Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 380484 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 60 B


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:45:03

Kumushbibi:

Yaqinda Murod Mansurning "Judolik diyori"romanini ikkinchi kitobini o'qib chiqqan edim.Juda ham qiziqlarli va ta'sirli ekan.Shu romanni to'rtinchikitobini o'qiganlar bo'lsa iltimos izoh beringlar.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:46:14

Kumushbibi:

Shu romandan ozgina parcha keltiraman:
Mahfuzaning Sultonmurodga qoldirgan maktubidan.
Judoluq diyoruga qolmish kishimizga tegsun,ilohum

Menkim,o’z juftu halolunguz,bir haftagina erkalab ulgurgan jamilangizdurman.Mayli,bor jonum,otalar yurtiga,arvohlar yor,ruhlar madadkor bo’lsun-Ollohning panohiga,izingizdan yetib borgayman degan Mahfuzangizman.
Yo’llaringizga termulib ko’zlarum to’rt bo’ldu.O’lturubman:kechalari uyqum o’chub.Tong-saharlarda duoyu iltijolar etub.Tiq etsa,Sultonmurodummasmu,deb yuraklarum toshub-hapruqub.
Oy ketudan oy ketmoqda suvday oqub,kun ketudan kun o’tmoqda bag’rim yoqub"¦Ammo siz yo’qsiz.Hatto elchularingizdan darak yo’q.Bilaman,uzoqning ishi qiyun.Lekin bir og’iz mujga yuborish shunchalar mushkul edimu?.Yo bizdan keyin keyun sarhadlar berkuldi-qoldimu?
Bizday ojiz-notavonlar o’tub,sizlardayun erlarnu bittalab terdularmu?(Xudo o’zi asrasun)
Shularni o’ylasam,meni ham Yusuf alayhissalomdek bir tubsiz chohquduqqa tashlab ketushgandek,halu beru zaloskorum kelub yetmaydurgondek tuyulaveradu-tuyulaveradu.Ikki rak’at namoz o’qub Ollohga duoyu iltijolar qilmagunumcha o’zimga kelolmasman.So’ng"huvallohullazii"ni yolg’iz sizga atab o’qugayman,zora nolai zorumni ijobat etub,Siznu balo-qazolardan asrab qaytarsa,deb.Yolg’uz orzum shu:Olloh bizga-DA xotirjamlik ato etsun-shu Vatandan judo etmay,sarson-sargardon etmay sinasun.
Men azboroyu kimga yorilarimnu,dardu hasratlarimnu to’karimnu bilmay,axiyri o’zingizga xatlar bitmakka,jo’natmasam-da(axir qandoq jo’natay?!O’rtada sarhad,qancha tog’ davonlar yotubdu.Men boyaqishginaning bitiklarinu kim ham Tangritog’ga yetkazgay?)shunday bo’lsa-da,harna yengil tortarmanmu deb yozmoqnu boshladum.
Shunu o’zum ixtiyor ettum.Xudo hohlasa,bir kun kelib o’qirsiz.Mening aziz Jamilam ota yurtda shunday kunlarga qolganmudu,bir haftalik kelin boshi ila shu ko’rguluklarga chidaganmudu,deb ichinguzda bir hislar uyg’onsa-shuning o’zi menga kifoya.
Endu o’zumdan so’rasangiz,sarhaddan omon eson o’tub olduk.Olloh otamlarnu bundanam aziz qilsun,topgan mahramlaru chin mo’min ekan.Yeru ko’kka ishonmay,pardau ismatdagu o’z qiziday ko’rub,olub o’tdu bu yoqlarga.Har takshiruvchiyu gumonsiraganga qalqon bo’lub,paranjiyu sachvonumnu oldirmay,ochdirmay.Dadam bu yoqqa jo’nata turub,qo’shgan odamlaru o’zi chinoq,o’ng qulog’ining yumshogu tamom yo’q,ustiga garang bir kishi edu.O’nta gapga bitta javob beradu.Shunaqa hokusorki,birovga yomonliq sog’inolmaydu.Hali hozur o’shal qorasaqol odamning haqqiga duolar qilaman.Ollohning fazlu fazlu marhamatinu so’rayman unga.O’shal oda o’z yetum qiziday meni eski-tuskularga o’rab,yomon ko’zlardan asramasa,ikki dunyo o’tolmaskanman bu yoqlarga.
Oyim boyaqish,menu yeru ko’kka ishonmas oyugunam xuddi qudalarnikuga jo’natgan kabu asl kelunlik liboslarumda,duxoba paranjularda yo’lga chiqargan ekanlar.
U kishi hovlusiga opkirub hinduday qora,eti etu ustixoniga yopishgan(lekin ko’zlari biram muloyum)bir ayolga(xotinu bo’lsa kerak)buyurgan edu,menu"voy kelinposhsha,aylanay sizdan",deb ichkaruga boshlab ketdu....Davomi bor

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:47:02

Otabek:

Men bolaligimda Xudoyberdi To'xtaboyevning "Sariq devni minib", "Qasoskorning oltin boshi" kabi asarlarini katta qiziqish bilan o'qib chiqqanman. Hozir o'sha kitoblar javonimda turibdi. Ularni qo'lga olsam, maktab chog'larim esga tushadi.
O'tkir Hoshimovning asarlarini sevib o'qimaydigan, undan ta'sirlanmaydigan kitobxon bo'lmasa kerak. Men O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi", "Nur borki, soya bor", "Dunyoning ishlari", "Urushning so'nggi qurboni" kabi asarlarini qo'ldan qo'ymayman.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:47:23

