmagani uchun qo‘shiq aytib ketayotgan bo‘lsa, shu payt sen o‘g‘lingga ro‘baro‘ kelib qolgan bo‘lsang, seni ham bir mol deb o‘ylagandir. Boshingni yormagani uchun Xudoga hamd aytgin!”

Sobit Banoniy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Bir joyda bir kishi otasini urayotgan ekan. Aytishdiki: “Bu nima qiliq?” Otasi aytdi: “Unga indamanglar, men ham otamni mana shu joyda urgan edim, men ham bu yerda o‘g‘limdan kaltak yeyish bilan o‘shani boshimdan kechiryapman! Bu o‘shaning uchun uryapti, unga hech bir ta’na yo‘q!”

Ba’zi hakimlar aytdilar: “Kim otasiga osiy bo‘lsa, o‘g‘lidan xursandchilik ko‘rmaydi. Kim o‘z ishlarida maslahat qilmasa, maqsadiga yetmaydi, kim ahli bilan muomala qilmasa, hayot lazzatini totmaydi”.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #155 : 02 Iyul 2006, 07:27:46 »
153. Sha’biy Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Aytganlarki: “Yaxshilik qilishda o‘g‘liga yordam bergan otani Alloh rahmat qildi”.

Solihlardan biridan rivoyat qilindi. U kishi o‘z o‘g‘lini biror ishga buyurmas ekan, agar biron narsaga muhtojbo‘lib qolsa, boshqaga buyurarkan. Bu sirni so‘rashibdi. “Agar men o‘g‘limga ish buyursam, o‘g‘lim bunga bo‘ysunmasdan, do‘zaxga tushishidan qo‘rqaman, men o‘g‘limning do‘zaxda kuyishiga rozi bo‘lmayman”, debdi.

Xalaf ibn Ayyubdan ham shu tarzda rivoyat qilindi. Fuzayl ibn Iyoz, Alloh rahmat qilsin, aytdi: “Erkaklarning kamoloti shuki, kim ota-onaga yaxshilik qilsa, silai rahmni bog‘lasa, birodarlarini hurmatlasa, ahli bilan, farzandlari bilan ham xulqini yaxshi qilsa, dinini saqlasa, molini haromdan isloh qilsa, uning ortig‘idan infoq (sadaqa) bersa, tilini saqlasa, o‘z uyini lozim tutsa (ya’ni o‘z ishidan o‘z vaqtida kelib, ko‘p gapiradiganlar bilan o‘tirmasa), o‘shalar erkaklarning kamolidir”.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #156 : 02 Iyul 2006, 07:27:54 »
154. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: Aytdilar: “To‘rt narsa kishining baxtidir: soliha, yaxshi xotin; yaxshilik qiluvchi ajoyib farzandlar; solih do‘stlar va rizqining o‘z shahrida bo‘lishligi”
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #157 : 02 Iyul 2006, 07:28:01 »
155. Yazid Raqqoshiy Anas ibn Molikdan rivoyat qiladi: “Vafot etgandan so‘ng yetti narsa bandaga ajr berib turadi. Masjid qurdirgan bo‘lsa, uning ajri shu masjidda bir kishi namoz o‘qisa ham, borib turadi; ariq qazib suv oqizib qo‘ygan bo‘lsa, modomiki, u oqib odamlar undan ichib turgan bo‘lsa ham, ajri borib turadi; kimiki Qur’on yozib, odamlar undan foydalansa, savob borib turadi; kimiki bir ko‘chat ekib ko‘kartirsa, uning ajri odamlar va qushlar yeb turishi bilan boraveradi. Kim ilm o‘rgatgan bo‘lsa va farzand qoldirgan bo‘lsa, gunohlarini kechishini so‘rab, o‘tganidan keyin duo qilib tursa, u farzand solih bo‘lsa, ota farzandiga Qur’on, odob va ilmni o‘rgatgan bo‘lsa, uning ajr-savobi farzandning savobidan kamay-masdan boradi. Agar ota farzandiga Qur’on o‘rgatmasa, yomon yo‘llarni o‘rgatgan bo‘lsa, uning gunohi o‘z gunohidan kamaymasdan otasiga borib turadi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #158 : 02 Iyul 2006, 07:28:24 »
156. Abu Hurayradan rivoyat qilindi: Alloh undan rozi bo‘lsin: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar odam farzandi vafot qilsa, undan amallari uziladi: Magar uchtasi uzilmaydi: sadaqai joriya yoki ilm o‘qitib, undan foydalanib turilgan bo‘lsa yoki solih farzand uni mag‘firat so‘rab duo qilsa!”

