O'zimiz tayyorlagan taomlar!  ( 1005309 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 220 B


mr Garib  17 Sentyabr 2008, 02:00:11

Samimiy guzal tilaklar uchun hammalaringa tashakkur,Allor rozi bo'lsin

Qoyil, to'grisini aytsam, ramazonda bu mavzu bir ozgina bo'lsa ham susaysa kerak degandim, qaytanga ishtirokchi va shinavandalari ko'payib boryaptiku, ko'z tegmasin. Qizlarimizgaku GAP YO'Q. mr Garib siz manga osh qilishni o'rgatmasangiz bo'lmaydi, rosti havasim ketti, Ulugbek_Uz har holda o'zimiz tomonlardanda manga o'xshab tezkor taomga o'chlar. :D
Nima bo'lganda ham hammalaringni qo'llaring dard ko'rmasin, bizlarga ham shunaqa taomlardan yeyish nasib etsin.
InshaALLOh birodar nasb qilsa bir utirib oshhurlik qilamiz


Qayd etilgan


Abu Bakr  17 Sentyabr 2008, 17:39:32

Узи аслида йигитлар йигилишиб биииииииииииир ош килмаймизми?!

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Sentyabr 2008, 01:16:21

Iftorlik uchun 40 kishilik MARG'ILONCHA OSH

Marg'ilonda Ramazonlar juda fayzli o'tadi. Ayniqsa iftor paytiga yaqin hammaning yugur-yugurga tushib qolganini ko'rasiz.
Kimdir uyiga, yana kimdir boshqa birodari taklif etgan iftorlik dasturxoniga shoshiladi. Ikki do'st ko'rishishi bilanoq, bir-birini iftorlikka taklif etadi.

Bugun esa bizning xonadonimizga iftorga kelaverasizlar. Bugungi oshxonamizda marg'iloncha palovxonto'ra.
Bosh oshpaz - mening dadam. Men esa ularga yordam berib turdim.

Ko'pchilikka osh qilinganidan keyin albatta katta o'choq va qozon kerak bo'ladi. Yog'och o'ti bilan ochoqda pishgan oshning mazasi ham, shukuhi ham o'zgacha bo'ladi.



Avvalo, masalliqlarni tayyorlab olamiz:



Bu yerda tuz, zira va ta'bga qarab boshqa ziravorlar qolib ketibdi. Albatta, bismillah aytilib, qozonga yog' quyiladi:



Odatda Marg'ilonda choyxona oshlari qo'y yog'i, qo'y go'shtidan, ommaviy oshlar esa paxta yog'idan qilinadi. Ko'pchilik shunga ko'nikib qolgan. Yog' qizib, tayyor bo'lganidan so'ng, unga avval piyoz, so'ng go'shtni solib qovuriladi:



So'ng kertilgan sabzini qozonga tashlanib, tuzini ham ko'rib, aralashtiriladi:



Mahalliy til bilan aytganda, sabzi "o'ldirilgandan" so'ng suv quyiladi va qaynatiladi. Deyarli oshimiz damlash jarayoniga yetib qoldi. Inshaalloh iftorga yaqin damlab qo'yaveramiz.


Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Sentyabr 2008, 01:17:43

Oshimiz pishguncha achchiqqina DO'LMALI MASTAVAdan ham tanovul qilib tursangiz bo'ladi. Judayam mazali bo'libdi-da (ayniqsa do'lmasidan ko'p tushsa):




Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Sentyabr 2008, 01:23:53

Iftorga ham yaqin qoldi. Endi oshni damlasak ham bo'ladi. O'choqdagi olovni biroz ko'tarib, endi yuvilgan guruchni sola boshlaymiz:



Agar suvi kam bo'lsa yana biroz qo'shib, guruchning suvni shimishini kutamiz:



Guruch suvni shimib bo'lgach, tekislab:



Biroz do'ngroq qilib, ustiga biron jom yoki tovoq yopish mumkin:



O'choqdagi ortiqcha olovni tushirib tashlaymiz:



Xudo xohlasa 20 minutlardan so'ng oshimiz ham pishib qoladi.
...Qani qaraylik-chi, ha tayyor bo'lib qolibdi, endi uni dasturxonga tortishga tayyorlasak ham bo'ladi. Avvalo jomni olib, oshni aralashtiramiz. Guruch, go'sht va abzilari aralashgandan so'ng, dasturxonga tortish mumkin.



- Qani, kelila bollar, tovoqlarni opkelila... Bollar, silar salatlarga qarelar. Choy-poylardiyam ko'rib qo'yilar...



Uzr, xizmatlar bilan bo'lib, bu oshimizning dasturxonga tortilishini suratga tushirishga ulgurmadim. Go'zal holatda tasavvur qilib qo'yaverasizlar.
Yoqimli ishtaha.

Qayd etilgan


mutaallimah  26 Sentyabr 2008, 02:37:58

Assalamu alaykum .

Negadir rasmlarni ba'zilari ko'rinmaypti nima qilish kerak?
Bilganlar aytvoringlar iltimos :)

Qayd etilgan


ZUBAIR  26 Sentyabr 2008, 04:04:11

Assalamu alaykum .

Negadir rasmlarni ba'zilari ko'rinmaypti nima qilish kerak?
Bilganlar aytvoringlar iltimos :)

Menda ham boshqa ba'zi rasmlar ochmayapti. Lekin AbdulAziz akani Marg'iloncha oshini ko'rdim. Juda chiroyli chiqibdi. Erinmasdan har 5 minutda rasmga olib turibdi o'ziyam.

Qayd etilgan


Robiya  26 Sentyabr 2008, 13:37:07

AbdulAziz aka, oshdan ozgina opqo'ysangiz, bugungi Laylatul-Qadr kechasida juda asqotadi. Ilohim, oshni pishirgan dadangizni qo'llari dard ko'rmasin, juda mazaliga o'xshab turibdi. Shunday bo'lganligi aniq.

Qayd etilgan


Rukhiya  27 Sentyabr 2008, 02:22:27

Assalom alaykum.
Osh zo'r chiqibdi, baraka topilar.
Qoil qoldim rasmlarni ko'rib. Hafsala bilan rasmga olibsiz o'ziyam, chiroyli chiqibdi.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Mars  27 Sentyabr 2008, 02:32:27

AbdulAzizaka oshga gap yo'q ofarin  :)

Qayd etilgan