Kumushbibi:

Navoiy,Abdulla Qodiriy,Abdulla Qahhor,Tog'ay Murod,Tohir Malik,Murod Mansur,Pirimqul Qodirov,Chingiz Aymatov,Said Ahmad,O'tkir Hoshimov,Muhammad Yusuf,Shavkat Rahmon,Azim Suyun,Iqbol Mirzo,Usmon Azim,Abdulla Oripov asarlarini qadrlayman.Bundayin qalami o'tkir shoir va yozuvchilarning asarlarini qayta-qayta o'qisangam arziydi.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:47:38

Maknuna:/

Juda to`gri fikrlar!
Man ham ularning ijodlarini qadrlayman.
Ayniqsa, Muhammad Yusuf, Iqbol Mirzo ijodlarini juda ham qadrlayman.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:47:57

Bonu:

Assalomu alaykum, man shu kunlada brazilialik hozirgi zamonning mashhur yozuvchisi
Paulo Koelo ning "Alkimyogar"
asarini o'qib tugatdim, asar manda juda yahshi taassurot qoldirdi. Yashasin asar tarjimoni dedim ichimda! Oqishni hammaga maslahat bergan bolardim.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:48:17

AbdulAziz:

Assalomu alaykum!
Man yaqindagina turk adibi Xolid Erto'g'rulning "Aldangan Ayselning tavbasi" kitobini o`qib chiqdim. Umuman olganda yaxshi yozilgan, bayondagi ayrim kamchiliklarni hisobga olmaganda. Qissa maktub tarzida yozilgan bo`lib, boshdan oyoq bosh qahramon Ayselning hayoti haqida uning o`ziz so`zlab beradi. Qanday qilib aldangani, "och qashqir"larga yem bo`lgani haqida hamma-hammasini so`zlab beradi. Yoshlar hayotida uchraydigan qanday muammolar bo`lsa uning hammasi Ayselning boshidan o`tadi va zamon, odamlar haqida o`z mulohazalarini bildiradi.
Qissa Aysel degan qizning go`zal tavbasi bilan nihoyasiga yetadi. Va yana ushbu asarda moddiyunchilar va ilohiyotchilarning tortishuvlari, moddiylikni niqob qilib olgan ayrim kimsalarning yovuz basharalari-yu maqsadlari haqida, sotsializmning puch g`oyasi haqida ham mul;ohazlar berilganki, bu kitobning o`qishlilik darajasini oshirgan.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:48:37

AbdulAziz:

Ha, Alkimyogar tarjimasi juda go`zal chiqqan.
Bu asar tarjimasi bir yo`la uch adib tomonidan amalga oshirildi:
Ozod Sharafiddinov
Aziz said
Ahmad Otaboyev
Ozod Sharafiddinovning tarjimasi "Jahon adabiyoti" jurnalida, Aziz Saidniki "Yangi asr avlodi" nashriyotida, Ahmad Otaboyevniki esa "Ma'rifat Madadkor" nashriyotida bosib chiqarildi.
Biz esa saytimizda Ahmad Otaboyev tarjimasidan foydalandik.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:49:16

Samo

Jonatan Lingviston kitobi juda yahshi kitob

Motivation uygotadi insonda

har bir yosh odam oqisa juda katta foyda olishi mumkin!!!

(albatta hayotda AMALIYOT qilsagina)

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:49:44

Samo

Охирги пайт

OQCHARLOQ JONATAN LIVINGSTON рус тилидагисини укидим (ознига колган)
хозир Неудачный коммерсантни укимокдаман. Амалиёт килиш билан бирга
Диний адабиётлардан Алданган айселнинг товбасини укидим охири
Бошка диний китобларни ЭНДИ секин аста укишликка карор килдим (агар эпласам)
чунки АМАЛИЁТ куп вакт талаб киладиган нарса.

Хозир 1 ойдан бери ТИЖОРИЙ ХАЁТ КИТОБИНИ укимокдаман хаётни узидан :)

Айрим холларда интернетдан Хорун яхёни укиб тураман. Жуда куп нарсалар бор
масалан кабала хакида ва эзотерика хакида айрим тушунчаларни у ердан ургандим.

ПС: Охиратга якин китоблар купайиб кетишига ишора килишган аввалдан. Хозир аник эслолмадим
ё хадисдан олинган ёки катта валий зотни гаплари. Шунга хозир АХБОРОТ даври
Энг аввал ТУГРИ ЙУЛни топиб олишга ёрдам берадиган ва АСОС буладиган асарларни укиш керак
кейин эса бошкаларини дидга ва эхтиёжга караб. Хамма нарсани укишга эса ВАКТ етмайди.
Шунинг учун хошия урнини босадиган китобларни камрок укиб купрок УЗИМИЗ фикрлашимиз керак.
ИГРЫ РАЗУМА фильмини курган булсангиз керак. Уша математик тугри фикр берган.
(азизлар тузатувчи критика томонлама бахоланг фикрларимни)

Qayd etilgan