Arabcha raqslar bu - Islomiy emas.  ( 15281 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


saraton07  12 Iyun 2008, 02:00:49

Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu hurmatli forumdoshlar!
Men bu mavzuda ko'pdan beri o'ylab yurardim.
Bu mavzuni ochishimga sabab shuki,Muqaddas dinimizga "arabcha raqslar" degan  sharmandali raqslarni  oshno qiluvchilar  anchagina ekanligiga  amin bo'lishimdir.
Ma'lumki, har bir millatning o'ziga xos urf -odatlari,e'tiqodi,shu e'tiqodiga ko'ra madaniyati mavjud.
Shu madaniyatlarning hammasi ham Islom madaniyatiga  munosib bo'lolmaydilar.
Garchi arab diyorlaridagi turli madaniyatlar  shakllanib,bir-biriga uyqosh bo'lib ketgan bo'lsada,buning mahsuli Islomiy madaniyat deb aytishga hech kimning haqqi yo'q.
Arablarni   Islomga to'liq rioya etadilar deb hech kim kafolat berolmaydi.Shuningdek,agar Islom dini Arablar diyoridan dunyoga yoyilgan bo'lsada,hozirgi arablarning ajdodlari  bir vaqtlar Buyuk Islom uchun jon berib, Islomning  nufuzini ko'tarishda,ham amaliy ,ham nazariy hissa qo'shgan bo'lsalarda,ularning avlodlari  ham xuddi o'sha paytdagi ajdodlaridek  shunday qiladilar deb aytolmaymiz.
Shundan kelib chiqib,hozirgi kunning eng  og'riqli nuqtalaridan bo'lib borayotgan, sahnalardagi "Arabcha raqs" deb atalmish  qabohat mash'alalari to'g'risida noto'g'ri tushunchaga ega  insonlarga ,to'g'ri tushuncha berishlikni o'zimizga farz deb bilsak yaxshi bo'lardi.
Sir emas,barchamiz guvohmiz,keyingi yillarda ,koncert dasturlarida,albatta repertuarni kamida bitta "arbcha raqs"  bilan boyitish urfga aylandi.
Astag'furulloh, sahnada deyarli qip-yalang'och qizlar qarashga uyatli  harakatlarni, xuddi  hech nima bo'lmagandek ,erkin bajarib, bundan zavq olib qiyqirayotgan ayrim, "xo'rozchalarning" ," dillarini shod etadilar".
Koncertlarga aynan shu  raqslar uchun tushuvchilar ham yo'q emas.
Endi tasavvur qiling, onangiz,yoki singlingiz,yoki qaysidir yaqin kishingiz bilan koncertga tushdiz, orada birdan shunaqa jirkanch sahna  ko'rinishi to'g'ri keldi.Nima qilishga bosh qotib,uyatdan  portlab ketgiz keb qoladi.
Achinarlisi, bu koncertlarda  tasvirga tushirayotgan operatorlar, ko'pincha tomoshabimlar orasidan, hijobli, do'ppili,nuroniy kishilarni  ko'proq suratga olishga harakat qiladilar. Bu menimcha shu orqali  shunaqanggi bema'nichiliklarni, ommaga ijobiy ko'rsatish bo'lsa kerak.Chunki Hijobli,Do'pili insonlar kishilar nazdida eng  yaxshi islomiy ilmli kishilar bo'lib tuyuladilar.Bu bema'nichiliklarni ular tomosha qilyaptilarmi,demak islomga to'g'ri kelsa kerak deb o'ylashadi.
Arabcha raqslar o'zi qaerdan olindi,qanday qilib ommalashgan bu raqs turlari.?
Payg'ambarimiz to Islomni olib kelgunlaridan oldingi zamonlarda ,bu jirkanch raqslar,ya'ni ayol avratini ko'z-ko'z qilib,halq oldida,erkaklar orasida o'ynab yurishlari odatiy hol bo'lib,uyat hisoblanmagan.
HazratiPayg'ambarimiz bu noma'qulchiliklarga Islom orqali chek qo'yganlar,va  ummatlariga ayol kishining mumkin bo'lgan,va mumkin bo'lmagan haq-huquqlariyu, ishlarni belgilab berganlar.Ayollar  yuzlari va ikki kaftlari ochiq bo'lish huquqlariga ega bo'ldilar.
Hozirgi kunda  ommalashgan arab raqslari esa,Islomdan oldingi kofir,mushriklarning ko'ngilochar raqslari bo'lgan.
Afsuski bu raqs turini musulmoniy deb biluvchilar juda ko'p ekan.
Men bir kichkina so'rov o'tkazdim,( men ko'pincha bir munozarali  narsaga ,fikrga duch kelsam,shunday qilaman:PS)
20 kishining fikrini tingladim.Ulardan 10 tasi 20-35 yoshlilar, 10 tasi esa 40 yoshdan yuqorilar.
Yoshlardan  6 kishi arabcha raqslarni  shunday qabul qilishgan ekan:
--arabcha raqslar Arabistondan kelgan,demak bu raqslar musulmoncha.
3 kishi:
---yo'q,bu musulmoncha emas
faqat bir  kishi:
----umuman bilmayman bu haqda
degan javoblarni berishdi.
Kattalardan  esa.
8 kishi :
---Yo'q bu arabcha raqslar musulmoncha emas,kofirlarniki,
2 kishi esa:
--anig'ini bilmayman
javoblarini berishdi.

