Tuxumni pishirib solgansiz a? Hamirini tayyorlashni retseptini etvorin, bizada sal o'hshamiyro turibdide, ho'p?! Smiley
Yo'q tuhum qaynatilgan ham, qovurilgan ham emas.
Buning uchun yoyilgan hamrni bitta piyolaga qo'yasiz, piyolaga qo'yilgan hamirni o'rtasini chuqurroq qilasiz, tuhum oqib ketmasligi uchun. Ichiga tuhumni chaqib yuborasiz va yana topgan narsalarizdan oz ozdan qo'shib yuborasiz, ustiga yana bitta yoyilgan hamir bilan yopib chetlarini o'rab chiqasiz, yoki bitta hamir bilan qilasizda dumaloq shaklida qilib tugasiz.
Muhim eslatma, hamir chetiga bir tomchi tuhim tomsa hamir yopishmay qoladi ochilib ketadi, shundan ehtiyot bo'ling, agar shunday holat kuzatilsa o'sha tomchi bor joyni artib yuboring va ozgina un sepib yuboring.