O'zimiz tayyorlagan taomlar!  ( 900742 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 220 B


ikbaljohn  10 Iyun 2008, 16:25:11

Qoida: O'zimiz tayyorlagan taomlarni suratini joylashtiramiz.Rasm o'zingiz tayyorlagan taomning surati bo'lishi kerak,internettan olish bo'lmasin. :5


ESLATMA: Aziz forumdoshlar. Bu mavzuda asosan taomlarni rasmini joylaymiz, iltimos juda shaxsiy gaplar bo'lsa pmdan yozaylik. Ovqat tayyorlanishlari so'ralgandan keyin taomni turiga qarab mavzulariga joylashga harakat qilaylik. Shunda mavzudan tashqari gap-so'zlar ko'paymaydi!!!

Mavzu Moderatoridan...

Qayd etilgan


Robiya  08 Iyul 2008, 11:26:42

Assalomu alaykum! Buxorocha "Non kabob", yoqimli ishtaha!


Qayd etilgan


shoir  09 Iyul 2008, 11:50:26

Qanday tayyorlaydi buni?

Qayd etilgan


Robiya  09 Iyul 2008, 14:04:05

Odatdagidek piyoz yog'da qovuriladi, keyin unga po'sti olingan pomidorlar maydalab solinadi, tuz solinadi, to pomidorlar ezilib suvi chiqquncha dimlab qo'yiladi, iloji boricha suv solinmaydi. Pomidorlarning suvi chiqqach keragicha non to'g'ralib solinadi, uy noni(tandir noni) bo'lsa yana yaxshi. Keyin qozon tagi o'chirilib, qopqog'i qo'yiladi. 10-15 daqiqada suziladi. Mana shu.

Qayd etilgan


ikbaljohn  09 Iyul 2008, 16:53:24

Assalomu alaykum! Buxorocha "Non kabob", yoqimli ishtaha!



Vaalaykum assalom!
Qo'liz dard ko'rmasin,qizi :)
Anu tarelkada qorayib turgan narsa nima? Keyin ovqatni telefonni kamerasida olgansiz shekilli,sifati biroz xiraroq ekan.A tak looks tasty :D
Qolgan forumimiz oshpazlariyam Robiyaxonni safiga qo'shililar,ishtaxani ochishda davom etilar :D

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  10 Iyul 2008, 10:19:35

Anu tarelkada qorayib turgan narsa nima?

бир ок нарса корайииииб куринсптими , ёки кора нарса окариииб куринсптими :)

Аон булаги булса керак албатта, схши ковурилганда шунга корайиб турипти

Qayd etilgan


Robiya  18 Iyul 2008, 12:58:11

Anu tarelkada qorayib turgan narsa nima?

бир ок нарса корайииииб куринсптими , ёки кора нарса окариииб куринсптими :)

Аон булаги булса керак албатта, схши ковурилганда шунга корайиб турипти


 Rasm joylab ham baloga qolamiz shekilli. Qorayib turgan narsani bizda is, Toshkentda bog'irsoq deyishadi. Ulugbek-Uz to'g'ri topdilar, yaxshiroq qovurilgandan biroz qoraygan. Mazasi zo'r lekin :)

Qayd etilgan


Robiya  21 Iyul 2008, 12:03:09

Assalomu alaykum! "Manti", yoqimli ishtaha! PS.: bu taom o'zimni eng sevimli taomim.


Qayd etilgan


shoir  21 Iyul 2008, 12:53:30

va alaykum!
haqiqatdanam o'zingiz tayyorlagan bo'lsangiz, qo'lingiz juda gul ekan :)

Qayd etilgan


Robiya  21 Iyul 2008, 12:56:53

va alaykum!
haqiqatdanam o'zingiz tayyorlagan bo'lsangiz, qo'lingiz juda gul ekan :)

Oyijonimni yordamlari bilan albatta. :)

Qayd etilgan