Muallif Mavzu: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 231860 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhyiddin

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 354
  • -oldi: 297
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • Yo nasib...
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #180 : 26 Oktyabr 2009, 17:02:22 »
Asarning qisqacha mazmuni va undan ayrim parchalar:

...Aslida otasiz tug’ilgan bir bola taqdir taqozosi bilan eng yuksak lavozimgacha – prezidentlikkacha ko’tariladi. U juda uzoq yashaydi va bu kursini hadeganda bo’shatmaydi... U haqiqiy voqe’likdan uzilgan, yolg’iz o’zi uchun birgina nusxada chop etiladigan gazetani o’qib, faqat ungagina yoqadigan ko’rsatuv va reklamalar qo’yiladigan telekanalni ko’radigan kishi... O’zini o’rab turgan muhitga doim shubha bilan qaraydi, qo’rqib yashaydi, ko’ziga yomon ko’ringanlarni bir bahonayu sabab bilan gumdon qiladi... Ko’ngli tusagan ishni qiladi... Xotinlari, biri sog’ biri nosog’ tug’ilgan bolalari sonini o’zi ham yaxshi bilmaydi... (Hatto bu shu darajadaki, bir kuni u hovlida yurib ketayotib deraza oldidan o’tayotganida, ichkaridan doya xotinning: “Hukmdorim, o’g’il ko’rdingiz, o’g’il! Otini nima qo’yaylik?..” – degan so’roviga, befarqlarcha: “Nima qo’ysalaring qo’yavermaysanlarmi!” – degan ajablanarli javobni beradigan darajada...) Onasi olamdan o’tadi... Uni nima qilib bo’lsa ham avliyo-sanamlar qatoriga qonuniy qo’shish ustida muhokamalar o’tkazadi...
Lekin, hamma narsaning cheki-chegarsi bo’lganidek, uzoq hukmronlikdan so’ng, bir kuni kechasi, qo’qqisdan, eski dardi qo’zg’alib, paydo bo’lgan qattiq og’riq iskanjasida mash’um o’lim topadi!...
Dil ba Yoru, dast ba kor.

Muhyiddin

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 354
  • -oldi: 297
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • Yo nasib...
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #181 : 26 Oktyabr 2009, 17:03:59 »
....U (general) shunday xulosaga kelardiki, qanchalik urinib-surnib yashamagin – baribir u faqat qanday yashashni o’rganishgagina yetadi – bu ham umrning eng so’nggi damida muyassar bo’ladi! U umr borasida bir xulosaga kelganda o’ldi... U jismoniy, hirsiy muhabbat o’rnini hokimiyatga muhabbat bilan bosishni mo’ljalga oldi, ko’ngil mulkida hokimiyatparaslik devini tarbiyaladi; u nafsini kazzoblik va jinoyatlar bilan boqdi, shafqatsizlik va nomussizlikda qad ko’tardi... U faqat bir narsani tushunmadi, hokimiyatparslik, hech to’ymas hokimyatparaslikni keltirib chiqaradi, u tushunmadi, hokimiyatga to qiyomat qoyimgacha to’yib bo’lmaydi, balki yana boshqa dunyolar tura turguncha unga to’yib bo’lmas!..

Lekin u axir bilardi boshdanoq: unga xushomad qiluvchilar uni aldaydilar, u bilardi, xushomad uchun naqdina oladilar, u bilardi, uni shodumon sharaflagan va unga mangu baxtiyor hayot tilagan izdihomlar harbiylarning qurolli kuchi bilan haydab keltiriladi; u bularning barini bilar va o’zini shu yolg’onga, shon-shuhratning shu tuban o’lponiga suyanib yashashga o’rgatgandi. Zero, o’zining son-sanoqsiz umrguzaronlik yillarida shunga takror-takror amin bo’lardiki, yolg’on - shubhalardan qulayroq, muhabbatdan nafliroq, haqiqatdan boqiyroqdir; u nomigagina hukmronlik qiladigan bo’lib qolgan paytlargacha yashab, endi hech narsaga ajablanib o’tirmaydigan darajaga yetgandi; u hamma narsa uning hukmidan chiqqan mahalda hukm yuritardi, u shon-sharafni batamom yo’qotganda, shon-sharflarga chulg’anardi, hech qanday obro’-e’tibori bo’lmagan holda qo’l ostidagilarning bo’ysunishidan taskin-tasalli topardi.

Umr kuzining xazongarchiligi boshlanganda, u shunga ishonch hosil qildiki, o’z hokimiyatiga hech qachon to’la ega bo’la olmaydi…, Zero, u bu hayotning yolg’iz orqa tomonigina bilishga mahkum.... hatto oxirgi damlarda ham anglolmadiki, haqiqiy hayot, chin hayot barchaning ko’z o’ngida edi... u ko’pchilik besh qo’lday yaxshi bilgan narsalarni bilishdan qo’rqar edi: ya’niki hayot nihoyatda mushkul va u yeldek tez o’tib ketgay, ammo boshqa qaytib kelmagay...!

