O'zimiz tayyorlagan taomlar!  ( 1212203 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 144 145 146 147 148 149 150 151 152 153 154 ... 220 B


Zamiraxon  21 Noyabr 2010, 09:42:31

Porumdosh bilan o`zimiz yegan assortimiz :) porumdosh ro`prada choy quyuttila :)



p.s: assortini sastapida hasip, do`lma, golubci, shashlik, kartishka, otbivnoye i otvarnoye myaso, pamidur va piyozminan zelen`, mazasini tatib ko`rmoqchi bo`lganlar Hadradagi Milliy Taomlarga o`taverishsin :D

Vuuuuy, anu sho'r pomidorlarni ko'riiiibb ...... bozorchaga tushaman shekilli :)

Qayd etilgan


yoqutxon  21 Noyabr 2010, 23:16:30

 :as:
Besh bamoqni jaa bezatib o'tirishga vaqt bo'lmadi. Shunday bo'lsayam Marhamat.


Qayd etilgan


dilfuz  21 Noyabr 2010, 23:22:08

assalomu alaykum shu taom haqda bir ogíz so'zlab bering

Qayd etilgan


dilfuz  21 Noyabr 2010, 23:23:24

Qoý go'shtidan edi shekilli qanchq miqdorda solinadi?

Qayd etilgan


dilfuz  21 Noyabr 2010, 23:44:27

besh barmoqni retseptini  rosa bilgim kelgan edi.Ilgari studentligimizda qizlar bilan ir qilib ko'rganmiz aniq yodimda yoq.

Qayd etilgan


yoqutxon  22 Noyabr 2010, 00:21:50

Assalom aleykum dilfuz.
Ha to'g'ri aytdingiz bu taom aslida qo'y go'shti solinib qilinadi, lekin mol go'shti ham bo'laveradi. Besh barmoqni hamma o'zini retsepti bilan tayyorlar ekan, buni bir nechta pazandalardan so'rab ko'rganimdan keyin bilaganman. Yuqoridagi besh barmoqni buvimlani uslubi bo'yicha tayyorladim.O'zi men taom pishirayorganida ko'pincha nima qanchadan solinishini aniq qilib qilmayman, tahminan odam nechtaligiga yana bazi bir narsalarni hisobga olib pishiraveraman. Shuning uchun masaliqlar sonini aniq ayta olmayman. Besh barmoqda eng asosiysi go'sht , go'sht qancha ko'p bo'lsa shuncha yahshi  : ) .Shuday qilib ilikli suyaklar, lahm go'shtlar va albatta dumbani suvga solib qaynatib pishirib olasiz, Suvni ko'proq qilavering chunki keyinchalik kerak bo'ladi. Qaynash jarayonida suvga ta'bizga qarab qizil sabzi, kartoshka sovorishiz mumkin. Go'sht qaynaguncha 1-2 ta tuhum solib hamir qoring.Hamirni biroz tindirib qo'ying. So'ngra piyozga navbat, piyozni o'rtacha kattalikda to'g'rab biror bir tubi kattaroq idishga solasiz va ustidan go'sht qaynayotgan bulyondan quyib qo'yasiz.Keyin tingan hamirni yozib,yuqoridagi rasmdagi kabi kesib chiqasiz, bu paytgacha go'sht ham pishib qoladi. Haligi piyozni suvini esa yana qaytib qozonga quyasiz, piyozni ustidan esa go'sht, dumba qaynayotgan bulyoning ustiga chiqib qolgan yog'larini sizib olib quyasiz.So'ngra go'sht suyaklarni alohida idishga olasiz.Go'shtdan qolgan bulyonda esa hamirlarni pishirib olasiz. Hamir pishgandan keyin katta laganni olib tagiga piyozdan yaxshilab yoyib chiqasiz, so;ngra hamirni, hamirni ustidan ham 3-4 qoshiq piyoz sepib yuborasiz.Go'shtlarni pichoq yordamda o'zingizga qulay shakllarga kesib hamirning ustidan sepib chiqasiz.Ha aytgancha hali bulyonga sabzi, kartoshka solgan bo'lsangiz ularni ham to'g'rab laganga joylashtishtirishni unutmag-a :).


Qayd etilgan


yoqutxon  22 Noyabr 2010, 20:59:52

Assalom aleykum.
Norin eng sevimli taomlarimdan biri. Bugun uydagilarni norin yegisi kepti. Ishdan qaytganimdan keyin oyimlar bilan noringa unadik.Marhamat.





Qayd etilgan


Chustiy  22 Noyabr 2010, 22:17:06

Зираси купмасми, тем более снчилмаган тишга ботадию  ::)

Qayd etilgan


dilfuz  22 Noyabr 2010, 22:39:59

Qo'limdan kegancha tayyorlab ko'rdim.Mol go'shtidan.Lekin baribir qoý go'shtidan boshqacha edi shekilli.Hali undan ham qilib ko'raman.

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


G_u_l_i  25 Noyabr 2010, 06:00:52

Kecha dengiz bo`yiga piknikka borgandik, o`sha sayldan shashliklar o`ziyam 80ga yaqin shashlik bo`ldida :)...




Shu shashlikdan yegim kelutti, biram ishtaxali ko`rinutti-yey... ::)

Qayd etilgan