O'zimiz tayyorlagan taomlar!  ( 1211505 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 ... 220 B

Mahdiyah  16 Noyabr 2009, 06:55:37

Shu yaqindagi ishga kirganimdan beri uyimda 1 chi marta shirinlik pishirishim  :D

(Shunchun yigitlarga, ayniqsa shirinlikxo'r yigitlarga maslahat: Ayolilani ishlatmela!!!  ;D )

Sgushyonkali yong'oqli rulet pechenye... (kaminani ixtirolari  :D )

Bunisi esa qolgan hamirdan qo'shimcha :)

Qayd etilgan

Ansora  16 Noyabr 2009, 15:40:44

Mahdiyah va boshqa qiziqqanlarni e'tiboriga:

"Sabzavotli va Qiymali bo'rekni " tayyorlanishini "Pazandalik sirlari" da yozdim  : )

Mahdiyah, juda "shirin" ko'rinyabdi shirinliklar. Siz ham vaqtingiz bo'lganida bizga tarifini yozsangiz xursand bo'lamiz..... : )

Qayd etilgan

Chustiy  16 Noyabr 2009, 18:55:46

Qayd etilgan

Ansora  17 Noyabr 2009, 21:19:34

Bizni Chustiyni "kashfiyotlari" to'ylarda ham to'rini egallar ekan-da : )
mashallohhh

Qayd etilgan

Ansora  17 Noyabr 2009, 21:21:06

Sabzili shirin to’pchalar yoki "œJezerye"

Masalliqlar:

1.   4 dona sabzi (500-600 gr)
2.   1 stakan (250 gr) shakar
3.   1 paket vanilin 8 gr
4.   1 paket sutli pechen’ye (175 gr)
5.   0.5 stakan maydalangan yong’oq yoki findiq
6.   Ustiga sepish uchun Hindiston yong’og’i

Tayyorlanishi:

Sabzilarni archib qirg’ichdan o’tkazing. Shakar bilan birga yumshab suvi tortguncha qovuring. Vanilin, maydalangan yong’oq va pechen’yelarni qo’shib yaxshilab qoring va dumaloq shakllar yasang. Ustiga Hindiston yong’og’i bo’laklarini seping. Osh bo’lsin.

Qayd etilgan

Ansora  17 Noyabr 2009, 21:22:47

Beshamel sousli tovuqli bo’rek

Masalliqlar:

1.   4 dona tayyor yufqa
2.   500 gr suyaksiz tovuq go’shti
3.   Tuz (0.5 qoshiq)
4.   Murch (1 choy qosh’ig’i)
5.   Suv (o.5 stakan)
6.   Salat yog’i (0.5 stakan)
7.   Qizartilib maydalangan non tolqoni

Beshamel sousi uchun:

1.   1.5 qoshiq saryog’
2.   3 qoshiq un
3.   1 stakan (250 gr) sut

Tayyorlanishi:

1.   Tovuq go’shtini qaynatib, yaxshilab pishiring. Tayyor bo’lgandan keyin maydalab titib tuz, murch bilan aralashtiring.
2.   Beshamel sousini tayyorlash uchun saryog’ni eriting, unni solib bir necha daqiqa qovuring. Sutni oz-ozdan to’king va vzbivalka (tuxum ko’pirtirgich) bilan aralashtirib qorishma tayyorlang. İligandan keyin tovuq go’shtiga aralashtiring.
3.   Yufqalardan birini oching, ustiga suv va salat yog’ini surting va 2 chi yufqani ustiga yopib teng 12 parchaga bo’ling. Har bir bo’lakning keng tarafiga tovuqli qorishmadan solib o’rang. Qolgan 2 dona yufqani ham shunday tayyorlang. Bo’rekning har ikki uchiga sut va suv aralashmasidan surting(yumshoq bo’lish uchun). Tolqonga botirib yog’langan duxovka listiga tering.
4.   Oldindan qizitiligan 200 darajali duxovkaga bo’reklarni joylang. 40-45 daqiqadan keyin tayyor bo’ladi inshalloh. Osh bo’lsin

Qayd etilgan

Chustiy  18 Noyabr 2009, 11:29:25

Kapalak opa, shu bo'rekni nachinkasini o'z ta'biga hohlaganchalik qilsa bo'ladi manimcha.. O'zim qilganim, tovuq go'shtini qovurilgan yumsho joyini, qo'ziqorinni qovurilganini, pomidor yana bir nimalar boridi shulani kvadrat qip tor'gab, ichiga rayhon va pishloqni qirg'ichdan o'tkazib pishirganman nachinkasi uvvilab yuborgan...  ;D

Qayd etilgan

Chustiy  18 Noyabr 2009, 11:46:09

Juma kuni kechki payt, forumga yaqinda a'zo bo'lgan BahSultan ishlidigan restoranga borgandim, vaqtdan unumli poydalanib, bir ikkita rasm olindi...

BahSultan ijodidan...

Bah, nomi nima edi bu ovqatlarini? qando tayyorlanishiniyam etvor...

Qayd etilgan

Ansora  18 Noyabr 2009, 14:09:23

Kapalak opa, shu bo'rekni nachinkasini o'z ta'biga hohlaganchalik qilsa bo'ladi manimcha.. O'zim qilganim, tovuq go'shtini qovurilgan yumsho joyini, qo'ziqorinni qovurilganini, pomidor yana bir nimalar boridi shulani kvadrat qip tor'gab, ichiga rayhon va pishloqni qirg'ichdan o'tkazib pishirganman nachinkasi uvvilab yuborgan...  ;D

Chustiy ukam, bu holatda bo'rekni ismi o'zgaradi:

Tovuqli Sabzavotli bo'rek yoki Tovuqli Qo'ziqorinli bo'rek

Birgina tovuqdan tayyorlanadigan o'nlab bo'rek turi bor. Nasib bo'lganicha joylab borishga harakat qilaman inshalloh.

BahSultanni ham qo'llari dard ko'rmasin. Judayam nafis ovqat bo'libdi. Lekin suratga ham ustasifarang tushiribsiz  : )

Qayd etilgan

Chustiy  18 Noyabr 2009, 18:00:18

Rasm olish ham, ovqat tayyorlash ham, BahSulatanga tegishli man paqat joyladim holos, o'zi hali rasm joylay olmagani bois... O'ziyam birozdan keyin qiyshayiiib kirib kelsa ajabmas...

Alooo Buhoro qattasan? Ubu narsa divor  ;D

Qayd etilgan