202. Sumra ibn Jundub (Alloh undan rozi bo‘lsin) rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozini o‘qib bo‘lib, bizga yuzlanib: "œBu kecha kim tush ko‘rdi?" deb so‘rar edilar. Odamlar nima tush ko‘rsalar, aytib berishardi. Bir kuni bizdan: "œBirortangiz tush ko‘rdingizmi?" deb so‘radilar. Biz: "œYo‘q", dedik. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.): "œAmmo men bu kecha bir tush ko‘rdim. Tushimda ikki kishi qo‘limdan yetaklab, menga, yur, deyishdi. Men ular bilan yurdim, meni bir tekis yerga olib chiqishdi, bir kishi chalqancha yotibdi, yana biri boshida tik turibdi. Uning qo‘lida mushtdek tosh bo‘lib, chalqancha yotgan kishining boshiga urmoqda edi. Men: "œBu kimdir?" deb so‘radim. Ular: "œYurgin, ketdik", deyishdi. Yana bir joyga bordik, u yerda bir kishi o‘tiribdi va bir kishi tikka turibdi. Tik turgan kishi qo‘lidagi temir chingakni o‘tirgan kishining bu lunjiga tiqib, u lunjidan chiqarardi. "œChangakni sug‘urib olganda, lunji tuzalib qolardi. Tik turgan kishi o‘tirgan kishining lunjiga temir changakni shu qadar to‘xtovsiz tiqib, sug‘urar ediki, buni ko‘rib: "œBu nima?", deb so‘radim. Ular: "œQani, yurgin, ketdik", deyishdi. Bir joyga borsak, tandirga o‘xshash og‘zi tor, tubi keng chuqurlik bor ekan. Uning ichidagi alanga kuchayganda odamlar alanga bilan chuqurdan uchib chiqib ketay deyishar, alanga pasaygan vaqtda alanga bilan yana chuqur tubiga tushib ketardi. O‘tda kuyayotganlar orasida yalang‘och erkaklar ham, ayollar ham bor edi. "œBular kimlar?" deb so‘radim. Ular: "œYurgil, ketdik", deyishdi. Yura-yura qonga o‘xshash qizil daryo bo‘yiga yetib keldik. Daryoning qirg‘og‘ida bir odam, o‘rtasida esa boshqa bir odam turibdi. Daryodagi odam qirg‘oqqa chiqaman desa, qirg‘oqdagisi uning lunjiga tosh bilan urib, daryoga qaytarib tushirib yuborardi. U yana chiqaman desa, tag‘in urib tushirib yuborar edi. "œBu nima?", desam, ular: "œYurgil, ketdik", deyishdi. Keyin ko‘rinishi xunuk bir odamning oldiga keldik, uning atrofida katta alanga bor, unga o‘t tashlar-di va atrofida sai’ harakat qilardi. "œSubhonalloh, bu nimadir?" dedim. Ular: "œYurgil, ketdik", deyishdi. Biz bu gal yam-yashil bog‘ oldidan chiqib qoldik. Bog‘da bir azim daraxt bor edi, uning tagida bir chol bir to‘da bolalar bilan o‘tirardi. Men shu choqqacha bunday muhtasham uyni ko‘rmagan edim. Uning ichida chollar, yigitlar, bolalar va ayollar bor ekan. Keyin meni daraxtning yuqorisidagi boshqa bir uyga olib chiqdilar, bunisi avvalgisidan ham muhtashamroq va fayzliroq edi. Unda chollar va yigitlar o‘tirishgan ekan. Men sheriklarimga qarab: "œBu kecha meni rosa sayr qildirdingizlar, endi ko‘rganlarimni aytib tushuntirib beringlar", dedim. Ular: "œBo‘pti", deb menga tushuntira ketdilar. Boshi majaqlanayotgan odam, Qur’ondan bexabar bo‘lib, u kechalar g‘aflat uyqusida yotgan, kunduzi ham tilovat qilmagan. Unga qiyomatgacha boshini majaqlab azob berilgaydir. Va lunjiga temir changak tiqilayotgan odam kazzob, yolg‘onchi bo‘lib, uning gaplari ufqqa qadar yetib borgandir. Unga o‘zing ko‘rganingdek azob berilgaydir. Chuqurda ko‘rganlaring zino qilgan odamlardir. Daryoda ko‘rganlaring sudxo‘rlardir. Daraxt tagida o‘tirgan chol esa, Ibrohim alayhissalom, atrofidagi bolalar odamlarning norasida yoshda vafot etgan bolalaridir. O‘t yondirayotgan kishi — o‘t yoquvchilar boshlig‘i. Sen kirgan birinchi uy umum mo‘minlar uyidir. Ammo keyingi uy esa shahidlarniki, men bo‘lsam Jabroildirman, bu esa Mikoildir".
"œBir kishi so‘radi: "œMushriklarning farzandlari-chi?" deb. Aytdilar: "œMushriklarning ham bolalari Ibrohim alayhissalomning oldilarida bo‘ladi".
Mushriklarning bolalari to‘g‘risida har xil xabarlar kelgan. Ba’zilar jannat ahli uchun xizmatchi bo‘ladi, deyishadi. Ba’zilar, ular do‘zax ahlidandir, deyishadi. Alloh bilguvchiroqdir.
Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu) aytadi: "œSo‘zlarning to‘g‘risi — Alloh kalomi; gapning ulug‘rog‘i — Allohni zikr qilish; ko‘rlikning eng yomoni qalb ko‘rligidir. Ko‘p bo‘lib, naf bermaganidan, oz bo‘lib, naf bergani yaxshi. Pushaymonning yomoni qiyomat kunidagi pushmaymondir. Boylikning yaxshisi nafs va qalb boyligidir. Ozuqaning yaxshisi taqvodir. Aroq gunohlarning jam qiluvchisidir. Xotinlar shaytonlarning iplaridir. Yoshlik jinnilikdan bir bo‘lakdir. Kasblarning yomoni ribo (sudxo‘rlik) kasbidir. Xatolarning ulug‘rog‘i tilning yolg‘onchiligidir".