O'zimiz tayyorlagan taomlar!  ( 1212049 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 ... 220 B


Ansora  19 May 2010, 13:03:25



Qulupnoyli yogurt

Tayyorlanishi:

4 kishilik.

1. 500 gr qatiq
2. 500 gr qulupnoy
3. 5 qoshiq shakar (xohlaganlarga)
4. 2-3 qoshiq Hindiston yong'og'i

Qulupnoyni maydalab to'g'rang, ichiga shakar, yong'oq va qatiqni solib aralashtiring. Muzlatgichda 30 daqiqa kutgandan keyin iste'mol qilishingiz mumkin. Kaloriyasi juda kam:)


Qayd etilgan


Ansora  19 May 2010, 13:13:57







Pechenyeli, pudingli oson tort:)

4-5 kishilik.

Masalliqlar:
1. paket puding
2. 1 paket (200 gr) pechenye,

Tayyorlanishi:

Pudingni tayyorlab, iligandan keyin tekis idishni ostiga biroz surting. 1 pechenye oling, unga puding surtib tikka holda tera boshlang. Pechenyelar tugagandan keyin pudingni qolganini tortni ustiga surting. Muzlatgichda 1 soat kutgandan keyin tortni yonlamasiga qarab kesing, (ustiga Hindiston yong'og'i sepishingiz mumkin) shunda rasmda ko'rganingizday shakil hosil bo'ladi. Yoqimli ishtaha:)

Qayd etilgan


registan  19 May 2010, 13:29:04


Qo'llariz dard ko'rmasin, juda chiroyli.

Men faxrlanishga arziydigan mavzulardan birisi mana shu mavzu, ko'z tegmasin.

Bir tadbir uyushtirmoqchi edingiz, nima bo'ldi? Yordam kerak bo'lsa qo'ldan kelgunicha elimizni dunyoga tanitishga harakat qilamiz, taom pishirishni so'ramang faqat. :P


Qayd etilgan


lilu  19 May 2010, 16:07:29



Qulupnoyli yogurt

Tayyorlanishi:

4 kishilik.

1. 500 gr qatiq
2. 500 gr qulupnoy
3. 5 qoshiq shakar (xohlaganlarga)
4. 2-3 qoshiq Hindiston yong'og'i

Qulupnoyni maydalab to'g'rang, ichiga shakar, yong'oq va qatiqni solib aralashtiring. Muzlatgichda 30 daqiqa kutgandan keyin iste'mol qilishingiz mumkin. Kaloriyasi juda kam:)



Juda chiroyli mazali ko'rinyapdi desertlariz,yaqinda hujaynimam manga shunaqa desert tayorlab beruvdi kasal bub qoganimda yemaganimga pushaymon buldim sizzikini ko'rib,lekin u hamma narsani blenderda aralashtiruvdi shekilli..

Qayd etilgan


Nurzoda  20 May 2010, 22:36:13

 :as:
Mana biroz tanaffuzdan kegin man yana forumga qaytdim  ;)




Fransuzcha salat

Qayd etilgan


Nurzoda  20 May 2010, 22:38:34

Glazurli bizechalar


Qayd etilgan


Nurzoda  20 May 2010, 22:41:41

TUXUM BARAK XORAZMCHA MILLIY TAOM


Qayd etilgan


Nurzoda  20 May 2010, 22:48:30

Ko'k chuchvara xorazmchasiga tugilgan manimcha toshkent taraflada bunaqa tugilmasa kerey  :)


Qayd etilgan


Abu Muso  20 May 2010, 23:15:11

 :as:

Nurzodahon ajoyib! Tuxum barakmi, yoki yumurta barak?  ;D

Ammo chuchvara juda chiroyli chiqarkan, o'rgatvorasizmi ?

Qayd etilgan


Nurzoda  21 May 2010, 00:27:48

yumurta barak o'zi shunaqa dib yozmoqchidim ko'pchilik chunmasa kerey dib yozmudim  :)

Ha ko'k chuchvara bizani Xivada shunaqa usulda tugiladi mehmonga keseyiz yangam bilan birgalikda albatta o'rgatvoraman  ;)

Qayd etilgan