211. Anas ibn Molikdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œTo‘rt narsa ro‘zani ochadi, tahoratni ketkazadi va amalni buzadi. Birinchi, g‘iybat, ikkinchi, chaqimchilik, uchinchi, yolg‘onchilik, to‘rtinchi, halol bo‘lmagan xotinga qarashlik. Bular xuddi daraxt ildizini suv bilan sug‘organdek, yomonlik ildizlarini sug‘oradi va aroq ichishlik xatolarni ko‘paytiradi".
Ka’b-ul Ahbor aytadi: "œPayg‘ambarlarning kitoblarida o‘qidim. Kim g‘iybatdan tavba qilib o‘lsa, u jannatga kiruvchilarning oxiri bo‘ladi. Kim u g‘iybatni davom ettirib o‘lsa, u do‘zaxga kiruvchilarning birinchisi bo‘ladi".
Iso ibn Maryam alayhissalomdan zikr qilindi: U kishi do‘stlariga dedilarki: "œAgar uxlab yotgan kishining ustiga kelib qolsangizlar, shamol uning biror avratini ochsa, sizlar uning ustini yopib qo‘yasizlarmi?" Ular: "œHa" deyishdi. Iso alayhissalom: "œBalki sizlar qolganini ham ocharsizlar", dedilar. Do‘stlari: "œSubhonalloh, qolganini ochgani qanday qo‘l boradi?" deb javob berishdi. Iso alayhissalom aytdilar: "œSizlarning oldilaringizda bir kishi bir odamni yomonlasa, sizlar esa undan qattiqroq yomonlaysizlar. Bu bilan uning qolgan avratini ochib tashlaysizlar".
Homid Rabi’y rivoyat qildi: "œMen masjidda o‘tirgan edim, u yerdagilar bir kishi haqida har xil gaplarni gapira boshladilar. Ularni bundan qaytardim. Undan jim bo‘lib, boshqasiga o‘tdilar. Ular boshqa kishidan to‘xtab, yana oldingi kishiga o‘tdilar. Men ham ularning ba’zi ishlariga aralashdim, o‘sha kechasi tush ko‘rdim. Tushimda bo‘ylari uzun, qora kishi mening uyimga kelganini ko‘rdim. Uning qo‘lida bir tovoq bo‘lib, tovoqda bir bo‘lak cho‘chqa go‘shti bor edi. U menga: "œShu go‘shtdan yegin", dedi. Men "œCho‘chqa go‘shtidan yemayman, Allohga qasamki, yemayman", dedim. U esa qattiq so‘kib: "œSen bundan ham yomonrog‘ini yeding-ku!" dedi va og‘zimga tiqa boshladi, shu payt uyqudan uyg‘onib ketdim. Shundan so‘ng o‘ttiz-qirq kun o‘tirib qoldim, qaysi ovqatni yesam, o‘sha go‘shtning ta’mi kelib, og‘zimda sasir edi".
Sufyon ibn Husayn aytdi:
"œMen Ilyos ibn Muoviyaning oldida o‘tirgan edim. Bir kishi o‘tib qoldi. U kishi haqida u-bu deb gapirdim. Ilyos "œJim bo‘lgin!" deb aytdi va so‘radi:
 Yo Sufyon, sen Rumga yurish qilganmisan?
 Yo‘q! — deb javob qildim.
 Turkka qarshi yurish qilganmisan?
 Yo‘q!
U:
 Sendan Rum va Turk salomat qolibdi, lekin musulmon birodaring salomat qolmadi, dedi"
Sufyon: "œShundan so‘ng, bu ishga qaytmadim", deydi.
Hotam Zohid, Alloh rahmat qilsin, aytdiki: "œUch narsa majlisda bo‘lsa, rahmat ketadi".
Birinchisi, dunyoni zikr qilish. Ikkinchisi, kulgu. Uchinchisi, odamlarni g‘iybat qilish".
Roziy aytadi: "œMo‘min sendan uch xislat bilan nasiba olsa, yaxshilardan bo‘lasan. Birinchisi, agar sening unga foydang tegmasa, sen unga zarar qilma. Ikkinchisi, agar sen uni xursand qila olmasang, unga g‘am keltirma. Uchinchisi, agar sen uni maqtay olmasang, uni yomonlay ko‘rma".
Mujohiddan zikr qilindi: "œOdam farzandlari bilan bir farishta ham o‘tirgan edi. Shu vaqtda ulardan biri birodarlaridan birini maqtab gapirib qoldi. Maloika aytdiki: "œSenga ham unga o‘xshashi bo‘lsin". Yana birlari birodarlarining yomon tomonlarini zikr qildi. Maloika aytdi: "œEy odam bolasi, uning avratiga qo‘yilgan satrni (pardani) ochding, o‘zingning nafsingga qaytgin va Allohga hamdki, U zot sening avratingni berkitdi".
Zikr qilinishicha, kunlarning birida Ibrohim Adhamni bir noma’lum kishi mehmonga aytdi. Ibrohim Adham kelib o‘tirgach, ulardan biri, falonchi kelmadi, dedi, ikkinchisi esa falonchi semiz, og‘ir, dedi. Ibrohim aytdiki: "œMusulmonni g‘iybat qilgan paytda qornim to‘ydi", deb chiqib ketdi va uch kungacha ovqat yemadi.
