O'zimiz tayyorlagan taomlar!  ( 1212214 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 ... 220 B


Vаrzikiy  13 Aprel 2009, 23:01:30

Tandir varaqi — somsa
 
Somsaning ushbu turi shahar aholisi o’rtasida ancha qadimdan kelib chiqqan bo’lishi kerak. Chunki hvsala bilan bemalolchilikda tayyorlashni taqozo qilishi va tuzilishi ham chiroyli — to’rt shaklda, xo’randaga este’tek zavq beradigan qilib yasalishi kabi omillar bunga ishora qiladi.Tandir varaqi to’y, bayram va katta mehmondorchilik izdahonlarida asosiy ma’zar hisoblanadi.
Oddiy xamir tayyorlaysiz, o’rab 10 — 12 minut tindirib olgach o’qlov yordamida (1 - 2 mm) qilib yoyasiz.yoymaning yuziga eritilgan mol yog’i surkasangiz, u darhol to’nglaydi.ana shunday yoymani ro’lon qilib o’raysiz, yog’ tomoni ichida qoladi.
Rulondan eni 5 sm keladigan to’garakchalar kesasiz. Har bir to’garakchani barmoq bilan tekislab, juva yordamida 2 — 3 mm keladigan qilib yoysangiz, qatlama jild hosil bo’ladi.Jildlar o’rtasiga 1 osh qoshig’ida qiyma solib xoh yumaloq, xoh uchburchak, xoh to’rtburchak, xoh kvadrat shaklida bo’lgan somsalar tugasiz. To’garak yoyma ana shu xil shaklida somsa tugish uchun eng qulay hisoblanadi. Somsalarni tandirga yopib yoki patnisi yog’langan duxovkaga qo’yib pishirasiz. Dasturxonga likopchalarda tortiladi. Ushbu somsani issig’ida ham, soviganda ham emas, ilig’ida iste’mol etish lazzatli bo’ladi.
Masalliq: xamiri uchun 500 gr oq un, 1 stakan suv, 1 choy qoshig’ida tuz, 50 gr mol yog’I (yoymaga surtish uchun); qiymasi uchun 400 gr go’sht, 50 gr dumba (charvi) yog’, 300 gr piyoz, 1 choy qoshig’ida tuz va murch kerak bo’ladi.


Qayd etilgan


Zamiraxon  14 Aprel 2009, 10:15:55

KUN VA TUN TORTI


Masalliq: 6 ta tuxum, 400 gr smetana 400 gr shakar, soda, uksus, kakao, 600 gr un.

Tayyorlash: masalliq 2 ga bo`linib,ikki xil xamir qoriladi:

1 qismiga kakao qo`shib xamir qoriladi.
2- qismi oddiy xamir qoriladi. Pishgandan so`ng ikkala qatlam xam o`rtasidan bo`linadi va orasiga krem surtiladi.

Krem: sgushennoy moloko yoki slivichnoy maslo kerak bo`ladi.

O'zingiz qildingizmi? Rasmini ko'raylik ;)

Qayd etilgan


Munavvara  17 Aprel 2009, 19:11:26

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
Forumdoshlar kelinglar dovcha xo'rlik qilamiz
  :D hozirgina tushirdim qaynoqqina desama   ;D qo'rqmela yuvilgan   ;)


Qayd etilgan


G_u_l_i  17 Aprel 2009, 19:26:12

Dovchani yeb bo`ldik, tarelkani bo`sh qaytarmaylik,


Funchoza o`zbekchasi Pentuza!

Qayd etilgan


mutaallimah  17 Aprel 2009, 19:37:13

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
Forumdoshlar kelinglar dovcha xo'rlik qilamiz
  :D hozirgina tushirdim qaynoqqina desama   ;D qo'rqmela yuvilgan   ;)



Munavvara odamgarchilikdan chiqibsiz  ;) Sizni bu "dushmanligizni" temir daftarga temir ruchka bilan yozib qo'ydik  :13

Qayd etilgan


G_u_l_i  18 Aprel 2009, 08:58:20



Honim!


Qayd etilgan


Chustiy  19 Aprel 2009, 03:22:29

Manga o'xshab, nonushtaga mannaya kashani yoqturguvchilar uchun. :D


Qayd etilgan


saltanat  19 Aprel 2009, 15:24:17

Fransuzcha salat. O'zim juda yoqtiraman.
shu salatni retsepini yozib qoldirsangiz,iltimos.

Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Aprel 2009, 16:40:45

Dimlama






Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Aprel 2009, 16:41:46

Kichiri (Buni faqat singlim tayyorlagan)


Qayd etilgan