___________
XII BOB. FARZANDNING OTA USTIDAGI HAQLARI BOBI HADISLARI

1. Abu Hurayra.
“Otaning o‘g‘ilga qiladigan haqqi uchtadir...” Zaif*. “Zaiful jome’” (2734)ga qarang.
2. Sha’biy.
“Alloh yaxshilik qilishda o‘g‘liga yordam bergan otani...” Mursal (zaiflardan)*. “Tahrijul ihyo”ga va “Zaiflar” (1946)ga qarang.
3. Hadis.
“To‘rt narsa kishining baxtidir...” Zaif*. Ibn Abu Dunyo, “Kitobul ixvan” (54,53) va “Az-zaifatu” (759)ga qarang.
4. Yazid Raqqoshiy.
“Yetti narsa bandaga ajr berib turadi...” Zaif*. Abu Na’im, “Al-xulya” (433/2).
5. Abu Hurayra.
“Agar odam farzandi vafot etsa...” Sahih*. (149 raqam bilan chiqdi).
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #159 : 02 Iyul 2006, 07:28:38 »
XIII BOB. SILAI RAHM

157. Abu Ayyub, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Bir a’robiy Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga borib, tuyalarining yuganidan ushlab: “Ey Rasululloh, menga jannatga yaqin-lashishimga sabab bo‘ladigan va do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amaldan xabar bering!” dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Allohga ibodat qilishga, Unga shirk keltirmaslikka va namoz o‘qishga, zakot berishga va silai rahm qilishga buyurdilar.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #160 : 02 Iyul 2006, 07:28:46 »
158. Abdulloh ibn Abu Avfo, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Arofat kechasida Payg‘ambar (s.a.v.) bilan o‘tirgan edik. Aytib qoldilar: “Bugun kechasi silai rahmni uzgan kishi men bilan o‘tirmasin, bizdan ketsin”. Majlisning chetida o‘tirgan kishidan boshqa hech kim turmadi. Hech vaqt o‘tmasdan u kishi qaytib keldi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Nima uchun sendan boshqa hech kim davramizdan turmadi?” dedilar. U aytdi: “Ey Rasululloh, sizdan boyagi gapni eshitib, xolamnikiga bordim. U kishi bilan janjallashib, oramiz buzilgan edi. Borganimdan keyin xolam menga: “Nimaga kelding, bu sening odating emas edi-ku?” dedi. Men siz aytgan hadisning xabarini berdim. Mendan kechirim so‘radi, men ham undan kechirim so‘radim”. Payg‘ambar (s.a.v.): “Yaxshi qilibsan, o‘tir!” dedilar. So‘ng: “Ogoh bo‘linglar, Allohning rahmati silai rahmni uzgan qavmga tushmaydi!” dedilar”.

Bu xabarda qarindoshlikni uzishlik katta gunoh ekanligiga dalil bor. Chunki qarindoshlikni uzish mo‘minni rahmatdan qaytaradi. Musulmon kishiga silai rahmni uzgandan keyin tavba qilmog‘i, istig‘for so‘ramog‘i va silai rahmni boshqatdan bog‘lamog‘i vojib bo‘ladi. Chunki payg‘ambarimiz (s.a.v.) birinchi xabarda silai rahm bandani Allohning rahmatiga yaqinlashtirib, do‘zaxdan uzoqlashtirishini ravshan qilib aytdilar.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #161 : 02 Iyul 2006, 07:28:54 »
159. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: “Silai rahm savobidek tez keladigan yaxshilik yo‘q, dunyoda tezgina azob berib, oxiratda ham azob bo‘ladigan gunoh silai rahmni uzishlikdir”.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #162 : 02 Iyul 2006, 07:29:10 »
160. Faqih Amr ibn Shuaybdan, u esa, otasidan, bobosidan rivoyat qiladi: “Bir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kelib: “Men qarindoshlar bilan silai rahm qildim, ular mendan uzildilar, ularni afv etdim, menga zulm qildilar, ularga yaxshilik qildim, menga yomonlik qildilar. Ularga o‘zlaridek muomala qilayinmi?” dedi. Aytdilar: “Yo‘q. Unda gunohga sherik bo‘lib qolasan. Lekin ularga yaxshilik va silai rahm qil. Hamisha Allohdan quvvat senga davomli bo‘ladi, modomiki sen shu ishingda davom etsang”.