Dil ba Yoru, dast ba kor.

Muhseena

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1649
  • -oldi: 1047
  • Xabarlar: 626
  • Jins: Ayol
  • ...sevgim Allohga va Rasuliga fido bo'lsin.....
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #182 : 26 Oktyabr 2009, 18:08:26 »
Bu kitoblarni qayerdan sotib olsak bo'ladi?
Alhamdulillah....

imlaah

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 179
  • -oldi: 320
  • Xabarlar: 184
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #183 : 26 Oktyabr 2009, 18:59:24 »
Uzmus Asar mazmuni bilan o'rtoqlashganiz uchun tashakkur.Ammo bu kitobga bo'lgan qiziqishimni ikki karra oshirob ham qo'ydingiz.Allah rozi bo'lsin.Yuqorida sanab o'tgan asarlaringizni barchasi ham bemalol o'qib ibratlanishga arziydigan kitoblar deb tahmin qilyabman.Imkon bo'lsa Abdulazizdan ham iltimosim shu kitoblarni elektron versiyasini topishda yordam bersalaringiz.

P.S.Kitob shundayin go'zal suhbatdosh o'zini so'zlarini bo'lishga botinmaydigan qilib qo'yadi qarshididagi suhbatdoshini.U "so'zlayveradi" siz esa "tinglashni " eplasangiz kifoya juda mazza qilib oromli suhbatdosh topgan bo'lasiz shunda...

Muhyiddin

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 354
  • -oldi: 297
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • Yo nasib...
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #184 : 27 Oktyabr 2009, 10:32:23 »
Bu kitoblarni qayerdan sotib olsak bo'ladi?

O'zim Chorsudagi yangi "Kitoblar dunyosi" magazinidan olgandim. Bu kitoblarni yana Toshkentni qoq markazidagi "Sharq" ziyokori", Qatortoldagi "Yangi asr avlodi" nashriyotiga qarshli do'kondan yoki Navoiy ko'chasidagi "Ma'naviyat" va boshqa nashriyotlar do'konidan topish mumkin.
Dil ba Yoru, dast ba kor.

Ulugbek-Uz

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 206
  • -oldi: 261
  • Xabarlar: 533
  • Jins: Erkak
  • Ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil...
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #185 : 27 Oktyabr 2009, 16:21:25 »
    Ёқуббек Яквалхўжаев. Қайтар дунё. – Советларнинг миллатимиз зиёлиларига кўрсатган кирдикорлари, муҳожирларнинг хориждаги ачинарли қисматлари ҳақида чиройли баён этилган. Яқин орада бунақа пишиқ сюжетли асар Ñžқимагандим.

   Ð–алолиддин Румий. – Ичиндаги ичиндадир. Форумчиларнинг афоризмлари мавзусида бир форумдош келтирган афоризмга нисбатан ушбу ибора ёдимга тушиб иқтибос келтириб ўхшатганимда, яқин кунлар ичида китоб дўконида айни  шу китобни кўриб қолишим хаёлимда ҳам йўқ эди (ҳикматли дунё). Ҳали Ñžқимадим. Бу доимий Ñžқиш, уқиш керак бўлган китоблардан бири. 



Har kimki bir ko'ngli buzuqning xotirin shod aylagay, oncha borkim Ka'ba vayron bo'lsa obod aylagay....

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #186 : 29 Oktyabr 2009, 09:33:02 »
 :as:

kursdoshimning qo'lida shu kitobni ko'rganimdan keyin judayam o'qigim kelganiydi ,
Tohir Malikning talvasa kitobi boshlanishidan qiziq tuyuldi ,jazo haqidagi oyatlar bilan ......

Muhyiddin

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 354
  • -oldi: 297
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • Yo nasib...
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #187 : 21 Noyabr 2009, 20:36:48 »
Va'daga binoan, hozirgina kecha skaner qilganim, ikkita o'zim mazza qilib o'qigan hikoyalarni forumga joyladim. Sizlarga ham ma'qul kelar, degan umiddaman...

Ular Ibrohim G'afurovning "Hayo xaloskor" toplamidan olindi.

Bobrahimning sariq gullari. Ibrohim G'afurov (hikoya)

Amir Alisherning tavbasi. Ibrohim G'afurov (hikoya)

Asta-sekin qolganlarini ham vaqt topib qo'yishga harakat qilamiz...



Dil ba Yoru, dast ba kor.

ZUBAIR

  • Mehmon
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #188 : 22 Noyabr 2009, 19:30:52 »
Aziz Nesin, G'aroyib bolalar

Boshidan oxirigacha komediya. Yosh bolalarga atab yozilgan, lekin rosa kattalar o'qidigan kitob ekan.

