O'zimiz tayyorlagan taomlar!  ( 1211319 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 ... 220 B


Ansora  16 Oktyabr 2009, 09:56:11

Tovuq. Tokli qozonda pishirilgan.







Qayd etilgan


registan  16 Oktyabr 2009, 20:55:58

Lahmajun bo'lsa lahmajun-da:) Vaqtim bo'lishi bilan tayyorlanishini yozaman insholloh. Registon hozir yashaydigan joyingizda Turk oshxonalari yo'q-mi?
Toshkentdagilarga Hadradagi "Bashkent" restoranida Avni Ustadan Lahmajun yeyishlarini taklif qilardim. Jo'r usta.





Lahmajun-Shanlı Urfa viloyatiga oid hamir taom. İbrohim Tatlises shu yerlik bo'lgani uchun juda usta Lahmajun, kabobga, hatto o'ziga oida lahmajun va Kabobxonlari juda ham mashhur:)

Sizga katta raxmat joylaganingiz uchun, ko'rijnishidan rosa mazali chiqqanga o'xshaydi. Ko'rib og'zimni suvi oqib ketishiga ozgina qoldi. :D Biz yashaydigan joyda "ŞIKIDIM" degan turk oshxonasi bor, lekin man u yerda ovqatlanmayman, chunki manimcha go'shlari halol emas.

P.S. Keyingi postingizdagi shirinlik "BAKLAVA"ga o'xshab ketarkan. O'zi rosa shirinu tez me'daga tegadi, shunisi bo'lmaydida. :)

Qayd etilgan


Chustiy  16 Oktyabr 2009, 21:50:11

20- kuni Toshmida qovoq sayli ekan, 7-8 kishi keldi, qovoq qilish kere dip, unisiyam birinchini olishimiz kere didi, bunisiyam birinchisini olish kere didi...
Hammasiga o'zim qiberadigan bo'sam, o'zim bilan o'zim musobaqalasharkanman :lol:
Qovoqda sira ishlamaganligim bois, bugun bir urinib ko'rdim, lekin tarvuzga nisbatan qiyinro ekan...





Qayd etilgan


Nоdirbek  16 Oktyabr 2009, 22:13:39

Juda ham chiroyli chiqipti, qo'llariz dard ko'rmasin!  : )

Qayd etilgan


Ansora  17 Oktyabr 2009, 10:07:37

Hamsi balig'i. Bu baliqning eng foydali tarafi, faqat dengizda yashashi, yani suniy shaklda ko'paytirish mumkin emas ekan.



Bu esa tozalangan holi. Bitta-bitta ichini chiqarishingiz kerakligi uchun 1 kg baliq 1 soatga yaqin vaqtingizni olishi mumkin.


Qayd etilgan


Ansora  17 Oktyabr 2009, 10:11:51

Tozalab bo'lgandan keyin tuzlab, suziladigan idishga solib qo'yasiz. Yarim soatlardan keyin baliqlarni ust-ust qilib salfetkani ustiga qo'yasiz. Suvini salfetka yaxshilab shimib olsin-ki yog'sachramasin. Ustma-ust qo'yishdan oldin unga botirib olasiz. Makkajo'hori uni bo'lsa baliq yana ham mazali bo'ladi. Ustma-ust qo'yilib qovurilishini sababi esa, baliqni kuymasligini oldini olish uchun.



Qayd etilgan


Ansora  17 Oktyabr 2009, 10:12:40

Balig'imiz nihoyat pishdi. Osh bo'lsin:)
Rabbim bergan ne'matlaringga shukrlar bo'lsin. Bo'lmaganlarga ham nasib et....




Qayd etilgan


Ansora  17 Oktyabr 2009, 10:16:40

Baliqni yonida "Cho'pon salati"


Qayd etilgan


Ansora  17 Oktyabr 2009, 10:24:39

Chustiy, qo'llaringiz dard ko'rmasin. Oshqovoq qattiq bo'lgani uchun rosa charchagandirsiz? Oddiygina po'stini tozalash uchun qancha charchaydi qo'limiz. Qaltis harakat qildingiz-mi Xudo saqlasin, barmoq kesilishi ham mumkin. Siz esa, rassomday shakl beribsiz qovoqvoyga ham:) bu oshqovoqni ishlatasizmi ishqilib:) garchi ko'rgazmaga ketadigan bo'lsa, yanayam "qotib qolsa kerak"

Bu oshqovoqlarni peshonasida ham ko'rgazmaga chiqish bor ekan:)

Qayd etilgan


registan  17 Oktyabr 2009, 10:26:17

Qo'llariz dard ko'rmasin. Bu deyman baliqni "Harikalar diyari"dan tutganmisiz deyman-a? :)

Qayd etilgan