Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 381375 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 60 B


_Otabek_  09 Mart 2007, 16:20:24

Якинда укиб тугатган китобларимдан биттаси бразилислик адиб Лауло Косльонинг "Мактуб" асари. Бу рисолани хикматлар туплами деса хам булади, узингизга схши маънавий озука оласиз.
 
     Assalamu alaykum!
 Shu asar qaysi tilda yozilganini aytib yuboring, plz

Vaalaykum assalom.
Portugal tilida yozilgan shekilli. Men rus tilidagi tarjimasini o'qidim. Asarlarining boshqa tillardagi tarjimalari adibning saytida ham bor: www.paulocoelho.com

Qayd etilgan


islimakhanim  10 Mart 2007, 10:06:27

Iqtibos
Vaalaykum assalom.
Portugal tilida yozilgan shekilli. Men rus tilidagi tarjimasini o'qidim. Asarlarining boshqa tillardagi tarjimalari adibning saytida ham bor: www.paulocoelho.com
  Tesekkurler! Allah razi olsun!

Qayd etilgan


Abdusalom  22 Mart 2007, 10:01:32

Assalamu alaykum.
Bugun men Ahmad Lutfiyni "Bir vijdon uyg'onur" kitobini tugatdim. Undagi voqealar tasiridan hali ham qutulolganim yo'q. Sizlarga ham maslahat berardim. O'qing, juda ko'p narsa o'rganasiz...

Sotuvga chiqqanmi bu kitob?
Elektron variati bormi?

Qayd etilgan


Nodi  23 Mart 2007, 16:32:10

Assalomu alaykum!
Judayam chiroyli she'r ekan.
Muallifi kim?

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Aprel 2007, 23:51:58

Assalamu alaykum!
"Dinda savolim bor" kitobchasining beshinchisini tugatdim.
Shu kitobdagi fatvolar:
http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category&sectionid=17&id=46&Itemid=84

Qayd etilgan


Murod_bek  12 Aprel 2007, 23:26:40

Assalomu Alaykum Wa Rahmatullohi va Barakatuh!
Kechadan "Javomiul Kalim"asarini mutoalasini boshladim.Kitobdagi sharhlar sodda,oddiy va tushunarli qilib yozilgan.Keyin undagi hadislar ham zamonamizga mos keladigan ravishda tanlab sharhlangan...
Forum ahliga ushbu manba'ni tavsiya qilaman!

Allohdan manfaatli ilm so'raymiz!(amin)

Qayd etilgan


Muslimа  25 Aprel 2007, 13:40:35

Assalomu alaykum!
Hozir Tohir Malikni "Imonlashish umidi" kitobini o'qib tugatyapman.
Hammaga tavsiya qilaman. Tohir Malikni boshqa asarlari kabi, balki ulardan ham yaxshiroq kitob ekan. Kitobmas oynaga o'xshaydi. Har bir fikrda inson o'z aksini ko'radi, haqiqatni anglaydi.

Qayd etilgan


SHahinur  28 Aprel 2007, 18:18:01

Ahmad Lutfiy"Saodat asri qissalari" ni oqivomman.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  12 May 2007, 16:13:22

Assalomu alaykum!!!
Men hozir o'qiyotgan kitob juda ylug' kitoblardan biri bu "Tarixiy Muxammadiy" dir
Men isolmni yaxshilab o'rganmoqchiman. Bu kitoblar menga yordam beradi deb o'ylayman. Bu kitobni o'qumaganlar bo'lsa ularga o'qishni maslahat beraman. Albatta topib o'qisin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 May 2007, 17:17:26

Assalamu alaykum!
Hozir magistrlik dissertatsiyasi bahona jurnalistikadan birqancha ilmiy kitoblarni titishga to'g'ri kelyapti.

PS. O'qigan kitoblaringizdan ta'sirli iqtiboslarni ham kiritsangiz, boshqalar uchun ham qiziq bo'lardi.

Qayd etilgan