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #189 : 23 Noyabr 2009, 08:27:01 »
 :as:
bugun inshaAlloh nasib qilsa Dostoevskiyning Jinoyat va jazo asarini boshlayman ,bir birodarimiz bu kitobni o'qish uchun inson aaancha sabrli bo'lishi kk degandilar .

Ulugbek-Uz

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 206
  • -oldi: 261
  • Xabarlar: 533
  • Jins: Erkak
  • Ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil...
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #190 : 23 Noyabr 2009, 17:56:08 »
:as:
bugun inshaAlloh nasib qilsa Dostoevskiyning Jinoyat va jazo asarini boshlayman ,bir birodarimiz bu kitobni o'qish uchun inson aaancha sabrli bo'lishi kk degandilar .

"Telba"sini ham o'qing.... aaaancha sabrli buvoganizdan keyin

Яхши асар. Бир Ñžқигандаёқ тушуниб олиш қийин лекин :))
Har kimki bir ko'ngli buzuqning xotirin shod aylagay, oncha borkim Ka'ba vayron bo'lsa obod aylagay....

leonardo1024

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 1
  • -oldi: 46
  • Xabarlar: 85
  • Jins: Erkak
    • www.aql.uz
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #191 : 01 Dekabr 2009, 08:48:36 »
Men esa Mein Kampf ni o'qiyapman...

Yaqinda o'qib tugatsam kerak.
Aqlingiz uchun ozuqa: www.aql.uz
Sayt ochish xizmati: www.qalam.uz

akmal bax

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 13
  • -oldi: 16
  • Xabarlar: 38
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #192 : 01 Dekabr 2009, 12:59:21 »
Ayni paytda men "Rodshirdlar bankirlar qiroli" kitobini o'qiyapman. bu kitobda 200 yillik mashhur oila tarixi keltirilgan. aniqrog'i ularning muvaffaqqiyatli faoliyatlari bayon etilgan. iqtisodga ayniqsa bank faoliyatiga qiziquvchilar uchun juda foydali kitob.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #193 : 01 Dekabr 2009, 14:54:01 »
Men S. Muhammed Saki Erol'ning "Oila Saodati" kitobini o'qiyabman. Kitob "Samarqand" nashriyotidan 27 chi nashrini chiqaribdi. Demakki kitobga ehtiyoj juda katta.Asarda kunimizdagi İslom oilasida tug'ilayotgan turfa hil savollarga Qur'oni Karim va Hadis-i Shariflar yordami bilan javoblar beriladi.

Savollar yillar davomida asar yozuvchisiga biz kabi insonlardan kelgan savollar narijasida yozilgan ekan.

Oila omonati
Oiladigi hayot
Dunyodagi baxtlilik nedir?
Dunyoda nima uchun har istagan narsamiz ro'yobga chiqmaydi?
Oiladiga baxtning kaliti?
Ayolning vazifalari
Haq masalasi
Ota-ona haqqi
Ayolning haqlari
Oila va ma'naviy hayot
Duo
Sabr-rizo-tavba

va yana qancha juda ko'p savollarga berilgan juda muhim javoblar....
Turk tili biladiganlarga mutlaqo tavsiya etaman. Koshki tarjima qilishga vatq bo'lsa edi....

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #194 : 01 Dekabr 2009, 15:06:49 »
Bir tarafdan Nejib Fazıl Kısakurekning "O ve ben" kitobini o'qiyabman.
Yani "Alloh va men". Turk she'riyatining zabardast ustozlaridan Nejib Fazıl Allohni qanday tanigani va yaqinlashgani haqida bolalik yillaridan boshlab hikoyalar holida ma'lumotlar berib boradi...Tasirlanmaslik aslo mumkin emas...

 

Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?

Muallif MargilanetsBo'lim Umumiy

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 17536
So'nggi javob 13 Sentyabr 2013, 21:37:48
muallifi Muxsiya
Islomiy kitoblar bo'limi: mulohazalar, takliflar, qaysi kitobni o'qimoqchisiz

Muallif Abu MuslimBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 141
Ko'rilgan: 99431
So'nggi javob 16 Dekabr 2018, 08:27:56
muallifi gulnoza:-)
Bugungi kunda tilimizning saviyasi qanday darajada???

Muallif MuattarBo'lim Umumiy

Javoblar: 19
Ko'rilgan: 11399
So'nggi javob 01 Dekabr 2009, 21:53:56
muallifi Shokir63
Vanga qanday davolagan?

Muallif NodiBo'lim Salomatlik

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 12468
So'nggi javob 11 Noyabr 2012, 23:24:34
muallifi Bobur Sharipov
Risoladagi turmush o'rtoq qanday bo'lishi lozim?

Muallif MuslimаBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 85
Ko'rilgan: 40039
So'nggi javob 05 Iyul 2011, 17:45:59
muallifi Humayro