Bu natijalarni tahlil qilib ko'rsak, bu insonlarning aksariyati bu turdagi raqslarga o'ta ijobiy yondoshishadi.Bu yana islomiy bilimlarning halqimiz orasida  o'ta tanqisligidadir.
Yana bir eng achinarli hodisa shuki,shunaqa raqslarni ijro etuvchi"xonimchalar" el orasida "mashhur"  bo'lib, to'y-tomoshalar ularsiz o'tmayapti.
Bu allaqachon modaga chiqib bo'ldi.
achinarlisi, eng mashhur xonandalarimizning koncertlarida, to'ylardagi chiqishlarida bemalol shunaqa raqqosalar eng markaziy  o'rinlarda bo'lib qolishdi.
Oila a'zolariz bilan shunaqa koncert yoki tomosha,to'ylarga borib qolsayiz,shu hayosiz  holatlarga duch kelsayiz, nima bo'ladi?
afsuski negadir bu illatga qarshi  choralar ko'rilmayapti,yoki natijalar ko'rinmayapti.
Bunga qarshi ommaviy targ'ibot ishlari olib borilsa yaxshi bo'lardi. ty da, radiolarda.
Sizning bu to'g'ridagi fikringiz nima, azizlar, forumdoshlar?
Hadislardagi ibratli rivoyatlardan keltirsangiz bu to'g'rida.

Qayd etilgan


Amina  23 Iyun 2008, 13:13:13

Assalomu alaykum, bu juda ham yaxshi mavzu. haqiqatdan ham keyingi kunda "urf" bo`lgan bu raqs bizning dinimizga tog`ri kelmaydi. lekin buni haiqiqy "san`at" demoqchi boganlar ham topiladi. bilmadimu, shaxsan yuqoridagi fikrlarning hammasiga qoshilaman

Qayd etilgan


bir inson  04 Oktyabr 2010, 19:00:16

"Арабча рақс" срнига баъзан "шарқона рақс", "қорин рақси" жумлалари ҳам ишлатилади. Аима учунлигини тушунган бслсангиз керак.



 

Qayd etilgan


bir inson  04 Oktyabr 2010, 19:03:46

Assalomu alaykum, bu juda ham yaxshi mavzu. haqiqatdan ham keyingi kunda "urf" bo`lgan bu raqs bizning dinimizga tog`ri kelmaydi. lekin buni haiqiqy "san`at" demoqchi boganlar ham topiladi. bilmadimu, shaxsan yuqoridagi fikrlarning hammasiga qoshilaman

Бу хилдаги рақснинг санъат тури сканини инкор қилмайман. Қсполлик учун узр, фоҳишалик ҳам санъат. Бунинг учун аёл кишидан баъзи тайёргарлик талаб қилинади.

Арабча рақснинг урф бслганини тасдиқлай олмайман. Масалан, Ўзбекистон каналида сқин сртада бирор марта арабча рақс ксрсатилганининг гувоҳи бслмадим. 

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  04 Oktyabr 2010, 21:47:41



Бу хилдаги рақснинг санъат тури сканини инкор қилмайман. Қсполлик учун узр, фоҳишалик ҳам санъат. Бунинг учун аёл кишидан баъзи тайёргарлик талаб қилинади.



Siz qaerdan bildingiz undaylardan ba'zi tayyorgarlik talab qilinishini?