Hakimlarning ba’zilari aytdilarki: "œUch narsaga kuching yetmasa, uch narsani mahkam ushla. Birovga yaxshilik qilishga kuching yetmasa, yomonlik qilishdan saqlangin. Agar odamlarga foydang tegishiga qodir bo‘lmasang, zarar keltirishdan o‘zingni saqlagin. Agar ro‘za tutishga qodir bo‘lmasang, odamlarning go‘shtini yemagin".
Vahb Makkiydan zikr qilindi: "œG‘iybatni tashlashim menga dunyo va u yaralgandan yo‘q bo‘lgunicha bo‘ladigan narsalar meniki bo‘lishidan yaxshiroqdir. Alloh menga harom qilgan narsalardan ko‘zimni berkitmoqligim dunyo va undagi narsalar meniki bo‘lib, uni Alloh yo‘lida sarf qilishimdan yaxshiroq", dedi va ushbu oyatni o‘qidi: "œVa ayrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmangiz", keyin bu oyatni tilovat qildi: "œ(Ey Muhammad), mo‘minlarga ay-ting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan) saqlasinlar" (Nur, 30).
Faqih aytadi: Odamlar g‘iybat qiluvchining tavbasidan so‘zlashdilarki, g‘iybat qilgan kishi (g‘iybat qilingan) birodaridan ruxsat olmasdan, tavba qilsa, joiz bo‘ladimi?" deb. Ba’zilar: "œJoiz bo‘ladi", deyishdi, ba’zilar: "œBirodaridan ruxsat olmasa, joiz bo‘lmaydi", dedilar. Bu bizning nazdimizda ikki xildir:
Birinchi, agar gap g‘iybat qilingan kishiga yetgan bo‘lsa undan ruxsat olib tavba qilmog‘i, keyin Allohdan kechirim so‘rashi lozimdir. Agar gap yetmagan bo‘lsa, Alloh taolodan mag‘firat so‘ramog‘i va ichida saqlamog‘i, ikkinchi marta g‘iybat qilmaslikka qasd qilmog‘i lozim.
Rivoyat qilinishicha, bir kishi ibn Sirin oldiga kelib: "œMen sizni g‘iybat qildim, mening masalamni hal qilib bering", dedi. Ibn Sirin: "œQanday qilib, Alloh taolo harom qilgan narsani halol qilaman", dedi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir banda Allohdan mag‘firat so‘rashi va tavba qilmog‘i, g‘iybat qilingandan ruxsat so‘rashiga ishorat qilinyapti. Ammo bu g‘iybat egasiga yetmagan bo‘lsa, u Alloh taolodan mag‘firat so‘ramog‘i va tavba qilmog‘i lozimdir. Uning qalbi bu bilan shug‘ullanib qolmasligi uchun g‘iybat qilingan kishiga xabar bermaydi. Agar g‘iybat qilingan odamda bu xislat bo‘lmasa, bo‘hton bo‘ladi, keyin u uch joyga borib tavba qilishligi lozim.
1. G‘iybat qilgan kishi g‘iybat qilgandagi jamoa o‘rtasiga borib, o‘zining nohaq ekanligini va bo‘hton qilganligini tan olib, jamoadan uzr so‘rashi lozim.
2. Bo‘hton qilgan kishi, bo‘hton qilingan kishi oldiga borib, o‘z xatolarini tan olib, gunohidan o‘tishini so‘rashi lozim.
3. Alloh taolodan mag‘firat so‘rab, tavba qilmoqligi lozim.
Gunohlarning ichida bo‘htondan kattarog‘i yo‘qdir. Chunki boshqa gunohlar birgina tavbaga muhtoj bo‘lsa, bo‘hton uch joyda tavbaga muhtoj bo‘ladi. Alloh taolo bo‘htonni kufrga yaqin qildi. Aytdiki:
"œButlardan iborat najosatdan yiroq bo‘lingiz va yolg‘onchilikdan yiroq bo‘lingiz" (Haj, 30).
Va aytildiki: "œG‘iybat ma’lum kimsalarga qaratilgandagina g‘iybat bo‘ladi. Agar bir shahar xalqi yomon deb zikr qilinsa ham, bu g‘iybat bo‘lmaydi. Chunki ularda yaxshilari ham, yomonlari ham bor. Bundan u odam hammani xohlamagani bilinadi. Ammo bu ishni ham qilmaslik afzaldir.
Zohidlarning biridan zikr qilinishicha, bir odam xotini uchun paxta sotib oldi. Xotini esa eriga: "œPaxta sotuvchilar yomon odamlar, ular sizga xiyonat qilibdilar", dedi. Bu gapi uchun zohid xotiniga taloq aytdi. U zohiddan buning sababini so‘rashishdi. U: "œMen rashkchi kishiman qiyomat kunida barcha paxta sotuvchi kishilar dushman bo‘lib qolishidan qo‘rqaman. Falonchining xotiniga paxta sotuvchilar osilib olishdi, deyilishidan qo‘rqaman. Shuning uchun men xotinimni taloq qildim", dedi.
Aytildiki, uch kishini gapirsa, g‘iybat bo‘lmaydi:
1. Zolim podshohni gapirsa, g‘iybat bo‘lmaydi.
2. Ochiq gunoh qiluvchini gapirsa, g‘iybat bo‘lmaydi.
3. Bid’at sohibini gapirsa, g‘iybat bo‘lmaydi. Ya’ni ularning ishlari va yo‘llarini gapirsa bo‘ladi. Agar ularning badanidagi biror aybi aytilsa, g‘iybatdir. Lekin odamlar ularning fe’llarini va yo‘llarini insonlarni ogohlantirish uchun zikr qilsa, buning zarari yo‘q.