416. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi: "Misvok bilan og‘izlaringizni xushbo‘y qilinglar, chunki og‘izlaringiz Qur’on yo‘lidir".
Faqih aytadilar: Misvok tutish uch vajhga ko‘radir. U bilan Alloh taolo roziligini va sunnatni ado etishni iroda qilish yoki o‘zining foydasini iroda qilish yoki odamlarning roziligini iroda qilish. Agar Alloh taoloning roziligini va sunnatni qoim qilishni iroda etsa, savob topgandir va xabarda kelganidek, har bir namozi yetmish namozga tengdir. Agar u bilan manfaatini iroda qilgan bo‘lsa, unga ajr yo‘q va hisobini beradi. Agar odamlarning ko‘zi uchun qilgan bo‘lsa, u gunohkor hisob beruvchidir.
Ibn Abbos (r.a.) Alloh taoloning:
"Eslang: Ibrohimni Parvardigori bir necha so‘zlar bilan imtihon qilganida ularni benuqson holda ado etdi. Shunda (Alloh taolo): "Albatta, Men seni odamlarga imom qiluvchidirman", dedi" (Baqara, 124), degan so‘zi haqida aytadilar: "U zotni beshta boshdagi va beshta jasaddagi tahorat bilan imtihon qildi. Boshdagisi — mo‘ylovni qisqartirish, g‘arg‘ara qilish, burun chayish, misvok va boshning farqi. Jasaddagisi — tirnoqlarni olish, xatna qilish, qo‘ltiq tuklarini olish, avrat joylarning tukini olish va suv bilan istinjo qilish".
______________
Tahorat va poklik bobi hadislari
408-hadis. Juda zaif. Uchta illati bor: Ikkita roviysi matruk; muntqote’.
409-hadis. Zaif. Ibn Abu Shayba mursal holatda rivoyat qilgan.
410-hadis. Muttafaqun alayh.
411-hadis. "œJabroil menga qo‘shni haqida shunchalik ko‘p vasiyat qilar ediki, hatto unga yaqinda meros beriladi; deb o‘ylar edim", jumlasi muttafaqun alayh. "œQullar to‘g‘risida shunday ko‘p vasiyat qilardiki, hammalari ozod qilinadi, deb gumon qildim. Misvok ishlatishni shunday ko‘p vasiyat qilar ediki, milkim ketib qoladi, deb o‘ylardim" jumlasi" zaif. Bayhaqiy va Bazzor rivoyat qilgan. "œAyollar haqida shunday ko‘p vasiyat qilar ediki, taloq harom bo‘lib qoladi, deb o‘ylardim. Kechasi namoz o‘qishga shunday ko‘p vasiyat qilardiki, ummatimning eng yaxshilari kechasi uxlamasalar kerak, deb o‘ylardim" jumlasini Daylamiy "œFirdavsul axbor"da rivoyat qilgan.
412-hadis. Zaif. Isnodi mursal.
413-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
414-hadis. Mavzu’. Ibn Javziy "œMavzu’ot"da keltirgan.
415-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
416-hadis. Sahih. Bayhaqiy rivoyat qilgan.