Qayd etilgan


siddiqa  05 Oktyabr 2010, 03:02:45

Assalomu alaykum, bu juda ham yaxshi mavzu. haqiqatdan ham keyingi kunda "urf" bo`lgan bu raqs bizning dinimizga tog`ri kelmaydi. lekin buni haiqiqy "san`at" demoqchi boganlar ham topiladi. bilmadimu, shaxsan yuqoridagi fikrlarning hammasiga qoshilaman





Umuman olganda Uzb kanali 2 so'zni qaytarib o'yinga tushayotgan qiz yigitlardan bo'shamasligi ham o'sha arab raqslariga qarab ketiladigan bir yo'lni ochib beryapti .arab degani bu musulmon degani emas .Agar o'rgatilsa maymun ham bunaqa raqs tushishimumkin ,buni san'at deb bo'lmaydi .

Qayd etilgan


useruz  05 Oktyabr 2010, 04:09:54

Бу хилдаги рақснинг санъат тури сканини инкор қилмайман. Қсполлик учун узр, фоҳишалик ҳам санъат. Бунинг учун аёл кишидан баъзи тайёргарлик талаб қилинади.

Qoyil, bu ketishda o'girlik ham san'at, qotillik ham san'at.. Juda g'alati fikrlar ekansiz. Tayyorgarlik talab qilinadigan har qanday ish san'at bo'lib ketaveradimi?

Qayd etilgan


bir inson  06 Oktyabr 2010, 12:34:56

Umuman olganda Uzb kanali 2 so'zni qaytarib o'yinga tushayotgan qiz yigitlardan bo'shamasligi ham o'sha arab raqslariga qarab ketiladigan bir yo'lni ochib beryapti .arab degani bu musulmon degani emas .Agar o'rgatilsa maymun ham bunaqa raqs tushishimumkin ,buni san'at deb bo'lmaydi .
[/quote]

Ўзбекистон каналида арабча рақс бундан кейин ҳам берилмайди, сизни десрли ишонтириб айтаман.

Араб миллатининг ҳаммаси ҳам мусулмон смас, улар ичида анчагина қисми христиан. Хусусан, Ливан, Сурисда шундай.

Маймун сргатилса бундай рақс туша олмайди. Бунинг исботи учун сра рақс тсгарагини очган мутахассислардан ссраб ксринг. Улар айтишади, қанча фоиз қизлар бу рақсни сплай олишини.

Qayd etilgan


bir inson  06 Oktyabr 2010, 12:38:22



Qoyil, bu ketishda o'girlik ham san'at, qotillik ham san'at.. Juda g'alati fikrlar ekansiz. Tayyorgarlik talab qilinadigan har qanday ish san'at bo'lib ketaveradimi?
[/quote]

Қотиллик, сғриликни арабча рақс билан тенглаштирмайлик. Сиз сзингиз бирор марта бундай рақс томоша қилганмисиз? Ўғирлик, қотилликнингчи, гувоҳи бслганмисиз? Менимча, сғирлик, қотилликнинг гувоҳи бслишни ҳеч ким хоҳламайди.


Qayd etilgan


Muslim Odilbek  07 Oktyabr 2010, 08:41:37

Iqtibos
Қотиллик, сғриликни арабча рақс билан тенглаштирмайлик. Сиз сзингиз бирор марта бундай рақс томоша қилганмисиз? Ўғирлик, қотилликнингчи, гувоҳи бслганмисиз? Менимча, сғирлик, қотилликнинг гувоҳи бслишни ҳеч ким хоҳламайди
.
 xa sizning gapingizga qo'shilaman. Ko'pchilik qotillik va o'g'irlik guvohi bo'lishni hohlamaydi, lekin ko'pchilik(hamma emas) arab raqsini ko'rishga qiziqadi.
Iqtibos
Umuman olganda Uzb kanali 2 so'zni qaytarib o'yinga tushayotgan qiz yigitlardan bo'shamasligi ham o'sha arab raqslariga qarab ketiladigan bir yo'lni ochib beryapti .arab degani bu musulmon degani emas .Agar o'rgatilsa maymun ham bunaqa raqs tushishimumkin ,buni san'at deb bo'lmaydi .
Siddiqaning ham gapiga qo'shilaman. Haqqatdan arab degani bu musulmon degani emas.

Qayd etilgan