Aytildi: “Uchta ish jannat ahlining axloqlaridan. Ular faqat yaxshi kishilardagina topiladi. Yomonlik qiluvchiga yaxshilik qilish; zulm qilgan kishini avf etish; biron narsadan mahrum qilgan kishiga yaxshilik qilish”.

Zahhok ibn Mazohim: “Alloh o‘zi xohlagan narsani (ya’ni hukmni) o‘chirur va (o‘zi xohlagan hukmni) ustivor qilur” (Ra’d, 39) oyatining tafsirida aytadi.

“Shubhasiz, bir kishi silai rahm qilsa umridan uch kun qolgan bo‘lsa, Alloh taolo uning umrini o‘ttiz yil ziyoda qiladi, agar silai rahmni uzgan bo‘lsa va umridan o‘ttiz yil qolgan bo‘lsa, Alloh taolo uch kunga tushirib qo‘yadi”.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #163 : 02 Iyul 2006, 07:29:28 »
161. Savbon rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Qadar duo bilangina o‘zgaradi. Umrni yaxshilik ziyoda qiladi. Shubhasiz, mo‘min gunoh qilish bilan rizqidan mahrum bo‘ladi”.

Ibn Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Kim Allohdan qo‘rqsa, silai rahm qilsa, umri ziyoda bo‘ladi, moli ko‘payadi, ahlini yaxshi ko‘radi”.

Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Umrning ziyoda bo‘lishida ulamolar ixtilof qildilar. Ba’zilar aytdilar: “Kim silai rahm qilsa, umri ziyoda bo‘ladi, degan xabar zohiriydir”. Ba’zilar aytdilar: “Taqdir o‘zgarmaydi, chunki Alloh taolo:
“Bas, qachon ularga ajallari yetsa, uni biron soatga ketga ham, ilgariga ham sura olmaydilar” (A’rof, 34), degan. Lekin umrni ziyoda qilishning ma’nosi o‘limdan keyin uning savobini yozmoqlikdir. O‘limidan keyin unga savob yozsa, go‘yoki umrini ziyoda qilgandekdir”.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #164 : 02 Iyul 2006, 07:29:36 »
162. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Allohdan qo‘rqinglar va silai rahm qilinglar. Chunki u sizlar uchun dunyoda hamma narsadan yaxshiroqdir, mustahkamroqdir. Oxiratda sizlar uchun yanada yaxshiroqdir”, dedilar.

Aytilgan edi: “Agar sizda biron qarindosh bo‘lib, oyog‘ingiz bilan yurib bormasangiz (ya’ni ziyoratga), molingizdan biron narsa bermasangiz, albatta undan uzilibsiz. Alloh taolo tushirgan ba’zi sahifalarda: “Ey odam farzandi, moling bilan silai rahm qilgin, agar o‘zingda bir narsaga baxillik qilsang yoki moling kam bo‘lsa, oyog‘ing bilan borgin (ya’ni ziyorat qilgin)”, deyilgan”.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

 

Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 378
Ko'rilgan: 167005
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 10:01:08
muallifi AbdulAziz
Muslim as-Samarqandiy. Ustoz va shogird

Muallif mutaallimahBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 47
Ko'rilgan: 21224
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:38:32
muallifi AbdulAziz
Dukchi Eshon. Ibratul g'ofiliyn

Muallif AbdulAzizBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 17692
So'nggi javob 20 Avgust 2010, 14:37:23
muallifi Ansora
Vasliy Samarqandiy. Imomi A'zam tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2859
So'nggi javob 29 Avgust 2012, 12:18:48
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi a'zam hayoti haqida qimmatli so'zlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2816
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:25:08
muallifi AbdulAziz